Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
81.9K subscribers
2.16K photos
1.92K videos
351 files
3.26K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi — Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)
📩 Murojaat uchun: @pmustoz Tel: +998555007575
Download Telegram
Kompyuter o'yinida men yulduzlar va yuraklarni yig'aman. Agar men 3 yulduz va 5 yurakni yig'sam, 27 ochko olaman.
Agar men 5 yulduz va 7 yurakni yig'sam, 41 ball olaman.
Agar 1 yulduz va 1 yurakni yig'sam, qancha ball to'playman?
Anonymous Quiz
45%
7
20%
12
20%
14
10%
24
5%
50
👍290🎉69🔥40🤩34😱32
‼️BUGUN soat 20:00 da ixtisoslashtirilgan maktablar MATEMATIKA fani namunaviy savollari bo'yicha online test bo'lib o'tadi‼️

Oldingi yillarda Rasmiy sahifalarda e'lon qilingan namunaviy savollardan iborat testlar haftaning dushanba kunida ochiq tarzda bo'lib o'tadi. Ushbu testlar 25 ta savoldan tashkil topadi. Testlarning batafsil yechimlari Repetitsion testlar kanaliga yuboriladi.

Testda ishtirok etib bilimingizni sinab ko'ring!!

👉👉 t.me/pmtests
👍162🎉29🤩28🔥21😱13
90-online test savollarini PMTESTS.UZ saytidan yeching!!
👍87🎉33😱26🤩23🔥17
13436_natijalar.html
95.7 KB
💡 Test yakunlandi!
🔰 Test kodi: 13436
👍65🎉13🔥12😱6🤩5👏1
Prezident maktabi SARALASH imtihoni savollari CAMBRIDGE ASSESSMENT xalqaro tashkiloti tomonidan tayyorlangan.

Saralash imtihonlari bo'lib o'tganidan keyin ota-onalar va faollar tomonidan imtihonning haqqoniy va shaffofligi bo'yicha bir qancha savollar o'rtaga tashlandi. Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari Agentligi qisqa fursatda savollar yuzasidan munosabatlar birdirib bordi. Prezident maktablariga o'quvchi tayyorlash sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassis sifatida bizni Agentlik tomonidan berilgan javoblar (munosabatlar) qanoatlantirdi va o'quvchilarimiz ota-onalarining xavotirlari kamaydi.

✅ Bu yilgi saralash imtihoni savollari haqiqatan ham Cambridge Assessment xalqaro tashkiloti tomonidan tayyorlanganmi⁉️

‼️ Steve King Cambridge Assessment xalqaro ta’lim tashkiloti 2019-yildan beri jumladan bu yil ham Prezident maktablari qabul imtihonlarida, savollarini tayyorlash va o‘quvchilarni saralashda, natijalarni e’lon qilishda qatnashayotganini tasdiqladi.

✅ Imtihonlar 3 ta smenada bo'ldi. Dastlabki smenalarda berilgan savollar keyingi smenalarda ham takrorlansa, oldin kirgan o'quvchilardan savollarni keyingilar o'rganib olmaydimi⁉️

‼️ Munosabatda Cambridge tashkiloti bu yilgi imtihonlarning 1-bosqichi uchun 8 ta turli xil variantlardagi savollar ishlab chiqib, savollarning takrorlanmasligi va har smenada har xil savollardan foydalangan holda shaffoflikni ta’minlashga intilgani aytildi.

✅ Birinchi bosqich imtihonida 4-sinf o‘quvchilariga dasturga mos bo‘lmagan savollar berilganmi⁉️

‼️ Agentlik bu bo'yicha ham munosabat bildirib o'tdi. Unga ko'ra, Saralash imtihoni savollaridan 2 ta savol bilishga oid, 3 ta savol mulohazaga oid, qolganlari qo'llashga oid savollar hisoblanadi. Barcha savollar boshlang'ich sinflar bo'yicha ta'lim standartlariga asoslangan.

Bizning fikrimizcha, ota-onalar va faollarning savollari juda o'rinli bo'lgan. Bunday muhim jarayonlarda jamoatchilik nazorati juda zarur hisoblanadi. Shuningdek, faollarning ko'plab savollariga Agentlikning alohida e'tibor bilan qoniqarli javob berishi shaffoflik imkon darajasida ta'minlanayotganini bildiradi.

Hech bir tashkilot mukammal tarzda ishlamaydi. Bu imkonsiz. Ammo, mukammallikka intilish va xatolarni tuzatib borishi orqali tashkilotga baho berish to'g'riroq hisoblanadi. Butun dunyoda imtihonlar o'tkazib, milliardlab dollarlar ishlaydigan xalqaro tashkilotlarga avval o'z xalqi ichonch bildirgan keyin esa butun dunyo ularning mijoziga aylangan. Men ta'lim tashkilotlarimiz faoliyatiga xolis baho bergan holda, imkon qadar ularni qo'llab-quvvatlash tarafdoriman. Bu O'zbeksitonning buyuk kelajagini ta'minlashiga ishonaman.

👉👉 @PMTESTS
👍149🎉19🤩10😱6🔥3👏1
📣📣Bugun prezident maktabiga tayyorlanayotgan o'quvchilar uchun 44-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi‼️

BUGUN soat ⏰20:00 da kanalimizda Prezident maktablariga tayyorlanayotgan o'quvchilar uchun 44-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi. Testda ishtirok etib bilimingizni sinab ko‘ring!

Barcha oldingi testlar, keyingi bo'ladigan testlar va ularning javoblari REPETITSION TESTLAR kanaliga joylab boriladi! Kanalga hoziroq a'zo bo'ling!!


Murojaat uchun: @PMTESTS_ADMIN
👍50🔥21🎉13🤩7😱6
Asosiy imtihonga PMTESTS.UZ saytidagi testlar orqali tayyorlaning.

PMTESTS.UZ saytida asosiy imtihonga tayyorlanish uchun 44 ta tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testlari, hamda 80 ga yaqin ingliz tili testlari joylangan. Ushbu testlarni saytdan yechib o'quvchilar bilimlarini mustahkamlashi mumkin.

Saytdan test yechishning afzalligi test yakunlanishi bilan o'quvchida yechimlarini ko'rish imkoni paydo bo'ladi. O'quvchi barcha murakkab savollar yechimlarini o'rganib olishi mumkin.

👉👉 Saytdan test yechish
👍64😱9🎉8🔥6🤩4
#imtihon_2023
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣 AGENTLIK TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

❗️Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihonlari joriy yilning 25-26-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

✅Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

⬇️SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” iga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

🔹 Kirish imtihonlari bir bosqichda yo'nalishlar bo'yicha quyidagi tartibda o'tkaziladi:

➖Aniq fanlar yo'nalishi uchun:
-matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

➖Tabiiy fanlar yo'nalishi uchun:
-tabiiy (sceince) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

✅ 2023-2024-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari:
➖Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinfiga;
➖ Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga;
➖Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga qabul qilinadi.

🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍124😱11🔥10🎉10🤩10
⚡️⚡️⚡️ Bugun kanalimizda 1-muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi.

Prezident maktabi Asosiy imtihoniga tayyorlanayotgan o'quvchilar uchun BUGUN soat 20:00 da 20 ta savoldan iborat 1-muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi. Testda ishtirok etib bilimingizni sinab ko'ring!!

Testlarning batafsil yechimlari PULLIK kanallarimizga tashlanadi.

Murojaat uchun: @PMTESTS_ADMIN

👉👉 T.ME/PMTESTS
👍48😱9🤩9🔥8🎉7
⚡️⚡️ Keyingi hafta IMTIHONLAR HAFTALIGI bo'lishi kutilmoqda‼️

Xabaringiz bor 25-26-iyul kunlari Al-Xorazmiy, Mirzo Ulug'bek va Ibn-Sino tayanch ixtisoslashtirilgan imtihonlari bo'lib o'tadi. O'quvchilar ushbu imtihonlarni topshirishlari bilan 28-30-iyul kunlari hududlardagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari imtihonlari boshlanishi e'lon qilindi.

Yangi tashkil etilgan 166 ta Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari hamda 13 ta yangi ochiladigan Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining imtihonlari joriy yilning 28-30-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Prezident maktabi 2-bosqich imtihonlari esa 31-iyulda bo'lishi rejalashtirilgan.

Ketma-ket kelayotgan imtihonlarda qatnashuvchi barcha o'quvchilarga muvaffaqiyat tilaymiz!!

👉👉 t.me/pmtests
👍139🔥22🎉13😱11🤩11
#Cambridge_munosabati

❗️Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablariga kirish imtihonlarida Cambridge Assessment xalqaro ta’lim tashkiloti qatnashmasligi haqida turli xabarlar yuzasidan Cambridge University Press&Assessment xalqaro ta’lim tashkilotining RASMIY MUNOSABATI:

🌐 https://www.cambridge.org/partnership/cambridge-helps-deliver-admissions-testing-for-presidential-schools-in-the-republic-of-uzbekistan

🗣Eslatib o‘tamiz, ushbu xabarning asossiz ekanligi haqida oldinroq Cambridge University Press&Assessment xalqaro ta’lim tashkilotining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bosh maslahatchisi Steve King RASMIY MUNOSABAT bildirgan edi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍67😱11🎉11🔥9🤩2
#imtihon_2023
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI TOSHKENT SHAHRIDA BO‘LIB O‘TADI

📆 Joriy yilning 25-26-iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga, 26-iyul kuni esa Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

🔔 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📍Imtihon o‘tkaziladigan manzillar:
➖“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi
➖ Moliya instituti qoshidagi "Oliy o‘quv yurtlariaro sport majmuasi"

✔️ Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥7🎉7🤩6😱2
⚡️⚡️⚡️Bugun kanalimizda Mantiq elementi bor matematika testi bo'lib o'tadi.

Al-Xorazmiy va Ixtisoslashtirilgan maktablari imtihonlarida bir nechta matematika savollari mantiqiy fikrlashga oid bo'ladi. Imtihon yaqin qolganini inobatga olib BUGUN soat 20:00 da @PMTESTS kanalimizda ushbu turdagi test bo'lib o'tadi. Ushbu test 30 talik testlar davomi bo'lib 91-test sifatida beriladi.

Bilimingizni sinab ko'ring.

👉👉 t.me/pmtests
👍65🔥14🤩11😱10🎉9
⚡️⚡️⚡️Al-Xorazmiy maktabiga hujjat topshirganlar uchun ruxsatnomalar chiqishni boshladi‼️

📣📣 Al-Xorazmiy maktabiga hujjat topshirgan o'quvchilar uchun imtihon o'tkaziladigan vaqt va manzillar yozilgan Ruxsatnomalar ariza.piima.uz saytiga yuborilishni boshladi.

Imtihonga kelishdan oldin mazkur saytdagi shaxsiy kabinetingizdan RUXSATNOMAni yuklab oling. Imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir yarim soat oldin kelish talab qilinadi.

👉👉 t.me/pmtests
👍97🤩22🔥21🎉15😱13
⚡️⚡️⚡️ Bugun kanalimizda 2-muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi.

Prezident maktabi Asosiy imtihoniga tayyorlanayotgan o'quvchilar uchun BUGUN soat 20:00 da 20 ta savoldan iborat 2-muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi. Testda ishtirok etib bilimingizni sinab ko'ring!!

Testlarning batafsil yechimlari PULLIK kanallarimizga tashlanadi.

Murojaat uchun: @PMTESTS_ADMIN

👉👉 T.ME/PMTESTS
👍53🤩15🔥14🎉12😱9
Prezident maktabi Asosiy imtihoniga va Al-Xorazmiy maktabi imtihonlariga PMTESTS.UZ saytidagi testlar orqali tayyorlaning.

✅ PMTESTS.UZ saytida asosiy imtihonga tayyorlanish uchun 44 ta tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testlari, hamda 80 ga yaqin ingliz tili testlari joylangan. Ushbu testlarni saytdan yechib o'quvchilar bilimlarini mustahkamlashi mumkin.

✅Al-Xorazmiy va ixtisoslashtirilgan maktablar namunaviy testlarini ishlash uchun Saralash imtihoni bo'limida 81-,82-, 90-, va 91-testlarni yechib ko'ring.

Saytdan test yechishning afzalligi test yakunlanishi bilan o'quvchida yechimlarini ko'rish imkoni paydo bo'ladi. O'quvchi barcha murakkab savollar yechimlarini o'rganib olishi mumkin.

👉👉 Saytdan test yechish
👍92🎉15🔥12😱12🤩5
26,27,28-iyul kunlari havo haroratida farqlar kuzatiladi. Kunlarni solishtirganda ikki farq 5˚ va 4˚ bo’ldi. Agar seshanba 40˚ bo’lishi kutilayotgan bo’lsa, quyidagi haroratlarning qaysi biri Dushanba va chorshanba kungi haroratlar bo’lishi mumkin emas.
Anonymous Quiz
24%
44˚
34%
39˚
29%
49˚
14%
42˚
👍194😱74🔥42🎉37🤩176
📣 25-iyuldan 31-iyulga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi o‘quv muassasalariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi

AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori va mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida qabul va imtihon jarayonlari haqida ma’lumot berildi:

✔️ Qayd etilishicha, joriy yilning 25-26-iyul kunlari Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga, 28-30-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga, 30-iyul kuni Ijod maktablariga hamda 31-iyul kuni Prezident maktablari uchun 2-bosqich kirish imtihonlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

✅ Agentlik tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga kirish imtihonlari katta sig‘imli 58 ta yopiq binoda o‘tkazilishi belgilangan.

📂 Prezident maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun 56 745 ta hujjat, Ijod maktablariga 4 684 ta, hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga 142 212 ta hujjat, Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga jami 18 831 ta hujjat qabul qilingan.

❗️Hozirda maktablarda imtihonlarni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha viloyat hokimliklari, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam, Xavfsiz shahar markazi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

⏰ Batafsil

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍80🎉8🔥7😱6