Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
62K subscribers
1.92K photos
1.17K videos
400 files
2.07K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin @pmtests_admin1 yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Karim Azizaga qaraganda ko'proq daftarlarga va Botirga qaraganda ko'proq ruchkalarga ega. Aziza Karimdan ko'ra ko'proq ruchkalarga va Botirdan kamroq daftarlarga ega. Qaysi gap to'g'ri bo'lishi kerak?
Anonymous Quiz
15%
Botir eng kam daftarlarga egalik qiladi.
22%
Botir eng ko'p daftarlarga egalik qiladi.
27%
Karim eng ko'p daftarlarga egalik qiladi.
29%
Aziza eng ko'p ruchkalarga egalik qiladi.
7%
Karim eng kam ruchkalarga egalik qiladi.
9-may "XOTIRA VA QADRLASH KUNI"

Xotira chirog’i o’chmasin bir dam,

Qadrlanish uchun yaralgan odam,

Qarindoshmi yoki o’zga bo’lsa ham,

O’tganlar ruhini obod etaylik,

Qolganlar ko’nglini biz shod etaylik!


👉👉 @pmtests
Sovet bosqinchilari 1937-yil qatag’on siyosati bilan 4 oyda 10700 ziyoli o’zbeklarga ayblov e’lon qildi. Bulardan 3613tasi qatl etildi, 7082ta qamoqqa tashlandi. 4 kishi tergov vaqtida vafot etdi, 1 kishigina ozod etildi. Necha foiz o'zbek ozod qilindi?
Anonymous Quiz
17%
1%
24%
0,1%
49%
0,01%
10%
10%
🏆🏆4-yutuqli olimpiada g'oliblari aniqlandi!!🏆

(Keyingi yutuqli olimpiada 5-6-iyun o'tkaziladi)

4-5-sinflar
1. 🏆Muxtoraliyeva Shukronaxon
(Farg‘ona, Oltiariq, Tinchlik sh, 1-IDUM 3-sinf)
2. 🥈Ziyodullayev Amirshoh
(Buxoro, Romitan, 35-maktab 4-sinf)
3. 🥉Isoqulov Odilbek
(Samarqand, Ishtixon, 40-maktab 5-sinf)

6-7-sinflar
1. 🏆Normamatov Sanjarbek
(Qashqadaryo, Nishon, 4-maktab 7-sinf)
2. 🥈Jabborov Umidjon
(Buxoro, G'ijduvon, 6-maktab, 7-sinf)
3. 🥉Fahriddinov Amriddin
(Navoiy, Zarafshon, 3-maktab, 6-sinf)

8-9-sinflar
1. 🏆Sanaqulov Umidjon
(Jizzax, G'allaorol, 66-maktab 8-sinf)
2. 🥈Ro'ziyev Mahtumquli
(Buxoro, Jondor, 27-maktab 9-sinf)
3. 🥉Bobojonova Shahzoda
(Navoiy, Nurota, 18- maktab 8-sinf)

G'oliblarni muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz. Ushbu natijalarga erishishiga sabab bo'lgan ota-onalari va ustozlariga rahmat aytamiz. Faol ishtirok etgan o'quvchilarni yanada yaxshiroq o'qib, keyingi olimpiadalarimizda g'olib bo'lishlarini so'rab qolamiz.

☝️ Hurmatli o'quvchilar! Ilm olish va izlanishdan to'xtamanglar! Agar yaxshi o'qisangiz bugungi yutug'ingiz kelajakda ming yoki million barobar kattaroq yutuqga aylanadi! Hayotda ilmli inson doim yutadi!

👉👉 @pmtests
100 dan katta, ammo 200 dan kichik natural sonlar orasida oxirgi raqami dastlabki ikki raqamning ko`paytmasiga teng bo`lgan sonlar nechta?
Anonymous Quiz
15%
12 ta
22%
10 ta
28%
20 ta
27%
9 ta
8%
11 ta
Hozir mashinaning hisoblagichi 12 921 km ni ko'rsatmoqda. 2 soatdan so'ng hisoblagich har ikki yo'nalishlarda bir xil yoziladigan sonni (12921kabi) ko'rsatdi. Shu 2 soat mashina qanday tezlik bilan yurgan bo`lishi mumkin?
Anonymous Quiz
12%
95 km/soat
21%
85 km/soat
30%
75 km/soat
22%
55/soat
14%
110 km/soat
Ilm vaksinasi.

Yuz foiz samarali va ziyonsiz yagona vaksina! Farzandgizni har qanday ma'naviy va axloqiy kasalliklar, baxtsizliklarga qarshi emlashni unutmang!! (@Eh, Odamlar)

👉👉 @pmtests
#Matbuot_anjumani

Bugun, 11 may kuni AOKA majlislar zalida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumani

📌● Mavzu: Prezident maktablariga qabul va kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi.
❗️Matbuot anjumanini YouTubedagi rasmiy sahifamizda, "UzReport TV" telekanilida hamda AOKAning Facebookdagi sahifasida to‘g‘ridan to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin.
👇
https://youtu.be/3_PYQA36QWE
⚡️⚡️ Matbuot anjumanida prezident maktablariga qabul sanalari aytib o'tildi!

Hujjatlar topshirish vaqti:
5-25-iyun

1-bosqich saralash imtihoni:
20-25-iyul

Asosiy bosqich imtihoni:
20-23- avgust

🔶Shuningdek, imtihon o'tkazish tartibida yana bir qancha o'zgarishlar amalga oshadi:
- Ingliz tili (reading) va grammatika savollaridan tashkil topadi. (Listening chiqarib tashlangan)
- 5-6 sinf oʻquvchilari uchun 40 savol
- 7-10 sinflar uchun 50 savol


👉👉 @pmtests
📣📣📣 DIQQAT, E'LON!!!

HURMATLI OTA-ONALAR VA O'QUVCHILAR!

Respublikamizdagi barcha PREZIDENT MAKTABLARIga qabul jarayonlari 2021- yilning 5-iyun sanasidan boshlanishini ma’lum qilamiz.

❗️Hujjatlar topshirish 5-iyun sanasidan portal.piima.uz orqali faqat onlayn tarzda amalga oshiriladi va 25-iyunga qadar davom etadi.

Qabul bo'yicha savollar tug'ilsa, Siz uchun maxsus yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishingiz mumkin.

Buning uchun:

🌐 telegram bot (t.me/Qabul2021_bot)

☎️ Call-markaz +99871-207-72-22
raqamlari bilan bog'lanib o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

❗️Bularning barchasi 2021-yilning 5-iyun sanasidan o'z faoliyatini boshlaydi. ( @piimauz)

👉👉 @pmtests
Ramazonning birinchi kuni 04:25-19:03 vaqt oralig’ida ro’za tutilgan edi. Bugun 30-kuni - arafa kuni bo’lib, soat 03:36-19:34 oralig’ida ro’za tutiladi. Savol: Ramazonning 1-kungi ro’zasidan 30-kungi ro’zasi qancha vaqt uzoqroq davom etadi?
Anonymous Quiz
13%
1 soat
19%
1 soat 10 minut
35%
1 soat 20 minut
20%
1 soat 21 minut
14%
1 soat 30 minut
#matbuot_anjumani

Yangi ochilayotgan Prezident maktablari qachondan ish boshlaydi?

Buxoro, Fargʻona, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlaridagi Prezident maktablari qurilishi yakunlanish jarayonida. Bu maktablarning sentyabr oyida ish boshlashida muammo boʻlmaydi.

Andijon, Sirdaryo, Navoiy, Surxondaryo, Toshkent viloyatlaridagi Prezident maktablari qurilishi davom etmoqda. O'quv yili boshlanishiga tayyor bo'lishi rejalashtirilgan. Bu yil ushbu viloyatlarda ham aniq prezident maktablari ish boshlaydi. (Bino qurilishi yakuniga bog'liq holda biroz kechikish bo'lishi ham mumkin.)

👉👉 @pmtests
Hayit bayramida qishloqdagi barcha bolalar sovg'a olishdi. Bolalarning 80%iga pul, 50%iga yangi kiyim va 40%iga kitob sovg'a qilindi. Ushbu ma'lumotlardan quyidagilardan qaysi birini aytish mumkin?
Anonymous Quiz
20%
Kitob olgan bolalarning yarmidan ko'pi pul ham olgan
26%
Yangi kiyim olganlarning yarmidan ko'pi pul ham olgan
28%
Pul olganlarning yarmidan ko'pi yangi kiyim ham olgan.
26%
Pul olganlarning yarmiga kitob ham sovg'a qilingan.
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Bugungi bayramda bolalarni yaxshilab xursand qilishga e’tibor qarataylik!

Ular bizning kelajagimiz. Ular – ajoyib, ular beg’ubor va yuksak e’tiborga eng haqli bo’lgan shaxslardir.

Yomon bola bo’lmaydi. Balki, yomon ota-ona yoki yomon o’qituvchi bo’lishi mumkin. Agar farzandlarimiz ta’limi va tarbiyasida biror kamchilik bo’lsa, bunga o’zimiz aybdormiz xolos. Chunki, u hamma narsani bizdan o’rganadi.

Bayramdan foydalanib kanalimizga a’zo bo’lgan, testlarimizda ishtirok etib bilimini oshirib borayotgan, raqobat muhitini yaratib boshqalarni ham o’qishiga turtki berayotgan o’quvchilarni muborak bayram bilan yana bir bor takbirklaymiz. Olayotgan bilimlari foydali bo’lishini tilab qolamiz!!

👉👉 @pmtests
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mатбуот_анжумани

Савол. Ота-оналар Президент мактабларига қандай тайёргарлик кўришни билишмаяпти. Ота-оналар нималарга (мманбаларга) эътибор қаратиши керак. (@studio_67)

Анжуманда айнан бирор манба тавсия қилинмабди. Ва бу ҳақиқатан тўғри тасдиқдир. Танқидий фикрлаш ёки муаммоли масалалар ечишни ўрганиш, умуман боланинг фирклашини ошириш фақатгина тизимли қаттиқ тайёргарлик ва меҳнат билан амалга ошади. Кўпчилик битта китобни тугатиб ёки 100 та тестни ечишни ўрганиб, имтиҳонга тайёр бўлиш мумкин деб ўйлайди ёки икки ойгина тайёрланиб натижада ўзгариш бўлмаётганидан нолийди. Мукаммал тайёрланиш учун барча имкониятни ишга солиш керак. Мавжуд манбаларни ўрганиш, кўпроқ амалий мисоллар ва тестлар ечиш билан фарзандингиз фикрлаши ортиб боради.

👉👉 @pmtests
Aziz buyum bilan savdo (barter) qiladigan bozor rastalaridan o’zidagi narsani berib (1-harf), kerakli narsani (2-harf) oladi. Rastalar: 1)a-b 2)c-b 3)d-e 4)a-e 5)c-f 6)d-f 7)e-d 8)a-g. Azizda ‘a’ buyum bor. U qaysi rastalarga borib ‘f’ ni olishi mumkin?
Anonymous Quiz
19%
1; 2; 5
44%
7; 5; 6
30%
4; 7; 6
6%
4; 3; 6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Матбуот_анжумани

Савол. 2019 йилги тест жараёнлари билан бугунгисида қандай фарқ бор? Ўтган сафаргидек кутилмаган ўзгаришлар йўқми (@studio_67)

👉👉 @pmtests
Karim ota donasini 1000 so'mdan olib, 600 tup pomidor ko'chatini ekdi. Yil yakunida 500 tup ko'chat har birida 24 donadan pomidor hosilini berdi. Agar 6ta pomidor 1kg.ni tashkil qilib, kilosini 4000 so'mdan sotsa, Karim ota qancha foyda qiladi?
Anonymous Quiz
12%
7 200 000 so'm
28%
7 400 000 so'm
26%
7 800 000 so'm
27%
8 000 000 so'm
7%
8 200 000 so'm