Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
79.8K subscribers
3K photos
1.84K videos
633 files
3.23K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi — Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)
Download Telegram
​​Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident maktabi faxriy mehmonlari kitobiga nima deb yozgan edi?!

«...Yangi O‘zbekistonimizni yuksak taraqqiyot bosqichiga ko‘tarishdek ezgu niyatimizga yangicha va mustaqil fikrlaydigan, o‘z Vatanini jonidan ortiq sevadigan, uning yorug‘ kelajagi uchun sadoqat bilan xizmat qiladigan, fidoyi yoshlarni tarbiyalash orqali erishamiz.

Ana shunday salohiyatli va barkamol kadrlarni tayyorlash maqsadida respublikamizning har bir hududida mutlaqo zamonaviy shakldagi ta’lim muassasalari – Prezident maktablarini tashkil etdik.

Men ishonaman, bu maskanlar jonajon O‘zbekistonimizning ertangi taqdirini o‘z qo‘liga olishga, globallashuv davrida keskin bellashuv va raqobatlarda g‘olib bo‘lishga qodir shaxslarni – yangi Xorazmiylar, Farg‘oniylar, Beruniylar, Ulug‘beklarni tarbiyalab yetishtiradi.

Poytaxtimiz Toshkent shahrida faoliyat boshlagan Prezident maktabi xalqimizning ulug‘vor va olijanob orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishda barchaga namuna bo‘lishiga tilakdoshman».

T.me/pmtests
🔥3👍1
Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab qabuli davom etmoqda. 2020-2021 o‘quv yili qabulida o’quvchilar onlayn ravishda www.ictschool.uz rasmiy veb-sayti orqali ro’yxatdan o’tishadi.

Kun davomida ota-onalar va murojaatchilarga qulaylik yaratish maqsadida 1206 qisqa raqamli tashkil etilgan Call-markazga murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatib o’tamiz hujjatlar qabul jaroyini onlayn ravishda 20-sentabrgacha davom etadi.
________________
Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati
@itschooluz

@pmtests
🔥3
Saralash bosqichining o'tkazilish tartibi va baholash tizimi qanday?

Agar talabgorlar soni 1 o'ringa 20 kishidan ortsa saralash bosqich o'tkaziladi.
Saralash imtihonida Matematika fanidan 30 ta savol beriladi.

📌1-10 - savollar oson darajadagi savollar bo'lib, har bir savolga 2.1 ball beriladi.
📌11-20 - savollar oʻrta darajadagi savollar bo'lib, har bir savolga 3.2 ball beriladi
📌21-30 - savollar qiyin darajadagi savollar bo'lib, har bir savolga 4.3 ball beriladi
Saralash imtihoni talabgor xohishiga koʻra oʻzbek, ingliz yoki qoraqalpoq tillaridan birida boʻlib oʻtadi.
Eng yuqori ball : 96 ball
Beriladigan vaqt : 90 daqiqa

Kanal manzili
@pmtests
10👍4🔥1
Asosiy imtihonning o'tkazilish tartibi qanday?

Asosiy imtihon 3 ta fandan boʻlib oʻtadi:
📌Tanqidiy fikrlash — 16 ta savol;
📌Masala yechish — 24 ta savol;
📌Ingliz tili — 55 ta savol (25 ta listening va 30 ta Reading)
Maksimal ball — 100
Beriladigan vaqt — 150 daqiqa

❗️Eslatma: Prezident maktabi kirish imtihonlari - saralash va asosiy imtihonlar yuqorida keltirilgan fanlardan bo'lib o'tadi.
Ba'zi ota-onalar tomonidan noto'g'ri ma'lumotlar tarqalmoqda. Masalan, informatika fanidan ham imtihon bo'lar emish yoki shunga o'xshash xato xabarlar.
2019-yil imtihonlar aynan biz keltirgan tartibda bo'lgan va hali bu tartib o'zgarmagan!

Kanal manzili
@pmtest
👍168🔥1😱1
Ta'lim

♻️Ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda tabiiy va aniq fanlar, robototexnika, axborot texnologiyalari va boshqa fanlarni o'qitish.
♻️Cambridge International dasturi bo‘yicha STEAM ta’lim tizimiga kiruvchi fanlarni malakali xorijiy o‘qituvchilar tomonidan ingliz tilida o‘qitish.
♻️Yetakchi xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish va muvaffaqiyatli o‘qish imkoniyatini beruvchi bilimlarni shakllantirish.
♻️Tanqidiy fikrlash, yetakchilik va notiqlik san’ati ko‘nikmalarni rivojlantirish.
♻️O‘quvchilarning ishtiyoqi va qobiliyatlari asosida individual o‘quv rejasini ishlab chiqish.
♻️Ingliz tilini chuqur o‘rganish uchun sharoit yaratish.

Kanal manzili
@pmtests
👍5🎉5🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Qabul 2020/2021 | Imtihon topshiruvchilar diqqatiga!

25-sentabrdan qabul jarayonining ilk imtihonlari boshlanadi, barcha imtihon topshiruvchilardan ushbu yo'riqnomalar bilan to'liq tanishib chiqishingizni so'raymiz.

Batafsil ma'lumot: ictschool.uz/qabul

Manba: Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati

Kanal manzili
@pmtests
6👍4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Qabul 2020/2021 | Imtihon topshiruvchilar diqqatiga!

25-sentabrdan qabul jarayonining ilk imtihonlari boshlanadi, barcha imtihon topshiruvchilardan ushbu yo'riqnomalar bilan to'liq tanishib chiqishingizni so'raymiz.

Batafsil ma'lumot: ictschool.uz/qabul

Manba: Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati

Kanal manzili
@pmtests
👍5🔥3😱2🎉1
Forwarded from Asrorbek Jumanazarov
Xabaringiz bor hozirda al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlari bo'lib o'tmoqda. Sizlarga rasmiy saytida e'lon qilingan namunaviy savollarni taqdim etamiz. Matematika va ingliz tili fanlaridan.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabi

Baholash mezoni

1-bosqich natijalariga ko‘ra, qabul kvotasining 1/3 nisbatida (bir o’ringa uch o’quvchi soni bilan) yuqori natija (70balldan kam bo’lmagan)ga ega bo’lgan o’quvchilarga ikkinchi bosqich imtihonida ishtirok etish imkoniyati beriladi. Natija ko’rsatkichi 70 balldan kam bo’lgan o’quvchilar (1/3 nisbatdagi o’quvchilar ro’yxatiga tushgan bo’lsa ham) 2-bosqich imtihoniga qo’yilmaydi.


🌐1-bosqich imtihon javoblarini baholash mezoni:

♻️5-6-sinflar uchun

Matematika: 20 ta savol (70%) har bir to‘g‘ri javob 3,5 ball

Ingliz tili: 20 ta savol (30%) har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball

♻️7-8-9-sinflar uchun

Matematika: 20 ta savol (70%) har bir to‘g‘ri javob 3,5 ball

Fizika: 10 ta savol (15%) har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball

Ingliz tili: 10 ta savol (15%) har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball

Kanal manzili
@pmtests
👍8🎉6🔥2😱1
Aziz Ustozlar! 🎈🎈🎈Sizlarni “O’qituvchilar va murabbiylar kuni” bilan tabriklaymiz! 🎊Biz sizning mehribon qalblaringizning saxiyligini, sabr-toqatingizni, fidoyiligingizni va biz – o’quvchilaringizni sevishingizni juda qadrlaymiz!
🎉🎉🎉 Sizga mustahkam sog'lik, tanangiz va ruhingizga kuch, mehnatingizga quvonch va shaxsiy hayotingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🎉🎈🎊🎉🎈🎊🎉🎈🎊

💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐

Sizgadir yurakda asragan so'zim,
Тo mangu ta'zimda turaman o'zim.
Dilimning tubida yangragan sozim —
Ezgulik yo'lida tolmang, Ustozim!

G'am ko'rmay bu dunyo turguncha turing,
Ming yillik mehnatlar huzurin ko'ring,
Shogirdlar baxtidan shod, masrur yuring,
Ezgulik yo'lida tolmang, Ustozim!

Hayot yo'llarimda dildosh, deb bildim,
Yo'limni yoritgan quyosh, deb bildim,
Тole yo'llarida yo'ldosh, deb bildim,
Ezgulik yo'lida tolmang, Ustozim!

Kanal manzili
@pmtests
🤩2👍1
Qabul 2020/2021 | 1-bosqich natijalari!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashtirilgan maktabda 1-bosqich onlayn test imtihonlari o'z yakuniga yetdi. Batafsil natijalar bilan https://ictschool.uz/1-bosqich-natijalari orqali yoki shaxsiy natijangiz bilan natija.ictschool.uz veb sayti va @ictschool_imtihon_natijalari_bot telegram boti orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Quyida ushbu bosqich bilan bog'liq statistikani keltirib o'tamiz 👇

👥Test sinovlarida ishtirok etgan o'quvchilar soni - 3292
Test sinovlarida qatnashmagan o'quvchilar soni - 61
🚫Test sinovlaridan chetlashtirilgan o'quvchilar soni - 24
2-bosqichga o'tgan o'quvchilar soni - 847

2-bosqich bilan bog'liq ma'lumotni tez orada e'lon qilamiz.
____________________
Manba: Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati

Kanal manzili
@pmtests
👍6