POSTDA|Rasmiy kanal
24.8K subscribers
60.8K photos
3.86K videos
112 files
15.9K links
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Бирлашган таҳририяти хабарлари

🌐 Веб-сайт : www.postda.uz

📨 E:mail: info@postda.uz
Download Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi farmoni ijrosini taʼminlash borasida IIV tizimida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda
———
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Аҳоли саломатлиги ва миллат генофондини гиёҳвандлик ва наркожиноятлардан самарали ҳимоя қилиш бўйича комплекс чора-тадбирлар тўғрисида“ги фармони ижросини таъминлаш борасида ИИВ тизимида кенг кўламли ишлар олиб борилмоқда
———
В системе МВД ведется масштабная работа по обеспечению исполнения Указа Президента Республики Узбекистан "О комплексных мерах по эффективной защите здоровья населения и генофонда нации от наркомании и наркопреступлений"

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-noyabrdagi qarori bilan Respublikamizning Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tashkil etilgan!

Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi ushbu kun munosabati bilan barcha hamkasblarni samimiy muborakbod etadi!

👉 @postdarasmiy
Bir qo‘shiq tarixi

Talabalik unutilmas va betakror xotiralarga to‘la bo‘lgan umrimizning bahori, eng dilbar va jo‘shqin davridir. Bu davrning betakrorligini oliy o‘quv yurtini bitirib, mustaqil hayotga qadam qo‘yganimizda, fikrlashimiz, dunyoqarashimiz kengayganida yanada teranroq anglay boshlaymiz. Kursdoshlar, partadosh o‘rtoqlar haqidagi xotiralar hech qachon bizni tark etmaydi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
“Xavfsiz va sog‘lom yurt”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabr kunidagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni asosida Olmazor tumanidagi Toshkent yoshlar markazida tarbiyaviy-profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tuman IIO FMB boshlig‘i va boshqa mutasaddilar ishtirok etgan mazkur uchrashuvda talabalarga giyohvand moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi vositalarning zarari, inson ongiga salbiy ta’siri, bunday harakatlarning huquqiy oqibatlari haqida to‘liq ma’lumotlar berildi. Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan batafsil javoblar olishdi.
Bu kabi tadbirlar poytaxtimizning barcha tumanlarida davom etmoqda.
👉 @postdarasmiy
Машҳурлар ҳаётидан

Америкалик машҳур ёзувчи, журналист Эрнест Хемингуэй кунлардан бирида атиги бир неча сўздан иборат энг таъсирли ҳикояни ёза олишини айтиб, баҳс бойлайди ва ютиб чиқади. У шундай сўзларни битганди: «Болалар пойабзали сотилади. Кийилмаган».
Нобель мукофоти лауреати ўз асарларини яратиш вақтида кўпинча ерёнғоқли сариёғ ва пиёзли нон ейишни ёқтирарди. Умуман олганда, у мазали таомлар пиширишга уста бўлган. Бир куни Эрнест газетада ўзига ажратилган устунчада ҳар доим тайёрлайдиган олмали пирог рецептини ҳам чоп эттирган. Бугунги кунда адибнинг Флоридадаги музейида унинг бошқа рецептларини ҳам кўриш мумкин.
Хемингуэйнинг Снежок лақабли севимли мушуги бўлиб, унинг панжаларида олтита бармоқчалари бор эди. Бугун машҳур ёзувчининг музейида унинг элликка яқин авлодлари яшайди (олти бармоқлилик уларнинг ярмига ўтган). Ҳозирда «Хемингуэй мушуги» номи билан юритиладиган бу турдаги жониворлар АҚШ миллий бойлиги деб эътироф этилган.
Гулчеҳра АЗИМОВА тайёрлади.
👉
@postdarasmiy
КУН ҲИКМАТИ

Ёлғончи – ҳақ қошида гуноҳкор, халқ олдида шармандадир. Бундай наҳснинг беор юзи ёмонликка ўгирилган бўлади, бундай наҳсга ботган одам қутлуғ уйдан нари бўлғай.

✍️Алишер Навоий
#LIVE

Joriy yilning 19-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ekologiya va turizm sohalarida aholi talablariga tezkor javob bera oladigan boshqaruv tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni qabul qilindi. Shu munosabat bilan ayni vaqtda IIV Madaniyat saroyida vazirlik markaziy apparati xodimlari ishtirokida "Atrof-muhit muhofazasi va ekologik xavfsizlik " mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir boʻlib oʻtmoqda.
Tadbirda soha mutaxassisi tomonidan ekologik muammolarni bartaraf etish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha aniq ma'lumotlar berilmoqda. Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo – yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasini mazmun-mohiyati, ilgari surilgan asosiy g‘oyalar yuzasidan batafsil ma'lumotlar yetkazildi. Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro hamjihatligi, mintaqa tarixining bosqichlari va sodir bo‘layotgan strategik o‘zgarishlar haqida atroflicha tushunchalar berildi.


👉 @postdarasmiy
Giyohvandlik – salbiy illat

Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB rahbariyati va masʼul xodimlari tomonidan tumanda joylashgan INHA universitetida “Giyohvandlikka “Yo‘q”, deymiz!” shiori ostida tarbiyaviy-profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Unda bilim dargohining professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 3 noyabrida “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining asosiy maqsadlari, mazmun-mohiyatiga qaratdi.
Batafsil 👉

👉 @postdarasmiy
KELAJAK BUGUNDAN BOSHLANADI

IIV Samarqand akademik litseyi bugungi kunda faqat bilim ulashayotgan maskan emas, balki Vatanga sadoqat, yurt taqdiriga daxldorlik va fidoyilikni o‘rgatuvchi maktabga aylangan. Bu yerdagi har bir o‘quvchi kelajakda Vatan tinchligi, xalq osoyishtaligi va qonun ustuvorligi uchun xizmat qilishni o‘zining sharafli maqsadi deb biladi.
2024–2025-o‘quv yilida Akademik litseyni 197 nafar o‘quvchi tamomlab, shundan 21 nafari IIV Akademiyasiga, 3 nafari JXUga, 2 nafari Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga, 1 nafari Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasiga o‘qishga qabul qilindi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
#JUMBOQ

Bir kuni oqshomda u Kamamber pishlog'ini tatib ko'radi va qorong'u xonasida pishloqning ajobtovor ta'midan huzur qilib soatiga qaraydi hamda vaqtning ajoyib tarzda o'tyotganligidan ilhomlanib mashhur shoh asarini yaratgan ekan.
Gap kim haqida ketyapti va uni o‘sha mashhur asarining nomi nima?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://t.me/postda_muloqot
BO'SH VAQTI SAMARALI O‘TMOQDA

Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Patrul-post xizmati batalyoni xodimlarining bilim va dunyoqarashlarini kengaytirish hamda kitob o'qishga bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Kitobxonlik kuni tadbiri o'tkazildi. Tadbir davomida xodimlar tomonidan turli janrlardagi badiiy, tarixiy va ilmiy-ommabop asarlar o'qish bo'yicha fikr almashildi, o'qilgan kitoblardan olingan saboqlar namda taassurotlar yuzasidan muhokamalar tashkil etildi. Shuningdek, batalyon rahbariyati tomonidan har bir xodimning muntazam kitob o'qish odatini shakllantirish, bo'sh vaqtlarni samarali o'tkazish va ma'naviy-ma'rifiy muhitni yanada mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilishi ta'kidlandi.
O'z muxbirimiz.
👉 @postdarasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyani bartaraf etish va saflarni tozalash: IIVda adolat, shaffoflik va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan qatʼiy choralar

IIV SHXBB xodimlari faoliyati “Burchga sadoqat“ loyihasida

———
Коррупцияни бартараф этиш ва сафларни тозалаш: ИИВда адолат, шаффофлик ва қонунийликни мустаҳкамлашга қаратилган қатъий чоралар

ИИВ ШХББ ходимлари фаолияти “Бурчга садоқат“ лойиҳасида


Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
Халқаро ҳамкорлик

Криминология тадқиқот институтида Хитой Халқ Республикасининг етакчи олий таълим муассасаларидан бири – Цинхуа университетининг Хефей жамоат хавфсизлиги институти делегацияси билан учрашув бўлиб ўтди.
Тадбир доирасида томонлар криминологик тадқиқотлар йўналишлари, жиноятчиликнинг олдини олиш бўйича илмий-амалий ёндашувлар, кадрлар малака алмашинуви ва қўшма лойиҳалар, замонавий ахборот технологиялари ва сунъий интеллект асосида хавфсизликни таъминлаш тизимлари каби масалаларни муҳокама қилдилар.
Учрашув якунида ўзаро манфаатли ҳамкорликни янада кенгайтириш бўйича келишувларга эришилди.
👉 @postdarasmiy