Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
🌍⚡️⚡️ Ilmga homiylik har birimizning burchimiz!!⚡️

🔷 Yurtimiz rus bosqinchilari tomonidan bosib olinib 1,5 asr davomida talandi. Tonnalab oltinlar, neft va boshqa moddiy merosimiz, ko'plab qimmatli kitoblarimiz olib ketildi. Hatto, momolarimiz taqib yurgan tilla taqinchoqlarigacha davlatga topshirildi. Yurtimizning ilmli qatlami yo’q qilindi. 900 ming vatandoshimiz O’zbekistondan bosh olib, xorijiy mamlakatlarga chiqib ketdi va bir million 700 ming yurtdoshimiz surgun qilindi. Ko’pchilik ziyolilar otib tashlandi.

Boyliklari talangan, ziyoli qatlami yo’q qilingan xalqimiz mustaqil bo’lganida boshqa xalqlardan ko’p jihatda orqada qoldi. Ko’pchilik davlatlar ilm-fan va texnologiyada yuksak marralarni zabt etishdi🧑‍🚀. Biz esa ular ishlab chiqargan eng zamonaviy teknikalardan foydalanishni ham bilmaydigan darajaga kelib qoldik. Chunki, xalqni qul qilishga qaratilgan nazariyalar ta’sirida ilmga e’tibor kamaygan, xalq faqat “qora” mehnat qilishi lozim degan tushunchalar paydo bo’lgan edi.

Xayriyatki, xalqimiz yaqin vaqtlardan beri najot – ilmda ekanligini anglab yetmoqda. Ota-onalar farzandlari ta’limi uchun bor mablag’larini sarflamoqdalar. Ilmga e’tibor davlat darajasiga ko’tarilmoqda. Ammo, yurtimizda hozir ham kamida 5 mln aholining kunlik daromadi 10 ming so’mdan oshmaydi. Ular iqtidorli farzandlarini qo’shimcha ta’lim olishiga sharoit yaratib bera olmaydi. Agar kimdir shu qatlamning iqtidorli farzandlarining ilm olishiga homiylik qilmasa yoki shunchaki ilmga qiziqtirmasa, kambag’al qatlam soni ortib boraveradi. Ammo, bir iqtidorli bola ta’lim olsa, u butun oila a’zolari va avlodlarini kambag’allikdan qutqaradi.

Ilmga yo’lidagi yoshlarga homiylik qilayotgan barcha yurtdoshlarimiz vatan oldidagi haqiqiy burchini bajarmoqdalar. Ularning farzandlaridan buyuk bobolarimiz kabi olimlar chiqsin! Qilayotgan ishlarida Alloh muvaffaqiyat bersin! (Kecha o’tkazilgan maxsus yutuqli olimpiadamiz ham shunday bir yurtdoshimiz mablag’lari hisobiga o’tkazildi.)

Insonning yurti uchun qilishi lozim bo’lgan eng katta ishi o’z farzandining mukammal ta’lim olishini ta’minlashidir. Agar u boshqa insonning ta’limiga ham mablag’ sarflasa, u bu ishni ikki karra amalga oshirgan bo’ladi. Zero, imom az-Zamaxshariy aytganlaridek, Ilmli (olim) bo‘linglar, loaqal ilmni izlovchi talaba yoki tinglab eshitadigan bo‘linglar, yoki ilmni qo'llab-quvvatlovchi homiy, ulamo va talabalarni sevuvchi bo'linglar, ammo to‘rtinchisi bo‘lmang, chunki kasodga uchrab halok bo‘lasizlar, halok bo'lasizlar, halok bo'lasizlar!

👉👉 @PMTESTS
👍78🔥23🤩14🎉12😱10
#Test_namunalari_2_bosqich
#Prezident_maktablari

❗️Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga o‘qishga kirish istagidagi o‘quvchilar diqqatiga!

⚡️Prezident maktablariga ikkinchi bosqich kirish imtihonlarining 5-sinf INGLIZ TILI fanidan test namunalari. (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
👍67🔥23🤩18😱14🎉14
O’zbekistonda bir kishi o’rtacha bir yilda 1500 kw elektr energiyasi sarflaydi. AQSHdagi komputerlarning o'zi bir yilda 650 mlrd kw sarflaydi. 35mln aholiga ega O’zbekistonning yillik elektr iste’molidan AQSHdagi kompyuterlar iste'moli necha marta ko'p?
Anonymous Quiz
15%
2 marta
23%
6 marta
27%
10 marta
22%
12 marta
12%
15 marta
👍143🎉59🔥51😱46🤩43
🎉136👍96🔥43🤩38😱31
Қадр сураси Қадр кечаси ҳақида

Қадр сурасида "лайлатул-қадр" калимаси уч марта келгани, бу сўз араб алифбосида 9 та ҳарфдан иборат бўлиб, уларни қўшса, 27 чиқиши, шунингдек, сура 30 калимадан иборат бўлиб, қадр кечасига ишора қилиб келган "у" ишора олмоши суранинг 27 нчи калимаси экани кўп бора эшитилган. Ушбу суратда эса яна бошқа ажойиб далолатлар кўрсатилибди.
Қадр сурасининг калималари 30 та, яъни Қуръоннинг жузлари ададича, ҳарфлари эса 114 та, яъни суралар ададича экан. Уч бора такрорланган "ал-қадр" сўзи сура калималари тартибида 5, 10 ва 12 нчи ўринларда келган экан. Ушбу ададларни жамланса, яна 27 чиқади.

© Hasan Al-Muqriy
👍161🔥32🎉21🤩21😱16
#kun_savoli: Karim sirkul yordamida yettita bir xil o'lchamdagi aylanani chizdi. Bu aylanalarning har bir jufti bir-biri bilan kesishadi, lekin hech qanday aylana boshqa aylana bilan ustma-ust tushmaydi. Ushbu yettita aylananing kesishish nuqtalarining umumiy soni ko’pi bilan qancha bo'lishi mumkin?

Javobni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi!
👍50🔥34🎉19🤩19😱10
2016-yildan bir lavozimda ishlab kelayotgan 1 vazir va 1 viloyat hokimi bor. 2012-yilda Tashqi ishlar vaziri bo'lgan A.Komilov bugun iste’foga chiqdi. Andijon viloyati hokimi SH.Abdurahmonov 2013-yildan beri o’z lavomizida.
Matn bo’yicha qaysi fikr xato?
Anonymous Quiz
21%
A.Komilov 10 yil davomida Tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab keldi.
35%
So’nggi 6 yil ichida lavozimi o’zgarmagan yagona rahbar (vazir yoki hokim) SH.Abdurahmonov.
25%
SH.Abdurahmonov 9 yildan beri Andijon viloyati hokimi lavozimida ishlab kelmoqda.
18%
SH.Abdurahmonov ham 10 yillik vazifasini o’tab, 2023-yildan o’z lavozimidan ozod etiladi.
👍154🔥79😱43🎉40🤩35
#kun_savoli_javobi: Bitta aylanada kesishish nuqtasi 0 ta, ikki aylana bir biri bilan ikki nuqtada kesishadi. Keyingi aylana har bir aylana bilan ikkitadan nuqtada kesishadi. Demak, oldingi aylanalar soniga ikki barobar nuqtalar soni ortib boradi. Aylana 2 ta bo’lsa, 2 ta. 3 ta bo’lsa, 2+2*2=6 ta, 4 ta bo’lsa, 6+3*2=12 ta, 5 ta bo’lsa, 12+4*2=20 ta, 6 ta bo’lsa 20+5*2=30 ta. 7 ta bo’lsa, 30+6*2=42 ta.
Demak, Karim chizgan aylanalar ko’pi bilan 42 ta nuqtada kesishadi.

Kun savoliga to'g'ri javob yuborgan ishtirokchilar 57-online testda bepul ishtirok etishlari mumkin. Bundan keyingi yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi!

👉👉 @PMTESTS
👍84🔥27🤩19🎉16😱14
To'rt xonali sonning raqamlari yig'indisi va ko'paytmasi bir-biriga teng bo'lsa, o'sha yig'indi yoki ko'paytma nimaga teng?
Anonymous Quiz
17%
6
26%
8
20%
9
23%
12
14%
16
👍198🔥70😱63🎉40🤩38
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Darslar amaliy mashg'ulotlar bilan yanada qiziq!!

Xitoylik o'qituvchilar dars jarayonlaridan lavhalar.

👉👉 @pmtests
👍126🔥43🤩33😱19🎉12
22-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi 👇👇
👍54🔥26🎉20🤩20😱9
👍65🔥26🤩24😱15🎉14
👍72🤩27🔥24😱13🎉10
👍80🤩28🔥27🎉24😱18
126796 natijalar.html
39.2 KB
22-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi natijalari.

Test kodi: 126796
👍29🔥20🎉16🤩9😱2
Qarindoshlik aloqasini uzgan kishi nafaqat o’ziga, balki minglab odamlarga ziyon keltiradi. Agar jamoada qarindoshi bilan aloqani uzgan bir inson bo’lsa, u sababli butun jamoaning duosi ijobat bo’lmaydi.

Matndan quyidagi qaysi fikrni aytish mumkin?
Anonymous Quiz
13%
Minglab odamlarga ziyon yetkazish uchun qarindoshlik aloqasini uzish kerak.
34%
Jamoada qarindoshi bilan aloqani uzgan inson bo’lmasa, u jamoaning duosi ijobat bo’ladi.
34%
Jamoaning duosi ijobat bo’lishi uchun ular orasida qarindoshlikni uzgan inson bo’lmasligi lozim.
19%
Qarindoshlariga yaxshi muomilada bo’lgan inson eng yaxshi inson hisoblanadi.
👍191🎉56🔥47🤩44😱42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ajoyib she'r, barcha ota-onalar uchun!!
Farzandlar sho'xlik qilsa, ularni qanday so'kish kerak.

👉👉 @pmtests
👍92🔥22🤩22🎉16😱5
Rasman: Ramazon hayiti 2 may kuni nishonlanadi.

Батафсил 👇👇👇
https://qalampir.uz/n/60505
🎉75👍67🔥27🤩16😱8