Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
69.7K subscribers
2.24K photos
1.47K videos
493 files
2.58K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
#Эълон
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣📣Prezident maktablariga kirish imtihonlari 2-bosqichidan o'tolmagan o'quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!

2022-2023-o'quv yilida Prezident maktablari kirish imtihonlari 2-bosqichida ishtirok etib, o'qishga kira olmagan talabgorlar o‘zlari ta'lim oladigan hududda tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablardan biriga o'qish uchun ariza topshirishi mumkin.

❗️Bunda ular kvotaning 50 foizi doirasida ballar ketma-ketligi asosida IMTIHONSIZ mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.

Talabgorlarning ota-onalari ixtisoslashtirilgan maktabga borib, direktori nomiga o'qishga qabul qilishni so‘rab ariza bilan murojaat etishlari lozim.

⚡️Agar belgilangan qabul kvotasidan ortiq talabgorlar bitta ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qish istagini bildirsa, ustunlik 2-bosqich imtihonidan yuqori ball to'plagan talabgorga beriladi.

SHOSHILING
!

📆Arizalar 8-SENTABRGACHA (shu kuni ham) qabul qilinadi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍98😱13🔥5🤩5
Ertangi kunimizni mustahkam qilishimiz kerak. Qachon mustahkam qilamiz? Bilimli bo’lsak. Agar bobolarimiz buyukligidan ruhlanib, har bir soha bo’yicha ta’limni mukammal qilsak, manaman degan davlatdan kam joyimiz yo’q. Bolalarimizni zo’r o’qitsak, natija biz kutgandan ham yaxshi bo’ladi. Mustaqillagimiz barqaror va abadiy bo’ladi!! (Sh.Mirziyoyev)

Mustaqilligimiz barqaror bo’lishi uchun o’qiylik va o’qitaylik!!

👉👉 @PMTESTS
👍91🔥15🎉10🤩9😱7
Aylayin qalbimni tortiq nurli bo‘stonim, senga,
Sen vatandirsan, fidodir tanda bu jonim senga.

Har bir ahling bitta yulduz, kavkabistonim o‘zing,
To hayotdirman, charog‘im, shu’layi shonim senga.

Yoru do‘stlar jam bo‘libdir, to‘y qilur o‘zbek elim,
Men degayman xush kelibsan, do‘stu mehmonim, senga.

Xizmatingga shay erurman, mehnatingda ham o‘zim,
Baxtiyorman, sarf etolsam borki imkonim senga.

Dilda borim sen uchundir, qo‘lda torim sen uchun,
Qayda bo‘lsam talpinurman, O’zbekistonim, senga.
(Abdulla Oripov)

Vatanimiz mustaqilligi abadiy bo'lsin!!
👍91🎉22🔥9😱8🤩5
Qaysi o'quv markazini tavsiya qilasiz..

Ko’pchilik ota-onalar farzandlarini prezident maktabiga tayyorlash bo’yicha ishonchli joylarni so’rab @PMTESTS jamoamizga murojaat qilishadi. Biz biror o'quv markazini aynan tavsiya qilmaymiz. Balki, ota-onalarga ularning oldingi natijalari, dars beruvchi o’qituvchining mahorati va markazdagi tartib-intizom orqali o'zlari xulosa chiqarishi kerakligini aytib kelamiz.

Hammaga foydali bo’lishi uchun SENTYABR oyi davomida yaxshi natijalarga erishgan ba'zi o’quv markazlarini kanalimizda pullik asosda e’lon qilib boramiz. Markazlar haqidagi ma'lumotlarni @tayyorlov_Markazlari kanaliga joylab boramiz. Ota-onalar esa bu O'quv markazlaridan o'zlari uchun eng qulaylarini tanlab olishi mumkin bo'ladi.

Reklama bo'yicha murojaat: @pmtests_admin1
Markazlar ma'lumoti: t.me/tayyorlov_Markazlari
👍48🎉10🤩5🔥4😱1
“CURIOSITY” O’QUV MARKAZI

(Toshkent shahar, Tinchlik metrosi yonida)

Prezident va al-Xorazmiy maktablariga tayyorlash bo’yicha eng ichonchli o’quv markazlaridan biri. Ushbu Markaz mutaxassislari tomonidan tayyorlanayotgan testlar va foydali materiallardan Respublikadagi ko’p sonli o’quvchilar va ustozlar foydalanib kelishadi.

“Curiosity” o’quv markazida matematika, tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar yechish darslarni @pmtests kanali asoschisi A.Jumanazarov olib boradi.

O’quv markazida kam sonli o’quvchilar tayyorlanishiga qaramay umumiy natijalar yuqori: 2022-yilda Prezident maktabiga 5 ta (shulardan 3 tasi Toshkent shahri), Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga 5 ta va 18 ta yangi ochilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga o’quvchilar qabul qilindi.

O’quv markazida 3-, 4-sinf o’quvchilari bo’yicha guruhlar tashkil qilinmoqda.

Murojaat uchun: 98 338-34-34 👉👉@PRtayyorlov
👍67😱12🤩7🎉5🔥2
‼️Agar biz haqiqiy taraqqiyotga erishmoqchi bo’lsak, ilmga bo’lgan munosabatimizni tamoman to’g’rilashimiz lozim‼️

Bugun bir masjid imomining qilgan ma’ruzasi meni va jum’a namozidagi ko’pchilikni ta’sirlantirdi. Juda dolzarb, juda foydali va juda ajoyib nutq bo’ldi. Ba’zi ma’lumotlarni hammaga foydali bo’lishi uchun o’rtoqlashishni lozim topdim.

🔅 Dinimiz ilm-ma’rifat dini. Ilm o’rganish har bir musulmon insonga farzi ayn. Ilm o’rganmagan inson gunohkor bo’lib, jamiyat oldidagi burchini bajarmagan hisoblanadi. Chunki, u Vatanini taraqqiy ettirish burchini bajarmagan bo’ladi. Davlatning kuch-qudrati, o’zga davlatlarga qaram bo’lib qolmasligi ilm-fanning rivoji va taraqqiyotiga bog’liq.

🔅 Biladiganlar bilan bilmaydiganlar hech qachon teng bo’lmaydi. Ilm o’rganmasdan turib ulug’likka intilish mantiqsizlik. Insonlarning eng qadri ozi – ilmi ozidir. Ilm dunyoda mavjud narsalarning eng yaxshisi. Agar biror narsaning ko’paytirib berilishi so’ralsa, u FAQAT ILM bo’lishi lozim.

🔅Ayol-qizlarga ilm o’rgatish juda muhim. Hatto o’g’il va qiz ta’limidan birini tanlash zarurati bo’lsa, u qiz bolaning ta’limi bo’lishi kerak. Chunki, kelajakda jamiyatni tashkil qiluvchi avlodga ilmli onalar ta’lim berishadi.

🔅 Farzandlarimiz chet tillarini o’rganishlari lozim. Sahoba Zayd ibn Sobit (r.a.) ibroniy tilini bir oyga qolmay o’rganib olgan. Keyin qisqa vaqtda suryoniy tilini o’rgandilar.

🔅Imom Buxoriyga otasidan katta mol-mulk qoldi. U hammasini ilm yo’lida sarfladi. Bunday buyuklarni ko’plab misol keltirish mumkin. Biz ham farzandlarimiz ta’limiga pul tikaylik. O’quv markazlar va Repetitorlarga beraylik. To’y va befoyda hashamlarga pul sarflashdan ko’ra, yurtimiz taraqqiyoti va farzandimiz kamoloti uchun pul sarflaylik!

🔅 Iqtidorli yoshlarga ta’lim bermaslik, tirik insonni ko’mib yuborish bilan barobar. Farzandi ta’limiga e’tibor bermaydigan ota-onalar, farzandingizni uvol qilmang! Farzandingizni uvol qilmang! Farzandingizni uvol qilmang!
👍117🤩6🔥5😱5🎉4
Uchrashuv

Bobosidan qolgan bog’ga uzoq yillardan so’ng tashrif buyurgan Ismoilni bog’ xizmatchisi Orif ota va uning ayoli kutib oldi. Nariroqda uyalib turgan qizi onasi imosi bilan tahoratga suv keltirib, obdastani “kichik xo’jayin”ga uzatarkan, ibo bilan eshitilar-eshitilmas: “Assalomu alaykum, keling”, deya oldi va zumda ko’zdan g’oyib bo’ldi.

Orif ota xonadonida mehmon bo’lib qolgan Ismoil yolg’iz bog’da sayr etar ekan hayoliga kelgan baytni bog’ oxiridagi eshikka yozib qo’ydi.

Dilkusho el bo’lmasa, zindon erur,
Qayerda el bo’lsa, anda dil kusho.

U odami yo’q bog’ni zindonga qiyos qilgan edi. Ertasi kuni Ismoil kutilmaganda yozuvlarni ustidan chizib ostiga boshqa bayt yozgan bog’bonning qizi Fotimani uchratib qoldi. Fotima juda chiroyli husni xat bilan:

Dilkusho gul bo’lmasa, zindon erur,
Qayerda gul bo’lsa, anda dil kusho.

Husni xatdan mukammal ta’lim olgan Ismoil bu yozuvdan hayratda qoldi va “Xatingiz g’oyat go’zal ekan!” – dedi. Ismoilni kelganini sezmay ayb ustida qo’lga tushganday yuzlari qizarib ketgan Fotimaga yigit: “Haqiqatan gulsiz bog’ chiroqsiz uyday sovuq va fayzsiz tuyuladi. Dilkusho turfa gullari bilan huzurbaxsh. Ammo, gul hajrida fig’on chekuvchi bulbul bo’lmasa, gul erta sarg’ayur ” – dedi.

Qiz zukkolik bilan gap ma’nosini burib: “Ushbu bog’da erta tongdan bulbul fig’oni tinmaydir” – dedi.

Ismoil bo’sh kelmay: “Ming taassufki, bu bo’ston guli bulbulning nolasiga befarqdir, u qancha kuyib-pishmasin, husnini yaproqlar ichra yashirmishdir” – dedi.

Fotima jur’at bilan: “O’sha bulbul azizlik qanoatda ekanligini bilmas. Ikki nomahram suhbatiga shayton aralashgusi, zotan, Yaratganga bu hush kelmas. Agar zerikib qolsalar, men ojizaga o’xshab bog’dagi gullar bilan sirlashmoqni odat qilsinlar” deya ketdi.

Bog’bon qizidan bunday nazokat va fasohatni kutmagan Ismoil o'zi boshlagan so’z o’yinida yutkazganini his qildi. U qiz ortidan hasrat bilan tikilib qoldi. Agar bunday oqila va zukko qiz jufti haloli bo’lsa, tug’ilajak farzandlar ham zukko, xushxulq va solih bo’lishini o’yladi.
________________________________

Hali uylanmasidan farzandlari kamolini o'ylagan Ismoil va qayerda (bog'da yoki dalada) bo'lishidan qat'iy nazar ilm o'rgangan, hayoni hamma narsadan ustun qo'ygan Fotimadan butun o'zbek xalqi uchun faxr bo'lgan buyuk olim Imom Buxoriy dunyoga keldi.

👉👉
@PMTESTS
👍128🔥12😱7🤩6🎉5
Prezident va al-Xorazmiy maktablariga tayyorlanayotgan o'quvchilar uchun kanalimizda bo'lib o'tayotgan ONLINE TESTLAR!!

Katta maqsadlarni oldiga qo'ygan Aziz o'quvchilarimiz uchun eng sara testlar kanalimizda bo'lib o'tadi. Kanalimizda beriladigan testlar jadvali quyidagicha:

Prezident va al-Xorazmiy maktabiga tayyorlanayotgan o'quvchilar uchun matematika fanidan testlar (Payshanba va Yakshanba kunlari, soat 20:00 da)
Prezident maktabiga tayyorlanayotgan o'quvchilar uchun Tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testlari (Seshanba soat 20:00 da)
Juma kuni soat 20:00 da o'quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshirish maqsadida "Axborotni tahlil qilish va amaliy matematika" testlari bo'lib o'tadi.

Barcha o'quvchilarga ilm olishda omad yor bo'lsin!!

t.me/pmtests
👍81🤩16🔥8😱6🎉6
#MULOHAZA (Gap sinf darsliklari ijarasining arzon yoki qimmatligida emas)

📚18 ta maktab darsligining bir yillik ijara to’lovi 102700 so’m. Bir oyga 11 500 so’mdan tushadi. Bir oyga bitta kitob uchun atigi 640 so’mgina xarajat qilanadi. To'g'ri, jamiyatimizda moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgan oilalar mavjud. Agar bir nechta farzand maktabda o’qisa, ularning kitob ijarasini to’lash oilaga qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Ammo, aksariyat oilalar bir farzandi uchun haftasiga 3000 so’m pul sarflashni xarajat hisoblashmaydi.

Kimlar uchun sinf darsligi ijarasi qimmatlik qiladi?

Moliyaviy holati og’ir bo’lgan oilalar. Ammo ularning ko’pchiligi bundan shikoyat qilishmaydi. (Aslida ular qimmatlikdan shikoyat qilishga haqliroq).

Farzand kamolotida kitobni o’rnini bilmaydigan, kitob bilan qiziqmaydigan va ta’limdan uzoq insonlar. Ularning fikricha kitob pul sarflash uchun arzimaydigan narsa. (KATTA XATO)

Bepul ta’lim deganda kitoblarni ham BEPUL bo’lishi kerak deb o’ylaydiganlar. Siz farzandingizni biror Repetitorga bering. U farzandingizga pullik asosda ta’lim xizmatini ko’rsatadi. Ammo, kitob va metariallar bilan ta’minlamaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Endi farzandimizni o’qitish uchun ham Rossiyaga ketamiz shekilli” kabi postlar tarqalmoqda. Men aytaman qani oldinroq insonlar Rossiyaga farzandini o’qitish uchun ketsa edi, hozir moliyaviy holati yaxshilanib boy oilaga aylanishar edi. Biz esa ko’pincha mablag’ni befoyda narsalarga sarflaymiz. Ishchi avlod pulini ta’limga sarflasa, ulardan ishlatadigan yetarli mulkka ega avlod tarbiyalanadi. Farzandning ta’limiga ENG KATTA MAS’UL shaxslar ota-onalar. Farzandidan eng katta foydani ham, zararni ham ular ko’radilar.

Tug‘ib tashlash bilan bo‘lmas bola, balo bo‘lg‘ay sizga,
Vujudi tarbiyat topsa, bo‘lur rahnamo sizga.

Gap sinf darsliklari ijarasining arzon yoki qimmatligida emas. Gap: anashu darsliklardan farzandlarimiz maksimal foydalansin, sifatli ta’lim olsin, kelajakda moliyaviy muammolarga duch kelmasin, yurtimiz rivojiga o’z hissasini qo’shsin!!

Ertadan maktabga boradigan barcha o'quvchilarimizga ta'lim olishda muvaffaqiyat tilaymiz!

👉👉 @PMTESTS
👍103😱26🎉12🔥7🤩4
Shaxmat bo’yicha dunyoda eng baland reyting 2861 bo’lib, u Magnusga (1990-yil) tegishli.
Nodirbek Abdusattorov (2004-yil) 2713 bilan 30-o’rin,
Rustam Qosimjonov (1979-yil) 2670 bilan 72-o’rin. Berilgan ma’lumotdan quyidagi qaysi fikrni aytish mumkin?
Anonymous Quiz
24%
Nodirbek Abdusattorovdan yuqori reytingga ega shaxmatchilarning barchasi undan yosh jihatdan katta.
32%
Reytingda Rustam Qosimjonov va Nodirbek Abdusattorov orasida 42 ta shaxmatchi bor.
27%
Reytingda Magnus va Nodirbek Abdusattorov orasida 28 ta shaxmatchi bor.
17%
Nodirbek Magnusning yoshida undan kattaroq reytingga ega bo’ladi.
👍70😱30🤩17🔥15🎉13
Tayyorgarlikni boshidan bilimingizni sinab boring!!

Bugun soat 20:00 da Prezident va al-Xorazmiy maktablariga tayyorlanayotgan o'quvchilar uchun matematika fanidan 1-online testimiz bo'lib o'tadi.

Testlarimizda ishtirok etib bilimingizni sinab boring

👉👉 @PMTESTS
👍44🎉15😱9🔥7🤩2
Bugun 5-sentyabrda 702000 ta bola umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi. Ammo, 7-yil oldin 734000ta chaqaloq tug'ilgan edi. Demak, 7 yoshli kamida 32000ta bola maktabga bormagan.
Quyidagi qaysi gap xulosaning xatoligini ko’rsatib bera olmaydi?
Anonymous Quiz
26%
Ba’zi o’quvchilar umumta’lim maktablariga emas, xususiy maktablarga qabul qilingan.
28%
Ba’zi o’quvchilar oldingi o’quv yilida maktabga qabul qilingan bo’lishi mumkin.
29%
Chetelda yashovchi o’zbeklar farzandlarini O’zbekistondagi maktablarga bergan bo’lishi mumkin
17%
Chetelga ko’chib ketgan ota-onalar farzandlarini o’zlari bilan olib ketgan bo’lishi mumkin.
👍115😱45🔥23🎉23🤩20
2022-yilda 6470000 maktab o’quvchisi bor. 702000 ta 1-sinflar darsliklari bepul beriladi. Ammo, bu yil barcha darsliklar bepul berilishi mumkin! Agar bir o’quvchi uchun o’rtacha 100 ming so’m darslik ijarasi bo’lsa, qancha pul aholidan olinmagan bo’ladi?
Anonymous Quiz
16%
576 800 000 so’m
28%
647 000 000 so’m
32%
576 800 000 000 so’m
24%
647 000 000 000 so’m
👍128😱43🔥28🎉27🤩18👏1
Tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi

BUGUN soat 20:00 da kanalimizda Prezident maktablariga tayyorlanayotgan o'quvchilar uchun 1-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi. Testda ishtirok etib yil boshidagi bilimingizni sinab ko'ring!!

👉👉 @PMTESTS
👍76🔥13🤩9🎉5😱3
👍103🎉34🔥23😱22🤩13
Aziz to‘g‘ri to‘rtburchakning uchta tomoni uzunligini qo‘shganida 21, Odil esa shu to‘rtburchakning boshqa uchta tomoni uzunligini qo‘shganida 18 hosil qildi. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini toping.
Anonymous Quiz
18%
36
34%
39
36%
40
12%
42
👍80🎉44😱29🤩18🔥17
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ajoyib_javob

Siz O'zbekistonda ta'lim tizimi yaxshilanishiga ishonasizmi⁉️

Ishonish degan savolni qo'ymasligimiz kerak. Biz har kuni harakat qilishimiz kerak. Hammamiz qandaydir "kichik" ishlar qilishimiz lozim!!

👉👉 @PMTESTS
👍54🔥10🤩9😱8
#So’z_o’yini

Ikkiga birni qo’shib, ikkidan birni ayirsa nechaga teng bo’ladi?
Anonymous Quiz
19%
3
45%
1
31%
2,5
5%
3,5
👍113😱52🎉33🤩33🔥23