Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
👍83🔥26🤩20😱17🎉41
👍94🔥29🎉24😱20🤩20
Test kodi: 127897*
Javoblarni @Online_test3_robot ga 127897*aabbc.. tarzida yuboring va natijangizni bilib oling!
🔥64👍48🎉31🤩19😱12
127897 natijalar.html
50.9 KB
24-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi natijalari.

Test kodi: 127897
👍44🔥12🤩11🎉4😱1
Ilon Mask 228 800 000 kunlik foydalanuvchiga ega Twitter ijtimoiy tarmog’ini $44mlrd ga sotib olmoqchi edi. Biroq foydalanuvchilarning 11 440 000 tasi spam va soxtaligi aniqlandi. Endi I.Mask Twitter uchun qancha taklif qilishi mumkin?
Anonymous Quiz
18%
$ 43 000 000 000
35%
$ 42 800 000 000
37%
$ 41 800 000 000
10%
$ 42 200 000 000
👍199🎉75😱59🔥51🤩36
O’zbekistonda 1071ta shaharcha, 11000 ta qishloq punkti bor. Agar ishsizlik sabab Rossiya va Qozoqqa borib, baxtsiz hodisaga uchrab vafot etganlar bir shahardan 1ta va har 3ta qishloqdan 1ta bo’lsa, nechta odam ishsizlik sabab vafot etgan bo'lishi mumkin?
Anonymous Quiz
17%
350 ta
35%
3737 ta
37%
4737 ta
10%
5000 ta
👍219🔥60😱53🎉53🤩37
#kun_savoli: Ko'rsatilgan sonlar sxemasida har bir qator 1 bilan boshlanadi va 2 bilan tugaydi. Qatorning chetida bo’lmagan har bir son yuqorida (eng yaqin o’ng va chap) joylashgan ikkita sonning yig'indisidir. Masalan, to'rtinchi qatordagi 9 soni uchinchi qatordagi 4 va 5 ning yig'indisidir. Agar bu sxema shu tartibda davom etsa, o'n uchinchi qatordagi barcha sonlarning yig'indisini toping.

Javobni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi! Yechimlar ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi.
👍112🔥28🤩26🎉18😱13
Intellektual mulkdan foydalanish!!

Intellektual mulk - ijodiy aqliy faoliyat mahsuli. Ixtirochilik va mualliflik huquqi majmuiga kiruvchi ijodiy faoliyatning barcha turlari kiradi. Xususan, biror mutaxassis o’qituvchining tuzgan testlari yoki dars ishlanmalari ham uning intellektual mulki hisoblanadi.

Bugungi kungacha yurtimizda eng kam e’tibor beriladigan intelektual mulk daxlsizligi aslida jiddiy masala. Xalqimiz hech qachon egasining ruxsatisiz do’kondan biror narsa olmaydi. O’g’irlik katta gunoh ekanini biladi. Ammo, ilmiy ishlar yoki materiallar ham shunday tovar ekaniga kamroq e’tibor berishar edi. Xayriyatki, yaqin vaqtlardan beri halollikni hamma narsadan ustun qo’yadigan xalqimiz ilmiy ishlar va mutaxasislar tomonidan tuzilgan testlarni to’lov asosida, muallifdan so’rab foydalanishga odatlanmoqdalar. Shunday bo’lsada, ba’zida mablag’ yetishmovchiligi, ba’zida bu boradagi bilimlarning kamligi sabab, ko’plab dastur va intellectual mahsulotlardan o’g’rincha foydalanishga majbur bo’lmoqdalar.

Hozirgi kunda prezident maktabiga tayyorlov kanallariga ulangan obunachilarning deyarli hammasi testlardan qanday maqsadlarda foydalanmoqchi bo’lsa, bizdan ruxsat so’rashmoqda. O’tgan yili ota-onalardan biri 200 ming so’mlik kanalga testlardan ikki farzandi foydalanishini aytib 400 ming so’m to’lov qilib ulandi. Natijada ikkisi ham imtihonlardan o’tib o’qishga qabul qilindi.

Birovning mehnatini qadrlaydigan insonlar har doim muvaffaqiyat qozonadi. Bizning materiallar bo'yicha mualliflik huquqlariga rioya qilayotgan barcha obunachilarga rahmat aytamiz. Alloh barcha yoshlarimizni ilmlarini ziyoda qilsin!!

👉👉 @PMTESTS
👍89😱28🔥26🤩13🎉6
#kun_savoli_javobi: Sxemdagi qator bo’yicha sonlar yig’indisiga e’tibor qaratamiz: 1+2=3, 2-qator 1+3+2=6, 3-qator 1+4+5+2=12 va hakozo. Shu tartibda keyingi qatordagi yig’indida oldingi qatordagi sonlar aniq ikki marta ishtirok etadi. Demak, keyingi qatordagi sonlar yig’indisini topish uchun oldingi qatordagi sonlar yig’indisini 2 ga ko’paytirish kifoya. Demak, 4-qatorda 24, 5-sida 48, 6-sida 96, 7-sida 192, 8-sida 384, 9-sida 768, 10-sida 1536, 11-sida 3072, 12-sida 6144, 13-qatorda 12288.

Javob: 12 288

Kun savoliga to'g'ri javob yuborgan ishtirokchilar 61-online testda bepul ishtirok etishlari mumkin. Bundan keyingi yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi!

👉👉 @PMTESTS
👍94🔥29😱28🤩15🎉11
Toshkent shahrida o’tkazilgan 56-xalqaro Mеndеlеyеv olimpiadasida 10 ta o‘zbеkistonlik o’quvchi medal oldi. Yagona oltin medal Ibn Sino maktabi o’quvchisiga berildi. Jami bronza olganlar soni kumush olganlar sonidan ko’p bo’ldi. Ammo, kumush medal olganlar Ibn Sino maktabi o’quvchilari bronza medal olgan o’sha maktab o’quvchilaridan ko’p bo’ldi. Bronza medal olganlardan 2 ta o’quvchi Ibn Sino maktabida o’qiydi.
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
👍107🤩32🔥31😱21🎉12
🏆🏆38tasi yutuqli olimpiada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Ular orasidan 15-may kuni Zoom dasturi orqali savol-javob asosida g'oliblar aniqlandi!!🏆

G'oliblar:
1. 🏆Jahonaliyev Saidakbar Davronbek o'g'li
(Jizzax v. Sharof Rashidov t. 4-sinf)
2. 🥈Saydullayev Abdulhamid Utkirovich
(Navoiy v. Zarafshon shahar. 4 sinf.)
3. 🥉G’aniyev Jaloliddin Bahriddin o’g’li
(Samarqand v. Kattaqo’rg’on t. 4-sinf.)

G'oliblarni muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz. Ushbu natijalarga erishishiga sabab bo'lgan ota-onalari va ustozlariga rahmat aytamiz. Faol ishtirok etgan o'quvchilarni yanada yaxshiroq o'qib, keyingi olimpiadalarimizda g'olib bo'lishlarini so'rab qolamiz.

☝️ G'oliblarga pul mukofotlari va sertifikatlari taqdim etildi.

👉👉
@pmtests
🎉42👍38🔥18🤩16😱13
Barcha yuqori mavqega ega tashkilotlar xodimlarini himoya qiladi. Faqat vazifasi aniq bo'lmagan tashkilotlar jonkuyar xodimlari qadriga yetmaydi. Ular jamoatchilik fikri va yuqori tashkilotlar ko’rsatmasi bilan xodimlarni osongina bo’shatib yuborishadi...
Anonymous Quiz
20%
Demak, xodimlari ko’plab ustozlarni izza qilib jazolanmay yurgan hokimyatlar yuqori mavqega ega.
43%
Vazifasini aniq bilmaydigan, maqsadiga intilmaydigan tashkilotlar xodimlarining qadri past bo’ladi.
21%
O’quvchiga dakki bergan ustozni ishdan olgan xalq ta’limi xodimni qadrlamaydigan obro’siz tashkilot.
16%
Xato qilgan xodimni ishdan bo’shatish har doim ham to'g'ri fikr emas
👍182🔥55😱51🤩36🎉35
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mendeleyev olimpiadasida O’zbekistonlik o’quvchilar 10 ta medalni qo’lga kiritishdi. (@hududtv)

👉👉 @PMTESTS
👍47🎉11🔥10🤩10😱9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Матбуот_анжумани

Савол. Айрим одамларда Президент мактабларида асосан амалдорларнинг фарзанди ўқийди деган қараш шаклланган. Умуман амалдорлар қанча фарзанди ўқийди, бу борада статистик маълумотлар борми? (@studio_67)
_____________________

Ота-оналарига машина совга қилган оддий инсонлар фарзандларига хавас қиламан. Бугун ота-онасига машина, бошқа оддий ота-оналарга ишонч беришса, эртага бутун миллатга манфаат етказадиган буюк ишдарни амалга оширишади. Оддий қийинчилик кўрган инсонлар фарзандларида сабр қилиш, берилган имкониятларни қадрига етиш ва ундан фойдаланиш хисси юқорироқ бўлади. Шунинг учун, қандай шароитда бўлишингиздан қатъий назар, фарзандингиз таълимига эътиборсиз булманг!

👉👉 @pmtests
👍91🔥17😱17🤩9🎉8
#Test_namunalari_2_bosqich
#Prezident_maktablari

❗️Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga o‘qishga kirish istagidagi o‘quvchilar diqqatiga!

⚡️Prezident maktablariga ikkinchi bosqich kirish imtihonlarining 5-sinf TANQIDIY FIKRLASHdan test namunalari. (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
👍89🔥23🤩19😱18🎉9
Qishloqdagi 42 ta xonadonning 35 tasida qo'y va 28 tasida sigir bor. Ham qo'y ham sigir boqadigan xonadonlarning maksimal soni x, minimal soni esa y bo'lsa, x-y ning qiymatini toping.
Anonymous Quiz
26%
7
18%
10
26%
14
23%
21
7%
28
👍256🔥77🎉71🤩70😱68
#kun_savoli: Ikki to’rt xonali sonlar yig’indisi 5 xonali songa teng bo’ldi. Ushbu yig’indidagi sonlarning raqamlari harflar bilan almashtirib chiqilganda quyidagi ko’rinishga keldi:
HOLI+FIKR=HOKIM
Agar bir xil harflarga bir xil raqamlar, har xil harflarga har xil raqamlar mos kelsa, ushbu sonli rebusni yeching.

Javobni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi! Yechimlar ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi.
👍64🔥27🤩25😱23🎉15
#kun_savoli_javobi: Dastlab H=1 ni topamiz. Chunki, ikki teng xonali sonlar yig’indisida xonalar soni bittaga ortsa, yig’indining birinnchi raqami har doim bir bo’ladi. Keyingi ishda O=0 ni topamiz. Chunki, ustun shaklida yozilganda 1+F ning natijasi 11 ham 12 ham bo’la olmaydi. Agar 11 bo’lsa, 1 qaytarilib qoladi. Keyin F=9 ni topamiz. Chunki, yuzlar xonasidagi raqamlar yig’indisi (0+I) 10 yoki undan katta bo’la olmaydi. Bunda har xil harflarga har xil raqamlar mos kelishiga e’tibor qaratish kerak.
Shu tartibda I va K raqamlarining birga farq qilishini topamiz: K=I+1, Bundan L=8 kelib chiqadi. Chunki, faqat L=8 va I+R>10 bo’lganda o’nlar xonasidagi ustun natijasi to’g’ri bo’ladi. Raqamlar takrorlanmasligini e’tiborga olsak, R ning eng katta qiymati 7 va I=5 ni topamiz. Agar I=5 bo’lsa, K=6 bo’ladi.

Kun savoliga to'g'ri javob yuborgan ishtirokchilar 62-online testda bepul ishtirok etishlari mumkin. Bundan keyingi yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi!

👉👉 @PMTESTS
👍80🔥24😱21🤩13🎉9