Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
πŸ“š Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
8ta o'quvchi musobaqa qilishdi va quyidagi ballarni olishdi: 3, 3, 4, 5, 6, 6, 8, 9. Hech bir qiz o'g'il bolalardan ko'proq bal olmadi. Faqat bir bola va bir qizning bali teng bo'ldi. 2ta qiz bir xil ball to'pladi. Musobaqada nechta qiz ishtirok etgan?
Anonymous Quiz
25%
3ta
19%
4ta
29%
5ta
17%
6ta
10%
2ta
πŸ‘94πŸŽ‰45😱30πŸ”₯17🀩16
πŸ”΅ PMTESTS.UZ saytiga 48-online test joylandi!

Kecha Repetitsion testlar yopiq kanalida o'tkazilgan 48-online testni PMTESTS.UZ saytidan bepul yechishingiz mumkin. Buning uchun saytdan ro'yxatdan o'ting va "Saralash testlari" bo'limidan 48-online testni tanlang.

PMTEST.UZ saytida prezident maktabiga tayyorlanayotgan o'quvchilar uchun barcha turdagi testlarni topishingiz mumkin.
😱21πŸ‘8πŸŽ‰4πŸ”₯2
#tadqiqot_va_izlanish

Aziz Amerikada taksi yordamida sayohat qilmoqda. Taksi xizmati har minuti uchun 52 sent (0.52$) turadi. Misol uchun, 10 daqiqalik sayohat jami 5.20$ turadi. Aziz bugun ertalab soat 10:20 da taksiga o'tirdi va sayohat oxirida to'lanadigan yo'l haqi va sayohat tugagan vaqtning to'rtta raqami ham bir xilligini payqadi.

Azizning taksi sayohati soat nechada yakunlangan.

πŸ‘‰Javobni bilishπŸ‘ˆ
πŸ‘41πŸ”₯11😱9🀩9πŸŽ‰8
23-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi πŸ‘‡πŸ‘‡
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘26😱10πŸŽ‰10🀩8πŸ”₯7
πŸ‘41πŸŽ‰14πŸ”₯11😱9🀩6
πŸ‘66πŸŽ‰16😱12🀩8πŸ”₯7
Mantiqiy_savollar: Quyidagi tengliklar orasidagi munosabatni aniqlab, so'roq o'rnidagi sonni toping: 1=3, 4=4, 7=5, 8=6, 20=7, 100=?
Anonymous Quiz
21%
10
32%
35
27%
8
16%
3
5%
4
πŸ‘81😱70πŸŽ‰31πŸ”₯23🀩23
#tadqiqot_va_izlanish

Aziz kompaniyaning yanvardan iyulgacha 7 oylik daromad va xarajatlarini tahlil qilmoqda. U ketma-ket har uch oyda kompaniya zarar bilan ishlaganini aniqladi. Ammo, qiziq jihati jami 7 oylikda kompaniya yaxshigina foyda qilganini ham hisobladi.

Har ketma-ket uch oyda zarar bilan ishlagan kompaniya qanday qilib, jami 7 oyda foyda qilgan bo'lishi mumkin?

πŸ‘‰Javobni bilishπŸ‘ˆ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘38πŸŽ‰12πŸ”₯9😱9🀩9
#kun_savoli: Ali yuqori maoshli ish uchun suhbatga kirdi. Ish beruvchi Aliga xotira testini berdi.
Unga sonlarining rangi har xil bo'lgan soat rasmi o'rganish uchun berildi.
Vaqt oxirida u quyidagilarni bilib oldi:
β€’ Sonlardan 4 ta yashil, 3 ta ko'k, 3 ta sariq va 2 tasi qizil edi.
β€’ Uchta ko'k sonlar 2, 7 va 12 edi.
β€’ Ikkala qizil sonlardan tashqari, qo'shni sonlar bir xil rangda emas.
β€’ Qarama-qarshi joylashgan sonlarning biron bir juftligi (12 va 6, 1 va 7 va boshqalar) rang kombinatsiyasini takrorlamagan (masalan, yashil raqamlarning ikkitasi bir-biriga qarama-qarshi bo'ladi, chunki yashil rang ko'k, qizil yoki sariq rangga faqat bir marta qarama-qarshi bo'lishi mumkin).
Endi Alidan soatdagi o'n ikkita sonning har birining rangini aytishini so'rashdi.
Ilhom yodlagan ma'lumot unga o'n ikkita soat sonining nechta rangiga aniqlik kiritishi uchun yetarli?
πŸ‘52🀩12πŸ”₯11πŸŽ‰4😱2
Kompyuter o'yinida Aziz (3martta), Komil(2martta) va Sardor(1martta) o'ynashdi. 6ta o'yinda quyidagi ochkolar yig'ildi: 15, 16, 18, 19, 20, 31. Agar Azizning jami ochkolari Komilning jami ochkolaridan ikki martta ko'p bo'lsa, Sardor necha ochko to'plagan.
Anonymous Quiz
13%
15
15%
16
22%
18
19%
19
19%
20
12%
31
πŸ‘95πŸŽ‰34🀩23πŸ”₯21😱20
#kun_savoli_javobi
πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
πŸ‘35😱17πŸ”₯11πŸŽ‰9🀩5
Avval qarama-qarshi juftlik sonlarini belgilab olamiz: 12-6, 1-7, 2-8, 3-9, 4-10 va 5-11. Ko’k rangli sonlar qarshilaridagi 6, 8 va 1 sonlari turli ranglarda bo’lishi kerak. Aks holda qarama-qarshi raqamlar juftligining rang kombinatsiyasi takrorlanib qoladi. Ushbu uchta sondan biri qizil rangda. Qizil rangli 2 ta son ketma-ket keladi. Demak, 1 soni qizil emas. Chunki, uning ikki qo’shni soni ham ko’k rangda. Bu yerda ikki holat bor:

1-hol: 8 soni qizil bo’lsin. U holda 9 soni ham qizil bo’ladi. 1 soni yashil bo’ladi. Chunki, agar 1 soni sariq bo’lsa, 10 yoki 11 dan biri ham sariq bo’lishi, va yashil ranglar ketma-ket bo’lib qolmasligi uchun 3, 4, 5, 6 lardan ikkitasi sariq bo’lishi kerak. Ammo, sariq ranglar sonlar 3 ta xolos. Demak, 1 soni aniq yashil. U holda 6 soni sariq, 5 yashil, 4 sariq va 3 yashil bo’ladi. 10 soni yashil bo’lsa, 11 sariq bo’lishi kerak. Ammo, 4-10 va 5-11 larda ranglar kombinatsiyasi takrorlanib qoladi. Demak, 10 sariq, 11 yashil bo’ladi.

2-hol: 6 soni qizil bo’lsin. U holda 5 soni ham qizil bo’ladi. 8 sariq, 9 yashil, 10 sariq va 11 yashil bo’ladi. Qarama-qarshi ranglar kombinatsiyasi turli bo’lgani uchun 3 yashil va 4 sariq bo’ladi. E’tibor berilsa ikki holda ham 8 ta sonning ranggi bir xil chiqdi. Bundan boshqa hol bo’lmagani uchun 8 ta sonni rangini aniq topish mumkin.
Bular: 12, 2, 7 ko'klar; 11, 1, 3 yashillar va 10, 4 sariqlar.


Kun savoliga to'g'ri javob yuborgan ishtirokchilar 49-online testda bepul ishtirok etishlari mumkin. Bundan keyingi yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi!

πŸ‘‰πŸ‘‰
@PMTESTS
πŸ‘36πŸ”₯9πŸŽ‰7🀩7😱4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”΅ PMTESTS.UZ saytidan foydalanish bo'yicha yo'riqnoma

PMTESTS.UZ sayti prezident maktabiga tayyorlanayotganlar uchun ajoyib imkoniyat. Istalgan vaqt, istalgan turdagi testlar bilan bilimingizni sinab boring.

Saytdan test ishlash
πŸ‘36πŸŽ‰8🀩8πŸ”₯7😱7
Muammoli masalalar: 4ta omborda 26, 37, 45, 63 tonna yuklar mavjud. Yuk mashinasi bir reysda bitta omborga borishi va 8 tonnagacha yukni ortishi mumkin. Yuk mashinasi 20 reysda ko'pi bilan necha tonna yuk ortishi mumkin?
Anonymous Quiz
11%
154 tonna
17%
157 tonna
25%
158 tonna
16%
159 tonna
32%
160 tonna
πŸ‘81😱32πŸ”₯30πŸŽ‰24🀩14
4x5 o'lchamli to'g'ri to'rtburchak 1x1 o'lchamdagi kichik kvadratlarga bo'lindi. Keyin katta to'rtburchakga ikki diognal chizildi. Diognallar nechta kvadratni kesib o'tmaydi.
Anonymous Quiz
17%
4
18%
6
25%
8
28%
10
12%
14
πŸ”₯52πŸŽ‰36πŸ‘30😱17🀩12
#tadqiqot_va_izlanish

Usmon sayohatga borgan mamlakatida banandan boshqa mevalar narxi juda qimmat edi. U joyda 1$ ga 40 ta banan, 3$ ga 1 ta mango va 5$ ga 1 ta olma beradi.

Usmon 100$ ga shu uch xil mevadan jami 100 ta meva sotib oldi. U qaysi mevadan nechtadan olgan?

πŸ‘‰Javobni bilishπŸ‘ˆ
πŸ‘37πŸ”₯13😱7πŸŽ‰7🀩7
Dunyodagi eng uzun daryo NIL sathini eng aniq tarzda o’lchash va bashorat qilish uchun Al-Farg’oniy bobomiz 861-yilda Misrda NILOMETR inshoatini qurib beradi. Ushbu asbobdan 1945-yilgacha foydalanilgan.
Ushbu ma’lumotdan quyidagi qaysi xulosa xato?
Anonymous Quiz
26%
Al-Farg’oniy qurgan Nilometrdan 1084 yil davomida foydalanilgan.
27%
Amudaryoning uzunligi Nil daryosi uzunligidan qisqaroq.
23%
Nil daryosi Mirsda joylashgan.
25%
Al-Farg’oniy qurgan Nilometr 1945-yilda buzib tashlangan.
πŸ‘75πŸŽ‰33😱19πŸ”₯17🀩4
#tadqiqot_va_izlanish

Rasmda 12 ta gugurt cho'pi bir nechta teng tomonli uchburchak hosil qilmoqda. 4 ta gugurt cho'pining o'rnini shunday o'zgartiringki, faqat uchta teng tomonli uchburchak hosil bo'lsin. Barcha gugurt cho'plari uchburchaklar tomonlarida bo'lishi va ortiqcha shakllar paydo bo'lmasligi kerak.

πŸ‘‰Javobni bilishπŸ‘ˆ
πŸ‘28πŸ”₯11πŸŽ‰8🀩5😱4
Aziz uchta fandan 73, 82 va 85 ball oldi. Yana ikkita sinov testi bor. Barcha testlarga 100bal beriladi. Uning maqsadi o'rtacha 80 yoki undan yuqori bal olish. Qolgan 2 ta testda quyidagi ballarning qaysi biri bilan Aziz maqsadiga erisha olmaydi?
Anonymous Quiz
16%
79 va 82
17%
70 va 91
24%
76 va 86
26%
73 va 83
17%
61 va 99
πŸ‘70πŸŽ‰37😱32πŸ”₯31🀩18
#kun_savoli: Kecha Jahon Sardorning uyiga mehmonga borgan edi. Ma’lum vaqtdan keyin u Sardor bilan xayrlashdi va uydan soatiga 6 kilometr tezlikda piyoda yurib chiqib ketdi. 19 daqiqadan so'ng u uyali telefoni Sardorning uyida qolib ketganini bildi. Darhol u soatiga 9 kilometr tezlikda orqaga qaytdi, ammo Sardor ham uning telefonini berish uchun 2 daqiqa oldin soatiga 15 kilometr tezlikda yugurib borayotgan edi. Ular o'zaro uchrashgunga qadar Jahon soatiga 9 kilometr va Sardor soatiga 15 kilometr tezlikda harakat qilishdi.

Ular Sardorning uyidan qancha masofada uchrashishgan?

Javobni yechilish yo'li bilan
@pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi! Yechim tushuntirilmagan javoblar inobatga olinmaydi.
πŸ‘19πŸ”₯5πŸŽ‰3🀩3