POSTDA|Rasmiy kanal
24.8K subscribers
60.8K photos
3.86K videos
112 files
15.9K links
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Бирлашган таҳририяти хабарлари

🌐 Веб-сайт : www.postda.uz

📨 E:mail: info@postda.uz
Download Telegram
#LIVE

Энг яхши психологлар Фарғонада беллашмоқда

Бугун Фарғонада Ички ишлар вазирлиги тизимида ўтказилаётган “Энг яхши психолог" кўрик-танловининг республика босқичи бўлиб ўтмоқда.
Танловда вилоят босқичларида ғолибликка эришган жами 17 нафар мутахассислар қатнашмоқда.
Низом талабларидан келиб чиқиб, иштирокчиларнинг психология соҳасига оид билимлари ва касбий маҳорати 4 шарт асосида синовдан ўтказиляпти.
Айни пайтда танлов жараёнлари қизғин давом этяпти.
Абдувосит СИДИҚОВ,
ўз мухбиримиз.
Фарғона вилояти.

👉 @postdarasmiy
Keksalar turizmi oyligi doirasida ziyorat-turizm tashkil etildi

Xorazm viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati tomonidan soha faxriylariga hurmat va e’tibor sifatida Shovot tumanidagi muqaddas “Yusuf Hamadoniy” qadamjosiga ziyorat-turizm tashkil etildi.
Mazkur tashabbus keksalar turizmi oyligi doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi — yillar davomida tizimda mehnat qilgan faxriylarga e’tibor ko‘rsatish, ularning ruhiy-ma’naviy holatini mustahkamlash va jamiyatda ularga bo‘lgan ehtiromni yanada kuchaytirishdan iborat.
Ziyorat davomida faxriylar muqaddas maskanning tarixi, avliyolar merosi va hududning ahamiyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Bunday tadbirlar nafaqat ma’naviy ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi, balki soha faxriylari o‘rtasida birdamlikni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Nilufar Jabborova,
Xorazm viloyati.

👉 @postdarasmiy
“KURKAXONA” TOMIDAGI “MARIXUANA”

“Sogʻlom avlod − xavfsiz jamiyat” keng ko'lamli profilaktik oyligi doirasida oʻtkazilgan nazorat tadbirida, Zangiota tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan, tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro oʻzining yashash xonadonidagi “kurkaxona” tom qismida oʻndan ortiq shisha idish va polietilen qoplarda “marixuana” giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

@Postdarasmiy
Оёқ саломатлиги учун

Оғир иш кунидан сўнг жува ёрдамида оёқлардаги чарчоқ ва шишларни енгиллаштириш мумкин. Бунинг учун уни оёқларимизда айлантириб юргазиб чиқамиз. Яхшиси, аввал жувани музлатгичга қўйиб оламиз. Муздек жува нафақат массаж учун, балки ҳарорат контрасти учун ҳам фойдалидир.
Tuman hokimligida yig‘ilish

Shayxontohur tuman hokimligida mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda kambag‘al oilalarga biriktirilgan tijorat banklari rahbarlari hamda mahalla vakillari qatnashdi.
Yig‘ilish davomida kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash tartibi, ularning turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, mahalliy aholi farovonligini oshirishga qaratilgan vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
👉 @postdarasmiy
PROFILAKTIK TADBIRLAR

"Xavfsiz hudud - dolzarb 50 kunlik" maxsus profilaktik tadbirlari doirasida Kogon tumani IIB xodimlari tomonidan "Oila-mahalla-maktab" tamoyili asosida tizimli profilaktik ishlar olib borilmoqda. Tadbirlar davomida tumandagi bir qator maktablarda o'quvchilarning dars davomati o'rganildi. Sababsiz dars qoldirgan yoki mashg'ulotlar vaqtida darsda bo'lmagan o'quvchilar aniqlandi. Ular mashg'ulotlarga qaytarilib, pedagoglar va inspektor psixologlar ishtirokida tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, voyaga yetmaganlar ishtirokidagi kelishmovchiliklar, janjal va guruhiy nizolarning oldini olish bo'yicha profilaktik suhbatlar tashkil etildi. Dars mashg'ulotlarini sababsiz tark etgan o'quvchilarning ota-onalariga rasmiy ogohlantirish xatlari berildi, ayrim hollarda esa MJtKning tegishli moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirildi.
Sabina ESHTURDIYEVA,
leytenant.

Buxoro viloyati.
👉 @postdarasmiy
Tuman hokimligida yig‘ilish

Shayxontohur tuman hokimligida mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda kambag‘al oilalarga biriktirilgan tijorat banklari rahbarlari hamda mahalla vakillari qatnashdi.
Yig‘ilish davomida kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash tartibi, ularning turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, mahalliy aholi farovonligini oshirishga qaratilgan vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
👉 @postdarasmiy
Бу қизиқ

Ўрта асрларда аччиқ қалампир жуда қимматбаҳо маҳсулот бўлиб, у кредитлар ва солиқлар учун тўлов сифатида ҳам қабул қилинган.
👉 @postdarasmiy
Amaliy tavsiyalar berildi

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Pop tuman FVB mas'ul xodimlari tomonidan IIV huzuridagi JIED Ikkinchi mintaqaviy hududga qarashli 6-son jazoni ijro etish koloniyasi xodimlari bilan uchrashuv o'tkazildi. Unda kuz-qish mavsumida yuz berishi mumkin bo'lgan yong'in, chaqnash, is gazidan zaharlanish, botulizm va boshqa favqulodda holatlarning oldini olish bo'yicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, zilzila vaqtida to'g'ri harakatlanish tartiblari bo'yicha amaliy tavsiyalar yetkazildi. Uchrashuv ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
O'z muxbirimiz.
👉 @postdarasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Сўнгги кунларда мамлакатимиз, айниқса Тошкент шаҳрида атмосфера ҳавосининг ёмонлашуви юзасидан Ўзгидромет раҳбари Шерзодхўжа Ҳабибуллахўжа тушунтириш берди

Тушунтиришга кўра, бу ҳолат бир вақтнинг ўзида кучайиб намоён бўлган бир нечта табиий омиллар билан боғлиқ.

Биринчи омил – кескин ҳарорат алмашиши ва инверсия. Жорий ҳафтада ҳаво ҳарорати тез ўзгарди. Иссиқ кунлардан совуқ кунларга ўтиш даврида инверсия деб аталувчи табиий жараён юзага келади. Инверсия пайтида совуқ ҳаво пастда, иссиқ ҳаво юқорида қолади ва ҳаво қаватлари аралашмайди. Шу боис майда заррачалар паст ҳавоқатламида тўпланиб, қисқа вақтда концентрация кескин ошади. Бу жараён Тошкент, Олма-ота, Бишкек, Душанбе каби шаҳарларда ҳар йили ноябрь–февраль ойларида кузатилади.

Иккинчи омилёғингарчиликнинг йўқлиги. Ноябр ойи бошидан бери Тошкентда деярли ёмғир ёғмади.

Учинчи омил – арид жараёнларнинг кучайиши ва табиий чангланиш. Ўзбекистон табиий жиҳатдан қуруқ ва яримқуруқ иқлим ҳудудида жойлашган. БМТ экспертлари бу минтақани дунёда арид жараёнлар энг тез кечаётган маконлардан бири сифатида қайд этган.

Синоптикларимиз прогнозига кўра, амалга ошган инверсия жараёни 24 ноябргача давом этиши мумкин. Шу вақтгача майда заррачаларнинг маълум даражада сақланиб туриши табиий ва мавсумий ҳолдир.

Об-ҳаво барқарорлашиши билан ҳаво сифати ўз-ўзидан сезиларли яхшиланади.

Ҳозирда маҳаллий ҳокимиятлар, коммунал хизматлар ва масъул идоралар томонидан қуйидаги амалий ишлар олиб борилмоқда:

– кўча ва йўлларни намлаш;
– яшил ҳудудларни қўшимча суғориш;
– жамоат жойларини нам тозалаш;
– аҳоли учун тавсияларни етказиш;
– атмосфера ҳавосини доимий мониторинг қилиш.


Ўзгидромет атмосфера ҳавоси ҳолатига оид барча муҳим кўрсаткичларни кунига икки марта – эрталаб ва кечқурун расмий каналлар орқали эълон қилиб боради.

Каналга қўшилиш 👈
Facebook | Instagram | Медиабанк