Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.8K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
#tadqiqot_va_izlanish

Hamyonimdagi barcha tangalar 1 yevrodan kichik va menda har bir turdagi tangadan kamida 1 tadan bor. 1 yevrodan kichik mavjud tangalar: 1 sent, 2 sent, 5 sent, 10 sent, 20 sent, 50 sentliklardir. Menda bor tangalarning bir yoki bir nechtasi yordamida men 2 yevrodan kamroq har qanday sentni hosil qila olaman.

Menda bo'lishi mumkin bo'lgan eng kam sondagi tangalar soni qancha?

👉Javobni bilish👈
👍32😱10🔥8🤩7🎉6
Biz azaldan kuchli xotira va betakror zehn egasi bo'lgan xalqmiz!!

Buyuk bobomiz Imom Buxoriyning kuchli xotirasi, betakror zehni manbalarda quyidagicha keltiriladi. Bobomiz bir millionta (aksariyat manbalarda 600 mingdan ortiq) hadisni yod bilgan. 600 ming hadis matni bugungi kundagi 320 ta qalin kitobga jo bo'ladi. U zot mana shuncha kitobni mukammal ravishda, umrining oxirigacha esdan chiqmaydigan darajaga yodda saqlaganlar.

Imom Buxoriy bobomiz hadislarni rivoyat qilgan kishilarning ismi bilan yoddan bilgan. Hadis bobomizga o’rtacha besh kishi orqali yetib kelgan. (Misol uchun: Abu Hurayra → Abu Zur’a → Umora ibn al-Qa’qo’ → Muhammad ibn Fuzayl →Ahmad ibn Ishkob). Imom Buxoriy bu shaxslarning otalarining ismi bilan yodda saqlaganlar. Bobomiz yod bilgan hadislar roviylari bilan birgalikda 640 ta qalin kitob bo'ladi. Endi kitob javonizni to'ldirib turgan 640 ta kitobni tasavvur qiling. Buncha kitobni yoddan bilish tugul o'qib chiqish ham katta ish bo'ladi.

Imom Buxoriyning “Sahihi Buxoriy”sida kelgan 7563 ta hadisni rivoyat qilganlar soni 37 815 ekanligini hisobga olsak, u zot 600 000 ta hadisni 3 millionta roviylar nomlari bilan, ketma-ketlikni chalkashtirmagan holda yodda saqlagan!

Buni tasavvur qilish uchun Toshkent shahrining qoq markazida joylashgan “Xotira” maydonidagi metall taxtalarga bitilgan butun O’zbekiston bo’ylab urushda shahid ketgan 450 000 ota-bobolarimizning ismi shariflarini hayolizga keltiring. Imom Buxoriy hazratlari go'yo ana shu ism-shariflarning barchasidan 7 barobardan ham ko'proqni qishloqma-qishloq, tumanma-tuman, viloyatma-viloyat to'g'ridan-to'g'ri yodda saqlagan, bir ismni boshqasi bilan chalkashtirmagan, bir xil adash ismlarni bir-biridan farqlay olgan! (Hamidulloh Beruniy)
______________________________

Ilm olayotgan o'quvchilar bobomizga munosib avlod bo'lishga intiling! Ozgina o'rgangan narsangizni ko'p hisoblab to'xtab qolmang. Ota-onalar esa imom Buxoriyning avlodlariga past baho bermasin! Farzandim qila olmaydi degan tushunchadan qutilish kerak. Bizni farzandlarimiz har qancha ilmni o'zlashtira olishadi. Imom Buxoriy aytganidek, "qiziqish va bardavomlik bo'lsa bas!!"

👉👉
@PMTESTS
👍46🔥12🎉10🤩5😱4
Forwarded from Xushnudbek.uz
🏆 G'alaba!

O'yin 1:0 hisobida O'zbekiston jamoasining ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi.

🇺🇿 O‘zbekiston U-20 Osiyo kubogi g'olibi!

Barakalla yigitlar! Rahmat sizlarga!

Hamma vatandoshlarimni ushbu g'alaba bilan tabriklayman.


👉 @xushnudbek 👈
👍144🎉55🔥16😱16🤩13
16 ta bir xil kolbasalarni 24 kishiga teng taqsimlash uchun eng kamida qancha miqdorda kesish kerak?
Anonymous Quiz
24%
16
32%
24
27%
32
18%
48
👍135😱45🎉40🔥37🤩23
Buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniy „Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar“ kitobida Quyosh yili hisobida yilning birinchi kuni Navroʻzdir, — deydi. Agar kalendar yili hisobida 21-mart yilning 1-kuni bo’lsa, 1-yanvar yilning nechanchi kuniga to’g’ri keladi.
Anonymous Quiz
23%
284-kuni
36%
286-kuni
27%
287-kuni
14%
288-kuni
👍98🎉43😱42🔥26🤩25
Beshikdan to qabrgacha ilm izla

Abu Rayhon Beruniy o’lim to’shagida yotar, uni ziyorat qilish uchun ko’plab ilm ahillari tashrif buyurar edi. Oxirgi nafaslarini olayotgan Beruniy uyiga tashrif buyurgan bir olimdan: “menga falon narsaning ilmini o’rgating” - deb iltimos qildi.
Olim al-Beruniyga: “Hazrat shu holatingizda sizga buni o’rganish malol kelmaydimi?” – dedi.
Al-Beruniy: “To’g’ri siz hozir o’rgatadigan ilmni men boshqalarga o’rgata olmasman. Ammo, menga Allohning ilmidan bitta bo’lsa ham ko’proq ilmni o’rganib o’lish yaxshiroq” – dedi.
Faqih olim al-Beruniyga so’ragan masalasidagi ilmni o’rgatdi. Olim aytadi: “Men al-Beruniyning uyidan chiqib, bir necha qadam uzoqlashishim bilanoq yig’i ovozi eshitildi….”
_________________________

Ilm olishdan hayotining hech bir lahzasida to’xtamagan bobolarimiz bugungi taraqqiyotga tamal toshini qo’ydilar. Al-Beruniy „Hindiston“ nomli kitobida hozirgi Amerika qitʼasini mavjudligini Kolumbdan bir necha asr avval ilmiy asoslab berdi. Yerning meridian aylanasi uzunligini hayratlanarli tarzda aniq o’lchadi.

Butun dunyo al-Xorazmiy bobomiz kashf qilgan sanoq sistemasidan foydalanadi. Al-Fargʻoniyning dunyodagi eng uzun daryo Nilning suv sathini o’lchaydigan qurilmasi 1100 yil davomida insonlarga foyda keltirdi. Bobolarimizning buyukligini tasavvur qilish uchun ularning minglab yillar davomida butun dunyo insonlariga foyda keltirayotgan ishlariga qarash kifoya. Buyuklikni da’vo qiluvchi, ba’zi insonlar uchun “orzular mamlakati” bo’lgan 1776-yilda asos solingan Amerika qo’shma shtatlari hali 250 yil ham yashamadi. Bu davlatning minglab yillar mavjud bo’lishi yoki bo’lmasligiga hech kim kafolat bermaydi. Imom Buxoriy bobomizning “Aj-jome’ as-Sahih” hadislar to’plami 1150 yildan ortiq butun dunyo musulmonlariga foyda keltirmoqda va bundan keyin ham minglab yillar foyda keltirishini ishonch bilan aytish mumkin.


👉👉 @PMTESTS
👍44🔥17🤩5🎉4
Otam duradgor usta, onam o‘qituvchi: Prezident maktabidagi aka-ukalar haqida kun.uz maqola tayyorlabdi.

O'zimiz internetdan turli xil materiallarni topib tayyorlanganmiz. Ukam ikkimiz testlarni kim ko'p yechishga musobaqa qilardik deydi Shamsiddinov Bahromjon.

Farg'onalik bu o'quvchilar @PMTESTS kanalining ham faol a'zolari edilar. Kanalimizdagi testlarda faol ishtirok etib, yutuqli olimpiadalarda go'lib bo'lishgan ekan. Shamsiddinov Akromjon (ukasi) 2021-yil 8-martda o'tkazilgan yutuqli olimpiadada 1-o'rinni, Shamsiddinov Bahromjon 2021-yil 12-apreldagi yutuqli olimpiadada 1-o'rinni egallagan. Bu o'quvchilarga kelgusida ham muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Hozir prezident maktabiga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilarni ham testlarimizda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz. Testlarda aktiv ishtirok etayotganlarga shu o'quvchilar kabi prezident maktab o'quvchilari bo'lish nasib qilsin!!

https://youtu.be/B2VKU6XvrBQ
👍50🔥16🎉13🤩13
#tadqiqot_va_izlanish

Bitta o'rgimchakning 8 oyog'i bor, lekin qanoti yo'q, ninachining 6 ta oyog'i va 2 juft qanoti, asalarining 6 oyog'i va 1 juft qanoti bor. Shu uch turdagi hashorotlardan jami 14 ta bor va ularning jami 100 ta oyog'i va 9 juft qanotlari bor.

Hashoratlardan nechtasi asalari ekanligini toping.

👉Javobni bilish👈
👍66🎉21🤩18🔥17😱8
Sumalak pishirish uchun 1 kg undurilgan bug’doyga 2500 gram un, 500 gram yog’, 10 litr (kg) suv qo’shiladi. Sumalak 12 soat qaynatilishi davomida 40% suv bug’lanib ketadi. 12 kg undirilgan bug’doydan qancha sumalak tayyorlash mumkin?
Anonymous Quiz
21%
168 kg
33%
164 kg
25%
101 kg
21%
120 kg
👍105😱41🎉29🔥28🤩18
Bu yilgi hosiyatli Navro‘z fasli yurtimizga ko‘plab quvonchli voqealar, qo‘shaloq bayramlarni boshlab kelmoqda. Shu kunlarda barchamiz yana bir qutlug‘ va fazilatli oy – muqaddas Ramazoni sharif arafasida turibmiz. Bugungi imkoniyatdan foydalanib, yurtimiz musulmonlarini, butun islom ummatini ana shu tabarruk ayyom bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Ushbu ilohiy oyda qiladigan xayrli amallarimiz qabul bo‘lib, ezgu va pok niyatlarimiz ijobat topishini tilayman.
Sh.Mirziyoyev

👉👉
@PMTESTS
👍36🎉15🔥12🤩5
#tadqiqot_va_izlanish

Oilaning 5 nafar a’zolari yoshlari yig‘indisi 84 ga teng. 5 yil avval jami oila a'zolarining yoshlari yig'indisi 61 ga teng bo‘lgan. Oilaning eng kichik a’zosi necha yoshda?

👉Javobni bilish👈
👍75🤩17🎉16🔥15😱9
28-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testini PMTESTS.UZ saytidan yeching
🤩19👍15😱9🔥8🎉5
2023-yil 23-martdan Ramazon oyining 1-kuni boshlanadi. Tong otish (saharlik tugashi) vaqti Andijonda Toshkent vaqtidan 12 daqiqa oldinroq, Navoiyda esa 17 daqiqa keyinroq bo’ladi. Agar Navoiyda tong soat 5:20 da otsa, Andijonda tong soat nechada otadi?
Anonymous Quiz
29%
4:51
33%
5:03
25%
5:25
12%
5:39
🎉81👍65😱43🔥28🤩21
#tadqiqot_va_izlanish

Faqat bitta raqamning o'rnini o'zgartirib to'g'ri tenglik hosil qiling: 102+1=101

Bunda ikki raqamni almashtirish mumkin emas. Masalan, 1 va 2 ning joyini o'zgartirib bo'lmaydi. Chunki, unda ikkita raqamning o'rni o'zgargan bo'ladi.

👉Javobni bilish👈
👍83🔥22🎉16🤩13😱10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon keldi, ramazon!!
(Yulduzlar ijrosida)

Kirib kelgan Ramazon oyi MUBORAK BO'LSIN!!

👉👉 @pmtests
👍64🔥15🎉5🤩5😱1
#tadqiqot_va_izlanish

Barcha gorizontal va vertikal qatorlarda qolgan sonlarning yig'indisi teng bo'lishi uchun qaysi 3 ta sonni o'chirish kerak?

👉Javobni bilish👈
👍96😱22🎉21🔥17🤩8
⚡️⚡️Bugun kanalimizda 28-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bo'lib o'tadi!!⚡️

Prezident va boshqa maxsus maktablarga tayyorlanayotgan o’quvchilar hamda matematikaga qiziquvchi barcha uchun kanalimizda har juma kuni Axborotni tahlil qilish va amaliy matematika ruknida online testlar berib boriladi.

Testlarning tuzilish shakli, Cambridge Assessment va boshqa rivojlangan davlatlarning fikrlash va axborotni tahlil qilishni baholash mezonlari asosida tuzilgan. Har bir testda barcha bilishi lozim bo’lgan muhim mavzular bo’yicha ma’lumotlar beriladi. Keyin esa shu ma’lumotlarni tahlil qilish bo’yicha savollar beriladi.

28-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bugun soat 20:00 da bo’lib o’tadi!!
Testda ishtirok etib bilimingizni sinab ko’ring!!

👉👉 @PMTESTS
👍54🔥14🎉10🤩8😱4