Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
70.9K subscribers
2.25K photos
1.47K videos
495 files
2.58K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
#Prezident_maktablari

Gwen Caudwell boshchiligidagi Cambridge Assessment International Education tashkilotining vakillari O'zbekistonga yetib kelishdi

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlarini o‘tkazish maqsadida yurtimizga kelgan Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari Agentlik rahbariyati va masʼullar bilan uchrashishdi.

Uchrashuv davomida xorijlik mutaxassislar imtihon o'tkaziladigan hududlarga borib, imtihonlarga kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari kelishib olindi.

📌Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichi 2-avgust kuni soat 18:00 da bo‘lib o‘tadi.

Prezident maktablari imtihoni bo‘ladigan manzillar ro‘yxati bilan ushbu
havola orqali tanishishingiz mumkin.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍115🤩18🔥16🎉15😱9
MATEMATIKA al-Xorazmiy NAMUNA.pdf
428.1 KB
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Test_namunalari

❗️Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan o‘quvchilar diqqatiga!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktabiga o'qishga hujjat topshirgan talabgorlar uchun test namunalari rasmiy saytga joylandi.
👍87🎉18🤩16🔥15😱4
⚡️⚡️Bugun prezident maktabi ASOSIY bosqichi imtihonlari boshlanadi!

Ba
rcha o’quvchilarimizga omad tilaymiz! Barcha o’quvchilarimizdan yuqori natijalarni kutib qolamiz!

Hurmatli o’quvchilar, Cambridge Assessment tashkiloti bir qancha davlatlarda bunday turdagi imtihonlarni o’tkazib keladi. Tabiiyki, imtihon natijalari bilan turli xalqlar yoshlarining bilim saviyasiga baho beriladi. Shuni bilingki, Sizlar butun dunyo yoshlari ichida birinchi o’rinda bo’lishingiz kerak!

Agar men prezident maktabiga imtihon topshirayotgan o’quvchi bo’lganimda edi, barcha savollarga 100% javob berishimga menga prezident maktabiga kirish ishtiyoqidan ko’ra “O’zbek yoshlarining bilim saviyasini ko’rsatishim” ko’proq turtki bergan bo’lar edi.

Bi
zning ajdodlarimiz dunyoda tengsiz bo’lgan, endi navbat sizlarga! Bor imkoniyatingizni ishga soling, imtihon oluvchilar Sizlarning natijangizdan hayratda qolsin. Alloh hammaga yoshlarimizga muvaffaqiyat bersin!

@PMTESTS jamoasi
👍162🔥17🎉17🤩10
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal pinned «⚡️⚡️Bugun prezident maktabi ASOSIY bosqichi imtihonlari boshlanadi! Barcha o’quvchilarimizga omad tilaymiz! Barcha o’quvchilarimizdan yuqori natijalarni kutib qolamiz! Hurmatli o’quvchilar, Cambridge Assessment tashkiloti bir qancha davlatlarda bunday turdagi…»
#Prezident_maktablari
#Imtihon_2022

📣📣Оta-onalar va o‘quvchilar diqqatiga!

Prezident maktablari imtihonlarining 2- bosqichi ochiq havoda o‘tkazilayotgani va yog‘ingarchilik ehtimoli borligi sababli imtihon vaqti 1 soat oldinga surildi

❗️Test jarayonlari 2-avgust kuni soat 17:00 da boshlanishini ma’lum qilamiz.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍79😱16🤩16🔥14🎉13
#Imtihon_2022
#Prezident_maktablari

🔴Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichiga start berildi.

Mazkur bosqichda 1-bosqich natijasiga ko‘ra, qabul kvotasida belgilangan har bir maktab kesimida 480 nafar talabgorlar qatnashadi.

❗️Ikkinchi bosqich imtihonlarda axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha:

▶️mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan – 40 ta masala,
▶️ingliz tilidan – 40 ta test ishlanishi talab etiladi.
_
📷
Fotosuratlarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan Nurafshon shahridagi Prezident maktablari uchun Imtihon jarayonlari aks etgan.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍124🤩19🔥18🎉17😱16
100$ доллар 🎁

Бир ота қизига китоб ўқишни одат қилдириш учун соврин бериб ўқитишни ўйлади. Бир куни қизига: "Қизим сенга шу китобни бераман агар ўқиб тугатсанг 100$ "доллар" оласан" деб китобни берди.
Бу таклиф қизга жуда ёқди. Лекин афсуски, қизни китоб ўқишга ҳеч тоқати йўқ эди.

У ўзича:"Энг яхшиси мен бу китобни таржимайи ҳолини интернетдан топиб ўқийман. Отам ўқидингми деса китоб ҳақида гапириб бераман" деб ўйлади. Шундай килиб интернетдан китоб ҳақида қисқача матн топди. Икки вароқлик бу малумотни яхшилаб ёдлади.

Албатта отаси сезиб қолмасин деб бир ҳафта юрди.

Бир ҳафтадан сўнг "Отажон мен китобни ўқидим, энди 100$ ни берасизми?" деб сўради. Отаси қизидан китобда келган мавзулардан гапиришини сўради.
Қизча жуда чиройлик қилиб отасига гапириб берди. Сўнг яна "Отажон энди 100$ ни берасизми?" деди.

Аммо отаси қизига у ҳеч кутмаган жавобни берди: "Сен китобни ўқимабсан, агар китобни ўқиганингда ичидаги 100$ ни кўрар эдинг...☺️!".
👇
@pmtests
👍328😱35🔥28🤩16🎉15
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
Al-Xorazmiy maktabi imtihoni 5-avgustda bo'lib o'tadi!!

Al-Xorazmiy maktabiga hujjat topshirgan o'quvchilarga ruxsatnomalar kelishni bo'shladi. Unga ko'ra imtihon 5-avgustda bo'lib o'tadi.

Barcha o'quvchilarga imtihonlarda muvaffaqiyat tilaymiz!!

👉👉 @PMTESTS
👍101🤩20🔥15🎉13😱12
Dunyodagi jami davlatlar daromadi (YaIM) 100 trillion dollarga teng. Quyidagi rasmda undagi davlatlar ulushini ko'rishingiz mumkin.

Ushbu to'plamda O'zbekistonning daromadi kamligidan nomini yozishga ham joy yo'q. (Qozog'iston yozilgan). Biz hozirgi holatimizda rivojlangan davlat emasmiz, boy ham emasmiz. Iqtisodiy jihatdan qudratli davlat ham emasmiz. Ammo,

Bizda BOY, RIVOJLANGAN, BUYUK davlat bo'lishga imkoniyat bor. Bizning ishongan IQTIDORLI YOSHLARIMIZ bor. Xudo xohlasa, ularni buyuk shaxslar qilib tarbiyalash uchun yaxshi MAKTABLARIMIZ bor. Men agar xalqimizning ta'limga munosabati o'zgarsa, kelajakda mana shunday hisobotlarda BIZNING davlatning ham NOMI bo'lishiga, yoshlarimizdan dunyodagi eng BUYUK shaxslar chiqishiga ishonaman.

Rivojlanishning yagona yo'li esa FAQAT TA'LIM. Yurtimizdagi har bir inson BUYUK DAVLAT bo'lishimiz uchun o'z farzandini o'qitishi lozim. Zero, inson VATAN uchun farzandiga yaxshi ta'lim berishdan boshqa KATTAROQ xizmat qila olmaydi.
👍195😱30🔥27🤩21🎉14
📣Diqqat, imtihon!

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari kuni belgilandi.

🗓Imtihon kunlari va manzili:
▶️Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab – 5-avgust kuni soat 8:00 hamda 17:00da Toshkent shahri, Botanika bog‘i ва Paxtakor stadioni;
▶️Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab – 6- avgust kuni soat 8:00da Toshkent shahri, Botanika bog‘i ва Paxtakor stadionida bo‘lib o‘tadi.

📲Imtihon vaqti haqida talabgorlarga 3-avgust kunidan boshlab sms-xabarnoma yuborilmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

🖥 Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.

Talabgorlar tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍96😱19🔥18🤩15🎉10