POSTDA|Rasmiy kanal
24.8K subscribers
60.8K photos
3.86K videos
112 files
15.9K links
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Бирлашган таҳририяти хабарлари

🌐 Веб-сайт : www.postda.uz

📨 E:mail: info@postda.uz
Download Telegram
Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifi: xavfsizlik sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish sari muhim qadam

▶️
Batafsil
———
Ўзбекистон Ички ишлар вазирлиги делегациясининг Хитой Халқ Республикасига расмий ташрифи: хавфсизлик соҳасида ҳамкорликни чуқурлаштириш сари муҳим қадам

▶️ Батафсил
———
Официальный визит делегации Министерства внутренних дел Узбекистана в Китайскую Народную Республику: важный шаг на пути к углублению сотрудничества в сфере безопасности

▶️ Подробно
———
The official visit of the delegation of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan to the People's Republic of China: A significant step towards deepening security cooperation

▶️ Read more

Телеграм канал
Вакилларимиз – ғолиб

“Динамо” ЖТСЖ Қашқадарё вилояти кенгаши режасига асосан, Қарши олимпия ва паралимпия спорт турлари тайёрлаш марказида волейбол мусобақаси ўтказилди.
Вилоят ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ходимлари ўртасидаги мазкур мусобақада барча жамоалар ғолиблик учун жиддий кураш олиб борди. Якунда эса, ғолиблик вилоят ИИБ жамоасига насиб этди. Кейинги ўринларни вилоят ФВБ ва 37837-ҳарбий қисм жамоалари қўлга киритди.
Ғолиблар диплом ва эсдалик совғалари билан тақдирланди.
Ўз мухбиримиз.
Қашқадарё вилояти.

👉 @postdarasmiy
#JUMBOQ

Bir kuni oqshomda u Kamamber pishlog'ini tatib ko'radi va qorong'u xonasida pishloqning ajobtovor ta'midan huzur qilib soatiga qaraydi hamda vaqtning ajoyib tarzda o'tyotganligidan ilhomlanib mashhur shoh asarini yaratgan ekan.
Gap kim haqida ketyapti va uni o‘sha mashhur asarining nomi nima?

Ushbu savolga Rushana, Azamat Axmatov, Mansur kabi o'quvchilarimiz to'g'ri javob berishdi. Ofarin! Bilimdonlarga omad tilab qolamiz.

Javob : Bu mashhur rassom Salvador Dali. Shoh asar esa "Oqayotgan soatlar"
MADANIY TADBIR

Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi “Yoshlar markazi”da “Oʻzbekiston davlat satira teatri” aktyorlari ishtirokida madaniy tadbir tashkil etildi. Tadbirda viloyatda xizmat qilayotgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va ularning oila aʼzolari, shuningdek, mahalla faollari ishtirok etdi.
Tadbirda soʻz ustasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Mirzabek Xolmedovning ishtiroki ham barchaga alohida zavq ulashdi. Mazkur madaniy uchrashuv ishtirokchilar uchun hordiq, koʻtarinki kayfiyat va ijobiy ruhiy muhit yaratishga xizmat qiladi.

@Postdarasmiy
“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz”

Mirzo Ulug‘bek tumanida 25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tuman IIOFMB tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda IIOFMB rahbariyati, imom-xatib, Oila va xotin-qizlar bo‘limi vakillari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, MFY xotin-qizlar faollari hamda namunaviy oilalar ishtirok etdi. Yakunda mahallalarda namunaviy deb topilgan oilalar hamda ayollar bilan ishlashda faollik ko‘rsatgan xotin-qizlar faollari IIOFMB boshlig‘i tomonidan taqdirlandi.
O‘z muxbirimiz.
Toshkent shahri.
👉 @postdarasmiy
“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi”: talabalar orasida keng qamrovli targ‘ibot

Xorazm viloyati IIB Axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Urganch davlat universitetida talabalarga qaratilgan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirning maqsadi – yoshlar orasida kiberjinoyatlarning oldini olish, raqamli makonda ongli va xavfsiz faoliyat yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Uchrashuv davomida mutaxassislar kiberxavfsizlikning asosiy qoidalari, firibgarlikning zamonaviy usullari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda internetda mas’uliyatli xatti-harakatlar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berishdi. Shuningdek, talabalar bilan real misollar asosida tahliliy suhbatlar olib borilib, kiberjinoyatlarning oqibatlari atroflicha muhokama qilindi.
Nilufar Jabborova,
Xorazm viloyati.