POSTDA|Rasmiy kanal
24.8K subscribers
60.8K photos
3.86K videos
112 files
15.9K links
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Бирлашган таҳририяти хабарлари

🌐 Веб-сайт : www.postda.uz

📨 E:mail: info@postda.uz
Download Telegram
#Jumboq

Savol: O‘rta asrlarda Yevropada odamlar shu ko‘rinishdagi baland poyabzallar kiyishgan. Ularning urfga kirishiga nima sabab bo‘lgan?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://t.me/postda_muloqot
TARGʻIBOT ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Toshkent tumanida viloyat hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakillari, tadbirkorlar va qator hamkor tashkilotlar ishtirokida issiqxona faoliyati bilan shugʻullanuvchi jamoatchilik oʻrtasida keng qamrovli targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Tadbirning asosiy maqsadi — issiqxonalarda ekologik talablarga rioya etilishini taʼminlash hamda sohada zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishdan iborat. Targʻibot jarayonlarida tadbirkorlarga issiqxonalarda filtr oʻrnatish, zararli yoqilgʻidan voz kechish, havoga sizuvchi chiqindilarni minimallashtirish kabi ekologik meʼyorlarning amalda qanday bajarilishi kerakligi atroflicha tushuntirib berilmoqda.
Shu bilan birga, Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan issiqxonalarda qoʻllaniladigan zamonaviy texnologiyalar koʻrgazmasi ham tashkil etildi.

@Postdarasmiy
#Jumboq

Savol: O‘rta asrlarda Yevropada odamlar shu ko‘rinishdagi baland poyabzallar kiyishgan. Ularning urfga kirishiga nima sabab bo‘lgan?

Ushbu savolning javobini Shamsiyev O., Sultonbek, Azamat Axmatov, Risqulova Muslima, Anvar, Rushana kabi o'quvchilarimiz to'g'ri topishdi. Ofarin! Bilimdonlarga omad yor bo'lsin!

Javob: Chunki bu davrda binolarda kanalizatsiya quvurlari bo‘lmagan, shu bois chiqindilar va oqova suvlar to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘chalarga tashlangan va oqizilgan.
«ШУМ БОЛА МЕНИ ХАЛҚ ОРАСИДА ТАНИТДИ»

Шундай асарлар бўладики, улар саҳнага қўйилгандан сўнг орадан бир неча ўн йиллар ўтса-да, завқу шавқи, туйилган таассуротлар, қаҳрамонларни жонлантирган актёрларнинг бетакрор иборалари, ўзига хос хатти-ҳаракатлари кўз олдингизда гавдаланаверади. «Шум бола» спектакли ҳам худди шундай шон-шуҳратга бурканган асарлардан биридир.
Бугун йиллар аро шонли йўлини давом эттириб, томошабинлар қалбида улуғвор ҳайкал тиклаган Ўзбекистон халқ артисти Хайрулла Саъдиевнинг умр йўлларига назар ташлаймиз.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi oldidan


KONSTITUSIYАMIZNI O‘RGANAMIZ

19-modda.
O‘zbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitusiyaga muvofiq e'tirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart.

👉@postdarasmiy
Giyohvandlik – boshi berk ko‘cha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabr kunidagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni jamiyatimizdagi eng og‘riqli illatga barham berishda muhim qadam bo‘ldi. Yakkasaroy tumanidagi 127-sonli maktab o‘quvchilari ishtirokida mazkur farmon mazmun mohiyatiga bagʻishlangan profilaktik tadbir tashkil etildi.
Soha mutaxassislari, tegishli tashkilot va idora vakillari ishtirok etgan tadbirda giyohvandlik va psixotrop moddalar xavfi bo‘yicha atroflicha so‘z yuritildi. Yoshlarga giyohvandlik moddalari, psixotrop vositalarning noqonuniy muomalasi, ularni iste’mol qilishning zararlari tushuntirildi. Zarur hollarda mutaxassislarga murojaat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Zero, giyohvandlik boshi berk ko‘chadir.
O‘z muxbirimiz,
Toshkent shahri.
👉@postdarasmiy
#Qiziqarli_faktlar

Hindiston Respublikasi
Hindiston Konstitutsiyasi AQSh Konstitutsiyasidan farqli o‘laroq dunyodagi eng katta va murakkab Konstitutsiya hisoblanadi.
Braziliya Federativ Respublikasi
Braziliya Federativ Respublikasining konstitutsiyasida "Hindular to'g'risida" deb nomlangan maxsus bob (VIII bob) mavjud bo'lib, ushbu bob Braziliyada yashab kelgan tub aholiga taqdim etilgan alohida ustunlik va imtiyozlarga bag'ishlangan.
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi davlatining konsitutsiyasi 300ga yaqin qonun hujjatlaridan iboratdir, ya'ni bu davlatda yagona konstitutsiya hujjati mavjud emas.
AQSh
AQSh Konstitutsiyasi dunyodagi eng kichik va eng o‘zgarmas Konstitutsiya hisoblanadi.
constitution.uz

👉@postdarasmiy
“ЗАКОВАТ”ДА ВАКИЛЛАРИМИЗ ҒОЛИБ

Конституциямиз қабул қилинганининг 33 йиллиги муносабати билан Қашқадарё вилоятида куч тузилмалари ходимлари ўртасида “Заковат” интеллектуал ўйини бўлиб ўтди.
Якуний натижаларга кўра, вилоят ИИБ жамоаси ғолибликни қўлга киритди. Навбатдаги совринли ўринларни вилоят Божхона бошқармаси, Мудофаа вазирлигига қарашли ҳарбий қисм ҳамда Миллий гвардия вилоят бошқармаси жамоалари банд этди.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
YЕTTILIK A’ZOLARI YЕLKADOSH, HAMMASLAK

Mahalla barchamiz uchun qadrli va qadrdon maskan. Uning obodligi, fayzli-tarovatli ko‘chalari esa dillarga g‘urur bag‘ishlaydi. Paxtachi tumani Mirzo Nodim nomidagi mahallasi «yashil» toifada. Bu yerda odamlarning yashash sharoitlari kundan-kunga yaxshilanyapti, farovonligi ortmoqda. Mahalla ahli dehqonchilik bobida mirishkor.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Bugun 6-dekabr, haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏Mikroto‘lqinli pech tug‘ilgan kun
🇺🇸AQSh – Milliy konchilar kuni.
🇦🇿Ozarbayjon – Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi kuni.
🇰🇿Qozog‘iston – Prokurorlar kuni.

#muhim_voqealar
🔹1492 – Kolumbning birinchi ekspeditsiyasi Gaiti orolini kashf etdi.
🔹1865 – AQSHda qullik bekor qilindi.
🔹1945 – Spenser mikroto‘lqinli pechga patent oldi.
🔹2000 – 116-atom raqamli kimyoviy element – livermoriy kashf qilindi.
👉@postdarasmiy
#JUMBOQ

Abu Ali ibn Sinodan nasihat: U bir qasrki kunda dushman hujumiga duch kelgay. Qasrni qo‘riqlovchi navkarlar qancha  harakat qilmasin, yengilishadi. Dushman shunchalar dahshatliki, u qasrni xam, qasrning shoxini ham maxv etadi.

Savol: Ibn Sino tasvirlagan jarayonni emas, jarayonda qatnashgan dushman nomini topib bering.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://t.me/postda_muloqot
MOZIYDAN SABOQ

Tarix – ulug‘ murabbiy! Ne-ne buyuk zotlar, avliyo-yu anbiyolar, olim-u ulamolar ilm-u urfonni undan o‘rgangan. Insoniyatga murabbiylik qilgan tarix silsilasida qanchadan-qancha saltanatlar bo‘lmagan deysiz. O‘tmishda o‘z yurtida o‘ziga xos mavqega, nufuzga ega bo‘lgan shaxslar yashab o‘tgan. Ular tomonidan amalga oshirilgan ulug‘vor ishlar hali-hanuz avlodlar tomonidan o‘rganilib kelinadi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Yoʻl harakati intizomi bolalikdan boshlanadi

"Xavfsiz va sog'lom yurt" keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari doirasida Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan bolalar bilan bogʻliq koʻngilsiz hodisalarni oldini olish, ularning ongiga qoidalarni singdirish maqsadida shahardagi 6-sonli umumta’lim maktabida oʻquvchilar bilan targʻibot uchrashuvi oʻtkazildi.
Unda bolalarga yoʻllarda harakatlanishda piyoda va haydovchilarning huquq hamda majburiyatlari toʻgʻrisida batafsil ma’lumotlar berilib, ularning bu boradagi bilimlari sinovdan oʻtkazildi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
👉@postdarasmiy