Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.44K videos
488 files
2.55K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Aziz ustozlar,

Mehnatingiz bulog'idan
Yuksalmagan millat yo'q.
Zahmatingiz orqasida
Ta'ma yoki minnat yo'q.

Bir harf ila qulf ochgaysiz.
Dilni bog'lab dillarga
Dunyoning ming savobida
Harfingizcha himmat yo'q.

G'ubori yo'q har yurakda
Yaratgaysiz katta bog'
Ul-marifat bog'i ichra
Shaxdingizsiz g'ayrat yo'q.

So'z mulkida Navoiydir
Yassaviydir, Shayxsa'diy
Alarki, sizga bosh eggaydir
Qay satrda hayrat yo'q.

Qarshingizda ta'zimdamiz
Oftobjahon ustozlar
Yer yuzida siz qurgandek
Sohibqiron davlat yo'q.

Eng oliy saodat hisoblangan ustozlik maqomidagi kamolotimiz yo’lida bizga saboq, o’zligimizni anglashda ko’mak berayotgan barcha o’qituvlarimiz oldida bir umr qarzdormiz. Barcha ustoz va murabbiylarimizni bayram bilan muborakbod etamiz!!

👉👉 @PMTESTS
👍53🔥8🤩7🎉1
Mumtozbegim quyidagicha sonli rebus tuzdi: MU×AL=LIM.
Sonli rebusda L harfi 3 ga teng. Bir xil harfga bir xil raqam har xil harfga har xil raqam mos keladi. Sonli rebusdagi U harfi qaysi raqamni bildiradi?
Anonymous Quiz
21%
2
34%
5
31%
7
13%
9
👍66🎉48😱35🔥21🤩12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muallim
(Shoirning birinchi o'qituvchisiga bag'ishlangan)

Hayoti o'ziday soddadir,

Garchi o'y, tashvishi jo'n, biroq

Dunyoda umrlar topmadim,

Shu sodda umrdan buyukroq!!
(@erkinbozorovv)
👍50😱9🔥8🤩5🎉1
Bir kishi ulug’larimizga: “Qasam ichib aytamanki, o’qishni hech suymayman” – dedi. Shunda ulug’larimiz aytdilar: “Bu sening baxtsiz va omadsiz ekanligingdandir. ”

👉👉 @PMTESTS
👍55🔥10🎉5😱4🤩4
Dunyoning eng yaxshi 100ta universitetining joylashuvi: 27 ta AQSHda; 17 tasi Angliya; 7 ta Avstraliya; Xitoy va Janubiy Koreyada 6 tadan; Yaponiya, Germaniya va Gongkongda 5 tadan. Top 100 talikka kiruvchi universitetlar ko'pi bilan nechta davlatda bor?
Anonymous Quiz
21%
22
31%
25
29%
28
18%
30
👍107😱41🎉40🔥29🤩25
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#farzandim_Prezident_maktabi_oʻquvchisi

"FARZANDIM KECHA-YU KUNDUZ TINMAY O'Z ORZUSIGA ERISHISH YO'LIDA HARAKAT QILDI..."

Nurafshon shahridagi Prezident maktabining 5-sinf o'quvchisi Abdusattorova Durdonaning onasi bilan suhbat jarayonidan video-lavha. (@piimauz)
___________________
Prezident maktabi o'quvchisiga aylangan ko'pchilik o'quvchilar @PMTESTS kanalining faol a'zolari hisoblanadi. Kanalimizning boshqa obunachilariga ham shu ota-onalar kabi xursandchilik nasib etsin!!

👉👉
@PMTESTS
👍32🔥8🤩7🎉6
-Agar inson yaxshi xulq sohibi bo'lsa, u birga teng.
-Agar inson yaxshi xulq va husn sohibi bo'lsa, birning yoniga nolni qo'sh. U o'nga teng.
-Agar inson yaxshi xulq, husn sohibi va boy bo'lsa, birning yoniga ikkita nolni qo'sh. U yuzga teng.
-Agar inson yaxshi xulq, husn sohibi va boy hamda nasl nasabli bo'lsa, birning yoniga uchta nolni qo'sh. U mingga teng.
-Agar bir raqami, ya'ni xulq yo'q bo'lib ketsa, insonning qiymati yo'qqa chiqib, nollarning o'zi qoladi.

Kanal manzili
@pmtests
👍66🔥14😱8🎉8🤩5
Bitta “Cobalt” mashinasi narxi 127 mln so’m. Bitta 25 o’rinli avtobus narxi undan 8 marta qimmat. 25 o’rinli avtobus narxi 47 o’rinli avtobus narxining yarmidan 384 million so’mga kamroq. Bitta 47 o’rinli avtobus narxini toping.
Anonymous Quiz
19%
2 600 000 000 so’m
32%
2 700 000 000 so’m
37%
2 800 000 000 so’m
13%
3 000 000 000 so’m
👍73🎉37🤩31🔥30😱27
Aziz uch xonali son o’yladi. Uning ikkinchi raqami uchinchi raqamidan 4 marta katta. Birinchi raqami esa ikkinchi raqamidan 3 ga kichik. Aziz qaysi sonni o’ylagan bo’lishi mumkin?
Anonymous Quiz
34%
141
27%
258
25%
251
14%
482
👍63🔥33😱25🎉23🤩12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'qitsak bo'ynimizga yuklangan vazifani bajargan bo'lamiz..

👉👉 @PMTESTS
👍33🔥7🤩4😱3
‼️"Farzandim kelajagini katta mablag’ bilan ta’minlashim kerak” deydiganlar uchun‼️

Mashhur olim, bir necha xalifalar davrini o’z ko’zi bilan ko’rgan Muqotil ibn Sulaymon xalifa Abu Ja’far Mansur huzuriga kiradi. Shunda xalifa olimdan nasihat qilishini so’raydi.

Muqotil: "Sizga ko’rganim haqida gapiraymi yoki eshitganimnimi?" - dedilar. Xalifa ko’rganingiz haqida gapiring dedi. Shunda Muqotil quyidagilarni aytib beradi: "Ey hukmdor, xalifa Umar ibn Abdulaziz o’n bir farzand ko’rdilar. Vafotlaridan keyin o’n sakkiz dinor qoldirdi. Undan besh dinoriga kafanlandi, to’rt dinoriga qabrga qo’yildi. Qolgan mablag’ farzandlari o’rtasida taqsimlandi.

Yana bir xalifa Hishom ibn Abdumalik ham o’n bir farzand ko’rdilar. U har bir farzandiga million dinordan meros qoldirdi.

Ey hukmdor, Umar ibn Abdulazizning bir farzandi Alloh yo’lida yuzta ot sadaqa qilganini va Hishom ibn Abdumalikning bir farzandi bozorlarda tilanib yurganini bir kunning o’zida ko’rdim.” (Manfaat_uz)
________________

Umar ibn Abdulaziz farzandlariga mol-mulk meros qoldirmadi (1 dinorga ham yetmaydi). Ammo, yaxshi tarbiya va ilmni qoldirdi. Natijada farzandlari ham ilmli ham boy bo’lib kamol topishdi. Jamiyat manfaati uchun bir martada 100 ta ot (tahminan 2 mlrd so’m) ehson qilmoqda.

Hishom ibn Abdumalik farzandlariga katta mol-mulk meros qoldirdi (hozirgi kunda 10 mlrd so’mdan ortadi.) Ammo, ilm va axloqni meros qoldirmadi. Vaqt o’tib, farzandlari ham ilmdan ham mol-mulkdan ayrildilar.

Hurmatli ota-onalar, farzandingiz uchun qoldirishingiz mumkin bo’lgan eng yaxshi narsa ilm va yaxshi tarbiyadir. Boshqa narsalar ularning baxt-saodatini ta’minlamaydi.

👉👉
@PMTESTS
👍58🎉14🔥10😱10🤩7
🌏 Ta’lim muassasalari o’z vazifasi bilan shug’illanishni boshlamoqda

Ta’lim muassasalarining asosiy vazifasi o’quvchilarga sifatli ta’lim berish hisoblanadi. Ular kelajakda yurtimizni rivojlantiradigan salohiyatli kadrlarni yetkazib berishi kerak. Iqtisodimizga ilmli kadrlar suv va havodek zarur vaqtda ta’lim muassasalari asosiy vazifani bajarmasa, mamlakat rivojlana olmaydi.

Yurtimizda shu haqiqat asosida bir necha ijobiy o’zgarishlar ro’y bermoqda. Oylik ish haqi oshirilayotgan o’qituvchilarning paxta terish, yo’llarni tozalash va hokimiyatning boshqa ishlariga majburan jalb qilinishi keskin kamaydi. Maktablarni ta’mirlash va qurish ishlariga maktab ma’muriyati jalb qilinmay, ta'lim sifatini oshirish bo'yicha ishlashga yo'naltirilmoqda.

Shunday vaqtlar bo’ldiki, maktab rahbariyati uchun o’quvchilarning kiyimi bilimidan muhim bo’lib qoldi. Bu asosiy maqsaddan nafaqat chekinish, balki ayni teskari targ’ibot edi. Forma tufayli o’quvchilar tanbeh eshitadigan va darslarga kiritilmaydigan, maktabdan beziydigan vaqtlar ham yaqin yillarda ortta qolishiga umid paydo bo’ldi. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktyabrdagi 558-sonli qaroriga muvofiq 2022/2023-o’quv yilidan boshlab davlat umumiy o’rta ta’lim muassasalarida yagona maktab formasini to’liq joriy etish talabi bekor qilindi.

Bu o'zgarishlar maktablarning asosiy vazifasi - bolalarga bilim berishga e'tibor qaratishga olib keladi. Maktabda sifatli ta'lim olayotgan umidli yoshlarimiz esa kelajakda yurtimiz taraqqiyotini ta'minlashadi.
👍58🤩10😱7🔥6🎉6
Mantiqiy fikrlash:
8*46=648
84*32=2348 72*39=9327 24*36=? Ushbu ko'paytmalardan mantiqni topib, so'roq o'rnidagi sonni toping.
Anonymous Quiz
16%
5312
29%
6432
42%
6342
14%
3624
👍88🎉49🔥27😱23🤩19
Aziz va Karim 500 ga eng yaqin son yozish musobaqasini o'ynamoqda. Sonlarni yozish birlik xonasidan boshlanadi. Bir marta ishlatilgan raqam takrorlanmaydi. Aziz ikki yurishda _09, Karim _51 ni yozdi. Aziz yutish uchun keyingi yurishda qaysi raqamni yozadi
Anonymous Quiz
19%
4
36%
5
35%
6
9%
3
👍71😱33🔥26🎉21🤩13
Lobarda 7 ta olma va 2 ta banan bor. U dugonasi Azizaga 2 ta olma berdi. Aziza esa unga bananlar berdi. Keyin Lobardagi bananlar va olmalar soni teng bo’lib qoldi. Aziza Lobarga nechta banan bergan?
Anonymous Quiz
11%
7
14%
2
55%
3
16%
5
4%
4
🎉87👍58🔥26😱24🤩23
4-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi 👇👇
👍28🎉12🤩12🔥7😱6
👍29🤩10🔥5😱4
👍37🎉15😱12🔥7🤩3
👍38🔥12🤩10😱8🎉1
🎊🎊📣Talablarga binoan, BUGUN soat 20:00da kanalimizda jonli efir (audiochat) uyushtiramiz!!📣🎊🎊

♻️Jonli efirda prezident maktabiga tayyorlanayotgan o’quvchilarning ota-onalari, ustozlar va o’quvchilar qatnashib, o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishi mumkin.

Audiochatda quyidagi mavzularda suhbat uyushtiriladi:
- Prezident va al-Xorazmiy maktablari kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan o’quvchilar qanday kitob va manbalardan foydalanishi kerak?!
- Kichik sinf o’quvchilarini o’qitish jarayoni va misollar yuklamasi qanday bo’lishi kerak?
- Nima uchun o’quvchilar muammoli masalalar va tanqidiy fikrlash savollarini yecha olishmaydi?!
- O’quv markazlarida o’tkazilayotgan asosiy imtihon repetitsion testlari haqiqiy imtihonga qanchalik mos keladi va ularning o’quvchilar tayyorlashda foydali jihatlari qanday?

☝️Audiochatda ishtirok etish uchun shu sohadagi tajribali ustozlarni chatga taklif qilamiz. Har bir ustoz barchaga foydali tavsiya va ko’rsatmalarni berishi mumkin.

Audiochat bo’yicha savollar yoki takliflar bo’lsa @PMtests_feedback_bot ga yozing, biz sizning fikringizni ham inobatga olamiz.

👉👉
@Pmtests
👍39😱12🔥2