Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.6K subscribers
2.21K photos
1.44K videos
488 files
2.54K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Aka va uka 180 betli kitobni bir vaqtda o’qib boshlashdi. Aka har kuni 20 bet, ukasi esa har kuni 15 bet kitob o’qiy oladi. Akasi kitobni ukasidan necha kun oldin o’qib bo’ladi?
Anonymous Quiz
16%
4
28%
9
14%
2
42%
3
👍139🎉53🤩37😱35🔥32
Bayram tadbiri uchun Akbar va Saida'lo taklifnoma sotib olishdi. Akbar 7 ta, Saidal'lo 9 ta taklifnoma sotib oldi. Agar taklifnomalar uchun Saida'lo Akbardan 10600 so'm ko'proq to'lagan bo'lsa, Akbar necha so'mlik taklifnoma sotib olgan?
Anonymous Quiz
18%
36 200 so'm
44%
37 100 so'm
24%
39 200 so'm
13%
47 700 so'm
👍113🎉49🤩28🔥27😱26
☝️☝️☝️Vaziyatdan chiqish....☝️☝️☝️

Albert Eynshteyn “Nisbiylik nazariyasi”ni yaratgach, dunyoga mashhur bo‘lib ketadi. Olimni xalqaro anjumanlarga, universitetlarga ma’ruza o‘qish uchun taklif etishadi. Har kuni yangi nazariya bo‘yicha ma’ruza o‘qiladi.
Bir kuni olimning haydovchisi shunday deydi:
– Janob, shu qadar ko‘p ma’ruza o‘qiyapsizki, shu nazariyangiz hatto menga ham yod bo‘lib ketdi.
– Unda keyingi gal ma’ruzani o‘zing o‘qiysan! – deydi olim.
Darhaqiqat, haydovchi universitetda ma’ruzani qoyil qilib o‘qiydi. Barcha savollarga ham javob beradi. Minbardan tushayotganda tinglovchilardan biri nogoh unga bir murakkab savol berib qoladi. Shunda haydovchi o‘zini yo‘qotmaydi, topqirlik qiladi:
– Savolingizning javobi shu qadar oddiyki, buni hatto haydovchim ham biladi, – deya Eynshteynni ko‘rsatadi...

Kanal manzili
T.me/pmtests
👍62🎉7🔥6🤩6😱1
Namunaviy savollarni chuqurroq tahlil qilish imtihonga tayyorlanishning samarali usullaridan hisoblanadi.

Prezident ta'lim muassasalari agentligining @piimauz kanalida tanqidiy firklash va muammoli masalalar topshiriqlari berib borilmoqda. Pullik kanallarimizda ushbu savollarga batafsilroq yechimlarini berib boramiz. Repetitsion testlar kanalida yozma, videodarslar kanalida videotarzida tushuntirib o'tamiz. Savollar berilgan videolar 👇👇

1-video
2-video
3-video
4-video
5-video
6-video
7-video
8-video

☝️ Prezident maktabiga mukammal tarzda tayyorlanish uchun repetitsion testlar va Prezident maktabiga tayyorlash kanallariga a'zo bo'ling.
👍37🎉12🔥9😱9🤩6
Hayvonot bog’ida 4 ta fil bor. Ularning hammasi har xil yoshda bo’lib, har birining yoshi butun son va 18 yoshdan kichik. Agar ularning yoshlari ko’paytmasi 882 ga teng bo’lsa, ularning yoshlari yig’indisini toping?
Anonymous Quiz
15%
23
21%
25
31%
27
19%
31
14%
33
👍123😱51🔥43🤩36🎉34
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#8. Prezident maktablariga o'qishga kirish istagida bo'lgan talabgorlar uchun MATEMATIKA fanidan onlayn darslar.

❗️Unda mazkur maktablarga kirish imtihonlarining namunaviy savollari asosida misollar ishlash o'rgatiladi.
(manba: @piimauz)

👉👉 @PMTESTS
👍24🔥19🎉6🤩6😱3
#kun_savoli: Futbol ligasida 8 ta jamoaning har biri boshqa jamoalar bilan 2 martadan o‘ynaganidan so‘ng, jami to‘plangan ochkolar: Bunyodkor 28, Paxtakor 26, Nasaf 22, Lokomativ 18, Surxon 18, Qizilqum 16, Qo’qon 10 va Buxoro 6. Agar har bir jamoa g‘alaba uchun 3 ochko olgan bo‘lsa, durang uchun 1 ochko olgan va mag'lubiyat uchun ochko yo'q, nechta o'yin durang bilan yakunlangan?

Javobni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi! Yechimlar ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi.
👍45🤩6🔥5🎉2😱1
Quyidagi ro’yxatda bir nechta oylar berilgan. Ma’lum mantiq asosida so’roq o’rnidagi oyni toping:
APREL
IYUN ? NOYABR
Anonymous Quiz
19%
IYUL
26%
AVGUST
29%
SENTYABR
11%
OKTYABR
15%
DEKABR
👍108😱62🎉37🔥29🤩24
#kun_savoli_javobi: Agar jamoalardan biri yutsa jamoalarning umumiy to’plagan ballar 3 ochkoga ortadi. Agar durrang bo’lsa, har ikki jamoa bir ochkodan oladi va umumiy ballar qiymat 2 ochkoga ortadi. Agar hamma o’yinda durrang bo’lmasa, jami ochkolar o’yinlar sonining uch barobariga teng bo’ladi. Har bir durrang o’yinda maksimal baldan 1 bal kam bo’lib boraveradi. Agar jamoalarning jami to’plagan ballari hamma o’yin g’alaba bilan tugaganidan qancha kam bo’lsa shuncha o’yin durrang bilan tugagan bo’ladi. Har bir jamoa qolganlar bilan 1 martadan o’ynasa jami 8*7:2=28 ta o’yin bo’ladi. 2 martadan o’ynagan bo’lsa jami o’yinlar soni 28*2=56 ta bo’ladi. Demak jamoalar jami 56•3=168 ochko to’plashi mumkin ekan. Jami to’plangan ochkolar esa 28+26+22+18+18+16+10+6=144. Demak durrang o’yinlar soni 168-144=24 ta

Kun savoliga to'g'ri javob yuborgan ishtirokchilar 24-online testda bepul ishtirok etishlari mumkin. Bundan keyingi yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi!

👉👉 @PMTESTS
👍45🎉21🔥14🤩14😱5
O’zbekistonning energetika tizimi(gaz ta'minoti)dagi muammolar va fuqarolarning ehtiyotsizligi sabab 2020-yil 106 kishi, 2021-yil 125 kishi is gazidan vafot etdi. Bu 2022-yilda ham kamaymagani achinarli.
Matnga ko'ra quyidagi qaysi fikr to’g’ri emas?
Anonymous Quiz
24%
O’zbekiston hukumati energetika sohasidagi muammolarni bartaraf etishi kerak
34%
Aholi is gazi hosil bo’lishi mumkin bo’lgan pechlardan foydalanishda ehtiyotkor bo’lishi lozim.
24%
2022-yilda ham is gazidan vafot etishlar kuzatilmoqda.
18%
2022-yilda is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etish keskin ko’paygan.
👍79😱37🎉33🔥25🤩11
O`z tajribamdan kelib chiqib, sizlarga aytadigan maslahatim shu: ilmni qadrlang, ilmga intiling! Bir soniya vaqtingiz ham bekor o`tmasin! Yoshlik – umrning eng bebaho davri. Ilm o`tda yonmaydigan, suvda cho`kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanini aslo unutmang!
(Sh.Mirziyoyev)

👉👉 @PMTESTS
👍92🎉23🔥21😱12🤩11
11-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi 👇👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩30🔥27👍25🎉20😱7
👍48😱16🔥15🤩13🎉11
👍51😱19🤩16🔥13🎉10
👍54🔥16🤩16🎉14😱1
144096 natijalar.html
60.3 KB
11-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi natijalari.

Test kodi: 144096
👍29😱12🔥11🎉8🤩8
Ali, Begzod va Charos yugurish bo’yicha musobaqa o’tkazishdi. Ali yugurishni Begzoddan 15 soniya va Charosdan 30 soniya keyin boshladi. Begzod Alidan 0,5 m/s tezroq yugurdi.
Quyidagilardan qaysi biri poyganing yakunlanish tartibini aniqlash uchun yetarli?
Anonymous Quiz
26%
Begzod Charosdan 10 soniya oldin marraga yetib keldi.
39%
Begzod Charosdan 30 soniya oldin marraga yetib keldi.
24%
Charos 7,5 m/s tezlikda yugurdi.
11%
Begzod 7,5 m/s tezlikda yugurdi
👍97🎉47😱39🔥22🤩22
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AVVAL MATEMATIKA, KEYIN BARCHASI

Fizika raqamlar va hisob-kitoblardan iborat, shuning uchun fizikani matematikasiz tasavvur qilib bo'lmaydi.
Kimyo bu - murakkab masalalar, hisob-kitoblar va formulalar fanidir. Murakkab masalalarni yechish bu - matematika.
Biologiya tabiat haqidagi fandir. Tabiatni raqamlarsiz tushinishning iloji yo'q. Raqamlar esa bu - matematika.
Informatikaning asosida sanoq sistemalari yotadi. Sanoq sistemalari esa bu shubhasiz matematika.
Geografiyaning asosida o'lchamlar yotadi: balandlik, kenglik, uzunlik va h.k. Bu esa - matematikadir.
Tarixning asosida yillar, sanalar, raqamlar va ularning hisob-kitoblari yotadi. Albatta ular matematika.

Kim bo'lishingizdan qat'iy nazar albatta matematikani o'rganishingiz kerak!!!

Farzandingizning buyuk kelajagi uchun ularga hozirdan matematikani o'rgating!

👉👉 @pmtests
👍94🔥20😱17🎉17🤩16
#Bu_qiziq.

Maktabda matematika fani o'qituvchilari shaxmat taxtasidagi katakchalar tartibiga muvofiq, bug‘doy donlari berishini so‘rab, podshoni tang holatga tushirib qo‘ygan shaxmat ixtirochisi haqidagi hikoyani ko'p aytib berishadi. Ammo ko'pchilik o'quvchilar bunga ishonishmaydi.

Olim hukmdordan 1-katakga 1ta, ikkinchi katakka ikkita, uchinchi katakka 4 ta, to‘rtinchi katakka 8 ta, beshinchisiga 16 ta, oltinchisiga 32 dona... bug'doy berishini so'raydi. U qancha bug'doy so'raganini bilasizmi?!

18446744073709551615 (o‘n sakkiz kvintillion, to‘rt yuz qirq olti kvadrillion, yetti yuz qirq to‘rt trillion, yetmish uch milliard, yetti yuz to'qqiz mln, besh yuz ellik bir ming, olti yuz o‘n besh) dona.

1000dona bug'doy o'rtacha 50g ekanligini inobatga olsak, bu miqdordagi bug'doy 922mlrd tonnaga teng bo'ladi. Hozirgi kunda butun yer yuzida bir yilda yetishtiriladigan bug'doy 400mln. tonnaga yetmasligini e'tiborga olsak (bu tarixdagi eng yuqori ko'rsatkich), insoniyat tarixida yetishtirilgan barcha bug'doy donalari ham olim aytgan tartibda shaxmat kataklarini to'ldirishga yetmasligi bilish mumkin.

t.me/pmtests
👍40🔥10🤩10😱5🎉4
Agar uchburchakning tomonlari 7dan katta bo'lmagan turli toq sonlar bo'lsa, uning peremetrini toping.
Anonymous Quiz
27%
9
12%
11
19%
13
33%
15
9%
17
👍131🎉58😱48🔥32🤩30
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#9. Prezident maktablariga o'qishga kirish istagida bo'lgan talabgorlar uchun MATEMATIKA fanidan onlayn darslar.

❗️Unda mazkur maktablarga kirish imtihonlarining namunaviy savollari asosida misollar ishlash o'rgatiladi.
(manba: @piimauz)

👉👉 @PMTESTS
👍33🎉11🔥9🤩8😱3