Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
#tadqiqot_va_izlanish

Akmalga rasmda keltirilgan topshiriq berildi. U faqat ikkita gugurt cho'pini o'rnini o'zgartirib to'g'ri tenglik hosil qilishi kerak edi. U bu ishni to'rtta usulda bajardi. Akmal bajarishi mumkin bo'lgan usullarni toping.

👉Javobni bilish👈
👍44🎉17🔥11🤩9😱8
Har bir islohotda, qaror qabul qilishda o‘qituvchilar ko‘z oldimda bo‘ladi.
Sh.Mirziyoyev
____________________________________

O'qituvchini qadrlagan millat albatta taraqqiy topadi!

👉👉 @PMTESTS
👍71🤩15🔥11🎉11😱7
24-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi 👇👇
🔥14👍11🎉3🤩2
👍52🎉12😱7🤩7🔥5
👍57🎉13🤩11🔥10😱7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabida "I am a future entrepreneur" nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ko‘rgazma o‘quvchilarning nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash maqsadida "Biznes asoslari" fani o‘qituvchilari Dr. Eric Embang hamda Abdug‘affor Shomirzayev tomonidan tashkil etildi.
_________________________

Ajoyib
ko'rgazma bo'libdi. Bilim insonlar hayotini yaxshilash maqsadida amaliyotga joriy qilish uchun o'rganiladi. Yurtimizda ilm-fan va ishlab chiqarishning bir-biridan uzulib qolgani natijasida aksariyat foydali ixtirolar kitobda qolib ketgan. Tadbirkorlar esa texnika va ixtirolarni chet eldan qimmat narxlarda sotib olgan.

Biz o'quvchilarga nafaqat biror narsani ixtiro qila olishni, balki o'sha ixtironi foydali ekanligini isbotlab, tadbirkorlarni ham ishontira olishni o'rgatishimiz kerak. Buning uchun yoshlar bozor qonuniyatlarini ham yaxshi bilishi kerak. Bunday tadbirlar ilm-fan va ishlab chiqarish aloqasini kuchaytirishga xizmat qiladi.
👍36😱5🎉5🤩4🔥2
Masala shartida Aziz perimetri 18 cm, katta tomoni kichik tomonidan 2 marta katta bo’lgan to’g’ri to’rtburchakning katta tomoni topishi kerak edi. U adashib perimetr o’rniga yuza S=18 qilib misolni yechdi. U topgan javob va haqiqiy javob orasidagi farq...
Anonymous Quiz
17%
4
25%
3
28%
2
11%
1
19%
0
👍98😱53🎉32🔥31🤩25
#tadqiqot_va_izlanish

Doston, Sardor va Karim aka-ukalar. Qizig'i shundaki, barcha uch aka-ukalarning hozirgi yoshi tub son. Bundan ham qizig'i shundaki, ularning yoshlari o'rtasidagi farqlar ham tub sonlar.

Ularning yoshlari qanday bo'lishi mumkin?

👉Javobni bilish👈
👍87🎉15🔥13😱13🤩12
Pifagordan “Nechta shogirdingiz bor?” deb so’rashganida, u: “Shogirdlarimning yarmi matematika o‘rganmoqda, choragi tabiatni o‘rganishyapti, yettidan biri xayol surish bilan band, qolgan uch nafari qizlar” deb javob berdi. Uning nechta shogirdi bo‘lgan?
Anonymous Quiz
16%
14
44%
28
23%
27
16%
32
👍105🎉38🤩28🔥27😱25
#tadqiqot_va_izlanish

Nodir Prezident maktabiga tayyorlanmoqda. U bugundan boshlab PMTESTS.UZ saytidan har kuni bittadan test yechishga qaror qildi. Hozirda saytda 50 ta matematika, 24 ta tanqidiy fikrlash testi mavjud. Haftaning seshanba kunlari tanqidiy fikrlash testlari bo'ladi. Haftaning payshanba va yakshanba kunlari matematika testlari bo'ladi. Bugun yakshanba. Aziz bugun 51-matematika testini yechadi. Ertaga esa eski testlardan birini yechadi. Seshanba kuni 25-tanqidiy fikrlash testini yechadi. U shu tartibda davom etadi. Ya'ni test bo'ladigan kunlari yangi testlarni, test bo'lmaydigan kunlari eski testlarni yechadi.

Agar bugun test ishlashning 1-kuni bo'lsa, nechanchi kuni u barcha testlarni ishlab bo'lgan bo'ladi?

👉Javobni bilish👈
👍48😱9🎉9🔥8🤩8
Tanqidiy_fikrlash: Yanvar oyi beshta juma kunini o'z ichiga oldi.
Quyidagilarning qaysi biri to'g'ri bo'la olmaydi.
Anonymous Quiz
20%
Oyning birinchi jumasi oyning 4-kunidan oldin kelgan
24%
1-yanvar chorshanbaga to'g'ri kelgan
20%
Bu oyda 4ta seshanba bor
18%
Bu oyda 5ta yakshanba bor
17%
31-yanvar dushanba bo'lgan
👍62🎉32😱29🔥16🤩12
#tadqiqot_va_izlanish

Oxirgi raqami 6 bilan tugaydigan natural son mavjud. Sonning oxiridagi 6 raqami sonning boshiga olib o'tilsa, son 4 marta ortadi. Shunday xususiyatga ega eng kichik natural sonni toping.

👉Javobni bilish👈
👍37😱13🤩4🔥2
📣📣 1-sinfdan 11-sinfgacha barcha uchun matematika testlari

Barcha sinflar uchun matematika testlari berib boriladigan kanal matematikadan testlar da o'zingizni sinfizga mos testlarni yechishingiz mumkin. Bugungi online testni yechganlar uchun sertifikatlar soat 22:00 da taqdim etiladi.
👍27🎉6😱4🔥3
Bir qishloqda yolg'onchilar va rostchilar yashaydi. Bir ziyofatda 15kishi to'plandi. Ularning har biri qolganlarga "Sizlarning hammangiz yolg'onchilarsiz" deb aytdi. Yolg'onchi faqat yolg'on, rostchi faqat rost gapirsa, ziyofatda nechta rostchi bo'lgan?
Anonymous Quiz
17%
7
19%
9
22%
3
23%
1
19%
0
👍64🎉32😱23🤩20🔥17
Fasli navbahor o'ldi

Fasli navbahor o’ldi, ketibon zimistonlar,
Do’stlar, g’animatdur, sayr eting gulistonlar.

Subhidam tushub shabnam, bo’ldi sabzalar xurram,
Gul uza tomib kam-kam, yog’di abro’-naysonlar.

Nastaron yuvib yuzni, yosuman tuzib o’zni,
Nargis ochibon ko’zni, intizor, yoronlar.

Qumrilar qilib kuk-ku, bulbul aylabon chah-chah,
Sarvi gul uza doim tortar ohu afg’onlar.
Tortar ohu afg’onlar.

Kechdilar vafo ahli qolmayin tutub savsan,
Kiydi ko’k, qilib sunbul zulfini parishonlar.

Do’stlar, g’animatdur, sayr eting gulistonlar.

Barchangizga bahor ayyomi muborak bo'lsin!!
👉👉 @pmtests
👍33🔥13🎉5🤩1
#tadqiqot_va_izlanish

Bir mamlakat sultoni xazinasiga o’z hukmdorligi ostidagi 10 viloyat noiblari keltirgan har biri 1000 tilla tanga bilan to’ldirilgan qoplarni yig’ibdi. Kutilmaganda bir chopar halloslab kelib sultonga shunday debdi:
– Ey buyuk sulton, noiblaringizdan biri sizni sotdi. U yuborgan qop qalbaki tangalar bilan to’ldirilgan. Ular tashqi ko’rinishidan haqiqiysidan farq qilmaydi, faqat ularning og’irligi haqiqiy tilla tanga kabi 10 gramm emas, 9 gramm. Sulton qaysi noib yuborgan qop qalbaki ekanligini aniqlashga ahd qilibdi. Qoplardagi tangalardan bir yoki bir nechtasidan foydalanib tangalar og’irligini o’lchovchi tarozidan faqat bir foydalanib qalbaki tangalar solingan qopni aniqlabdi.
Podshoh buni qanday qilgan bo'lishi mumkin?

👉Javobni bilish👈
👍32🔥8🎉7😱6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#pullik_kanal_natijalari

Namangan va Farg'ona shahri Prezident maktablariga qabul qilingan Solijonova Sarvinoz va Odiljonova Saodatxonlar @PMTESTS pullik kanallari a'zolari edilar. Ular videoda prezident maktabiga kirmoqchi bo'lgan o'quvchilar uchun foydali tavsiyalar berishdi.

Siz ham pullik kanallarimizga a'zo bo'lib, prezident maktabi o'quvchisiga aylaning!!

Murojaat_uchun: @PMTESTS_ADMIN
👍15🔥6😱4🤩4🎉3
Karim bir son o'yladi. Sonning raqamlari yig'indisi tub son. Son biror sonning kvadrati emas. Son uchga bo'linmaydi.
Quyidagi sonlardan qaysi biri Karim o'ylagan son bo'lishi mumkin?
Anonymous Quiz
12%
12
24%
16
22%
21
20%
26
22%
32
👍105🎉43😱33🔥25🤩24
#tadqiqot_izlanish

Jahongir 9 raqami bilan boshlanuvchi barcha raqami turli 4 xonali son yozdi. Uning soni 9 ga qoldiqsiz bo'linadi va sonning raqamlari kamayish tartibida joylashgan. U yozishi mumkin bo'lgan sonlar nechta?

👉Javobni bilish👈
👍64😱17🎉12🔥6🤩5