Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
⚡️⚡️⚡️Bugun soat 20:00 da 50-online testni PMTESTS.UZ saytida bepul yeching.

PMTESTS jamoasining Prezident maktabi saralash imtihoni bo’yicha berib borayotgan testlari soni 50 taga yetdi. Bugun PMTESTS.UZ saytida xalqaro olimpiadalarning eng sara savollaridan tashkil topgan 50-saralash online testi bo’lib o’tadi.

Jamoamiz o’quvchilar bilimini oshirish uchun tinimsiz izlanish olib bormoqda. Bugungi bayramona testimizda o’quvchilar uchun eng qiziqarli testlardan foydalandik.

PMTESTS.UZ saytidan ro’yxatdan o’ting va 50-matematika testini bepul yeching.

Saytdan test yechish
👍29🎉6🔥3🤩3
#kun_savoli_javobi: Jahon har 60 daqiqada 6000 metr yuradi. Chunki 1 soat=60 daqiqa, 1 km = 1000 m. Demak, u 1 daqiqada 100 metr yuradi. U shu tezlik bilan 19 daqiqa yursa 1 900 m yo’l yuradi. Sardor esa 60 daqiqada 15 000 m yo’l yuradi. Demak u har daqiqada 250 m yo’l yuradi. U 2 daqiqada 500 m yo’l yuradi va ular orasidagi masofa endilikda 1 400 m bo’lib qoladi. Jahon qaytishda soatiga 9 km yoki minutiga 150 metr tezlik bilan orqaga qaytdi. Ular har daqiqada bir birlariga 250+150=400 metrdan yaqinlashadi. Qancha vaqtda uchrashishini topish uchun esa ular orasidagi masofani tezliklari yig’indisiga bo’lish kerak. 1 400 m : 400 = 3,5. Biz bu holatda Jahonning qaytishni boshlagandan qancha vaqt o’tib uchrashishini topdik. Sardor bu holatda uyidan 2 daqiqa ertaroq chiqqani uchun u 5,5 daqiqa yurgan bo’ladi. Sardor har daqiqada 250 m yo’l yurar edi. Demak u 5,5 daqiqada 250 ‧ 5,5 = 1375 m yo’l yurgan va bu masofa uning uyidan qancha uzoqda uchrashishganini bildiradi.

Javob: Ular Sardorning uyidan 1375 m masofada uchrashadilar.

Kun savoliga to'g'ri javob yuborgan ishtirokchilar 50-online testda bepul ishtirok etishlari mumkin. Bundan keyingi yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi!

👉👉
@PMTESTS
👍48🎉7🔥6😱5🤩3
Ashio shahrida 40000 aholidan 4000 tasi oliy ma’lumotli. Shahardagi 1144 ta boy insondan 144 tasi oliy ma’lumotli emas. Demak, boy bo’lish uchun oliy ma’lumot shart emas.
Ammo, oliy ma’lumotlilarning boy bo’lish ehtimoli boshqalardan necha marta ko'proq?
Anonymous Quiz
18%
5 marta
37%
10 marta
26%
32 marta
18%
62,5 marta
🎉44👍33😱27🔥23🤩15
#tadqiqot_va_izlanish

Akmalga rasmda keltirilgan topshiriq berildi. U faqat ikkita gugurt cho'pini o'rnini o'zgartirib to'g'ri tenglik hosil qilishi kerak edi. U bu ishni to'rtta usulda bajardi. Akmal bajarishi mumkin bo'lgan usullarni toping.

👉Javobni bilish👈
👍44🎉17🔥11🤩9😱8
Har bir islohotda, qaror qabul qilishda o‘qituvchilar ko‘z oldimda bo‘ladi.
Sh.Mirziyoyev
____________________________________

O'qituvchini qadrlagan millat albatta taraqqiy topadi!

👉👉 @PMTESTS
👍71🤩15🔥11🎉11😱7
24-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi 👇👇
🔥14👍11🎉3🤩2
👍52🎉12😱7🤩7🔥5
👍57🎉13🤩11🔥10😱7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabida "I am a future entrepreneur" nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ko‘rgazma o‘quvchilarning nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash maqsadida "Biznes asoslari" fani o‘qituvchilari Dr. Eric Embang hamda Abdug‘affor Shomirzayev tomonidan tashkil etildi.
_________________________

Ajoyib
ko'rgazma bo'libdi. Bilim insonlar hayotini yaxshilash maqsadida amaliyotga joriy qilish uchun o'rganiladi. Yurtimizda ilm-fan va ishlab chiqarishning bir-biridan uzulib qolgani natijasida aksariyat foydali ixtirolar kitobda qolib ketgan. Tadbirkorlar esa texnika va ixtirolarni chet eldan qimmat narxlarda sotib olgan.

Biz o'quvchilarga nafaqat biror narsani ixtiro qila olishni, balki o'sha ixtironi foydali ekanligini isbotlab, tadbirkorlarni ham ishontira olishni o'rgatishimiz kerak. Buning uchun yoshlar bozor qonuniyatlarini ham yaxshi bilishi kerak. Bunday tadbirlar ilm-fan va ishlab chiqarish aloqasini kuchaytirishga xizmat qiladi.
👍36😱5🎉5🤩4🔥2
Masala shartida Aziz perimetri 18 cm, katta tomoni kichik tomonidan 2 marta katta bo’lgan to’g’ri to’rtburchakning katta tomoni topishi kerak edi. U adashib perimetr o’rniga yuza S=18 qilib misolni yechdi. U topgan javob va haqiqiy javob orasidagi farq...
Anonymous Quiz
17%
4
25%
3
28%
2
11%
1
19%
0
👍98😱53🎉32🔥31🤩25
#tadqiqot_va_izlanish

Doston, Sardor va Karim aka-ukalar. Qizig'i shundaki, barcha uch aka-ukalarning hozirgi yoshi tub son. Bundan ham qizig'i shundaki, ularning yoshlari o'rtasidagi farqlar ham tub sonlar.

Ularning yoshlari qanday bo'lishi mumkin?

👉Javobni bilish👈
👍87🎉15🔥13😱13🤩12
Pifagordan “Nechta shogirdingiz bor?” deb so’rashganida, u: “Shogirdlarimning yarmi matematika o‘rganmoqda, choragi tabiatni o‘rganishyapti, yettidan biri xayol surish bilan band, qolgan uch nafari qizlar” deb javob berdi. Uning nechta shogirdi bo‘lgan?
Anonymous Quiz
16%
14
44%
28
23%
27
16%
32
👍105🎉38🤩28🔥27😱25
#tadqiqot_va_izlanish

Nodir Prezident maktabiga tayyorlanmoqda. U bugundan boshlab PMTESTS.UZ saytidan har kuni bittadan test yechishga qaror qildi. Hozirda saytda 50 ta matematika, 24 ta tanqidiy fikrlash testi mavjud. Haftaning seshanba kunlari tanqidiy fikrlash testlari bo'ladi. Haftaning payshanba va yakshanba kunlari matematika testlari bo'ladi. Bugun yakshanba. Aziz bugun 51-matematika testini yechadi. Ertaga esa eski testlardan birini yechadi. Seshanba kuni 25-tanqidiy fikrlash testini yechadi. U shu tartibda davom etadi. Ya'ni test bo'ladigan kunlari yangi testlarni, test bo'lmaydigan kunlari eski testlarni yechadi.

Agar bugun test ishlashning 1-kuni bo'lsa, nechanchi kuni u barcha testlarni ishlab bo'lgan bo'ladi?

👉Javobni bilish👈
👍48😱9🎉9🔥8🤩8
Tanqidiy_fikrlash: Yanvar oyi beshta juma kunini o'z ichiga oldi.
Quyidagilarning qaysi biri to'g'ri bo'la olmaydi.
Anonymous Quiz
20%
Oyning birinchi jumasi oyning 4-kunidan oldin kelgan
24%
1-yanvar chorshanbaga to'g'ri kelgan
20%
Bu oyda 4ta seshanba bor
18%
Bu oyda 5ta yakshanba bor
17%
31-yanvar dushanba bo'lgan
👍62🎉32😱29🔥16🤩12
#tadqiqot_va_izlanish

Oxirgi raqami 6 bilan tugaydigan natural son mavjud. Sonning oxiridagi 6 raqami sonning boshiga olib o'tilsa, son 4 marta ortadi. Shunday xususiyatga ega eng kichik natural sonni toping.

👉Javobni bilish👈
👍37😱13🤩4🔥2
📣📣 1-sinfdan 11-sinfgacha barcha uchun matematika testlari

Barcha sinflar uchun matematika testlari berib boriladigan kanal matematikadan testlar da o'zingizni sinfizga mos testlarni yechishingiz mumkin. Bugungi online testni yechganlar uchun sertifikatlar soat 22:00 da taqdim etiladi.
👍27🎉6😱4🔥3
Bir qishloqda yolg'onchilar va rostchilar yashaydi. Bir ziyofatda 15kishi to'plandi. Ularning har biri qolganlarga "Sizlarning hammangiz yolg'onchilarsiz" deb aytdi. Yolg'onchi faqat yolg'on, rostchi faqat rost gapirsa, ziyofatda nechta rostchi bo'lgan?
Anonymous Quiz
17%
7
19%
9
22%
3
23%
1
19%
0
👍64🎉32😱23🤩20🔥17
Fasli navbahor o'ldi

Fasli navbahor o’ldi, ketibon zimistonlar,
Do’stlar, g’animatdur, sayr eting gulistonlar.

Subhidam tushub shabnam, bo’ldi sabzalar xurram,
Gul uza tomib kam-kam, yog’di abro’-naysonlar.

Nastaron yuvib yuzni, yosuman tuzib o’zni,
Nargis ochibon ko’zni, intizor, yoronlar.

Qumrilar qilib kuk-ku, bulbul aylabon chah-chah,
Sarvi gul uza doim tortar ohu afg’onlar.
Tortar ohu afg’onlar.

Kechdilar vafo ahli qolmayin tutub savsan,
Kiydi ko’k, qilib sunbul zulfini parishonlar.

Do’stlar, g’animatdur, sayr eting gulistonlar.

Barchangizga bahor ayyomi muborak bo'lsin!!
👉👉 @pmtests
👍33🔥13🎉5🤩1
#tadqiqot_va_izlanish

Bir mamlakat sultoni xazinasiga o’z hukmdorligi ostidagi 10 viloyat noiblari keltirgan har biri 1000 tilla tanga bilan to’ldirilgan qoplarni yig’ibdi. Kutilmaganda bir chopar halloslab kelib sultonga shunday debdi:
– Ey buyuk sulton, noiblaringizdan biri sizni sotdi. U yuborgan qop qalbaki tangalar bilan to’ldirilgan. Ular tashqi ko’rinishidan haqiqiysidan farq qilmaydi, faqat ularning og’irligi haqiqiy tilla tanga kabi 10 gramm emas, 9 gramm. Sulton qaysi noib yuborgan qop qalbaki ekanligini aniqlashga ahd qilibdi. Qoplardagi tangalardan bir yoki bir nechtasidan foydalanib tangalar og’irligini o’lchovchi tarozidan faqat bir foydalanib qalbaki tangalar solingan qopni aniqlabdi.
Podshoh buni qanday qilgan bo'lishi mumkin?

👉Javobni bilish👈
👍32🔥8🎉7😱6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#pullik_kanal_natijalari

Namangan va Farg'ona shahri Prezident maktablariga qabul qilingan Solijonova Sarvinoz va Odiljonova Saodatxonlar @PMTESTS pullik kanallari a'zolari edilar. Ular videoda prezident maktabiga kirmoqchi bo'lgan o'quvchilar uchun foydali tavsiyalar berishdi.

Siz ham pullik kanallarimizga a'zo bo'lib, prezident maktabi o'quvchisiga aylaning!!

Murojaat_uchun: @PMTESTS_ADMIN
👍15🔥6😱4🤩4🎉3