Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
1817-yilda tashkil etilgan sobiq AQSH prezidenti Barak Abama va minglab taniqli shaxslar tahsil olgan Garvard yuridik maktabi dunyodagi eng nufuzli ta'lim muassasalaridan hisoblanadi.

Muassasaning asosiy kirish qismi devorida Niso surasining 135-oyati yozib qo`yilgan:

"Ey iymon keltirganlar, adolat bilan turguvchi hamda o`zlaringning yoki ota-ona va qarindosh-urug`larning zarariga bo`lsada, Alloh uchun to`g`ri guvohlik berguvchi bo`linglar! U (ya`ni guvohlik beriluvchi)boy bo`ladimi, kambag`al bo`ladimi, har ikkisiga ham Allohning O`zi (sizlardan ko`ra) yaqinroqdir. Bas, adolat qilmasdan nafsi havoga ergashib ketmanganlar. Agar tillaringni burib (noto`g`ri guvohlik bersangizlar) yoki (guvohlik berishdan) bosh tortsanglar, albatta Alloh qilayotgan amalllaringizdan xabardor bo`lgan zotdir"
👍63🎉9🤩9🔥6😱6
#olimpiada_taassurotlari

Adolatli bo’linglar, o`zingizning yoki ota-ona va qarindosh-urug`larning zarariga bo`lsada, to`g`ri guvohlik berguvchi bo`linglar!!

@PMTESTS jamoasi 2021-yildan hozirga qadar jami 34 ta yutuqli olimpiada o’tkazdi va umumiy hisobda 45 mln so’m miqdoridagi mablag’ iqtidorli o’quvchilarga mukofot sifatida berildi. Olimpiadalar jarayonida zoom ilovasi yordamida 2000 ga yaqin o’quvchilar bilan bevosita savol-javoblar qilindi (Avvalgi olimpiadalarda katta sinflar ham ishtirok etishgan). Shu vaqt davomida juda ko’p ota-onalar va ustozlar bizlarni qo’llab quvvatlashdi.

Yutuqli olimpiadaning birinchi bosqichi test bo’lgani uchun bizda nazorat qilish imkoni bo’lmaydi. Bunday holatda ayrim ota-onalar va ustozlarning o’quvchiga yordam berishga urinishi haqiqiy g’oliblarni aniqlashni qiyinlashtiradi. Agar qaysidir o’qituvchi yoki ota-ona farzandi uchun olimpiadani yechib bersa, bu adolat mezonini buzadi! Sizdan va farzandingizdan 2-bosqichga o’tishga haqli bo’lgan ammo o’ta olmagan yuzlab o’quvchilar hech qachon rozi bo’lmaydi!!

Yurtimiz taraqqiy topishi uchun biz yoshlarga adolatli bo’lishni o’rgatishimiz kerak. Ko’plab g’arb mamlakatlari ijtimoiy jarayonlarda adolat o’rnatish orqali rivojlanib taraqqiy topdi. Amerikaning Garvard universiteti peshtoqiga adolatning eng buyuk ifodasi hisoblangan Niso surasining 135-oyati yozib qo’yilgan. Muqaddas dinimiz ko’rsatmalariga aslida biz yaxshiroq amal qilishimiz kerak. Buyuk kelajak qurish uchun farzandlarimizga aytishimiz kerak bo’lgan eng zarur jumla:
O`zinga yoki ota-ona va qarindosh-urug'laringga zarar bo'lsada, to'g'ri guvohlik ber! Adolatli bo’l!!

👉👉 @PMTESTS
👍72🎉12🔥8🤩7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Yo u tomonga o't, yo bu tomonga o't deyishyapti. "
Prezident "O'zbekiston kim tomonda?" degan savolga javob berdi.

https://kun.uz/89482726

Biz faqat bir tomonmiz. Millatimiz, xalqimiz, buyuk O'zbekistonimiz manfaati yo'lida jonimizni berishga tayyormiz!
👍106🔥10🎉10🤩8😱2
#tadqiqot_va_izlanish
Quyida 8 ta son yozilgan: 243, 565, 872, 419, 734, 981, 127, 398, ?
9-son qaysi bo’lishi mumkin?

👉Javobni bilish👈
👍109😱25🎉19🤩19🔥17
#tadqiqot_va_izlanish
#olimpiada_savoli

Rasmdagi shakl 16 ta bir xil to’g’ri to’rtburchaklardan tashkil topgan. Agar katta to’g’ri to’rtburchakning perimetri 140 ga teng bo’lsa, kichik to’g’ri to’rtburchakning perimetrini toping?

👉Javobni bilish👈
👍68😱19🎉15🔥12🤩11
Farzandlarga ta'lim-tarbiya berish ularga nafaqa berishdan ustundir. Chunki, nafaqa berishni hamma ham uddalayapti.... (Tarbiya-chi?! kitobidan)

@PMTESTS
👍69🎉13😱12🤩9🔥7
‼️27-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testini PMTESTS.UZ saytidan yeching‼️
👍30🎉15🔥8😱8🤩3
Muhammadlatif 5 ta do’stini uyiga taklif qildi. Amirxon Javohirdan oldin Nurullodan keyin keldi. Nizomjon Javohirdan ham, Abubakrdan ham keyin keldi. Kim birinchi bo’lib kelgan?
Anonymous Quiz
38%
Nurullo
18%
Javohir
24%
Amirxon
10%
Abubakr
11%
Ma'lumot yetarli emas
👍92😱66🔥27🎉19🤩12
Qishloqdagi 42 ta xonadonning 35 tasida qo'y va 28 tasida sigir bor. Ham qo'y ham sigir boqadigan xonadonlarning maksimal soni x, minimal soni esa y bo'lsa, x-y ning qiymatini toping.
Anonymous Quiz
25%
7
16%
10
26%
14
23%
21
10%
28
🤩53👍50😱32🎉31🔥27
#tadqiqot_va_izlanish

Yoqlariga 1, 2, 3, 4, 5 va 6 sonlari yozilgan 27 ta kubchalar birlashtirilib, katta kub hosil qilindi. Rasmda kichik kubchaning yoqlari yoyilmasi ko'rsatilgan.

Katta kubning yoqlaridagi jami sonlar yig'indisi eng ko'pi bilan nechaga teng bo'lishi mumkin?

👉Javobni bilish👈
👍49🔥11🎉11😱5🤩4
6 sonining roppa-rosa 4 ta bo’luvchisi bor, 9 sonida esa jami 3 ta bo’luvchi mavjud. Quyidagi 14; 21; 28; 35; 42 sonlardan nechtasining aniq 4 ta bo’luvchisi bor?
Anonymous Quiz
15%
1
18%
2
35%
3
18%
4
15%
5
👍124🎉43😱35🔥20🤩17
⚡️⚡️Bugun kanalimizda 27-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bo'lib o'tadi!!⚡️

Prezident va boshqa maxsus maktablarga tayyorlanayotgan o’quvchilar hamda matematikaga qiziquvchi barcha uchun kanalimizda har juma kuni Axborotni tahlil qilish va amaliy matematika ruknida online testlar berib boriladi.

Testlarning tuzilish shakli, Cambridge Assessment va boshqa rivojlangan davlatlarning fikrlash va axborotni tahlil qilishni baholash mezonlari asosida tuzilgan. Har bir testda barcha bilishi lozim bo’lgan muhim mavzular bo’yicha ma’lumotlar beriladi. Keyin esa shu ma’lumotlarni tahlil qilish bo’yicha savollar beriladi.

27-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bugun soat 20:00 da bo’lib o’tadi!!
Testda ishtirok etib bilimingizni sinab ko’ring!!

👉👉 @PMTESTS
👍24🔥9🎉9😱5
Olma va apelsin birgalikda 4 dollar turadi. Nok va yong'oq birgalikda 6 dollar turadi. Apelsin va nok birgalikda 3 dollar va ikkita olma 6 dollar turadi. Qaysi meva eng qimmat?
Anonymous Quiz
30%
olma
22%
apelsin
17%
nok
31%
yong'oq
👍98🎉41😱30🤩22🔥19
27-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi 👇👇
👍33🔥12😱7🎉2
👍42🎉14🤩11😱10🔥9
👍48🤩18😱13🔥5🎉2
#tadqiqot_va_izlanish

Hamyonimdagi barcha tangalar 1 yevrodan kichik va menda har bir turdagi tangadan kamida 1 tadan bor. 1 yevrodan kichik mavjud tangalar: 1 sent, 2 sent, 5 sent, 10 sent, 20 sent, 50 sentliklardir. Menda bor tangalarning bir yoki bir nechtasi yordamida men 2 yevrodan kamroq har qanday sentni hosil qila olaman.

Menda bo'lishi mumkin bo'lgan eng kam sondagi tangalar soni qancha?

👉Javobni bilish👈
👍32😱10🔥8🤩7🎉6
Biz azaldan kuchli xotira va betakror zehn egasi bo'lgan xalqmiz!!

Buyuk bobomiz Imom Buxoriyning kuchli xotirasi, betakror zehni manbalarda quyidagicha keltiriladi. Bobomiz bir millionta (aksariyat manbalarda 600 mingdan ortiq) hadisni yod bilgan. 600 ming hadis matni bugungi kundagi 320 ta qalin kitobga jo bo'ladi. U zot mana shuncha kitobni mukammal ravishda, umrining oxirigacha esdan chiqmaydigan darajaga yodda saqlaganlar.

Imom Buxoriy bobomiz hadislarni rivoyat qilgan kishilarning ismi bilan yoddan bilgan. Hadis bobomizga o’rtacha besh kishi orqali yetib kelgan. (Misol uchun: Abu Hurayra → Abu Zur’a → Umora ibn al-Qa’qo’ → Muhammad ibn Fuzayl →Ahmad ibn Ishkob). Imom Buxoriy bu shaxslarning otalarining ismi bilan yodda saqlaganlar. Bobomiz yod bilgan hadislar roviylari bilan birgalikda 640 ta qalin kitob bo'ladi. Endi kitob javonizni to'ldirib turgan 640 ta kitobni tasavvur qiling. Buncha kitobni yoddan bilish tugul o'qib chiqish ham katta ish bo'ladi.

Imom Buxoriyning “Sahihi Buxoriy”sida kelgan 7563 ta hadisni rivoyat qilganlar soni 37 815 ekanligini hisobga olsak, u zot 600 000 ta hadisni 3 millionta roviylar nomlari bilan, ketma-ketlikni chalkashtirmagan holda yodda saqlagan!

Buni tasavvur qilish uchun Toshkent shahrining qoq markazida joylashgan “Xotira” maydonidagi metall taxtalarga bitilgan butun O’zbekiston bo’ylab urushda shahid ketgan 450 000 ota-bobolarimizning ismi shariflarini hayolizga keltiring. Imom Buxoriy hazratlari go'yo ana shu ism-shariflarning barchasidan 7 barobardan ham ko'proqni qishloqma-qishloq, tumanma-tuman, viloyatma-viloyat to'g'ridan-to'g'ri yodda saqlagan, bir ismni boshqasi bilan chalkashtirmagan, bir xil adash ismlarni bir-biridan farqlay olgan! (Hamidulloh Beruniy)
______________________________

Ilm olayotgan o'quvchilar bobomizga munosib avlod bo'lishga intiling! Ozgina o'rgangan narsangizni ko'p hisoblab to'xtab qolmang. Ota-onalar esa imom Buxoriyning avlodlariga past baho bermasin! Farzandim qila olmaydi degan tushunchadan qutilish kerak. Bizni farzandlarimiz har qancha ilmni o'zlashtira olishadi. Imom Buxoriy aytganidek, "qiziqish va bardavomlik bo'lsa bas!!"

👉👉
@PMTESTS
👍46🔥12🎉10🤩5😱4