Вакилларимиз – ғолиб
“Динамо” ЖТСЖ Қашқадарё вилояти кенгаши режасига асосан, Қарши олимпия ва паралимпия спорт турлари тайёрлаш марказида волейбол мусобақаси ўтказилди.
Вилоят ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ходимлари ўртасидаги мазкур мусобақада барча жамоалар ғолиблик учун жиддий кураш олиб борди. Якунда эса, ғолиблик вилоят ИИБ жамоасига насиб этди. Кейинги ўринларни вилоят ФВБ ва 37837-ҳарбий қисм жамоалари қўлга киритди.
Ғолиблар диплом ва эсдалик совғалари билан тақдирланди.
Ўз мухбиримиз.
Қашқадарё вилояти.
👉 @postdarasmiy

#JUMBOQ
Bir kuni oqshomda u Kamamber pishlog'ini tatib ko'radi va qorong'u xonasida pishloqning ajobtovor ta'midan huzur qilib soatiga qaraydi hamda vaqtning ajoyib tarzda o'tyotganligidan ilhomlanib mashhur shoh asarini yaratgan ekan.
Gap kim haqida ketyapti va uni o‘sha mashhur asarining nomi nima?
Ushbu savolga Rushana, Azamat Axmatov, Mansur kabi o'quvchilarimiz to'g'ri javob berishdi. Ofarin! Bilimdonlarga omad tilab qolamiz.
Javob : Bu mashhur rassom Salvador Dali. Shoh asar esa "Oqayotgan soatlar"

MADANIY TADBIR
Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi “Yoshlar markazi”da “Oʻzbekiston davlat satira teatri” aktyorlari ishtirokida madaniy tadbir tashkil etildi. Tadbirda viloyatda xizmat qilayotgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va ularning oila aʼzolari, shuningdek, mahalla faollari ishtirok etdi.
Tadbirda soʻz ustasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Mirzabek Xolmedovning ishtiroki ham barchaga alohida zavq ulashdi. Mazkur madaniy uchrashuv ishtirokchilar uchun hordiq, koʻtarinki kayfiyat va ijobiy ruhiy muhit yaratishga xizmat qiladi.
@Postdarasmiy

“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz”
Mirzo Ulug‘bek tumanida 25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tuman IIOFMB tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda IIOFMB rahbariyati, imom-xatib, Oila va xotin-qizlar bo‘limi vakillari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, MFY xotin-qizlar faollari hamda namunaviy oilalar ishtirok etdi. Yakunda mahallalarda namunaviy deb topilgan oilalar hamda ayollar bilan ishlashda faollik ko‘rsatgan xotin-qizlar faollari IIOFMB boshlig‘i tomonidan taqdirlandi.
O‘z muxbirimiz.
Toshkent shahri.

“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi”: talabalar orasida keng qamrovli targ‘ibot
Xorazm viloyati IIB Axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Urganch davlat universitetida talabalarga qaratilgan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirning maqsadi – yoshlar orasida kiberjinoyatlarning oldini olish, raqamli makonda ongli va xavfsiz faoliyat yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Uchrashuv davomida mutaxassislar kiberxavfsizlikning asosiy qoidalari, firibgarlikning zamonaviy usullari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda internetda mas’uliyatli xatti-harakatlar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berishdi. Shuningdek, talabalar bilan real misollar asosida tahliliy suhbatlar olib borilib, kiberjinoyatlarning oqibatlari atroflicha muhokama qilindi.
Nilufar Jabborova,
Xorazm viloyati.

TADBIRLARDA PNEVMATIK QUROL ANIQLANDI
“Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kunlik” profilaktik tadbiri viloyat miqyosida jadallik bilan o‘tkazilmoqda. Olingan tezkor ma’lumotlar asosida Buxoro shahar IIO FMB xodimlari tomonidan “Do‘stlik” mahallasi T.Farog‘iy ko‘chasida yashovchi, 1953-yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.I.ning yashash manzili tekshirildi. Tekshiruv jarayonida fuqaroning yashash xonadoni yotoqxonasida hech qanday hujjatlarsiz saqlab kelinayotgan 1 dona “NORICA” rusumli pnevmatik qurol chiqdi. Shuningdek, Kogon tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida “Niyozi Xoji” mahallasida yashovchi Q. I.ning xonadonida ham 1 dona “IJ-38” rusumli pnevmatik qurol borligi aniqlanib, ushbu qurol ashyoviy dalil sifatida tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.

ТАЛАБАЛАР ИШТИРОКИДА
Тошкент педиатрия тиббиёт институтида ИИВ Академияси ҳамда Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги билан ҳамкорликда “Гиёҳвандлик моддалари, психотроп дори воситаларининг ноқонуний муомаласи ва диний экстремистик оқим ғоялари таъсирига тушиб қолиш ҳолатларининг олдини олиш” мавзусида профилактик тадбир ўтказилди.
Тадбирда кун тартибидаги мавзу юзасидан амалга оширилаётган ишлар, шунингдек, гиёҳвандлик моддалари, психотроп дори воситаларининг ноқонуний муомаласининг ҳуқуқий оқибатлари ҳақида атрофлича сўз юритилди. Ёшларни ватанпарварлик, миллий ва умуминсоний қадриятларга ҳурмат руҳида тарбиялаш, ўсиб келаётган авлодни терроризм, диний экстремизм ғояларидан ҳимоя қилиш, бу йўналишда ички ишлар органлари томонидан ҳамкорликда олиб борилаётган ишларга алоҳида тўхталинди.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Lirik_chekinish
Islom olamining qadrin qasri bu
✍️ Mahmud Toir,
O‘zbekiston xalq shoiri
👉 @postdarasmiy
Islom olamining qadrin qasri bu
✍️ Mahmud Toir,
O‘zbekiston xalq shoiri
👉 @postdarasmiy
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining samaradorligi va ochiqligini oshirish hamda sud mustaqilligi kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni
—
Указ Президента Республики Узбекистан "О мерах по повышению эффективности и открытости деятельности органов судейского сообщества, а также дальнейшему усилению гарантий судебной независимости"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Аҳоли муаммолари ўрганилди
Олмазор туманидаги “Чўлпон” кутубхонасида фуқароларнинг муаммо ва таклифларини ўрганиш мақсадида туман ИИОФМБ масъул ходимлари иштирокида сайёр қабул ўтказилди. Тадбирда туман аҳолиси ўзларини қийнаётган масалалар, ҳуқуқий муаммолар ҳамда турли ижтимоий масалалар юзасидан мурожаат қилиш имкониятига эга бўлишди.
Учрашув жараёнида ҳар бир мурожаат алоҳида тингланди, мавжуд муаммоларнинг мазмун-моҳияти ўрганилди ва уларни ҳал этиш учун мутасадди бўлимларга тегишли кўрсатма ва топшириқлар берилди. Сайёр қабул аҳоли билан очиқ мулоқотни кучайтириш, уларнинг муаммоларини жойида ҳал қилиш ва манфаатларини ҳимоя қилишда муҳим аҳамият касб этди.

⚡️Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev "Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonni imzoladi.
FARMONGA MUVOFIQ, TOSHKENT SHAHRIDA EKOLOGIK VAZIYATNI YAXSHILASH YUZASIDAN KECHIKTIRIB BO‘LMAYDIGAN CHORA-TADBIRLARNI AMALGA OSHIRISH BO‘YICHA MAXSUS KOMISSIYA TUZILDI.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
FARMONGA MUVOFIQ, TOSHKENT SHAHRIDA EKOLOGIK VAZIYATNI YAXSHILASH YUZASIDAN KECHIKTIRIB BO‘LMAYDIGAN CHORA-TADBIRLARNI AMALGA OSHIRISH BO‘YICHA MAXSUS KOMISSIYA TUZILDI.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
«SABRGA SUYANIB YASHAYDI ULAR»
Paxtachi tumani IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori kapitan Nilufar Mamadisayeva ichki ishlar organlarida qariyb 10 yil mobaynida xizmat qilib kelmoqda.U oilalarda uchraydigan zo‘ravonlikka qarshi kurashib, ayollar huquqlarini himoya qilishga, qizlarning kasb-hunar egallashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi borasida doimo jon kuydiradi. Oilalar tinchligini ta’minlash, xotin-qizlar murojaatlarini o‘rganib chiqish va muammosini hal etish, ajrimlarning oldini olish uchun jonhalak.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.