Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
69.7K subscribers
2.24K photos
1.47K videos
493 files
2.58K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Anvar, Botir, Hakim va Doniyor bir yilda tug’ilishgan. Tug’ilgan kunlari 20-Fevral, 12-April, 12-May va 25-May, tartib turli bo’lishi mumkin. Botir va Anvar bir oyda tug’ilishgan. Anvar va Hakim bir xil kunda ammo har xil oyda tug’ilishgan. Kim eng katta?
Anonymous Quiz
24%
Anvar
22%
Botir
18%
Hakim
36%
Doniyor
👍138🎉52🔥33😱30🤩26
Qishloqdagi 42 ta xonadonning 35 tasida qo'y va 28 tasida sigir bor. Ham qo'y ham sigir boqadigan xonadonlarning maksimal soni x, minimal soni esa y bo'lsa, x-y ning qiymatini toping.
Anonymous Quiz
25%
7
14%
10
25%
14
24%
21
11%
28
👍93😱48🔥45🎉30🤩30
Imom Buxoriy savdo molini 5000 dirham foydasiga olmoqchi bo’lgan 1-savdogarga ertaga kelishini aytdi. Ertasi kuni 2-savdogar 10000 dirham foydani aytsa ham molni 1-savdogarga sotdi.
Imom omonatdorlik uchun qancha foydadan voz kechgan? (1 dirham=26000so’m)
Anonymous Quiz
18%
26 000 000 so’m
17%
78 000 000 so’m
23%
150 000 000 so’m
28%
130 000 000 so’m
14%
260 000 000 so’m
🎉80👍56😱37🔥28🤩22
29-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testini PMTESTS.UZ saytidan yechishingiz mumkin.
👍51🎉17😱15🤩14🔥7
Biz azaldan kuchli xotira va betakror zehn egasi bo'lgan xalqmiz!!

Buyuk bobomiz Imom Buxoriyning kuchli xotirasi, betakror zehni manbalarda quyidagicha keltiriladi. Bobomiz bir millionta (aksariyat manbalarda 600 mingdan ortiq) hadisni yod bilgan. 600 ming hadis matni bugungi kundagi 320 ta qalin kitobga jo bo'ladi. U zot mana shuncha kitobni mukammal ravishda, umrining oxirigacha esdan chiqmaydigan darajaga yodda saqlaganlar.

Imom Buxoriy bobomiz hadislarni rivoyat qilgan kishilarning ismi bilan yoddan bilgan. Hadis bobomizga o’rtacha besh kishi orqali yetib kelgan. (Misol uchun: Abu Hurayra → Abu Zur’a → Umora ibn al-Qa’qo’ → Muhammad ibn Fuzayl →Ahmad ibn Ishkob). Imom Buxoriy bu shaxslarning otalarining ismi bilan yodda saqlaganlar. Bobomiz yod bilgan hadislar roviylari bilan birgalikda 640 ta qalin kitob bo'ladi. Endi kitob javonizni to'ldirib turgan 640 ta kitobni tasavvur qiling. Buncha kitobni yoddan bilish tugul o'qib chiqish ham katta ish bo'ladi.

Imom Buxoriyning “Sahihi Buxoriy”sida kelgan 7563 ta hadisni rivoyat qilganlar soni 37 815 ekanligini hisobga olsak, u zot 600 000 ta hadisni 3 millionta roviylar nomlari bilan, ketma-ketlikni chalkashtirmagan holda yodda saqlagan!

Buni tasavvur qilish uchun Toshkent shahrining qoq markazida joylashgan “Xotira” maydonidagi metall taxtalarga bitilgan butun O’zbekiston bo’ylab urushda shahid ketgan 450 000 ota-bobolarimizning ismi shariflarini hayolizga keltiring. Imom Buxoriy hazratlari go'yo ana shu ism-shariflarning barchasidan 7 barobardan ham ko'proqni qishloqma-qishloq, tumanma-tuman, viloyatma-viloyat to'g'ridan-to'g'ri yodda saqlagan, bir ismni boshqasi bilan chalkashtirmagan, bir xil adash ismlarni bir-biridan farqlay olgan! (Hamidulloh Beruniy)
______________________________

Ilm olayotgan o'quvchilar bobomizga munosib avlod bo'lishga intiling! Ozgina o'rgangan narsangizni ko'p hisoblab to'xtab qolmang. Ota-onalar esa imom Buxoriyning avlodlariga past baho bermasin! Farzandim qila olmaydi degan tushunchadan qutilish kerak. Bizni farzandlarimiz har qancha ilmni o'zlashtira olishadi. Imom Buxoriy aytganidek, "qiziqish va bardavomlik bo'lsa bas!!"

👉👉
@PMTESTS
👍48🔥7🤩6😱5
Ilonqal'a bo'ylab ekskursiyalar 10:00dan har 20 daqiqada boshlanadi. Har bir ekskursiya 35 daqiqa davom etadi. Xodimlar bir kunda kamida 6 ta ekskursiyani olib borishi kerak. Ilonqal'asidagi xodim bir kunda ishni tugatadigan eng erta ketish vaqti qaysi?
Anonymous Quiz
24%
12:15
30%
13:20
28%
13:30
18%
13:55
👍99🎉64🔥49😱48🤩30
Sinfda 2 qiz va 3 o’g’il bola bor. Yangi o’quvchi Akbarda ismlar ro’yxati bor. Sinfdagi o’quvchilar o’zini boshqa o’quvchilar ismlari bilan tanishtirishdi. Qizlar qiz bolaning ismidan foydalandi. O’quvchilar o’zini necha xil usulda tanishtirishi mumkin?
Anonymous Quiz
23%
2
25%
3
39%
12
14%
120
👍109🎉36😱30🔥26🤩17
Farzandingiz muvaffaqiyati sizga bog'liq

Hamma ota-onalar farzandini yaxshi o'qishini, yaxshi bilim va axloq sohibi bo'lishini istaydi. Ammo farzandi ilmli bo'lishi uchun ular bilan teng mehnat qilish kerakligini unutib qo'yishadi.
Agar ota-ona farzandiga "vazifalarni qil, televizorni kamroq ko'r, telefon o'ynama" - deb aytsa-da, o'zlari kitob o'qimasa, juda ko'p televizor ko'rsa, farzandlari ularning gapiga quloq solmaydi, natija bo'lmaydi.

Doimiy nazorat, farzandlarni rag'batlantirish, zarur bo'lsa ular bilan birga vazifa qilish talab etiladi. Tadqiqotlarga ko'ra o'quvchining muvaffaqiyatlari sababi 33% o'ziga, 33% ota-onasiga va 33% o'qitayotgan o'qituvchisiga bog'liq ekan.

Bolalar hech qachon kattalarga quloq solishmagan bo‘lishsa ham, ular kattalarga taqlid qilishda hech qachon xato qilishmagan.
Jeyms Boldvin

Menga ayt va men unutaman. Menga saboq ber (qilib ko'rsat) va men eslab yuraman. Meni qiziqtir va men o‘rganaman.
Benjamin Franklin

👉👉 @pmtests
👍118🎉12🔥10🤩10😱7
#tadqiqot_va_izlanish

Rasmdagi har bir raqamni yozishda 15 ta katakning bazilari qora rangga bo'yaladi va bazilari oq rangda qoladi. Agar o'zgartirishga zarurat tug'ilsa, qorani oqqa yoki oqni qoraga o'zgartirish lozim.

Rasmda keltirilgan 930 sonidagi kamida nechta katakni rangini o'zgartirib 806 sonini yozish mumkin?

👉Javobni bilish👈
👍80🤩12🔥8😱7
Madina va Muslima bir ko'chada yashaydilar. Ko’chadagi uylar yo’lning bir tomonida. Madinaning uyidan o’ng tomonda 23 ta uy, chap tomonida 17 ta uy bor. Muslimaning uyi ko'chaning o'rtasida joylashgan. Madina va Muslimaning uylari orasida nechta uy bor?
Anonymous Quiz
25%
2
38%
6
26%
18
11%
21
👍95🎉36🔥32😱31🤩25
29-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi 👇👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🎉12🔥7
Test kodi: 724*

Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 724 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.

Bot funksiyalari yangilanganligi tufayli agar muammo bo'lsa, /start buyrug'ini yuboring.
👍67🔥17😱16🎉8🤩6
724_natijalar.html
87.4 KB
💡 Test yakunlandi!
🔰 Test kodi: 724
👨 Test qatnashchilari: 425 ta
👍21🔥10😱8🎉6
Muhammad 2 xonali sonni 2 xonali songa ko’paytirib 3 xonali son chiqardi. U sonlardagi turli raqamlarni turli, bir xilini bir xil harflar bilan almashtirdi. Natijada RA × MA = ZON ko’rinishi paydo bo’ldi. Ko’paytma(ZON)ning eng kichik qiymatini toping.
Anonymous Quiz
32%
384
33%
459
24%
476
12%
504
👍91🎉37🔥33😱30🤩23
#tadqiqot_va_izlanish

4×4 o'lchamli kvadratning ba'zi kataklarida xonqizilar bor. Ikki kvadrat katakcha bitta umumiy tomon yoki bitta uchga ega bo'lsa, bular qo'shni kataklar deyiladi. Har bir katakcha 8 tagacha qo'shni katakchaga ega bo'lishi mumkin.

A, B, C va D kataklarning qaysi biriga qo'shni kataklardagi xonqizilar soni eng ko'p?

👉Javobni bilish👈
👍42🎉33🔥17🤩13😱7
‼️"Farzandim kelajagini katta mablag’ bilan ta’minlashim kerak” deydiganlar uchun‼️

Mashhur olim, bir necha xalifalar davrini o’z ko’zi bilan ko’rgan Muqotil ibn Sulaymon xalifa Abu Ja’far Mansur huzuriga kiradi. Shunda xalifa olimdan nasihat qilishini so’raydi.

Muqotil: "Sizga ko’rganim haqida gapiraymi yoki eshitganimnimi?" - dedilar. Xalifa ko’rganingiz haqida gapiring dedi. Shunda Muqotil quyidagilarni aytib beradi: "Ey hukmdor, xalifa Umar ibn Abdulaziz o’n bir farzand ko’rdilar. Vafotlaridan keyin o’n sakkiz dinor qoldirdi. Undan besh dinoriga kafanlandi, to’rt dinoriga qabrga qo’yildi. Qolgan mablag’ farzandlari o’rtasida taqsimlandi.

Yana bir xalifa Hishom ibn Abdumalik ham o’n bir farzand ko’rdilar. U har bir farzandiga million dinordan meros qoldirdi.

Ey hukmdor, Umar ibn Abdulazizning bir farzandi Alloh yo’lida yuzta ot sadaqa qilganini va Hishom ibn Abdumalikning bir farzandi bozorlarda tilanib yurganini bir kunning o’zida ko’rdim.” (Manfaat_uz)
________________

Umar ibn Abdulaziz farzandlariga mol-mulk meros qoldirmadi (1 dinorga ham yetmaydi). Ammo, yaxshi tarbiya va ilmni qoldirdi. Natijada farzandlari ham ilmli ham boy bo’lib kamol topishdi. Jamiyat manfaati uchun bir martada 100 ta ot (tahminan 2 mlrd so’m) ehson qilmoqda.

Hishom ibn Abdumalik farzandlariga katta mol-mulk meros qoldirdi (hozirgi kunda 10 mlrd so’mdan ortadi.) Ammo, ilm va axloqni meros qoldirmadi. Vaqt o’tib, farzandlari ham ilmdan ham mol-mulkdan ayrildilar.

Hurmatli ota-onalar, farzandingiz uchun qoldirishingiz mumkin bo’lgan eng yaxshi narsa ilm va yaxshi tarbiyadir. Boshqa narsalar ularning baxt-saodatini ta’minlamaydi.

👉👉
@PMTESTS
👍48🔥14🤩8🎉7😱3
60-online testni PMTESTS.UZ saytidan yechishingiz mumkin.
👍47🔥10🎉10🤩8😱4
Yashab turgan joyidan 90km yoki undan ko'proq masofaga sayr qiluvchi inson musofir deyiladi. Aziz diametri 40km bo'lgan aylana shaklidagi shaharning markazida yashaydi. U shahar chegarasidan 60km mafoda joylashgan parkga bormoqda. U musofir hisoblanadimi?
Anonymous Quiz
38%
Ha, u musofir
50%
Yo'q, u musofir hisoblanmaydi
12%
Ma'lumot yetarli emas
👍104🎉35😱29🔥26🤩17
#tadqiqot_va_izlanish

Bayroq teng uchta qismdan iborat bo'lib, qismlar mos ravishda ikki, uch va to'rtta teng bo'laklardan tashkil topgan. Bayroq yuzasining qayday qismi bo'yalgan?

👉Javobni bilish👈
👍56🎉15😱14🤩9🔥8
Beton qilish uchun 4 belkurak maydan tosh, 2 belkurak qum va 1 belkurak sement aralashtiriladi. 350 belkurak beton tayyorlash uchun necha belkurak mayda tosh kerak bo’ladi?
Anonymous Quiz
29%
200
33%
150
21%
100
18%
50
👍117🎉37😱33🔥24🤩22