Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
9-may "XOTIRA VA QADRLASH KUNI"

Xotira chirog’i o’chmasin bir dam,

Qadrlanish uchun yaralgan odam,

Qarindoshmi yoki o’zga bo’lsa ham,

O’tganlar ruhini obod etaylik,

Qolganlar ko’nglini biz shod etaylik!


👉👉 @pmtests
👍32🔥22🎉11😱6🤩3
Sovet bosqinchilari 1937-yil qatag’on siyosati bilan 4 oyda 10700 ziyoli o’zbeklarga ayblov e’lon qildi. Bulardan 3613tasi qatl etildi, 7082ta qamoqqa tashlandi. 4 kishi tergov vaqtida vafot etdi, 1 kishigina ozod etildi. Necha foiz o'zbek ozod qilindi?
Anonymous Quiz
18%
1%
23%
0,1%
46%
0,01%
13%
10%
🎉91👍50😱37🔥19🤩19
Ustozning aytganini qil, qilganini qilma! Chunki, sen ….

Qadim vaqtlardan xalqimiz ustozlarni qattiq hurmat qilishi va e’zozlashi bilan boshqa xalqlardan ajralib turgan. Ular nafaqat ustozlarning nasihatlariga amal qilishgan, balki ustozlarning har bir ishlarida ularga ergashishga harakat qilishgan. Natijada, yurtimiz BUYUK ALLOMALAR yurtiga aylangan.

Ammo, ustozlarga ergashish, ular qilgani kabi yaxshi ishlarni amalga oshirish ba’zan oddiy insonlarga qiyinlik tug’dirishi mumkin. Imom Buxoriyga bir hadisni yoshlab olish uchun bir marta eshitish kifoya qilgan va hatto yozmagan. Lekin, imom shogirtlarini hadislarni e’tibor bilan yozishga buyurgan. Ba’zi ustozlar Qur’oni karimni o’zlari bir yoki uch kunda o’qib tugatgani holda, boshqalarga kamida hafta ichida tugatishni tavsiya qilgan. Ustozlar bor mol-mulkini talabalarga ehson qilgani holda, boshqalarga nafaqani o’zining farzandlariga qilishga buyurgan. Ular kam uxlab, kam ovqatlanib, ko’p ilmlar o’qigani holda, boshqalarga yetarlicha uxlash va ovqatlanish, reja asosida davomiy o’qishga buyurganlar.

Ustozlar qilgan ishlarni qilishga intilgan ba’zi insonlar ma’lum kamchiliklarga yo’l qo’yishgan. Hadislarni yozmay yodlamoqchi bo’lganlar tez unuta boshlagan. Qur’oni karimni kam vaqtda o’qishga harakat qilganlar uning ma’nolarini to’liq his qila olmagan. Barcha dunyolarini ehson qilgan insonlar oilasini ta’minlashda qiyinchilikka duch kelganlar. Birdan rejasiz ko’p ilmlarni o’rganishga harakat qilganlar keyinchalik o’qishni to’xtatib qo’yganlar. Shunda, ularga insonlar shunday deyishgan:
USTOZNI AYTGANLARINI QILINGLAR, QILGANLARINI QILMANGLAR. Chunki, sizlar ustozlar qilgan yaxshiliklarni qila olmaysizlar.

Haqiqatan, vaqtini oltindan qimmat hisoblagan, yoshligida foydali ilm o’rgangan, yaxshiliklarda peshqadam bo’lgan ustozlarimizning qilgan ishlarini barcha ham qila olmaydi.

Qalbida ilmga va olimlarga muhabbati bo’lmagan, yurt rivojini va jamiyat islohini xohlamagan insonlar esa bu gapni noto’g’ri talqin qiladilar. Ular go'yo ustozlar yaxshilikka buyurib o’zlari yomon ishlarni qiladi deya sharhlashadi. Shu bilan jamiyatda ustozlarga yomon munosabat uyg’otishga urinishadi.

Ammo, bizning xalq ustozlarni doim e’zozlagan va bundan keyin ham shunday bo’ladi. Bizning yoshlarni noto’g’ri talqinlar bilan aldab bo’lmaydi. Ilmni qadrlagan yoshlarimiz kelajakda shunday martabaga erishadilarki, odamlar bir-birlariga: "sizlar ULARNING AYTGANINI QILINGLAR, QILGANLARINI QILMANGLAR. CHUNKI, SIZLAR ULAR QILGAN BUYUK ISHLARNI QILA OLMAYSIZLAR", - deyishadi.

👉👉 @PMTESTS
👍64🤩11🎉10😱7🔥6
#tadqiqot_va_izlanish

Rasmdagi qolqoplardan moslarini olib, ko'pi bilan nechta to'liq juftlik hosil qilish mumkin?

👉Javobni bilish👈
👍91🤩22🎉20😱18🔥13
Muhammad har bir mehmon uchun bittadan olmani dasturxonga qo’ymoqchi. Keladigan mehmonlar soni 8 tadan 15 tagacha bo’lishi mumkin. Olmaning 1 kg imida 5 tadan 10 tagacha olma bo’ladi. U kamida necha kg olma sotib olishi kerak?
Anonymous Quiz
33%
2 kg
35%
3 kg
21%
4 kg
11%
5 kg
👍102🎉42😱36🔥34🤩28
⁉️Prezident maktabida o'qish uchun pul to'lanadimi, o'quvchilar uchun qanday sharoitlar yaratilgan⁉️

Prezident maktabining kirish imtihonlaridan o'tgan o'quvchilar to'liq bepul ta'lim olishadi.
🔅 zamonaviy yotoqxona bilan ta'minlanadi,
🔅1 kunda 5 bepul ovqatlanishadi,
🔅darsdan so'ng to'g'arak mashg'ulotlariga jalb qilinadi,
🔅 turli xil sport turlari (futbol, volleybol, basketbol, suzish, tennis va b) bilan shug'ullanishadi,
🔅 bepul kiyim-kechaklar bilan ta'minlanadi;
🔅STEAM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika) fanlari chet ellik pedagoglar tomonidan ingliz tilida o'qitiladi;
🔅 darslik va kerakli maktab qurollari bilan bepul ta'minlanadi;
🔅11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro malaka imtihonlarida ishtirok etib, ulardan muvaffaqiyatli o'tgan taqdirda, yetakchi xorijiy oliy ta'lim muassasalariga kirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Eslatib o'tamiz, prezident maktablari hujjatlar qabuli iyun oyidan boshlanadi.

👉👉
@PMTESTS
👍63🔥11😱2
#tadqiqot_va_izlanish

150 cm uzunlikdagi ip orami rasmda ko'rsatilganidek, 30 × 20 × 2 cm o'lchamdagi kitob oragani ishlatildi. Rasmda bog’lamning yuqorisidan, pastki qismidan va yon tomonidan ko’rinishi tasvirlangan. Kitobni ustki qismi (bog’ich) ham bog’langandan so’ng 24 cm ip ortib qoldi.

Uzunligi 150 cm bo'lgan ikkinchi ip yana ushbu kitoblarning bir nechta birlashmasini boglash uchun ishlatildi.  O'xshash kitoblar ustma-ust qilib bog'lab qo'yildi, ustki qismini (bog’ich) bog’lashga birinchi ip oramidagi kabi ip ishlatildi. Shunda 150 cm ipdan hech qanday ip qolmadi.

Ikkinchi bog’lamda kitobning nechta nusxasi bor bo’lgan?

👉Javobni bilish👈
👍45🎉14🔥9😱8🤩7
Agar Odil bajarmoqchi bo'lgan ishini dushanba kuni boshlaganda edi, u payshanba kuni tugatardi. Ammo, u shanba kuni tugatdi. U ishni haftaning qaysi kuni boshlagan?
Anonymous Quiz
19%
seshanba
56%
chorshanba
17%
payshanba
8%
juma
👍83🎉57😱28🤩21🔥19
⚡️⚡️ @PMTESTS pullik kanallari obunachilari soni hozirning o’zida mingdan ortiqni tashkil etmoqda!!

@PMTESTS kanalimiz 2020-yil fevral oyida o’z faoliyatini boshladi. Shu vaqtdan boshlab, bizda prezident maktabiga tayyorlash bo’yicha tajriba va foydali materiallar yig’ilib bordi. 2021-yildan boshlab maxsus yopiq kanallar tashkil qilinib, online tayyorlash yo’lga qo’yildi. Natijalar kutilganidan ham yuqori bo’lgani uchun 2022-yilda pullik kanallar faoliyati yanada kengaytirildi.

2022-2023-o’quv yilidagi Pullik kanallar dasturi oldingi yillardan mukammallashtirildi. Pullik kanallarimizga ko’plab ota-onalar va ustozlar a’zo bo’lmoqda. Ularning ko’pchiligi kanallarimizdan katta foydalar olayotganini aytib kelmoqda.

Pullik kanallarimizdagi dasturning afzalligi o’quvchilar keraksiz va chalg’ituvchi manbalarga jalb qilinmaydi. Eng zarur va foydali, imtihonlarda o’quvchi bilishi lozim bo’lgan barcha mavzular o’rgatiladi.

Bugungi kun hisobida Repetitsion testlar kanalimizda 480 ta, Prezident va al-Xorazmiy maktabiga tayyorlash kanalida 368 ta va Ingliz tilidan repetitsion testlar kanalida 246 ta, jami 1094 ta o’quvchilar pullik kanallarimizda online ta’lim olmoqdalar. Siz ham mingdan ortiq insonlar ishonch bildirgan pullik kanallarimizga a'zo bo'ling!!

Pullik kanallarga ulanmoqchi bo'lganlar @assessment_development_robot botidan hisobni to'ldirgan holda "Pullik kanallar" bo'limi orqali ulanishi yoki @PMTESTS_ADMIN ga murojaat qilishi mumkin.

Ma'lumot uchun: @pullikkanaltavsifi
👍32🔥9🎉9🤩7😱5
Javohir o’yin toshini 3 marta otdi. Har tashlaganda 1 dan 6 gacha bo’lgan turli ballarni qo’lga kiritdi. Uning umumiy bali quyidagilardan qaysi biriga teng bo’lishi mumkin emas?
Anonymous Quiz
26%
15
31%
11
20%
6
23%
5
👍83😱37🤩34🎉27🔥23
⚡️⚡️Bugun kanalimizda 34-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bo'lib o'tadi!!⚡️

Prezident va boshqa maxsus maktablarga tayyorlanayotgan o’quvchilar hamda matematikaga qiziquvchi barcha uchun Axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi.

Testlarning tuzilish shakli, Cambridge Assessment va boshqa rivojlangan davlatlarning fikrlash va axborotni tahlil qilishni baholash mezonlari asosida tuzilgan. Har bir testda barcha bilishi lozim bo’lgan muhim mavzular bo’yicha ma’lumotlar beriladi. Keyin esa shu ma’lumotlarni tahlil qilish bo’yicha savollar beriladi.

34-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bugun soat 20:00 da bo’lib o’tadi!!
Testda ishtirok etib bilimingizni sinab ko’ring!!

👉👉 @PMTESTS
👍25🎉8😱4🔥1
⚡️⚡️PREZIDENT MAKTABIGA TAYYORLANAYOTGANLAR UCHUN YUTUQLI OLIMPIADA!! Yutuq fondi 1 000 000 so'm.

☝️Iqtidorli o'quvchilarni o'zida jamlagan, 70 dan ortiq online olimpiadalar o'tkazib kelayotgan @PMTESTS kanalida 📆13-may soat 19:00 da 9-yutuqli olimpiada bo'lib o'tadi.

G'oliblar quyidagi pul mukofotlari bilan 💰rag’batlantiriladi:
🥇1-o’rin – 400 000so’m
🥈2-o’rin – 250 000 so’m
🥉3-o’rin – 150 000 so’m
🏅4-o’rin – 100 000 so’m
🏅5-o’rin – 100 000 so’m

☝️☝️☝️Mukofotlar o’sha kunning o’zida egalariga tashlab beriladi.💯

🔴 Olimpiadada ishtirok etish mutlaqo bepul!

☝️Yutuqli olimpiadada faol ishtirok etadigan o'quvchilar uchun Prezident va Al-Xorazmiy maktabiga online tayyorlov kurslari (pullik kanallar)ga ulanish bo'yicha chegirmalar taqdim etiladi.

⭕️⭕️⭕️Prezident maktablariga hujjatlar qabuli iyun oyidan boshlanadi.

Imtihonlarga tayyorlanish uchun PULLIK kanallarimizga a'zo bo'ling. 👉Pullik kanal natijalari👈 bilan tanishing, kanallarimizga @assessment_development_robot yoki @pmtests_admin ga yozish orqali ulanishingiz mumkin.

Do'stlaringizni ham taklif qiling:
👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63🤩13🎉12😱7🔥6
100 ta turli bo’yga ega odamning ba’zilari rost, ba’zilari yolg’on gapiradi. Har bir kishi 2 iboradan birini aytdi: "Kamida 5 ta yolg'onchi mendan pastroq" yoki “Kamida 5ta yolg‘onchi mendan balandroq.”
Rostgo’ylarning eng kam soni qancha bo'lishi mumkin?
Anonymous Quiz
20%
1
29%
50
24%
89
20%
90
7%
99
👍107😱76🎉31🔥24🤩16
#tadqiqot_va_izlanish

Rasmdagi kataklar sonlar bilan to'ldirilishi mumkin, shunda barcha amallar to'g'ri bo'lishi kerak. So’roq belgisi o’rniga qaysi amal va sonni qo’yish kerak?

👉Javobni bilish👈
👍51🤩21😱16🔥12🎉11
34-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi 👇👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🤩13😱10🔥9🎉2
👍43🤩12😱11🔥9
👍60🎉15🔥12🤩12😱10
Test kodi: 5527

Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 5527 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.

Bot funksiyalari yangilanganligi tufayli agar muammo bo'lsa, /start buyrug'ini yuboring.
👍50🎉12🤩10🔥9😱9
5527_natijalar.html
98 KB
34-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi natijalari.

💡 Test yakunlandi!
🔰 Test kodi: 5527
👨 Test qatnashchilari: 476 ta
👍19🎉9🤩5🔥3
🏆🏆BUGUNGI OLIMPIADANING O'TKAZISH TARTIBI.

@PMTESTS kanaliga BUGUN 13-MAY soat 19:00da 20 ta savoldan iborat test tashlanadi. Test savollarini 19:00-20:20 oraligida yechib, javoblarni maxsus @best_olimpiad_robot tekshiruv botiga tashlash lozim bo'ladi. Vaqtdan unumli foydalanish uchun @best_olimpiad_robot tekshiruv botidan oldindan ro'yxatdan o'tib qo'yish tavsiya qilinadi.

👨‍🏫Eng yuqori bal olgan 30 ta 👫o’quvchiga maxsus telegram guruhi orqali 💻 ZOOM ilovasi (link) taklifi tashlanadi. Ulardan g’oliblar 💻 ZOOM ilovasi yordamida 📹videokonferensiyada savol-javob tarzida aniqlab olinadi.⚖️

Zoomdagi savol-javoblar 14-MAY kuni soat 17:30-19:30 oralig'ida o'tkaziladi.

🔶 Olimpiada 3, 4-sinflar o’rtasida o’tkaziladi. G'oliblar quyidagi pul mukofotlari bilan 💰rag’batlantiriladi:
🥇1-o’rin – 400 000so’m
🥈2-o’rin – 250 000 so’m
🥉3-o’rin – 150 000 so’m
🏅4-o’rin – 100 000 so’m
🏅5-o’rin – 100 000 so’m

☝️☝️☝️Mukofotlar o’sha kunning o’zida egalariga tashlab beriladi.💯

🔴 Olimpiadada ishtirok etish mutlaqo bepul!

☝️Yutuqli olimpiadada faol ishtirok etadigan o'quvchilar uchun Prezident va Al-Xorazmiy maktabiga online tayyorlov kurslari (pullik kanallar)ga ulanish bo'yicha chegirmalar taqdim etiladi.

⭕️⭕️⭕️Prezident maktablariga hujjatlar qabuli iyun oyidan boshlanadi.

Imtihonlarga tayyorlanish uchun PULLIK kanallarimizga a'zo bo'ling. 👉Pullik kanal natijalari👈 bilan tanishing, kanallarimizga @assessment_development_robot yoki @pmtests_admin ga yozish orqali ulanishingiz mumkin.

Do'stlaringizni ham taklif qiling:
👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍55🤩8😱5🎉5🔥3