POSTDA|Rasmiy kanal
24.8K subscribers
60.8K photos
3.86K videos
112 files
15.9K links
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Бирлашган таҳририяти хабарлари

🌐 Веб-сайт : www.postda.uz

📨 E:mail: info@postda.uz
Download Telegram
Пойтахтимизнинг Ислом цивилизация марказидан суратли лавҳалар

Абу Кенжаев, фотомухбир.

👉 @postdarasmiy
Qilni qirq yorib

Jinoyat sodir bo‘lgan joyda ko‘zga tashlanmagan har bir zarra, iz haqiqat eshigini ochuvchi kalitdir. Viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari esa ana shu izlarni ilmiy tahlil qilish orqali qonun ustuvorligi va adolat tiklanishiga erishmoqda. — Biz uchun har bir ishda sinchkovlik talab etiladi. Chunki jinoyat joyidan topilgan ma’lumot faqat aybdorni topishga emas, balki begunohlarni oqlashga ham yordam beradi. Shu bois har bir iz — hal qiluvchi ahamiyatga ega, — deydi bosh ekspert podpolkovnik Hasanjon Begmatov.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Пайшанба – ҳуқуқбузарликлар профилактикаси куни

Учтепа туманида “Профилактика куни” доирасида ИИОФМБ ходимлари томонидан кенг кўламли профилактик тадбирлар ўтказилди. Хусусан, тумандаги 14-умумтаълим мактабида ўқувчилар билан учрашув ташкил этилиб, ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш, қонунларга ҳурмат билан муносабатда бўлиш, ёшлар ўртасида соғлом турмуш тарзини тарғиб этиш борасида тушунтириш ишлари олиб борилди. Тадбир давомида ўқувчиларга ҳуқуқий маданиятни ошириш, интернетдаги хавфсизлик қоидаларига риоя қилиш ҳамда жамоат жойларида ўзини тутиш маданияти ҳақида батафсил маълумотлар берилди.
👉 @postdarasmiy
Postda-На посту-47 (5).pdf
6.3 MB
«Postda-На посту» газетасининг 2025 йил 20 ноябрь кунги 47 (4741)-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Шунингдек, газетанинг интернетдаги http://postda.uz веб-сайтини ҳам кузатиб боришингиз мумкин.

©️ Газета таҳририят томонидан тақдим этилди.

📰 Мутолаа энг севимли машғулотингизга айлансин!

〰️〰️〰️〰️〰️
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/gazetalar_sharhi
https://t.me/postdarasmiy
AJDAHO KO‘PRIGI BOR

Sharqiy Osiyoga sayohat haqida gap ketganda, biz odatda Malayziya, Tailand va Indoneziya kabi davlatlarni tasavvur qilamiz. Lekin ko‘pchilik bilmagan boshqa ajoyib mamlakatlar ham bor. Ulardan biri Vyetnamdir. Aholisi 100 million kishidan ortiq. Mamlakatda 54 millat va bir nechta etnik guruhlar (xitoylar, kxmerlar, tay, txay, myongi, chamlar, zyaray, ed, xmongi va boshqalar) vakillari istiqomat qiladi.

Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yo‘llarda ogoh bo‘ling!

Navoiy shahridagi 18-sonli maktab o‘quvchilari tomonidan yosh harakat ishtirokchilariga ajoyib murojaat. Yo‘lning qatnov qismida ehtiyot bo‘ling. Piyodalarning majburiyatlarini doimo yodda tuting.

Navoiy viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati
@ypx_navoiy 👈obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʼzbekiston Respublikasi Turizm qoʼmitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi Qarori

Постановление Президента Республики Узбекистан "О мерах по организации деятельности Комитета по туризму Республики Узбекистан и ускоренному развитию сферы туризма"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Xorazm IIBda har bir murojaat eshitilmoqda

Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul boshqarmaning ma’muriy binosida o‘tkazilib, unda aholi vakillari hamda shaxsiy tarkib xodimlarining murojaatlari bevosita o‘rganildi.
Ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi —
✔️ muammolarni joyida ko‘rib chiqish,
✔️ ortiqcha byurokratiyani kamaytirish,
✔️ fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish.
Tahliliy nuqtai nazardan qaralganda, bu kabi qabullar tizimdagi mas’uliyatni oshirish, shaffoflikni ta’minlash va har bir murojaatni e’tiborsiz qoldirmaslik siyosatining amaldagi ko‘rinishi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Qabul davomida bildirilgan taklif va murojaatlar ijrosi bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilishi — masala nafaqat eshitilayotgani, balki hal etilish mexanizmi yo‘lga qo‘yilayotganini ko‘rsatadi.
Nilufar Jabborova,
Xorazm viloyati.
👉 @postdarasmiy
Кўргазмали намойиш

Шимолий-минтақавий ҳудуд мувофиклаштириш маркази, Денов тумани Ички ишлар бўлимида "Очик эшиклар куни" ўтказилди. Унда Шимолий-минтакавий ҳудуд кинология гуруҳи ходимлари "Жасорат" мактаби тарбияланувчиларига хизмат итлари билан кўргазмали чиқишлар намойиш этишди. Ёшларга хизмат итларининг тайёргарлиги, қидирув ва қўриқлашдаги имкониятлари амалий тарзда кўрсатиб берилди.
Шунингдек, иштирокчилар кинология соҳаси, хизмат тартиби ва ички ишлар органларида хизмат қилиш имкониятлари ҳақидаги саволларига атрофлича жавоблар олишди.
Тадбир ёшларда соҳага қизиқиш уйғотиш ва уларни ҳуқуқбузарликлардан олдин олиш мақсадида ташкил этилди.
Оловиддин Исломов,
Шимолий-минтақавий ҳудуд
кинология гуруҳи кичик инспектор кинологи, сафдор.

👉 @postdarasmiy
TUNGI REYD TADBIRLARI

Kogon shahrida Xavfsiz hudud dolzarb 50 kunlik maxsus profilaktik tadbiri doirasida yoshlar va voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikning oldini olish maqsadida keng qamrovli tungi reyd tadbirlari o'tkazilmoqda. Reydlar davomida shahar bo‘ylab koʻngilochar maskanlar, kafe, kompyuterxona, bilyardxona va kalyanxonalarga e’tibor qaratilib, ichki ishlar xodimlari tomonidan nazorat va tekshiruv ishlari olib borildi. Tadbir davomida yoshlar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularni huquqiy madaniyatga, jamoaviy intizomga va sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga undashga alohida e’tibor qaratildi.
A.TURSUNOV,
podpolkovnik.

Buxoro viloyati.
👉 @postdarasmiy