Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
👍16🔥13😱7🤩7🎉5
Odam mamlakat va insoniyat uchun qilishi mumkin bo‘lgan eng katta xizmat – bolalarini tarbiyalashidir.

©Bernard Shou

P.S. Vatanparvar inson faqat harbiy xizmat qilgan inson emas. Farzandiga yaxshi tarbiya berayotgan ota-onalar, g'ayrat bilan ilm olayotgan bolalar haqiqiy millat qahramonlaridir.

👉👉 @PMTESTS
🔥14👍8🎉7🤩7😱2
3,7+4,8=? Misol javobini Aziz 7,15 chiqardi. Karim 7,5 javobni, Nozim 8,5 va Mansur 8,05 javobni chiqardi. Kimning javobi to’g’ri?
Anonymous Quiz
19%
Aziz
17%
Karim
55%
Nozim
10%
Mansur
👍68🔥30🎉30🤩23😱18
Tanqidiy_fikrlash: Quyidagi so'zlardan qaysi biri oynali eshikka vertikal joylansa, eshikning ikki tomonidan ham bir xil ko'rinadi?
Anonymous Quiz
41%
NOON
18%
AVTO
13%
MOAN
20%
AKFA
8%
IMZO
🔥54👍39😱27🎉27🤩15
#kun_savoli: (5-sinflar bo’yicha o’tkazilgan online olimpiada savoli) Hisoblang:
1+2-3-4+5+6+7-8-9+10+…..+96+97-98-99+100=?


Javobni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi! Yechim tushuntirilmagan javoblar inobatga olinmaydi.

👉👉 @PMTESTS
🔥18🤩16👍9🎉8😱2
To’g’ri chiziqda A, B, C nuqtalar berilgan. A va B orasidagi masofa 5 ga, B va C orasidagi masofa esa 3 ga teng. A va C orasidagi masofa nechaga teng.
Anonymous Quiz
13%
2 yoki 10
50%
8
30%
8 yoki 2
6%
2
🎉51👍41😱24🔥21🤩20
#kun_savoli_javobi: Avval misolda berilgan 100 ta son ishoralarini aniqlab olamiz. Bu yerda ikki fikrni yuritish mumkin. Ikki fikrdagi ikki hol ham to’g’ri hisoblanadi:

1-hol: Sonlarning ishoralari har 10 ta sonda takrorlanadi. Birlar xonasida 3, 4, 8, 9 raqamlari bo’lgan sonlar ishorasi “-” minus, qolganlari “+” bo’lsin.
1+2-3-4+5+6+7-8-9+10+11+12-13-14+15+…+96-98-99+100. Agar shunday bo’lsa, manfiy ishorali ikki sondan oldingi va keyingi sonlar guruhlansa, har bir qavsdagi natija nol bo’ladi. 1+(2-3-4+5)+6+(7-8-9+10)+11+(12-13-14+15)+…+96+(97-98-99+100) =1+6+11+16+…+91+96 qoladi. Bunda 20 ta oldingisidan 5 ga farq qiluvchi sonlar qoldi. Bulardan ham 10 ta guruh hosil qilish mumkin: (1+96)+(6+91)+…+(46+51)=97*10=970. Dastlabki holdagi javob 970.

2-hol: Bu holda hisoblash kichik sinf o’quvchilari uchun nisbatan murakkab hisoblanadi. Manfiy ishorali sonlar kelish tartibi ikkitadan o’zgarmas, musbat ishorali sonlar soni 2, 3, 4 va hakazo ortib borayotgan bo’ladi. 1+2-3-4+5+6+7-8-9+10+11+12+13-14-15+…+96-98-99+100. Bu holda manfiy ishorali sonlar: 3, 4, 8, 9, 14, 15, 21, 22, 29, 30, 38, 39, 48, 49, 59, 60, 71, 72, 84, 85, 98, 99. Manfiy ishorali sonlar yig’indisi 957 ga teng. 1+2+3+…+99+100 yig’indidan ishbu manfiy ishorali sonlar yig’indisi ikki marta ayirilsa 2-holning javobi kelib chiqadi: 5050-2*957=3136. Javob: 3136

Ikki javobdan birini yuborgan ishtirokchilar to'g'ri javob yuborgan hisoblanadi. Kun savoliga to'g'ri javob yuborgan ishtirokchilar 30-online testda bepul ishtirok etishlari mumkin. Bundan keyingi yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi!

👉👉
@PMTESTS
👍17🔥14🤩12😱7🎉4
Muammoli masalalar: A 1dan 9gacha bo'lgan raqamlardan biri. Agar A,A+AA=A,A*AA o'rinli bo'lsa A raqam haqida quyidagilardan qaysi biri to'g'ri.
Anonymous Quiz
25%
A tub son
27%
A murakkab son
27%
A murakkab son emas
21%
A juft son
👍56🎉48🔥30😱22🤩13
Muammoli masalalar: Kompyuter virusi diskga tushgandan so'ng har kuni ikki marta ko'payib boradi. Alisher antivirus o'rnatmaganligi sababli virus 20kun ichida diskning hamma qismini egallab zarar yetkazdi. Virus nechanchi kuni diskning yarmini egallagan.
Anonymous Quiz
38%
10
26%
15
22%
5
15%
19
🔥66👍47😱31🤩22🎉20
Ushbu yig'indilardagi mantiqni topib, so'roq o'rnidagi sonni hisoblang!
1+2=12
2+4=24 3+5=32 4+8=48 5+6=?
Anonymous Quiz
51%
56
9%
42
19%
44
14%
51
7%
72
👍70🔥48🎉42😱39🤩26
#mantiqiyfìkrlash
Ikkiga birni qo'shib, ikkidan birni ayirsa qanday natija chiqadi?
@pmtests kanaliga a'zo bo'ling.
Anonymous Quiz
13%
3
33%
1
22%
2.5
8%
1.5
24%
Savol ikkita bo'lib qolgan
🔥51👍43😱38🎉31🤩13
#mantiqiyfikrlash
Bir oilada 5 qiz bor ekan. 1-kitob o'qiyapti, 2 -shaxmat o'ynayapti, 3-ovqat yeyapti, 4-yig'ishtiryapti, 5-nima qilyapti?
Anonymous Quiz
8%
Mehmonga ketgan.
13%
Televizor ko'ryapti.
61%
Shaxmat o'ynayapti.
12%
Uxlayapti.
6%
O'rtog'i bilan ko'chada o'ynayapti.
👍91🎉41🔥38😱24🤩13
Туғиб ташлаш билан бўлмас бола, бўлгай бало сизга,
Вужуди тарбият топса, бўлур ул раҳнамо сизга,
Темирчининг боласи тарбият топса, бўлур олим,
Бузилса хулқи, Луқмон ўғли бўлса, бўлғуси золим.

Абдулла Авлоний (@domlajon)

👉👉 @PMTESTS
👍43🔥20🎉11🤩9😱6
Tomonlari turli rangdagi kubning bir tomonidan qarasak ko’k, oq va sariq ranglarni ko’ramiz. 2-tomondan qarasak qora, ko’k va qizil ranglarni 3-tomondan qarasak yashil, qora va oq ranglarni ko’ramiz. Oqning qarama – qarshi tomonida qanday rang joylashgan?
Anonymous Quiz
19%
qizil
22%
ko'k
31%
qora
17%
yashil
11%
sariq
👍85🎉50🔥40😱35🤩21
#Fakt
#A_Level_imtihoni

A-LEVEL IMTIHONI HAQIDA BILISHINGIZ KERAK BO'LGAN 7 FAKT

1️⃣ A-Level sertifikati dunyoning 95 mamlakatidagi 1750dan ortiq (jumladan, Times Higher Education tashkiloti tomonidan TOP 20 talikka kiritilgan, shuningdek Buyuk Britaniyada joylashgan) oliygohlarda tan olinadi.

2️⃣ 2021-2022-o‘quv yilidagi imtihonlarni Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi Prezident maktablari o‘tkazadi.
❗️2022/2023-o‘quv yilidan e'tiboran Respublikamiz hududidagi barcha Prezident maktablari mazkur imtihonlarni o‘tkazishi rejalashtirilgan.

3️⃣ Imtihonlar an’anaviy tarzda yilda 2️⃣ marta - oktabr-noyabr hamda may-iyun oylarida bo‘lib o‘tadi.
❗️Kuzgi imtihonlar uchun nomzodlar avgust-sentabr oylarida, may-iyundagi imtihonlar uchun esa yanvar-fevral oylarida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

4️⃣ Cambridge Assessment imtihon uchun 5️⃣0️⃣ dan ortiq turdagi fanni taqdim etadi, talabgor esa3️⃣ tadan 5️⃣ tagacha fan tanlaydi❗️

5️⃣ Cambridge Assessment A-level'dan tashqari AS va IGCSE sertifikatlarini ham beradi.
Prezident maktablari o‘quvchilari:
- IGCSE imtihonini — 8-9-sinfda,
- AS imtihonini —10-sinfda,
- A-level'ni — 11-sinfda topshirishadi.
❗️Chetdan kelgan (Prezident maktablari o’quvchisi bo’lmagan) talabgorlar nechanchi sinfda o‘qishidan qat’i nazar, o‘z bilimi va xohishiga qarab, istalgan turdagi imtihonni topshirishi mumkin.

6️⃣ O‘zbekistonda talabgorlarni ro‘yxatga olish 2️⃣0️⃣- yanvardan keyin boshlanadi.

7️⃣ Imtihon javoblari avgust oyida pochta orqali yuboriladi.
👍43🔥19😱15🤩14🎉11
Velosiped poygasida ayalana shaklidagi maydonni Rustam 6 daqiqada 1 marotaba aylanadi, Karim esa 4 daqiqada aylanadi. Agar ular bir vaqtda poygani boshlashgan bo'lsa, qancha vaqtdan keyin Karim, Rustamdan 1 kurug oldinga o'tadi?
Anonymous Quiz
27%
8
30%
10
36%
12
7%
18
👍114🔥47🎉42😱30🤩27
#tanqidiy fikrlash: Agar kecha ertaga kelganida edi, bugun yakshanba bo'lar edi. Savol bugun qaysi kun?
Anonymous Quiz
32%
Shanba
17%
Yakshanba
29%
Dushanba
18%
Seshanba
4%
Chorshanba
👍94🎉70😱62🔥39🤩28