Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
70.9K subscribers
2.25K photos
1.47K videos
494 files
2.58K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal pinned «⚡️⚡️Bugun prezident maktabi ASOSIY bosqichi imtihonlari boshlanadi! Barcha o’quvchilarimizga omad tilaymiz! Barcha o’quvchilarimizdan yuqori natijalarni kutib qolamiz! Hurmatli o’quvchilar, Cambridge Assessment tashkiloti bir qancha davlatlarda bunday turdagi…»
#Prezident_maktablari
#Imtihon_2022

📣📣Оta-onalar va o‘quvchilar diqqatiga!

Prezident maktablari imtihonlarining 2- bosqichi ochiq havoda o‘tkazilayotgani va yog‘ingarchilik ehtimoli borligi sababli imtihon vaqti 1 soat oldinga surildi

❗️Test jarayonlari 2-avgust kuni soat 17:00 da boshlanishini ma’lum qilamiz.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍79😱16🤩16🔥14🎉13
#Imtihon_2022
#Prezident_maktablari

🔴Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichiga start berildi.

Mazkur bosqichda 1-bosqich natijasiga ko‘ra, qabul kvotasida belgilangan har bir maktab kesimida 480 nafar talabgorlar qatnashadi.

❗️Ikkinchi bosqich imtihonlarda axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha:

▶️mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan – 40 ta masala,
▶️ingliz tilidan – 40 ta test ishlanishi talab etiladi.
_
📷
Fotosuratlarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan Nurafshon shahridagi Prezident maktablari uchun Imtihon jarayonlari aks etgan.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍124🤩19🔥18🎉17😱16
100$ доллар 🎁

Бир ота қизига китоб ўқишни одат қилдириш учун соврин бериб ўқитишни ўйлади. Бир куни қизига: "Қизим сенга шу китобни бераман агар ўқиб тугатсанг 100$ "доллар" оласан" деб китобни берди.
Бу таклиф қизга жуда ёқди. Лекин афсуски, қизни китоб ўқишга ҳеч тоқати йўқ эди.

У ўзича:"Энг яхшиси мен бу китобни таржимайи ҳолини интернетдан топиб ўқийман. Отам ўқидингми деса китоб ҳақида гапириб бераман" деб ўйлади. Шундай килиб интернетдан китоб ҳақида қисқача матн топди. Икки вароқлик бу малумотни яхшилаб ёдлади.

Албатта отаси сезиб қолмасин деб бир ҳафта юрди.

Бир ҳафтадан сўнг "Отажон мен китобни ўқидим, энди 100$ ни берасизми?" деб сўради. Отаси қизидан китобда келган мавзулардан гапиришини сўради.
Қизча жуда чиройлик қилиб отасига гапириб берди. Сўнг яна "Отажон энди 100$ ни берасизми?" деди.

Аммо отаси қизига у ҳеч кутмаган жавобни берди: "Сен китобни ўқимабсан, агар китобни ўқиганингда ичидаги 100$ ни кўрар эдинг...☺️!".
👇
@pmtests
👍328😱35🔥28🤩16🎉15
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
Al-Xorazmiy maktabi imtihoni 5-avgustda bo'lib o'tadi!!

Al-Xorazmiy maktabiga hujjat topshirgan o'quvchilarga ruxsatnomalar kelishni bo'shladi. Unga ko'ra imtihon 5-avgustda bo'lib o'tadi.

Barcha o'quvchilarga imtihonlarda muvaffaqiyat tilaymiz!!

👉👉 @PMTESTS
👍101🤩20🔥15🎉13😱12
Dunyodagi jami davlatlar daromadi (YaIM) 100 trillion dollarga teng. Quyidagi rasmda undagi davlatlar ulushini ko'rishingiz mumkin.

Ushbu to'plamda O'zbekistonning daromadi kamligidan nomini yozishga ham joy yo'q. (Qozog'iston yozilgan). Biz hozirgi holatimizda rivojlangan davlat emasmiz, boy ham emasmiz. Iqtisodiy jihatdan qudratli davlat ham emasmiz. Ammo,

Bizda BOY, RIVOJLANGAN, BUYUK davlat bo'lishga imkoniyat bor. Bizning ishongan IQTIDORLI YOSHLARIMIZ bor. Xudo xohlasa, ularni buyuk shaxslar qilib tarbiyalash uchun yaxshi MAKTABLARIMIZ bor. Men agar xalqimizning ta'limga munosabati o'zgarsa, kelajakda mana shunday hisobotlarda BIZNING davlatning ham NOMI bo'lishiga, yoshlarimizdan dunyodagi eng BUYUK shaxslar chiqishiga ishonaman.

Rivojlanishning yagona yo'li esa FAQAT TA'LIM. Yurtimizdagi har bir inson BUYUK DAVLAT bo'lishimiz uchun o'z farzandini o'qitishi lozim. Zero, inson VATAN uchun farzandiga yaxshi ta'lim berishdan boshqa KATTAROQ xizmat qila olmaydi.
👍195😱30🔥27🤩21🎉14
📣Diqqat, imtihon!

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari kuni belgilandi.

🗓Imtihon kunlari va manzili:
▶️Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab – 5-avgust kuni soat 8:00 hamda 17:00da Toshkent shahri, Botanika bog‘i ва Paxtakor stadioni;
▶️Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab – 6- avgust kuni soat 8:00da Toshkent shahri, Botanika bog‘i ва Paxtakor stadionida bo‘lib o‘tadi.

📲Imtihon vaqti haqida talabgorlarga 3-avgust kunidan boshlab sms-xabarnoma yuborilmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

🖥 Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.

Talabgorlar tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍96😱19🔥18🤩15🎉10
Diqqat eʼlon!

🔴Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon javoblari tez kunlarda eʼlon qilinadi.

Xabaringiz bor, Qoraqalpogʻistondagi imtihonlar sanasi oʻzgardi. Bu test sinovlari javoblari eʼlon qilinishi ortga surilishiga sabab boʻldi.

📲Baʼzi xususiy oʻquv markazlari telegram kanallarida natijalar eʼlon qilingani toʻgʻrisida yoʻlgʻon maʼlumotlar tarqatishmoqda. Eslatib oʻtamiz, qonunchilikda yoʻlgʻon xabar tarqatganlik uchun javobgarlik belgilab qoʻyilgan.
Rasmiy manbalar orqali berilayotgan xabarlarni kuzatib boring.
👍431😱76🤩59🎉56🔥42
#imtihon

⚡️BUGUN IMTIHON!

❗️Bugun Prezident ta’lim muassasalari Agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga kirish imtihonlari bo'lib o'tadi.

🚀 Shu munosabat bilan bugungi imtihonlarda barcha talabgorlarga OMAD tilab qolamiz. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tib, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchisi bo'lish sharafi barchangizga nasib etsin.

Eslatib o'tamiz, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi
kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun bugun 5-AVGUST kuni shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ya'ni tug'ilganlik haqida guvohnoma) hamda imtihonga kirish uchun ruxsatnoma bilan soat 6.30/15.30da Paxtakor stadioni/Botanika bog'ida bo'lishingiz so'raladi.


Telegram |Facebook |Instagram |Web
👍158🔥20😱17🤩16🎉8
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔴 Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari davom etmoqda

Ayni damda Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari boshlandi.

❗️Ma’lumot uchun, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga 2018 nafar, Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga esa 3149 nafar talabgor ariza topshirgan.

📍Imtihonlar 1 smenada Botanika bogʻi hamda Paxtakor stadionida boʻlib oʻtmoqda.

👉Ota-onalar test2022.uz platformasi orqali Imtihon jarayonlarini onlayn kuzatib borishlari mumkin. (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
👍167🤩28😱23🔥19🎉19
#Munosabat

Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar!

Qoraqalpog‘istondagi imtihonlar sanasi o‘zgarganidan va bu test sinovlari javoblari eʼlon qilinishi ortga surilishiga sabab bo‘lganidan xabaringiz bor.

Oxirgi imtihon kecha, 7-avgust sanasida bo‘lib o‘tgani va Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2022-2023 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari aynan 7-avgust kuni yakuniga yetgani haqida rasmiy sahifalarimizda xabar berganmiz.

Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar, Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan barcha ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalari bir vaqtda eʼlon qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda imtihon javoblari kechikishiga “Boylarning bolalari saralab olinyapti” degan mazmundagi xabarlar haqiqatga mos kelmasligini va imtihon natijalari tez orada eʼlon qilinishini maʼlum qilamiz.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍311😱65🎉44🔥40🤩29