Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
66.2K subscribers
2.23K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Kompyuterdagi harflar 1 yoki 0 raqamlari yordamida kodlanadi. Quyida besh xil harfni (P, Q, R, S va T) kodlash ko’rsatilgan: P=0, Q=1, R=10, S=001, T=1001.
Quyidagi kodlar ketma-ketligi qaysi harflarni bildirishi mumkinligini toping: 10010010
Anonymous Quiz
35%
QPPTP
30%
TSQ
29%
RPQSR
6%
RPSP
👍156🎉54😱53🔥39🤩37
Majlislar zalida 24 ta o’g’il bola bor edi. Keyin esa ulardan ikki marta ko’p sondagi qiz bolalar zalga kirib qo’shilishdi. Majlis cho’zilib ketgani sababli o’g’il bolalarning yarmi zaldan chiqib ketishdi. Endi zalda nechta o’quvchi qoldi?
Anonymous Quiz
13%
48
11%
56
57%
60
8%
72
11%
36
👍216🎉51🤩37🔥35😱26
23-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi 👇👇
🎉44👍32🔥25🤩15😱12
👍80🔥26🤩20😱18🎉17
👍55🤩23🔥20🎉17😱13
👍77🤩27🔥25🎉18😱16
#Test_namunalari_2_bosqich
#Prezident_maktablari

❗️Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga o‘qishga kirish istagidagi o‘quvchilar diqqatiga!

⚡️Prezident maktablariga ikkinchi bosqich kirish imtihonlarining 5-sinf MANTIQIY FIKRLASH fanidan test namunalari. (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
👍62🤩20🔥17🎉7😱5
#kun_savoli: Yuqoridagi rasmda o'n ikki nuqta belgilangan. Ushbu nuqtalardan to'rttasini birlashtirib ko’pi bilan nechta kvadrat hosil qilish mumkin?

Javobni yechilish yo'li va chizmalari bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi! Kvadratlar soni chizmalarda ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi.

👉👉 @PMTESTS
👍172🔥41🎉34🤩34😱31
Fotima va Zuhrada mos ravishda 15 ta va 21 ta daftar bor. Fotima o’z daftarlarining qancha qismiga teng bo’lgan daftarni Zuhradan olsa, ularning daftarlari soni teng bo’ladi?
Anonymous Quiz
21%
1/7
31%
2/7
32%
1/5
16%
1/6
👍203😱69🎉57🔥54🤩42
#kun_savoli_javobi: Eng yaqin 4 ta nuqtalarni bir-biri bilan ketma-ket tutashtirib 5 ta kichikroq kvadrat hosil qilish mumkin. Bu kichik kvadratlarning diagonaliga teng tomonlarga ega bo’lgan yana 4 ta o’rtacha kvadratlar ham mavjud. Shuningdek, tomonlari 1×2 o’lchamli to’g’ri to’rtburchakning diagonaliga teng bo’lgan 2 ta katta kvadrat ham mavjud. Ushbu nuqtalardan to'rttasini birlashtirib jami 11 ta kvadrat hosil qilish mumkin.

Kun savoliga to'g'ri javob yuborgan ishtirokchilar 59-online testda bepul ishtirok etishlari mumkin. Bundan keyingi yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi!

👉👉 @PMTESTS
👍91🔥27🎉23😱22🤩7
9-may "XOTIRA VA QADRLASH KUNI"

Xotira chirog’i o’chmasin bir dam,

Qadrlanish uchun yaralgan odam,

Qarindoshmi yoki o’zga bo’lsa ham,

O’tganlar ruhini obod etaylik,

Qolganlar ko’nglini biz shod etaylik!


👉👉 @pmtests
👍61🔥14🤩14🎉8😱7
🏆🏆35ta o'quvchi yutuqli olimpiada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Ular orasidan 8-may kuni Zoom dasturi orqali savol-javob asosida g'oliblar aniqlandi!!🏆

G'oliblar:
1. 🏆Abdullajonov Boburjon Fahriddin ug'li
(Namangan v. Pop t. Sang qishlog'i 4-sinf)
2. 🥈Nosirov Elyorbek Elmurod o'gli
(Farg'ona v. Farg'ona shahar. 4 sinf.)
3. 🥉Xabibullaev Shohjahon Bahtiyor o'g'li
(Namangan viloyati, Namangan shahri. 4-sinf.)

G'oliblarni muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz. Ushbu natijalarga erishishiga sabab bo'lgan ota-onalari va ustozlariga rahmat aytamiz. Faol ishtirok etgan o'quvchilarni yanada yaxshiroq o'qib, keyingi olimpiadalarimizda g'olib bo'lishlarini so'rab qolamiz.

☝️ G'oliblarga pul mukofotlari va sertifikatlari taqdim etilmoqdi.

👉👉 @pmtests
👍62🔥18🎉15🤩9😱82
#Test_namunalari_2_bosqich
#Prezident_maktablari

⚡️Prezident maktablariga ikkinchi bosqich kirish imtihonlarining 5-sinf MANTIQIY FIKRLASHdan INGLIZ TILIDAGI test namunalari. (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
👍55🤩23🔥22🎉12😱71
233 05.05.2022.pdf
324.2 KB
⚡️⚡️ Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar to‘g‘risida NIZOM

Ko'pchilik ota-onalar tomonidan qiziqish bildirilayotgan yangi ochilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablar haqidagi o'zingizni qiziqtirgan savollarga shu nizom orqali javoblar olishingiz mumkin.

👉👉 @PMTESTS
👍66🔥23🎉23🤩16😱131
Muhammad har bir mehmon uchun bittadan olmani dasturxonga qo’ymoqchi. Keladigan mehmonlar soni 8 tadan 15 tagacha bo’lishi mumkin. Olmaning 1 kg imida 5 tadan 10 tagacha olma bo’ladi. U kamida necha kg olma sotib olishi kerak?
Anonymous Quiz
35%
2 kg
35%
3 kg
19%
4 kg
10%
5 kg
👍194🎉73🤩65😱58🔥461
Sovet bosqinchilari 1937-yil qatag’on siyosati bilan 4 oyda 10700 ziyoli o’zbeklarga ayblov e’lon qildi. Bulardan 3613tasi qatl etildi, 7082ta qamoqqa tashlandi. 4 kishi tergov vaqtida vafot etdi, 1 kishigina ozod etildi. Necha foiz o'zbek ozod qilindi?
Anonymous Quiz
18%
1%
27%
0,1%
46%
0,01%
10%
10%
👍175😱77🎉50🔥46🤩422
Prezident maktabi imtihonlarida agar 2 ta o'quvchi bir xil ball olsa lekin o'rinlar atiga bitta qolgan bo'lsa kim otadi?

Javob: Agar har bir hududda sinf kesimida ariza topshiruvchi talabgorlarning soni bir o‘ringa 20 dan oshib ketsa, matematika fanidan dastlabki saralash testi o‘tkazilishi kerak bo‘ladi. Matematika fanidan test har bir sinf kesimiga alohida tayyorlangan bo‘lib, 30 masaladan iborat.
Masalalar murakkablik darajasiga qarab uch turga bo‘linadi.
1) 1-10 gacha oson savollar (A toifa)
2) 11-20 gacha o‘rtacha savollar (B toifa)
3) 21-30 gacha qiyin savollar (C toifa)
Har bir to‘g‘ri javob uchun quyidagicha ball beriladi:
A toifa = 2. 1 ball
B toifa = 3. 2 ball
C toifa = 4. 3 ball.
Teng natijalar yuzaga kelgan hollarda, ya'ni bir nechta nomzod bir xil umumiy ball to‘plagan vaziyatda, afzallik savol toifalarining har biri bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan nomzodga quyidagi ustunlik tartibida beriladi:
1. C toifadagi savollar bo‘yicha ball
2. B toifadagi savollar bo‘yicha ball
Nomzodlar barcha toifadagi savollar bo‘yicha bir xil umumiy va teng ball to‘plagan taqdirda, nomzodlarni tug‘ilgan sanasi bo‘yicha saralanadi, bunda yoshroq nomzod afzal ko‘riladi. Agarda hanuz o‘xshashlik mavjud bo‘lsa, Cambridge Assessment uni bartaraf qilish uchun mos usulni ishlab chiqadi.

Asosiy imtihonga muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Prezident maktablariga kirish imtihonidan o‘tishlari lozim. Bunga fikrlash qobiliyati (“Muammoni yechish va tanqidiy fikrlash”), “Ingliz tilidan test” (o‘qish va tinglash) kiradi. Har bir savol bir ballga teng bo‘ladi.
Teng natijalar yuzaga kelgan hollarda, ya'ni bir nechta nomzod bir xil umumiy ball to‘plagan vaziyatda ("Ingliz tilidan test", "Muammoni yechish va tanqidiy fikrlash testi" bilan birgalikda), quyidagi tartibda har bir fan bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan nomzod tanlab olinadi:
1. "Muammoni yechish" tarkibi bo‘yicha ball,
2. "Tanqidiy fikrlash" tarkibi bo‘yicha ball,
3. "Ingliz tilida o‘qish" tarkibi bo‘yicha ball,
4. "Ingliz tilida tinglash" tarkibi bo‘yicha ball.
5. Tug‘ilgan sanasi bo‘yicha (yoshroq nomzod tanlanadi)

Agarda hanuz o‘xshashlik mavjud bo‘lsa, Cambridge Assessment uni bartaraf qilish uchun mos usulni ishlab chiqadi.
Agarda o‘qishga kirgan talabgor Prezident maktabida o‘qishni rad etsa, yoki birinchi chorak davomida o‘qishni tark etsa, ro‘yxatdagi eng yuqori ball to‘plagan lekin o‘qishga kira olmagan nomzod bo‘shagan o‘ringa taklif qilinadi.
Cambridge Assessment ushbu imtihondagi tizimning shaffoflik va xavfsizlik jarayonini ta'minlagan holda, yakuniy qarorlar bo‘yicha murojaatlar yoki ballar bo‘yicha appelyasiya talablarini qabul qilmaydi. Ushbu holatni bartaraf etish maqsadida nomzodlar hujjatlarni topshirgan vaqtida ushbu tartib bilan tanishganliklarini imzo bilan tasdiqlashlari talab qilingan.

P.s. Shuning uchun farzandingizga, masala yechish va tanqidiy fikrlash bo'yicha ko'nikmalarni ko'proq shakllantirishni tavsiya qilamiz. Hali ham tayyorlanish uchun vaqt bor. Bizning pullik kanallarimiz sizga qisqa vaqtda tayyorlanishga yordam beradi!!

👉👉 @PMTESTS
👍117🤩20🔥19🎉12😱112