4x5 o'lchamli to'g'ri to'rtburchak 1x1 o'lchamdagi kichik kvadratlarga bo'lindi. Keyin katta to'rtburchakga ikki diognal chizildi. Diognallar nechta kvadratni kesib o'tmaydi.
Anonymous Quiz
17%
4
18%
6
25%
8
28%
10
12%
14
🔥52🎉36👍30😱17🤩12
#tadqiqot_va_izlanish
Usmon sayohatga borgan mamlakatida banandan boshqa mevalar narxi juda qimmat edi. U joyda 1$ ga 40 ta banan, 3$ ga 1 ta mango va 5$ ga 1 ta olma beradi.
Usmon 100$ ga shu uch xil mevadan jami 100 ta meva sotib oldi. U qaysi mevadan nechtadan olgan?
👉Javobni bilish👈

👍37🔥13😱7🎉7🤩7
Dunyodagi eng uzun daryo NIL sathini eng aniq tarzda o’lchash va bashorat qilish uchun Al-Farg’oniy bobomiz 861-yilda Misrda NILOMETR inshoatini qurib beradi. Ushbu asbobdan 1945-yilgacha foydalanilgan.
Ushbu ma’lumotdan quyidagi qaysi xulosa xato?
Ushbu ma’lumotdan quyidagi qaysi xulosa xato?
Anonymous Quiz
26%
Al-Farg’oniy qurgan Nilometrdan 1084 yil davomida foydalanilgan.
27%
Amudaryoning uzunligi Nil daryosi uzunligidan qisqaroq.
23%
Nil daryosi Mirsda joylashgan.
25%
Al-Farg’oniy qurgan Nilometr 1945-yilda buzib tashlangan.
👍75🎉33😱19🔥17🤩4
#tadqiqot_va_izlanish
Rasmda 12 ta gugurt cho'pi bir nechta teng tomonli uchburchak hosil qilmoqda. 4 ta gugurt cho'pining o'rnini shunday o'zgartiringki, faqat uchta teng tomonli uchburchak hosil bo'lsin. Barcha gugurt cho'plari uchburchaklar tomonlarida bo'lishi va ortiqcha shakllar paydo bo'lmasligi kerak.

👍28🔥11🎉8🤩5😱4
Aziz uchta fandan 73, 82 va 85 ball oldi. Yana ikkita sinov testi bor. Barcha testlarga 100bal beriladi. Uning maqsadi o'rtacha 80 yoki undan yuqori bal olish. Qolgan 2 ta testda quyidagi ballarning qaysi biri bilan Aziz maqsadiga erisha olmaydi?
Anonymous Quiz
16%
79 va 82
17%
70 va 91
24%
76 va 86
26%
73 va 83
17%
61 va 99
👍70🎉37😱32🔥31🤩18
#kun_savoli: Kecha Jahon Sardorning uyiga mehmonga borgan edi. Ma’lum vaqtdan keyin u Sardor bilan xayrlashdi va uydan soatiga 6 kilometr tezlikda piyoda yurib chiqib ketdi. 19 daqiqadan so'ng u uyali telefoni Sardorning uyida qolib ketganini bildi. Darhol u soatiga 9 kilometr tezlikda orqaga qaytdi, ammo Sardor ham uning telefonini berish uchun 2 daqiqa oldin soatiga 15 kilometr tezlikda yugurib borayotgan edi. Ular o'zaro uchrashgunga qadar Jahon soatiga 9 kilometr va Sardor soatiga 15 kilometr tezlikda harakat qilishdi.
Ular Sardorning uyidan qancha masofada uchrashishgan?
Javobni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi! Yechim tushuntirilmagan javoblar inobatga olinmaydi.

👍19🔥5🎉3🤩3
#tadqiqot_va_izlanish
Aziz shunday ikki xonali sonni yozdiki, uning raqamlari ayirmasining 5 barobari uning raqamlari yig’indisiga teng bo’ldi. Sonning raqamlari ayirmasini topishda katta raqamdan kichik raqam ayriladi. Aziz yozishi mumkin bo’lgan jami ikki xonali sonlar nechta?

👍37🤩9🎉8🔥5
⚡️⚡️⚡️Bugun soat 20:00 da 50-online testni PMTESTS.UZ saytida bepul yeching.
PMTESTS jamoasining Prezident maktabi saralash imtihoni bo’yicha berib borayotgan testlari soni 50 taga yetdi. Bugun PMTESTS.UZ saytida xalqaro olimpiadalarning eng sara savollaridan tashkil topgan 50-saralash online testi bo’lib o’tadi.
Jamoamiz o’quvchilar bilimini oshirish uchun tinimsiz izlanish olib bormoqda. Bugungi bayramona testimizda o’quvchilar uchun eng qiziqarli testlardan foydalandik.
PMTESTS.UZ saytidan ro’yxatdan o’ting va 50-matematika testini bepul yeching.
Saytdan test yechish

PMTESTS
Prezident maktabi testlari
Siz qidirayotgan sifatli testlar shu yerda
👍29🎉6🔥3🤩3
#kun_savoli_javobi: Jahon har 60 daqiqada 6000 metr yuradi. Chunki 1 soat=60 daqiqa, 1 km = 1000 m. Demak, u 1 daqiqada 100 metr yuradi. U shu tezlik bilan 19 daqiqa yursa 1 900 m yo’l yuradi. Sardor esa 60 daqiqada 15 000 m yo’l yuradi. Demak u har daqiqada 250 m yo’l yuradi. U 2 daqiqada 500 m yo’l yuradi va ular orasidagi masofa endilikda 1 400 m bo’lib qoladi. Jahon qaytishda soatiga 9 km yoki minutiga 150 metr tezlik bilan orqaga qaytdi. Ular har daqiqada bir birlariga 250+150=400 metrdan yaqinlashadi. Qancha vaqtda uchrashishini topish uchun esa ular orasidagi masofani tezliklari yig’indisiga bo’lish kerak. 1 400 m : 400 = 3,5. Biz bu holatda Jahonning qaytishni boshlagandan qancha vaqt o’tib uchrashishini topdik. Sardor bu holatda uyidan 2 daqiqa ertaroq chiqqani uchun u 5,5 daqiqa yurgan bo’ladi. Sardor har daqiqada 250 m yo’l yurar edi. Demak u 5,5 daqiqada 250 ‧ 5,5 = 1375 m yo’l yurgan va bu masofa uning uyidan qancha uzoqda uchrashishganini bildiradi.
Javob: Ular Sardorning uyidan 1375 m masofada uchrashadilar.
Kun savoliga to'g'ri javob yuborgan ishtirokchilar 50-online testda bepul ishtirok etishlari mumkin. Bundan keyingi yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi!
👉👉 @PMTESTS

👍48🎉7🔥6😱5🤩3
Ashio shahrida 40000 aholidan 4000 tasi oliy ma’lumotli. Shahardagi 1144 ta boy insondan 144 tasi oliy ma’lumotli emas. Demak, boy bo’lish uchun oliy ma’lumot shart emas.
Ammo, oliy ma’lumotlilarning boy bo’lish ehtimoli boshqalardan necha marta ko'proq?
Ammo, oliy ma’lumotlilarning boy bo’lish ehtimoli boshqalardan necha marta ko'proq?
Anonymous Quiz
18%
5 marta
37%
10 marta
26%
32 marta
18%
62,5 marta
🎉44👍33😱27🔥23🤩15
#tadqiqot_va_izlanish
Akmalga rasmda keltirilgan topshiriq berildi. U faqat ikkita gugurt cho'pini o'rnini o'zgartirib to'g'ri tenglik hosil qilishi kerak edi. U bu ishni to'rtta usulda bajardi. Akmal bajarishi mumkin bo'lgan usullarni toping.

👍44🎉17🔥11🤩9😱8
Har bir islohotda, qaror qabul qilishda o‘qituvchilar ko‘z oldimda bo‘ladi.
Sh.Mirziyoyev
____________________________________
O'qituvchini qadrlagan millat albatta taraqqiy topadi!

👍71🤩15🔥11🎉11😱7
24-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi 👇👇
🔥14👍11🎉3🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabida "I am a future entrepreneur" nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
✅Ushbu ko‘rgazma o‘quvchilarning nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash maqsadida "Biznes asoslari" fani o‘qituvchilari Dr. Eric Embang hamda Abdug‘affor Shomirzayev tomonidan tashkil etildi.
_________________________
Ajoyib ko'rgazma bo'libdi. Bilim insonlar hayotini yaxshilash maqsadida amaliyotga joriy qilish uchun o'rganiladi. Yurtimizda ilm-fan va ishlab chiqarishning bir-biridan uzulib qolgani natijasida aksariyat foydali ixtirolar kitobda qolib ketgan. Tadbirkorlar esa texnika va ixtirolarni chet eldan qimmat narxlarda sotib olgan.
Biz o'quvchilarga nafaqat biror narsani ixtiro qila olishni, balki o'sha ixtironi foydali ekanligini isbotlab, tadbirkorlarni ham ishontira olishni o'rgatishimiz kerak. Buning uchun yoshlar bozor qonuniyatlarini ham yaxshi bilishi kerak. Bunday tadbirlar ilm-fan va ishlab chiqarish aloqasini kuchaytirishga xizmat qiladi.

👍36😱5🎉5🤩4🔥2
Masala shartida Aziz perimetri 18 cm, katta tomoni kichik tomonidan 2 marta katta bo’lgan to’g’ri to’rtburchakning katta tomoni topishi kerak edi. U adashib perimetr o’rniga yuza S=18 qilib misolni yechdi. U topgan javob va haqiqiy javob orasidagi farq...
Anonymous Quiz
17%
4
25%
3
28%
2
11%
1
19%
0
👍98😱53🎉32🔥31🤩25
#tadqiqot_va_izlanish
Doston, Sardor va Karim aka-ukalar. Qizig'i shundaki, barcha uch aka-ukalarning hozirgi yoshi tub son. Bundan ham qizig'i shundaki, ularning yoshlari o'rtasidagi farqlar ham tub sonlar.
Ularning yoshlari qanday bo'lishi mumkin?

👍87🎉15🔥13😱13🤩12
Pifagordan “Nechta shogirdingiz bor?” deb so’rashganida, u: “Shogirdlarimning yarmi matematika o‘rganmoqda, choragi tabiatni o‘rganishyapti, yettidan biri xayol surish bilan band, qolgan uch nafari qizlar” deb javob berdi. Uning nechta shogirdi bo‘lgan?
Anonymous Quiz
16%
14
44%
28
23%
27
16%
32
👍105🎉38🤩28🔥27😱25
#tadqiqot_va_izlanish
Nodir Prezident maktabiga tayyorlanmoqda. U bugundan boshlab PMTESTS.UZ saytidan har kuni bittadan test yechishga qaror qildi. Hozirda saytda 50 ta matematika, 24 ta tanqidiy fikrlash testi mavjud. Haftaning seshanba kunlari tanqidiy fikrlash testlari bo'ladi. Haftaning payshanba va yakshanba kunlari matematika testlari bo'ladi. Bugun yakshanba. Aziz bugun 51-matematika testini yechadi. Ertaga esa eski testlardan birini yechadi. Seshanba kuni 25-tanqidiy fikrlash testini yechadi. U shu tartibda davom etadi. Ya'ni test bo'ladigan kunlari yangi testlarni, test bo'lmaydigan kunlari eski testlarni yechadi.
Agar bugun test ishlashning 1-kuni bo'lsa, nechanchi kuni u barcha testlarni ishlab bo'lgan bo'ladi?

👍48😱9🎉9🔥8🤩8