Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
62.7K subscribers
1.87K photos
1.22K videos
387 files
2.11K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin @pmtests_admin1 yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
⚡️⚡️Bugun kanalimizda 1-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bo'lib o'tadi!!⚡️

Prezident maktabi va boshqa maxsus maktablarga tayyorlanayotgan o’quvchilar hamda matematikaga qiziquvchi barcha uchun Axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi.

Testlarning tuzilish shakli, Cambridge Assessment va boshqa rivojlangan davlatlarning fikrlash va axborotni tahlil qilishni baholash mezonlari asosida tuzilgan. Har bir testda barcha bilishi lozim bo’lgan muhim mavzular bo’yicha ma’lumotlar beriladi. Keyin esa shu ma’lumotlarni tahlil qilish bo’yicha savollar beriladi.

1-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bugun soat 20:00 da bo’lib o’tadi!!
Testda ishtirok etib bilimingizni sinab ko’ring!!

👉👉 @PMTESTS
1-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi👇👇
Test kodi: 15563

Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 15563 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.
15563_natijalar.html
37.9 KB
💡 Test yakunlandi!
🔰 Test kodi: 15563
👨 Test qatnashchilari: 181 ta
📝 Kalitlar: 1-B 2-A 3-C 4-B 5-C 6-D 7-D 8-A 9-C 10-D
Forwarded from asrorbek
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaqin tarixdagi ikki buyuk o'zbek siymolari: O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov va O'zbekiston qahramoni, xalq yozuvchisi Said Ahmad.

Buyuklarini tanigan xalq buyuk bo'ladi. Videoda Islom Karimovning xalq yozuvchisini prezident o'rniga o'tkazib hurmat ko'rsatgani aks etgan. Ikkisining ham oxiratlari obod bo'lsin!!

👉👉 @PMTESTS
‼️Bizda natijalar qanday⁉️

Men, Jumanazarov Asrorbek asosiy faoliyatim jamoamiz bilan o'quvchilarni fikrlash qobiliyatini oshiruvchi materiallar va testlar tuzish🧑🏻‍💻 bo'lsa-da, bu manbalarning haqiqatda foydali ekanligini sinash uchun kam sonli o'quvchilarni "CURIOSITY" o'quv markazida🧑🏻‍🏫 imtihonlarga tayyorlab kelmoqdaman. 2021 va 2022-yillarda faoliyatimdagi 👍ajoyib natijalar 2023-yilda ham davom etmoqda. Keyingi tayyorlanayotgan o'quvchilarga o'rnak bo'lishi uchun 2021-2022-yillarda o'qitgan Ko'palov Shohjahon, Qosimov Muhammadali, Abdullayev Muhammad Amin, Eshmurodov Muhammad, Olimjonov Shodiyorbek, Abdurahmonov Abdulloh kabi o'quvchilarimiz haqida yozgan edik. Bu yil ham an'anani davom ettiramiz.

2023-yilda tayyorgarlik olib borgan 25 ta o'quvchimdan, 4 tasi Al-Xorazmiy va Mirzo Ulug'bek maktablariga va 7 tasi Prezident maktablariga qabul qilindi. Shuni aytish joizki, nisbatan kam sonli o'quvchilar bilan bunday natijaga erishish darslar yo'nalishining to'g'riligi va materiallarning foydali ekanligini isbotlaydi. Kanalimizda biz bilan birga tayyorgarlik olib borgan ba'zi o'quvchilar haqida ma'lumot berib o'taman. Ma'lumot berishdan ASOSIY MAQSAD kelgusida prezident maktabiga kirish uchun tayyorlanayotgan yoshlarga qanday harakat qilish lozimligini aytib o'tish bo'ladi.

👉👉 @PMTESTS
Madaminov Saida'lo, Nurafshon shahar Prezident maktabi 16-o'rin. 62 ball.

‼️Yaxshi tayyorlovchi joyni topish vaqt talab qiladi. Tayyorgarlikni ertaroq boshlang.‼️

Saida'loning ota-onasi Prezident maktablari ochilishi (2019) bilan o'z farzandlarini shu joyda o'qitishni maqsad qilishadi. 1-3-sinflarda mental arifmetika, ingliz tili va matematika kurslarini o'qitishadi. Keyinchalik, aynan Prezident maktabiga tayyorlovchi mos o'quv markazini tanlash qiyinlashadi. Bir nechta o'quv markazlarining sinov darslarida ishtirok etganidan so'ng, 4-sinfda "CURIOSITY" o'quv markazida o'qitishga qaror qilishadi. Har bir mavzuni qunt bilan o'rganib borgan Saida'lo bilim darajasi tez sur'atlarda o'sib boradi hamda Prezident, Al-Xorazmiy va Ixtisoslashgan maktablar imtihonlarining barchasidan muvaffaqiyatli o'tadi.

⚡️Mulohaza, agar o'quvchi yaxshi markaz qidirishni 4-sinfdan boshlasa va o'ziga mos tayyorlovchi joyni topa olmasa, iqtidorli bo'lishidan qat'iy nazar imtihonlarda muvaffaqiyat qozonishi qiyin bo'ladi.
@PMTESTS kanali 2023-2024 yil uchun o'z faoliyatini boshladi.

2023-yilda bo'lib o'tgan Prezident maktablari, al-Xorazmiy maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari o'quvchilardan chuqur bilim va ko'nikmalarni talab qildi. Shuningdek, imtihon savollari o'quvchilarning ertaroq va kuchliroq tayyorlanishi zarur ekanligini ko'rsatdi.

Diqqat📌
Bugun 📆 3-sentyabr soat 20:00 da 2023-2024-o'quv yilidagi 2-prezident va al-Xorazmiy maktabi MATEMATIKA testi bo'lib o'tadi.

Imtihonlarga mukammal tayyorlanish uchun yil boshidan bilimingizni mustahkamlab boring!!

👉👉 t.me/pmtests
Forwarded from asrorbek
Maxamadov Bahrombek, Toshkent shahri Prezident maktabi 20-o'rin. 72 ball

‼️Farzandlarni erkin fikrlashga o'rgating, katta farzandlar kichiklari bilan ko'proq fikr almashishlari lozim‼️

Uyda akasi bilan ko'p muloqot qiladigan, vazifalar bajarishda akasidan maslahatlar oladigan Maxamadov Bahromga oilada ota-onasi ham katta insonlardek munosabatda bo'lishgan. Natijada u yosh bo'lishiga qaramasdan mustaqil va erkin fikrlashni o'rgangan.

U 4-sinfgacha qo'shimcha tayyorgarlik kurslariga bormagan. Ammo, dars davomida o'quvchilarga aytib beriladigan ibratli voqealar, ruhlantiruvchi iboralar va tavsiyalardan eng ko'p ta'sirlanishi unga qisqa vaqt ichida mukammal tayyorlanishga yordam berdi. U Al-Xorazmiy maktabiga 17-o'rinda, Ixtisoslashitirilgan maktabi 94 ball bilan o'tishga muvaffaq bo'ldi!!

Bolalarning o'rtoqlari yoki oila a'zolari bilan ba'zi mavzularni muhokama qilishi va o'zining erkin fikrini bildirishi tayyorgarlik jarayonida ham qo'l keladi. U darsda savollarini erkin so'raydi va ijodiy fikrlay oladi.
Forwarded from asrorbek
Nizomiddinov Jalolbek, Navoiy shahridagi Prezident maktabi 2-o'rin. 74 ball

‼️Imom Buxoriy 1080 ta ustozdan ilm olganidek, farzandlarimiz ko'plab ustozlardan dars olishi lozim.
‼️

Tayyorgarlikni 1-sinfdan boshlagan 10ga yaqin tajribali ustozlardan matematika, ingliz tilini o'rgangan Jalolbek uyida tushunmagan misollarni ota-onasi bilan birorta qoldirmay muhokama qilib borgan. Ilmga chanqoq o'quvchi O'quv markazimizda online ta'lim olish bilan bir qatorda yana o'z ishining ustasi bo'lgan bir necha ustozlardan ta'lim olishni uddalagan va natijalar ham shunga mos bo'lgan.

Jalolbek shu vaqtga qadar Respublika miqyosida offline olimpiadalarda 3 marta, onlinelarda 30 martadan ziyod g'olib bo'lgan: oltin, bronza, kumush medallarni olgan. Navoiy shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabga 83,2 bal bilan o'tishga muvaffaq bo'lgan. Prezident maktabiga kirishidagi asosiy omillardan biri @PMTESTS kanalining O'quv markazlarda o'tkazilayotgan testlarida muntazam qatnashib, savollarni chuqur tahlil qilib borgani bo'lgan.
‼️Bugun maktab ta'limini boshlagan barcha o'quvchilarga ilm olishda muvaffaqiyat tilaymiz‼️

Buyuk kelajak va farovon hayotga olib boruvchi yagona narsa sifatli ta'limdir. Maktab o'qishiga qaytgan yoki birinchi bor maktabga qadam qo'ygan yoshlarni barchamiz duo qilaylik!

Zora, ular yaxshi ta'lim olib yurtimiz taraqqiyotiga ulkan hissalar qo'shishsa. Barcha ustozlarga ham o'zining sharafli ishlarini mukammal bajarishlarida omad yor bo'lsin!!

👉👉 t.me/pmtests
#respect
#EDU_HILOL

⚡️⚡️Bir hududdagi prezident maktabiga 18 ta O'quvchi kiritishni uddalagan (bizga ma'lum) YAGONA O'QUV MARKAZI‼️

Edu Hilol jamoasini bunday ajoyib natijalari bilan tabriklayman. Ushbu o'quv markazida boshqa markazlarga o'rnak bo'ladigan ajoyib sifatlarni ko'rdim:

Ularning asosiy maqsadi o'quvchilarga xolis va fidoiylik bilan bilim berishdir. Ular kabi 'NATIJA' ko'rsatgan o'quv markazlari butun O'zbekistonga "dod-faryod" solib, o'zlarini ko'klarga ko'tarayotgan bir vaqtda, EDU HILOL jamoasi o'zini kamtar tutib kelmoqda. Mana bu haqiqiy fidoiylik, manabu xalq manfaati va yurt ravnaqi yo'lidagi haqiqiy xizmatdir.

Edu Hilol o'quv markaziga foyda olishdan ko'ra, o'z ishini mukammal tarzda bajarish muhimroq. Ular marketing va reklama faoliyatiga qaratadigan e'tiborini ham o'quvchilarga bilim berishga qaratmoqdalar. Ularga ajoyib natijangizni e'lon qilaylik deb taklif bersak, ularning o'quvchilari natija uchun @pmtests jamoasiga minnatdorlik bildirishibdi. Aslida ularning natijasiga Edu Hilolning fidoiy ustozlari mehnati orqali erishilgan.

Edu Hilol jamoasining bundan keyingi faoliyatida ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Yoshlarga bilim berish kabi xayrli ishlarida Yaratgan yor-u madadkor bo'lsin!! (PMTESTS_JAMOASI)
Uchrashuv

Bobosidan qolgan bog’ga uzoq yillardan so’ng tashrif buyurgan Ismoilni bog’ xizmatchisi Orif ota va uning ayoli kutib oldi. Nariroqda uyalib turgan qizi onasi imosi bilan tahoratga suv keltirib, obdastani “kichik xo’jayin”ga uzatarkan, ibo bilan eshitilar-eshitilmas: “Assalomu alaykum, keling”, deya oldi va zumda ko’zdan g’oyib bo’ldi.

Orif ota xonadonida mehmon bo’lib qolgan Ismoil yolg’iz bog’da sayr etar ekan hayoliga kelgan baytni bog’ oxiridagi eshikka yozib qo’ydi.

Dilkusho el bo’lmasa, zindon erur,
Qayerda el bo’lsa, anda dil kusho.

U odami yo’q bog’ni zindonga qiyos qilgan edi. Ertasi kuni Ismoil kutilmaganda yozuvlarni ustidan chizib ostiga boshqa bayt yozgan bog’bonning qizi Fotimani uchratib qoldi. Fotima juda chiroyli husni xat bilan:

Dilkusho gul bo’lmasa, zindon erur,
Qayerda gul bo’lsa, anda dil kusho.

Husni xatdan mukammal ta’lim olgan Ismoil bu yozuvdan hayratda qoldi va “Xatingiz g’oyat go’zal ekan!” – dedi. Ismoilni kelganini sezmay ayb ustida qo’lga tushganday yuzlari qizarib ketgan Fotimaga yigit: “Haqiqatan gulsiz bog’ chiroqsiz uyday sovuq va fayzsiz tuyuladi. Dilkusho turfa gullari bilan huzurbaxsh. Ammo, gul hajrida fig’on chekuvchi bulbul bo’lmasa, gul erta sarg’ayur ” – dedi.

Qiz zukkolik bilan gap ma’nosini burib: “Ushbu bog’da erta tongdan bulbul fig’oni tinmaydir” – dedi.

Ismoil bo’sh kelmay: “Ming taassufki, bu bo’ston guli bulbulning nolasiga befarqdir, u qancha kuyib-pishmasin, husnini yaproqlar ichra yashirmishdir” – dedi.

Fotima jur’at bilan: “O’sha bulbul azizlik qanoatda ekanligini bilmas. Ikki nomahram suhbatiga shayton aralashgusi, zotan, Yaratganga bu hush kelmas. Agar zerikib qolsalar, men ojizaga o’xshab bog’dagi gullar bilan sirlashmoqni odat qilsinlar” deya ketdi.

Bog’bon qizidan bunday nazokat va fasohatni kutmagan Ismoil o'zi boshlagan so’z o’yinida yutkazganini his qildi. U qiz ortidan hasrat bilan tikilib qoldi. Agar bunday oqila va zukko qiz jufti haloli bo’lsa, tug’ilajak farzandlar ham zukko, xushxulq va solih bo’lishini o’yladi.
________________________________

Hali uylanmasidan farzandlari kamolini o'ylagan Ismoil va qayerda (bog'da yoki dalada) bo'lishidan qat'iy nazar ilm o'rgangan, hayoni hamma narsadan ustun qo'ygan Fotimadan butun o'zbek xalqi uchun faxr bo'lgan buyuk olim Imom Buxoriy dunyoga keldi.

👉👉
@PMTESTS
4 D qoidasi

Rossiyada ishlaydigan ba'zi tanishlarimning "Biz ishlayotgan joyning xalqi juda dangasa, hatto uyidagi oddiy ishlarni ham qilishmaydi. Buzilgan chiroqni biz almashtiramiz. Qorni biz kuraymiz. To'kilgan barglarni biz tozalaymiz. Va bu ishlarimiz uchun yaxshigina haq olamiz. Ular esa har zamonda farzandlariga kitob o'qib berishadi. Ko'p vaqt dam olishadi" deyotgani eshitib qolaman. Shunda men tanishlarimga o'sha xalqning vaqtdan unumli foydalanayotgani va 4D qoidasiga amal qilayotganini tushuntirishga harakat qilaman.
4 D qoidasi

Davlat va jamiyatning qudrati va rivojlanishi u joydagi insonlar vaqtini qanday ishlarga sarflayotgani bilan bevosita bog'liqdir. Insonlar quyidagi 4 turdagi ishlarga vaqtini sarflaydilar:

1 tur: Muhim va shoshilinch ishlar. Farzandlar ta'limi, inson salomatligi va kasbiy rivojlanishga doir ishlar juda muhim va juda shoshilinch hisoblanadi. Bunday ishlarni bir soatga ham kechiktirib bo'lmaydi. Shuning uchun muhim ishlar har qanday vaziyatda ham BAJARILISHI LOZIM!!

2 tur: Muhim bo'lmagan ammo shoshilinch ishlar. Uy ishlari, kasbga doir bo'lmagan ishlar. Bunday ishlarni odatda sizning o'rningizga boshqa inson ham qilishi mumkin. Muhim ishlardan vaqti oshmayotgan inson bunday ishlarni boshqalarga BAJARTIRISHI LOZIM.

3 tur: Muhim, ammo shoshilinch bo'lmagan ishlar. Kelajakda shoshilinchga aylanadigan, ammo hozir rejada bo'lgan ishlar. Qaysidir 4-sinf oq'uvchisi programist bo'lmoqchi. U hozirdan dasturlashni o'rganmaydi. Balki, uning uchun zarur bo'lgan matematika va ingliz tili fanlarini chuqur o'zlashtiradi. Maktab o'quvchisi hozirdan uylanish haqida bosh qotirmaydi. Bunday ishlarni bajarishni KECHIKTIRISH LOZIM.

4 tur: Muhim ham shoshilinch ham bo'lmagan ishlar. Televizorda qandaydir serial tomosha qilish, telefon o'yinlari va befoyda suhbatlar shular jumlasidandir. Bunday befoyda ishlarga qimmatli vaqtini sarflayotgan jamiyat kuchsiz va qoloq bo'lib boradi. Bunday ishlarni DELETE qilish lozim. (Hech qachon qilmaslik kerak)

Bu qoidaga amal qiladigan xalqlar ta'limga e'tiborini qaratadilar. Yaxshi mutaxassis bo'lib, o'zlari 5000$ maosh oladi va mayda ishlarini arzimagan $500 ga boshqalarga bajartiradilar. Muhim ishlar bilan band bo'lgan insonlar juda ko'p vaqt ishlamasalarda, nomuhim ishlarga ko'p vaqtini sarflaydigan insonlardan yaxshi hayot kechiradilar.

Biz ham e'tiborimizni muhim ishlarga qaratishimiz lozim. Ko'p vaqtlar davomida boyliklari talangan, ziyolilar qatag'on qilingan xalqimiz hozirda boshqa xalqlarning muhim bo'lmagan ishlarini qilishga majbur bo'lmoqda. Ammo, yoshlarimiz bilan aslo bunday bo'lmasligi lozim. Ota-onalar farzandlari ta'limini eng muhim ish sifatida ko'rishi lozim.

Tarixda nomuhim ishlar bilan band bo'lgan va ta'limga e'tibor bermagan xalqlar boshqa xalqlarda qul bo'lgan. Buyuk xalqimizdan yana butun dunyoga foyda keltiruvchi buyuk insonlar yetishib chiqishi uchun barchamiz ta'limni eng muhim ish sifatida ko'rishimiz lozim.

👉👉 @PMTESTS
Audio
O’zbek san’ati katta ustunidan ayrilibdi. O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo'rayev 77 yoshida vafot etdi.
Farzandingiz Muhammad Sodiq bo'lishi uchun uning otasi Muhammad Yusuf bo'lishi kerak‼️

Bir inson farzandiga yaqin tarixdagi eng zabardast olim, o'zbeklar faxri Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ismini qo'yadi. U farzandini Shayx Muhammad Sodiq kabi ilmli va yetuk inson bo'lishini juda xohlagan edi. Ammo, uning farzandi ilmga e'tiborsiz, dangasa va salohiyatsiz bo'lib katta bo'ladi.

Kunlarning birida u farzandini Shayx Muhammad Sodiqning huzuriga olib bordi va kichik Muhammadsodiqdan shikoyat qildi: "Hazrat, Sizga havas qilib o'g'limga sizning ismingizni qo'ygan edim. Lekin, nimagadir farzandimning ta'limi ham tarbiyasi ham qoniqarli emas."

Shunda hazrat u insonga: "Farzandingiz Muhammad Sodiq bo'lishi uchun uning otasi Muhammad Yusuf bo'lishi kerak" - degan ekanlar.

Izoh: Olimlarning ota-onalari boshqalardan ko'ra farzandining ilm olishi yo'lida ko'proq mashaqqat chekadilar. Farzandingizning har bir natijasida asosiy omil Sizning mehnatingizdir. Ota-onalar farzandlarni aybdor qilish o'rniga ularning kamoli yo'lida ko'proq mehnat qilishlari lozim.

👉👉 t.me/pmtests
Forwarded from asrorbek
G'ofurova Nodirabegim, Farg'ona shahridagi Prezident maktabi 1-o'rin. 77,5 ball

‼️Farzandlar ota-onalarning yuzidir. Ularga qanday qadam bosishni o'rgatmang, ular baribir Sizga ergashadilar
‼️

Men doim o'quvchilarimga o'rnak qilib ko'rsatadigan, go'zal tarbiya va odobi bilan boshqalardan ajralib turadigan o'quvchimiz Nodirabegim BIZ bilan online tayyorgarlikni 3-sinfdan akasi bilan parallel tarzda boshladi. O'sha yili kamroq vaqt tayyorgarlik ko'rgan akasi Prezident maktabiga kira olmadi. Ammo, Nodirabegimga vaqt yetarli bo'ldi.

Bu o'quvchimiz ham ota-onasining yordami bilan bir vaqtning o'zida bir nechta tajribali ustozlardan ilm olishni uddaladi. Darslar bir vaqtda bo'lganida Zoom ilovasida onasining darsga qatnashib qiziga o'rgatishi meni juda hayratlantirgan. Qimmatli vaqtini farzandi ta'limi uchun ayamagan, 10 yoshli qizning tayyorlanishi uchun hatto boshqa viloyat Namanganga borib bir muddat yashagan ota-onalar hurmatga loyiqdir.