Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
#tadqiqot_va_izlanish
#olimpiada_savoli

Rasmdagi shakl 16 ta bir xil to’g’ri to’rtburchaklardan tashkil topgan. Agar katta to’g’ri to’rtburchakning perimetri 140 ga teng bo’lsa, kichik to’g’ri to’rtburchakning perimetrini toping?

👉Javobni bilish👈
👍68😱19🎉15🔥12🤩11
Farzandlarga ta'lim-tarbiya berish ularga nafaqa berishdan ustundir. Chunki, nafaqa berishni hamma ham uddalayapti.... (Tarbiya-chi?! kitobidan)

@PMTESTS
👍69🎉13😱12🤩9🔥7
‼️27-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testini PMTESTS.UZ saytidan yeching‼️
👍30🎉15🔥8😱8🤩3
Muhammadlatif 5 ta do’stini uyiga taklif qildi. Amirxon Javohirdan oldin Nurullodan keyin keldi. Nizomjon Javohirdan ham, Abubakrdan ham keyin keldi. Kim birinchi bo’lib kelgan?
Anonymous Quiz
38%
Nurullo
18%
Javohir
24%
Amirxon
10%
Abubakr
11%
Ma'lumot yetarli emas
👍92😱66🔥27🎉19🤩12
Qishloqdagi 42 ta xonadonning 35 tasida qo'y va 28 tasida sigir bor. Ham qo'y ham sigir boqadigan xonadonlarning maksimal soni x, minimal soni esa y bo'lsa, x-y ning qiymatini toping.
Anonymous Quiz
25%
7
16%
10
26%
14
23%
21
10%
28
🤩53👍50😱32🎉31🔥27
#tadqiqot_va_izlanish

Yoqlariga 1, 2, 3, 4, 5 va 6 sonlari yozilgan 27 ta kubchalar birlashtirilib, katta kub hosil qilindi. Rasmda kichik kubchaning yoqlari yoyilmasi ko'rsatilgan.

Katta kubning yoqlaridagi jami sonlar yig'indisi eng ko'pi bilan nechaga teng bo'lishi mumkin?

👉Javobni bilish👈
👍49🔥11🎉11😱5🤩4
6 sonining roppa-rosa 4 ta bo’luvchisi bor, 9 sonida esa jami 3 ta bo’luvchi mavjud. Quyidagi 14; 21; 28; 35; 42 sonlardan nechtasining aniq 4 ta bo’luvchisi bor?
Anonymous Quiz
15%
1
18%
2
35%
3
18%
4
15%
5
👍124🎉43😱35🔥20🤩17
⚡️⚡️Bugun kanalimizda 27-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bo'lib o'tadi!!⚡️

Prezident va boshqa maxsus maktablarga tayyorlanayotgan o’quvchilar hamda matematikaga qiziquvchi barcha uchun kanalimizda har juma kuni Axborotni tahlil qilish va amaliy matematika ruknida online testlar berib boriladi.

Testlarning tuzilish shakli, Cambridge Assessment va boshqa rivojlangan davlatlarning fikrlash va axborotni tahlil qilishni baholash mezonlari asosida tuzilgan. Har bir testda barcha bilishi lozim bo’lgan muhim mavzular bo’yicha ma’lumotlar beriladi. Keyin esa shu ma’lumotlarni tahlil qilish bo’yicha savollar beriladi.

27-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bugun soat 20:00 da bo’lib o’tadi!!
Testda ishtirok etib bilimingizni sinab ko’ring!!

👉👉 @PMTESTS
👍24🔥9🎉9😱5
Olma va apelsin birgalikda 4 dollar turadi. Nok va yong'oq birgalikda 6 dollar turadi. Apelsin va nok birgalikda 3 dollar va ikkita olma 6 dollar turadi. Qaysi meva eng qimmat?
Anonymous Quiz
30%
olma
22%
apelsin
17%
nok
31%
yong'oq
👍98🎉41😱30🤩22🔥19
27-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi 👇👇
👍33🔥12😱7🎉2
👍42🎉14🤩11😱10🔥9
👍48🤩18😱13🔥5🎉2
#tadqiqot_va_izlanish

Hamyonimdagi barcha tangalar 1 yevrodan kichik va menda har bir turdagi tangadan kamida 1 tadan bor. 1 yevrodan kichik mavjud tangalar: 1 sent, 2 sent, 5 sent, 10 sent, 20 sent, 50 sentliklardir. Menda bor tangalarning bir yoki bir nechtasi yordamida men 2 yevrodan kamroq har qanday sentni hosil qila olaman.

Menda bo'lishi mumkin bo'lgan eng kam sondagi tangalar soni qancha?

👉Javobni bilish👈
👍32😱10🔥8🤩7🎉6
Biz azaldan kuchli xotira va betakror zehn egasi bo'lgan xalqmiz!!

Buyuk bobomiz Imom Buxoriyning kuchli xotirasi, betakror zehni manbalarda quyidagicha keltiriladi. Bobomiz bir millionta (aksariyat manbalarda 600 mingdan ortiq) hadisni yod bilgan. 600 ming hadis matni bugungi kundagi 320 ta qalin kitobga jo bo'ladi. U zot mana shuncha kitobni mukammal ravishda, umrining oxirigacha esdan chiqmaydigan darajaga yodda saqlaganlar.

Imom Buxoriy bobomiz hadislarni rivoyat qilgan kishilarning ismi bilan yoddan bilgan. Hadis bobomizga o’rtacha besh kishi orqali yetib kelgan. (Misol uchun: Abu Hurayra → Abu Zur’a → Umora ibn al-Qa’qo’ → Muhammad ibn Fuzayl →Ahmad ibn Ishkob). Imom Buxoriy bu shaxslarning otalarining ismi bilan yodda saqlaganlar. Bobomiz yod bilgan hadislar roviylari bilan birgalikda 640 ta qalin kitob bo'ladi. Endi kitob javonizni to'ldirib turgan 640 ta kitobni tasavvur qiling. Buncha kitobni yoddan bilish tugul o'qib chiqish ham katta ish bo'ladi.

Imom Buxoriyning “Sahihi Buxoriy”sida kelgan 7563 ta hadisni rivoyat qilganlar soni 37 815 ekanligini hisobga olsak, u zot 600 000 ta hadisni 3 millionta roviylar nomlari bilan, ketma-ketlikni chalkashtirmagan holda yodda saqlagan!

Buni tasavvur qilish uchun Toshkent shahrining qoq markazida joylashgan “Xotira” maydonidagi metall taxtalarga bitilgan butun O’zbekiston bo’ylab urushda shahid ketgan 450 000 ota-bobolarimizning ismi shariflarini hayolizga keltiring. Imom Buxoriy hazratlari go'yo ana shu ism-shariflarning barchasidan 7 barobardan ham ko'proqni qishloqma-qishloq, tumanma-tuman, viloyatma-viloyat to'g'ridan-to'g'ri yodda saqlagan, bir ismni boshqasi bilan chalkashtirmagan, bir xil adash ismlarni bir-biridan farqlay olgan! (Hamidulloh Beruniy)
______________________________

Ilm olayotgan o'quvchilar bobomizga munosib avlod bo'lishga intiling! Ozgina o'rgangan narsangizni ko'p hisoblab to'xtab qolmang. Ota-onalar esa imom Buxoriyning avlodlariga past baho bermasin! Farzandim qila olmaydi degan tushunchadan qutilish kerak. Bizni farzandlarimiz har qancha ilmni o'zlashtira olishadi. Imom Buxoriy aytganidek, "qiziqish va bardavomlik bo'lsa bas!!"

👉👉
@PMTESTS
👍46🔥12🎉10🤩5😱4
Forwarded from Xushnudbek.uz
🏆 G'alaba!

O'yin 1:0 hisobida O'zbekiston jamoasining ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi.

🇺🇿 O‘zbekiston U-20 Osiyo kubogi g'olibi!

Barakalla yigitlar! Rahmat sizlarga!

Hamma vatandoshlarimni ushbu g'alaba bilan tabriklayman.


👉 @xushnudbek 👈
👍144🎉55🔥16😱16🤩13
16 ta bir xil kolbasalarni 24 kishiga teng taqsimlash uchun eng kamida qancha miqdorda kesish kerak?
Anonymous Quiz
24%
16
32%
24
27%
32
18%
48
👍135😱45🎉40🔥37🤩23
Buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniy „Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar“ kitobida Quyosh yili hisobida yilning birinchi kuni Navroʻzdir, — deydi. Agar kalendar yili hisobida 21-mart yilning 1-kuni bo’lsa, 1-yanvar yilning nechanchi kuniga to’g’ri keladi.
Anonymous Quiz
23%
284-kuni
36%
286-kuni
27%
287-kuni
14%
288-kuni
👍98🎉43😱42🔥26🤩25
Beshikdan to qabrgacha ilm izla

Abu Rayhon Beruniy o’lim to’shagida yotar, uni ziyorat qilish uchun ko’plab ilm ahillari tashrif buyurar edi. Oxirgi nafaslarini olayotgan Beruniy uyiga tashrif buyurgan bir olimdan: “menga falon narsaning ilmini o’rgating” - deb iltimos qildi.
Olim al-Beruniyga: “Hazrat shu holatingizda sizga buni o’rganish malol kelmaydimi?” – dedi.
Al-Beruniy: “To’g’ri siz hozir o’rgatadigan ilmni men boshqalarga o’rgata olmasman. Ammo, menga Allohning ilmidan bitta bo’lsa ham ko’proq ilmni o’rganib o’lish yaxshiroq” – dedi.
Faqih olim al-Beruniyga so’ragan masalasidagi ilmni o’rgatdi. Olim aytadi: “Men al-Beruniyning uyidan chiqib, bir necha qadam uzoqlashishim bilanoq yig’i ovozi eshitildi….”
_________________________

Ilm olishdan hayotining hech bir lahzasida to’xtamagan bobolarimiz bugungi taraqqiyotga tamal toshini qo’ydilar. Al-Beruniy „Hindiston“ nomli kitobida hozirgi Amerika qitʼasini mavjudligini Kolumbdan bir necha asr avval ilmiy asoslab berdi. Yerning meridian aylanasi uzunligini hayratlanarli tarzda aniq o’lchadi.

Butun dunyo al-Xorazmiy bobomiz kashf qilgan sanoq sistemasidan foydalanadi. Al-Fargʻoniyning dunyodagi eng uzun daryo Nilning suv sathini o’lchaydigan qurilmasi 1100 yil davomida insonlarga foyda keltirdi. Bobolarimizning buyukligini tasavvur qilish uchun ularning minglab yillar davomida butun dunyo insonlariga foyda keltirayotgan ishlariga qarash kifoya. Buyuklikni da’vo qiluvchi, ba’zi insonlar uchun “orzular mamlakati” bo’lgan 1776-yilda asos solingan Amerika qo’shma shtatlari hali 250 yil ham yashamadi. Bu davlatning minglab yillar mavjud bo’lishi yoki bo’lmasligiga hech kim kafolat bermaydi. Imom Buxoriy bobomizning “Aj-jome’ as-Sahih” hadislar to’plami 1150 yildan ortiq butun dunyo musulmonlariga foyda keltirmoqda va bundan keyin ham minglab yillar foyda keltirishini ishonch bilan aytish mumkin.


👉👉 @PMTESTS
👍44🔥17🤩5🎉4