Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.9K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
#tadqiqot_va_izlanish

Barcha gorizontal va vertikal qatorlarda qolgan sonlarning yig'indisi teng bo'lishi uchun qaysi 3 ta sonni o'chirish kerak?

👉Javobni bilish👈
👍96😱22🎉21🔥17🤩8
⚡️⚡️Bugun kanalimizda 28-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bo'lib o'tadi!!⚡️

Prezident va boshqa maxsus maktablarga tayyorlanayotgan o’quvchilar hamda matematikaga qiziquvchi barcha uchun kanalimizda har juma kuni Axborotni tahlil qilish va amaliy matematika ruknida online testlar berib boriladi.

Testlarning tuzilish shakli, Cambridge Assessment va boshqa rivojlangan davlatlarning fikrlash va axborotni tahlil qilishni baholash mezonlari asosida tuzilgan. Har bir testda barcha bilishi lozim bo’lgan muhim mavzular bo’yicha ma’lumotlar beriladi. Keyin esa shu ma’lumotlarni tahlil qilish bo’yicha savollar beriladi.

28-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bugun soat 20:00 da bo’lib o’tadi!!
Testda ishtirok etib bilimingizni sinab ko’ring!!

👉👉 @PMTESTS
👍54🔥14🎉10🤩8😱4
1987-yilda bir odamning yoshi u tug’ilgan yilning raqamlari yig’indisiga teng edi. U qachon tug’ilgan?
Anonymous Quiz
15%
1960
43%
1970
26%
1956
15%
1964
👍136🎉42😱38🔥32🤩28
#tadqiqot_va_izlanish

Rasmda barcha tomonlari va burchaklari teng bo'lgan (muntazam) sakkizburchak ko'rsatilgan. Ushbu sakkizburchakning bo'yalgan sohasi yuzi umumiy yuzaning qanday qismini tashkil qilishini toping.

👉Javobni bilish👈
👍62🔥14🎉8🤩5😱3
Garvard universiteti talabalaridan motivatsion iboralar:

1. Agar sen hozir uxlasang, albatta orzuyingni tushingda ko'rasan, ammo sen hozir darsingni qilib tugatsang, o‘z orzuyingni hayotga tatbiq qilasan.

2. Sen juda kech bo‘ldi, deb o‘ylagan paytingda, aslida hali erta bo‘ladi.

3. Ta’limning mashaqqati vaqtinchalik xolos. Bilimsizlik - jaholat mashaqqati abadiydir.

4. Hayot – bu faqat ta’lim olish degani emas, ammo agar sen hayotning bu qismini bosib o‘tolmasang, nimaga qodir ekanligingni qayerdan bilib olasan?!

5. Hamma ham har sohada muvaffaqiyatga erishavermaydi. Ammo muvvafaqiyatga o‘z ustida ishlash va qat’iyat orqali erishiladi.

6. Bugungi to‘kkan tering ertaga quvonch ko‘z yoshlariga aylanadi.

7. Agar bugun yurmasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan.

8. Sening oylik ish haqing olgan bilimingga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.

9. Bugungi kun boshqa qaytib kelmaydi.

10. Hattoki hozir ham sening dushmanlaring tashnalik bilan kitob varaqlamoqdalar.

11. Qiyinchiliksiz foydaga erishib bo‘lmaydi.

👉
@pmtests
👍79🔥20🎉12😱8🤩8
28-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi 👇👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🎉12🔥9😱5🤩5
👍73😱16🤩15🔥13🎉11
👍86😱22🔥21🤩17🎉14
To'rtta sonning yig'indisi 160ga teng. Agar 1-sonni 2-siga bo'lsak bo'linmada 2 va qoldiqda 18chiqadi. 2-sonni 3-songa bo'lsak, bo'linmada 3 qoldiqda 5 chiqadi. 3-sonni 4-songa bo'lganda esa bo'linmada 1, qoldiqda 5 chiqadi. 1-sonni toping.
Anonymous Quiz
20%
102
40%
100
28%
41
12%
12
👍130😱36🎉34🔥29🤩24
Qay biriga hayratlanaylik......

Bir kuni Imom Buxoriy va shogirtlari otlarga minib kamondan o’q otgani chiqishdi. Imom Buxoriy nihoyatda mohir mergan va usta chavandoz bo’lib, otgan birorta o’qi xato ketmasligini Buxoroda hamma bilar edi. Ular daryo ustiga qurilgan bir ko’prik ustuniga bir nishonni o’rnatib, unga o’q ota boshladilar.

Bir vaqt imom Buxoriyning otgan o’qi ko’prik qozig’ini ikkiga bo’lib yubordi. Bobomiz otdan tushib, darhol shogirtlarini orqaga qaytarib yubordi. Ko’prikka zarar yetganidan xafa bo’lib og’ir-og’ir nafas oldi, peshonalaridan ter oqdi. Bir shogirtini ko’prikning egasi yoniga yuborib, uzr aytgandan so’ng ko’prikni qayta ta’mirlashga ruxsat berishini yoki yetkazilgan zarar miqdoridagi pulni olishini aytdi.

Ko’prik egasining: “Imom Buxoriyga salom ayting. Biz u kishini avf etdik. Ko’prikning bir yog’ochi nima bo’pti, balki butun mol-mulkimni u kishiga fido qilishga tayyorman” – degan javobini eshitgandan so’nggina yuzlari yorishdi. O’sha kuni Imom Buxoriy bitta hadis aytsa xursand bo’lib ketadigan, ilmga chanqoq talabalariga 500 ta hadis aytib berdi va 300 dirhamni ehson qildi.

O’sha kuni talabalar ketma-ket sodir bo’lgan voqealarning qay biriga hayratlanishni ham bilmay qolishdi:

Imom Buxoriyning merganliklarigami,

Ilm bulug’i ekanligi yoki sahovatlarigami,

Birovning haqqidan shunchalar qo’rqqanligigami?!
.....

👉👉 @PMTESTS
👍95🎉13🔥12😱8🤩6
Vaqt 6:00 bo’lganida osma soat bong urishni boshlaydi va 6 marta bong uradi. Agar 1-bongdan 6-bonggacha 30 sekund o`tgan bo`lsa, soat 12:00 dan boshlab osma soatning 12 marta bong urishi uchun (1-bongdan 12-bonggacha) qancha vaqt ketadi?
Anonymous Quiz
29%
1 minut
21%
45 sekund
22%
55 sekund
27%
66 sekund
👍114😱44🎉30🔥26🤩26
#tadqiqot_va_izlanish

ABC uch xonali sonning raqamlari yig'indisining kvadrati, uning raqamlari ko'paytmasiga teng bo'ldi. Sonning raqamlari turli bo'lishi shart emas.

Bunday xususiyatga ega ABC sonni toping.

👉Javobni bilish👈
👍37🎉18🔥10🤩8😱7
⚡️⚡️Dunyo bo'ylab kecha va bugun o'tkazilgan 2023-yil Xalqaro Kenguru olimpiadasi savollari bilan bilimingizni sinab ko'ring!!

🦘Dunyo bo'ylab 25-26-mart kunlari “Kenguru-2023” tanlovi bo'lib o'tdi. Kanalimiz a'zolarini eng sifatli testlar bilan tezkor tanishtirish maqsadida bugungi 59-online testda kenguru-2023 olimpiadasi savollaridan foydalanildi.

📜 Ma'lumot uchun, «Kenguru» - eng ommaviy xalqaro matematika tanlovlaridan biri bo'lib, unda har yili 80 dan ortiq mamlakatning 8 mln o'quvchisi ishtirok etadi. O'zbekistonda 2018-yildan buyon o'tkazilmoqda.

🔵 Kenguru olimpiadasi savollari bolalar fikrlash qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi.

✍️Kanalimizda bugun bo'lib o'tadigan 59-online testda ishtirok etib bilimingizni sinab ko'ring!

👉👉 @pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍57🤩12🔥10😱10🎉4
Kenguru xalqaro olimpiadasi 2023-yil savollaridan iborat 59-online testni PMTESTS.UZ saytidan yechishingiz mumkin.
👍39🤩16🔥7🎉7
8 ta mashina ko'prik oldida turibdi. Har bir mashinada yoki 2 ta, yoki 3 ta dan odam bor. Jami odamlar soni 19 ta. Nechta mashinada 2 ta dan odam bor?
Anonymous Quiz
17%
2
22%
3
22%
4
39%
5
🎉101👍84😱42🔥32🤩23
⚡️⚡️Mavzulashtirilgan testlar bilan ham bilimingizni sinab ko’ring‼️

Ramazon oyi munosabati bilan Asosiy kanalimizda ba'zi mavzulashtirilgan online testlar ham ochiq tarzda bo’lib o’tadi.

🔵 Bugun soat 20:00 da kanalimizda “Sodda mushohada (fikrlash) masalalari”ga doir mavzuli test bo’lib o’tadi. Ushbu test Prezident va al-Xorazmiy maktablariga tayyorlash yopiq kanalidan olingan bo’lib, kanalda mavzular batafsil tushuntirilgan bo’ladi.

Mavzularni chuqurroq o'zlashtirish va test yechimlarini bilib olish uchun pullik kanallarimizga obuna bo’ling!

Murojaat uchun: @PMTESTS_ADMIN
Ma’lumot uchun: @Pullikkanaltavsifi
👍25🔥9🤩4🎉3😱1
#tadqiqot_va_izlanish

Malika a dan p gacha 16 ta harf yozilgan 4×4 kvadratning 5 ta katagini bo'yadi. Malika 4 ta dugonasidan qaysi katakchalar bo'yalganini topishni so'radi. Shunda har bir dugona o'z variantini bo'yab ko'rsatdi. Malika hammangiz 4 tadan katakni to'gri bo'yabsiz, bitta katakni xato bo'yabsiz dedi.

Malika qaysi kataklarni bo'yagan bo'lishi mumkin.

👉Javobni bilish👈
👍52🎉15🔥11😱9🤩8
Anvar, Botir, Hakim va Doniyor bir yilda tug’ilishgan. Tug’ilgan kunlari 20-Fevral, 12-April, 12-May va 25-May, tartib turli bo’lishi mumkin. Botir va Anvar bir oyda tug’ilishgan. Anvar va Hakim bir xil kunda ammo har xil oyda tug’ilishgan. Kim eng katta?
Anonymous Quiz
24%
Anvar
22%
Botir
18%
Hakim
36%
Doniyor
👍138🎉52🔥33😱30🤩26
Qishloqdagi 42 ta xonadonning 35 tasida qo'y va 28 tasida sigir bor. Ham qo'y ham sigir boqadigan xonadonlarning maksimal soni x, minimal soni esa y bo'lsa, x-y ning qiymatini toping.
Anonymous Quiz
25%
7
14%
10
25%
14
24%
21
11%
28
👍93😱48🔥45🎉30🤩30