Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
3ta o'rtoq, bir kishining mashinasida ketishdi. Yo'l haqi sifatida 1-o'rtoq 6litr, 2-si 9litr benzin quyib berdi. Manzilga yetib borilganda 3-o'rtoq ularga 15000so'mni taqsimlab berdi. Agar hammasi bir xil xarajat qilsa, 15ming so'm qanday taqsimlangan?
Anonymous Quiz
19%
1-si 9000 so'm, 2-si 6000 so'm olgan
40%
1-si 6000 so'm, 2-si 9000 so'm olgan
27%
1-si 3000 so'm, 2-si 12000 so'm olgan
14%
1-si 5000 so'm, 2-si 10000so'm olgan
👍144😱58🎉43🔥32🤩15
🏆🏆🏆6-yutuqli olimpiada g'oliblari aniqlandi!!🏆🏆🏆

1.
🏆 Narzullayev Giyosiddin Nizom o'g'li
(Namangan v., Namangan t., 13- maktab 4- sinf)
2.
🥈Nabijonov Behruzbek Baxtiyor o'g'li.
(Namangan v., Namangan t., 4-g sinf)
3.
🥉Bekmirzayeva Saodatxon Ahmadjon qizi
(Namangan v., Namangan t., 37-maktab, 3-A sinf)

G'oliblarni ushbu natijalarga erishishiga sabab bo'lgan ota-onalari va ustozlariga rahmat aytamiz. Faol ishtirok etgan o'quvchilarni yanada yaxshiroq o'qib, keyingi olimpiadalarimizda g'olib bo'lishlarini so'rab qolamiz.

☝️ Hurmatli o'quvchilar! Ilm olish va izlanishdan to'xtamanglar! Agar yaxshi o'qisangiz bugungi yutug'ingiz kelajakda ming yoki million barobar kattaroq yutuqga aylanadi! Hayotda ilmli inson doim yutadi!

👉👉 @PMTESTS
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍66🎉21🔥10🤩3😱2
Otasining bevaqt o’limi sababli 12 yoshida taxtga o’tirgan Zahiriddin Muhammadni dovyurakligi va jasurligi uchun yoshligidan hamma «Bobur» («Sher») laqabi bilan atar edilar.

Matndan quyidagi qaysi gapni aytish mumkin.
Anonymous Quiz
31%
Zahiriddin Muhammad Bobur dovyurakligi va jasurligi uchun 12 yoshida taxtga o’tirgan.
14%
Erta taxtga o’tirgan shohlarni odamlar “Bobur” deb atashadi.
31%
“Bobur” Zahiriddin Muhammad Boburning haqiqiy ismi emas, bu laqabi.
24%
Bobur dunyo tarixida eng erta taxtga o’tirgan shoh bo’lgan.
👍58🎉33😱32🔥16🤩11
#olimpiada_taassurotlari

Ota-onalar farzandiga “Sendan kichik bolalar ham biladi, sen bilmaysan” emas, “Boshqa ota-onalar farzandiga bizdan ko’proq narsa o’rgatibdi” deyishi kerak.

2020-yildan beri yutuqli olimpiadalar davomida minglab iqtidorli o’quvchilar bilan savol-javoblar o’tkazdik. Ba’zi o’quvchilarning bilimi bizni qattiq hayratlantirdi. Olimpiadalarda yuqori natijalar ko’rsatayotgan, prezident maktablariga yuqori o’rinda kirayotgan barcha o’quvchilarda bitta umumiy xususiyat mavjud. Bu o’quvchilarning ota-onalari farzandi ta’limiga katta e’tibor qaratadi va farzandi bilan barobar mehnat qiladi.

☝️☝️Bugun shunday vaqt keldiki, farzand ta’limi ota-onalar uchun Vatan oldidagi, jamiyat oldidagi, qolaversa o’z farzandi oldidagi eng OLIY VAZIFALARdan biri bo’lib qoldi. Onalar faqat ovqat tayyorlashi, toza oynalarni o’n martalab artishi yoki hovlini doimiy supurishi emas, balki farzandi bilan birga dars tayyorlashi va buni boshqa ishlardan muhim hisoblashi lozim.

Farzand ota-ona e’tibori va mehnatining mahsulidir. Agar farzandingiz qaysidir sohada kimdandir ortda bo’lsa, demak Siz farzandingizga boshqa ota-onalar kabi e’tibor qaratmayapsiz. Farzandingiz emas, o’zingizdan kamchilik qidiring va to’g’rilang.

Farzandi ta’limiga e’tiborsiz ota-onalar ertaga jamiyatga yuk bo’ladigan ishsizlarni tarbiyalaydilar. Ilmsiz va malakasiz kadrlar ish topgan taqdirda ham, ular jamiyat rivojlanishini orqaga tortadilar. Yaxshi ta’lim olgan yoshlar esa, ertaga katta kompaniyalarga asos solib o’n minglab insonlarni ish bilan ta’minlaydi. Jamiyatni rivojlantiradi.

Shuningdek, dunyodagi hozirgi geosiyosiy beqaror vaziyat barcha mamlakatlarni hushyorlikka chorlaydi. Aziz VATANimizni kelgusida turli xavflardan himoya qilish faqatgina yoshlarimizga sifatli ta'lim berish bilan bo'ladi. Agar yoshlarimiz sifatli ta'lim olsa, iqtisodiyot rivojlanadi, davlatimiz qudrati ortadi. Zero, ILMDAN BOSHQA NAJOT YO'Q VA BO'LMAGAY!!!

Insonning mamlakati uchun qilishi mumkin bo‘lgan eng katta xizmati – bolalarini tarbiyalashidir.
©Bernard Shou

👉👉 @PMTESTS
👍57🔥10🎉8🤩4😱2
#tadqiqot_va_izlanish:

Anvar matematikadan test yechmoqda. U 5 ga 9 ni qo'shdi va testdan 2 javobini belgiladi. Buni qanday tushunish mumkin?

👉Javobni bilish👈
👍124🔥41😱40🤩26🎉23
Bobur Hindistonni egallash uchun qo’shin tortadi. 1526-yil aprelda Panipatda Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyning yuz ming kishilik qoʻshinini 12,5 minglik askari bilan tormor qiladi, hamda Dehlini egallaydi.

Ushbu ma’lumot bo’yicha to’g’ri xulosani toping.
Anonymous Quiz
17%
Ibrohim Lo’diy qo’shining ko’pchilik qismi jangda qatnashmagan.
30%
Hindiston qo’shini jangda eski qurol-aslahalardan foydalangani uchun mag’lub bo’lgan.
20%
Boburga Hindistonni egallash qiyin bo’lgan.
33%
Bobur o’z qo’shinidan 8 marta katta sondagi qo’shinni mag’lub eta olgan.
👍144🎉57😱38🔥26🤩22
Ilm-ma’rifatni qadrlagan va unga homiylik qilgan Zahiriddin Muhammad Bobur ilm o’z-o’zidan bunyod bo’lmaydi, kishi o'ziga yoki boshqalarga do'st bo'lsa ilm talab qilsin, kishi faqat havas va ishtiyoq bilangina ilmga ega bo’la oladi deydi.

O'zi chuqur ilm egasi bo'lgani bilan menda ilm yo'q va tirik ekanman men ilm talab qilishim, o'qishim kerak deydi:

Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak,

O’rgangali ilm tolibi ilm kerak.

Men tolibi ilmu tolibi ilm yo’q,

Men bormen ilm tolibi ilm kerak.
________
Biz 14-fevral kunini buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kuni sifatida nishonlaymiz!!

👉👉 @PMTESTS
👍42🔥13🤩6🎉5😱2
5 ta do`stning har biri qolgan hammaga bittadan keks berdi. So`ng har biri o`ziga berilgan kekslarni yeb qo`ydi. Natijada ulardagi kekslar soni ikki martaga kamaydi. Boshida do`stlarda qancha keks bor edi?
Anonymous Quiz
36%
20
27%
24
24%
30
13%
40
🤩62👍50🎉34😱33🔥30
#tadqiqot_va_tajriba

Bikford shnuri tekis yonmaydi va aniq 1 minutda yonib tugaydi. Shnur tekis yonmagani uchun uning ma'lum qismi yonishiga ko'ra vaqtni o'lchash mumkin emas. Shunday ikkita shnur yordamida 45 sekund vaqtni qanday o’lchash mumkin?

👉Javobni bilish👈
👍35😱14🤩10🎉8🔥7
Itoatsiz buzuqlik targ’ibotchisi Valentin qilmishlari sabab zindonga tashlanadi. Zindonda ham axloqsizlikni davom ettirgani uchun qatl etiladi. U o’lgan sana soxta bayram “Valentin kuni”ni madaniyatli va axloqli hisoblangan inson nishonlamaydi. Demak, ...
Anonymous Quiz
28%
Hurmatsiz va qilmishlari sabab xor bo’lgan insonga hurmat ko’rsatish mantiqsizlik.
40%
Qaysi xalqdan bo’lishidan qat’iy nazar “Valentin kuni”ni nishonlagan odam axloqli hisoblanmaydi.
22%
Madaniyatli insonlar boshqa xalqlar bayramlarini nishonlashmaydi.
10%
Biznes maqsadlarida xalqni aldayotgan tadbirkorlar madaniyatli emaslar.
👍101🎉44🔥25🤩22😱21
Qirrasi 2 cm bo`lgan uchta bir xil kubdan to`g`ri burchakli parallelepiped yasaldi. Parallelepipedning qirralari yig`indisini toping.
Anonymous Quiz
23%
72 cm
30%
64 cm
30%
48 cm
17%
40 cm
🎉65👍47😱38🔥29🤩15
#tadqiqot_va_izlanish

Oddiy o’yin toshida kubning qarama-qarshi yoqlaridagi nutqalar soni birgalikda 7 ta bo’ladi. Rasmdagi kub oddiy o’yin toshidan farqli. Rasmda bitta kubning to'rtta ko'rinishi ko'rsatilgan. Faqat ikki nuqtasi bor yoqi ko’rsatilmagan.

Ikkita nuqtali yoqqa qarama-qarshi bo’lgan yoqda nechta nuqta bor?

👉Javobni bilish👈
👍50😱12🔥8🎉4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏆🏆🏆2022-yil "@PMTESTS" QAHRAMONLARI!.🏆🏆🏆

Prezident va al-Xorazmiy maktabiga qabul qilingan o'quvchilardan tavsiyalar!!!

🔰Prezident maktabiga tayyorlanayotgan o'quvchilar🧗, farzandi bilan yaxshiroq shug'illanmoqchi bo'lgan ota-onalar👨‍👩‍👧‍👦 va prezident maktablariga o'quvchilarni tayyorlayotgan o'qituvchilar👨‍🏫 uchun 👉@PMTESTS jamoasi👈 telegramdagi maxsus pullik kanallarini tavsiya etadi.


Pullik kanallarga bir martalik to'lov bilan ulanib imtihon vaqtigacha tayyorlanish uchun barcha kerakli materiallarga ega bo'ling (10 oylik)💯

☝️Repetitsion testlar
☝️Prezident va al-Xorazmiy maktablariga tayyorlash
☝️Ingliz tili testlar
☝️
PMTESTS.UZ saytidan ham barcha testlarni online yechish imkoni mavjud💯

⚠️
Kanallarimiz yordamida SIZ ham Prezident va al-Xorazmiy maktablari o'quvchisiga aylaning!💯

Ma'lumot uchun:
@pullikkanaltavsifi
👍24😱5🤩5🔥4🎉3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BOBO VA KELAJAK

O'rgildim moshinangdan,
Hashamatli uyingdan,
Kimga foyda to'yingdan,
Hamma reja o'yingdan.

Temir tersak moshinang,
Ikki qavat koshonang,
O'sha dabdaba to'ying,
Man uchun qiziq emas!
Bular o'tkinchi havas!
Yig'ishtir bas....
Pulingni aql bilan
ishlat endi yaramas!!

Mablag‘ni kelajak uchun
sarflaydigan vaqt keldi.
Ulg‘aytiraylik endi
olib sotuvchi emas,
yaratuvchi avlodni!
Toki ular o'zgartirsin,
Kelajakni hayotni.

Yer yuzida bebaho,
Kashfiyotlari uchun,
(Nevara taqdirlandi)
Mana millatni kuchi,
Natijasi ilmning,
Avlodingizga qilgan,
investitsiya pulining
karomati - manashu!

(@erkinbozorovv)

👉👉@PMTESTS
👍63😱9🎉7🤩4🔥2
#tadqiqot_va_izlanish

#kun_savoli: Dinara va Zuhra birgalikda Mumtozaning tug'ilgan sanasini bilmoqchi bo'lishdi. Shunda Mumtoza ularga rasmdagi 10 ta variantdan biri uning tug'ilgan kuni ekanligini aytdi. Ular qaysi sanada tug'ilgan ekanini jadvaldan topa olishmasligini aytishdi.

Keyin Mumtoza Dinaraga tug'ilgan oyi qaysiligini aytdi. Lekin kunini aytmadi. Zuhraga esa oyni emas qaysi kunda tug'ilganini aytdi.

Keyin Dinara shunday dedi: Men Mumtozaning tug'ilgan sanasini topmadim, ammo aniq bilamanki, Zuhra ham buni topa olmagan.

Dinaraning gapidan keyin Zuhra: Men boshida topa olmagan edim, lekin hozir uning tug'ilgan sanasini topdim dedi.

Keyin Dinara: men ham Mumtozaning tug'ilgan sanasini topdim dedi.

Mumtozaning tug'ilgan sanasi qaysi?


Javobni bilish
👍49🎉9😱8🔥5🤩3
Yer maydoni Misrnikidan kichik bo'lgan Yaponiyada bir yuz yigirma milliondan oshiq aholi yashaydi. Shu bilan birga u yerda ochlik ham, kambag'allik ham yo'q. Farovonlikda yaponlar Amerikadan o'tadi. Vaholanki, u yerda neft ham, ko'mir ham va hatto temir ham yo'q.

Lekin bu mamlakatda bitta xazina - hazrati inson bor.

©Doktor Mustafo Mahmud.

👉👉 @PMTESTS
👍61😱14🔥6🎉5🤩4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kun_savoli_javobi:

Batafsilroq yechimni videodan ko'rishingiz mumkin

Dinaraning dastlabki gapidan shuni bilish mumkinki, uning tug'ilgan oylari mart va yanvar emas, Agar mart va yanvar bo'lganida edi, ulardagi 18- va 19-sanalar faqat bir marta kelgani uchun Zuhrada sanani topish imkoni bo'lar edi.

Zuhra ham Dinaraning gapidan keyin tug'ilgan oy faqat may va iyun bo'lishini angladi va javobni topdi. Mumtozaning tug'ilgan kuni 14 bo'la olmaydi. Aks holda Zuhra uni topa olmagan bo'lar edi. Demak, uning tugi'lgan kuni 5, 15 yoki 17-kunlardan biri.

Dinara keyin men ham topdim dedi. Demak, u ham yuqoridagi 3 ta kunni o'ylab chiqargan. Va uning tug'ilgan oyi iyun emas. Aks holda Dinara topa olmas edi.

Demak, Mumtoza 5-mayda tug'ilgan.

#kun_savoliga to'g'ri javob yuborganlar 48-online testda bepul ishtirok etishi mumkin. Savolga birinchi to'g'ri javob yuborgan ishtirokchi Muhiddin Sherboyev Repetitsion testlar kanaliga a'zo qilindi. Bundan keyingi yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi.

👉 @PMTESTS
👍47🎉19🔥5🤩5😱3
8ta o'quvchi musobaqa qilishdi va quyidagi ballarni olishdi: 3, 3, 4, 5, 6, 6, 8, 9. Hech bir qiz o'g'il bolalardan ko'proq bal olmadi. Faqat bir bola va bir qizning bali teng bo'ldi. 2ta qiz bir xil ball to'pladi. Musobaqada nechta qiz ishtirok etgan?
Anonymous Quiz
25%
3ta
19%
4ta
29%
5ta
17%
6ta
10%
2ta
👍94🎉45😱30🔥17🤩16
🔵 PMTESTS.UZ saytiga 48-online test joylandi!

Kecha Repetitsion testlar yopiq kanalida o'tkazilgan 48-online testni PMTESTS.UZ saytidan bepul yechishingiz mumkin. Buning uchun saytdan ro'yxatdan o'ting va "Saralash testlari" bo'limidan 48-online testni tanlang.

PMTEST.UZ saytida prezident maktabiga tayyorlanayotgan o'quvchilar uchun barcha turdagi testlarni topishingiz mumkin.
😱21👍8🎉4🔥2
#tadqiqot_va_izlanish

Aziz Amerikada taksi yordamida sayohat qilmoqda. Taksi xizmati har minuti uchun 52 sent (0.52$) turadi. Misol uchun, 10 daqiqalik sayohat jami 5.20$ turadi. Aziz bugun ertalab soat 10:20 da taksiga o'tirdi va sayohat oxirida to'lanadigan yo'l haqi va sayohat tugagan vaqtning to'rtta raqami ham bir xilligini payqadi.

Azizning taksi sayohati soat nechada yakunlangan.

👉Javobni bilish👈
👍41🔥11😱9🤩9🎉8
23-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi 👇👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26😱10🎉10🤩8🔥7