Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Muammoli masalalar: aaaabbbb sakkiz xonali son bo'lib, uning raqamlari yig'indisi ab ikki xonali son bo'lsa, a+b quyidagilarning qaysi biriga teng bo'la olmaydi?
Anonymous Quiz
23%
3
18%
6
24%
9
21%
12
14%
15
👍28😱22🔥20🎉8🤩5
Tanqidiy fikrlash: Sinfda 14o'quvchi bo'lib, ular haftaning qaysi kunida tug'ilganligini qog'ozga yozib chiqishdi.
Quyidagi tasdiqlardan qaysi biri har doim to'g'ri bo'ladi?
Anonymous Quiz
21%
Haftaning har bir kunida 2tadan bola tug'ilgan
26%
7ta bola haftaning bir kunida tug'ilgan
44%
Kamida 2ta bola haftaning bir kunida tug'ilgan
10%
Yakshanba kuni 2ta bola tug'ilgan
🎉29👍21🔥20🤩15😱14
🏆🏆10-yutuqli olimpiada g'oliblari aniqlandi!!🏆

(Keyingi yutuqli olimpiada 2022-yil yanvar oyida o'tkaziladi)

4-5-sinflar


1. 🏆 Axatova Asal Axtam qizi
(Buxoro, G'ijduvon, 41-maktab, 4-sinf)
2. 🥈 Raimov Dilshodbek Rustamjon o'g'li
(Andijon, Bo'ston, 1-maktab, 5-sinf)
3. 🥉 Homidov Bobur Asad oʻgʻli
(Jizzax, Forish, 78-maktab, 5-sinf)


6-7-sinflar

1. 🏆 Rasulov Muhammadali Fayyoz o'g'li

(Buxoro, G'ijduvon, 37-maktab, 6-sinf)
2. 🥈 Muxtoraliyev Yorqinjon Vohidjon o'g'li
(Farg‘ona, Oltiariq, 1-IDUM, 7-sinf)
3. 🥉 Doniyorov Abror Zayniddin o'g'li
(Qashqadaryo, Qarshi, 9-maktab 7-sinf)


8-9-sinflar

1. 🏆 Akramov Nurnazar Nuriddin o'g'li
(Navoiy, Nurota, G'ozg'on, 1- maktab, 9 sinf)
2. 🥈 Salim Jabborov Suxrob o'g'li
(Navoiy, Nurota, G'ozg'on, 1- maktab, 9-sinf)
3. 🥉 Bekmirzayev Azimjon Ahmadjon o'g'li
(Namangan sh. 3-sonli DIMI 8-sinf)


G'oliblarni muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz. Ushbu natijalarga erishishiga sabab bo'lgan ota-onalari va ustozlariga rahmat aytamiz!!

Barcha o'quvchilarni keyingi olimpiadalarimizda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz. Har oyda muntazam olimpiadalar bilan bilimingizni boyitib, mukofotlarga ega bo'lishingiz mumkin!


👉👉
@pmtests
👍16🔥13🎉6🤩6😱2
#Olimpiada_taassurotlari

Yutuqli olimpiada nima uchun o’tkazilmoqda va 10-olimpiada qanday o’tdi??

🔶 Repetitsion testlarning o'zi kamlik qildi...

O’quvchilarni test yechishga o’rgatishning eng samarali usuli ko’proq test yechish va xatolarni tahlil qilishdir. Shuning uchun 2020-yil aprel oyida Ramazon oyi boshlanishi munosabati bilan 30 talik testlar o’tkazishni boshladik. 2021-yil fevral oyigacha 75 ta online test o’tkazdik. Shu vaqt oralig’ida ko’pchilik o’quvchilar katta qiziqish bilan testlarni yechishdi va tahlil qilish orqali natijalarini yaxshilashga erishishdi. Ammo, ..

Farzandining test yechishidan ko’ngli to’lgan ota-onalar og’zaki savol-javoblar orqali farzandlari bilimini tekshirib berishimizni so’rab murojaat qilishardi. 20 ga yaqin o’quvchilarni og’zaki savol-javob qilganimizda ularning savol-javobdagi natijalari qoniqarsiz ekanligini bildik. Shunda o’quvchilar bilan savol-javob tarzida musobaqa tashkil qilish g’oyasi tug’ildi. Barcha bilan savol-javob qilishning imkoni bo’lmagani uchun eng sara xalqaro matematika olimpiadasi testlari bilan o’quvchilarni saralab olishga kelishildi. Iqtidorli o’quvchilarni rag’batlantiruvchi homiylar topildi va 2021-yil 7-fevralda 1-yutuqli olimpiada o’tkazildi.

🔶 10-yutuqli olimpiada qanday o’tdi?

Olimpiadani o’tkazish katta mehnat talab qiladi. Eng sara savollar ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilinadi. Keyin sinflarga mos tarzda 20 talik testlarga ajratiladi. 1-bosqichdagi testdan o’tgan o’quvchilar 2-bosqichda birma-bir savol-javob qilinadi. 19-dekabr dam olish kuni jamoamiz bilan 15:00 da ishxonaga bordik. 16:10 da zoom ilovasida savol-javobni boshladik. Soat 22:10 da 8-9-sinflarni savol javobini tugatdik. 23:00 dan boshlab ma’lumotlarini to’liq tashlagan g’oliblarga mukofotlarini o’tkazishni boshladik. BARCHA G'OLIBLARGA mukofotlari o’tkazib berildi.

Ba’zan yaqinlarim: “senga 8 soatlab o’quvchilar bilan savol-javob qilish zarurmi?!” – deb savol berishadi. Men aytamanki, ha faqat men uchun emas, sen uchun ham, boshqalar uchun ham HAMMAMIZ UCHUN IQTIDORLI O’QUVCHILARNI BILIMINI OSHIRISH BO’YICHA QO’LIMIZDAN NIMA KELSA, SHUNI QILISH ZARURDIR.

Zero, buyuk bobolarimiz aytganidek,
"Olim bo'linglar, yoki ilm oluvchi bo'ling, yoki ularni qo'llab-quvvatlovchi, rag'batlantiruvchi, ularni yaxshi ko'ruvchi bo'ling. Agar shulardan biri bo'lmasangiz halok bo'lasiz, halok bo'lasiz, halok bo'lasiz!!!"


@PMTESTS
👍21🔥8🤩7😱3
#tanqidiy_fikrlash: stol atrofida 5kishi aylana bo'lib o'tirishibdi. Ulardan ba'zilari faqat rost, ba'zilari faqat yolg'on gapiradi. Agar ularning hammasi "Mening ikki qo'shnim ham yolg'onchi" deb aytsa ular ichida ichida nechta odam rost gapirgan?
Anonymous Quiz
34%
2
34%
3
19%
4
12%
5
🎉34🤩20🔥16😱15👍13
Mirkomil va Salim poyezdning yonma-yon vagonlarida kelishmoqda. Mirkomil oldingi vagonda. Agar Mirkomil oxiridan 17-vagonda, Salim esa boshidan 13-vagonda bo'lsa poyezdning nechta vagoni bor?
Anonymous Quiz
41%
30 ta
23%
29 ta
24%
28 ta
12%
31 ta
👍42🎉27🔥15😱13🤩9
Uydan chiqishimda uydagi soat 8:30 edi. Ishxonaga borsam u yerdagi soat 8:50 ekan. Ishxonadagi soat 17:00 bo’lganida uyga ketib, uydagi soat 17:40 bo’lganida uyga yetib bordim. Borish va kelish bir xil vaqt olsa, uydagi soat ishxonadagi soatdan …
Anonymous Quiz
21%
10 minut oldinda
23%
10 minut orqada
42%
20 minut oldinda
13%
20 minut orqada
🔥33👍19🤩17😱13🎉12
#Tanqidiy_fikrlash: Avvalgi kitoblarda “Buxoro amiri va Imom Buxoriy”, “mo’g’ul sarkardasi va Najmiddin Kubro” kabi jumlalar ko’p uchraydi. Lavozim o’zgaruvchan va olimlik bilan taqqoslaganda kichik daraja bo’lgani uchun olimlar ismi bilan hatto yurtning rahbarlari ismi zikr qilinmagan. Aslida bu mantiqga to’g’ri keladi.
Biror rahbarning ismini ko’p zikr qilish adolatsizlikdir. Bu xuddi jamoaning barcha ishi o’sha rahbar tomonidan bajarilganday taassurot uyg’otadi. Hozirgi xabarlarda agentlik direktori falonchiyeva pistonchi ilm dargohiga tashrif buyuradi va ko’rsatmalar berib keladi. Go’yoki, ilm dargohlarida rahbardan ko’ra olimroq va ko’rsatmasi ahamiyatliroq biror kishi yo’qday.

Media olimlarni mashhur qilishga harakat qilishi kerak. Doim agentlik rahbarining ismi zikr qilinishi yangilik o’quvchilarini zeriktiradi. Yangilik yoki tashrifning dolzarbligini tushirib yuboradi. Yangiliklarda: “Agentlik direktori (ismi yozilmasin) maktabning tajribali o’qituvchisi professor Falonchiyev Pistonchining ta’lim sohasidagi maslahatlarini yuqori baholadi. Yoki agentlik rahbari (ismsiz) mashhur olim Falonchiyev Pistonchi dars beruvchi muassasaga tashrif buyurdi” – deyilsa maqsadga muvofiqroq bo’lar edi.
👇👇👇👇👇👇👇
👍20🔥11🤩11🎉5
#kun_savoli: Hamyonda 25 sentlik, 10 sentlik, 5 sentlik va 1 sentlik tangalar to'plami mavjud. Hamyondagi tangalarning o‘rtacha qiymati 17 sent. Agar hamyondan bir sent olinsa, tangalarning o'rtacha qiymati 18 sentga aylanadi. Hamyonda nechta 5 sentlik bor?

Javobni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi! Yechim tushuntirilmagan javoblar inobatga olinmaydi.

👉👉
@PMTESTS
👍8🔥7
#kun_savoli_javobi: Tangalar soni X ta bo’lsin. U holda barcha tangalar yig’indisi 17X ga teng bo’ladi. Agar undan 1 ta bir sentlik olinsa, tangalar yig’indisi 17X-1 yoki 18•(X-1) bo’lib qoladi. Bundan tangalar soni 18•(X-1)=17X-1 => 18X-18=17X-1 => 18X-17X=18-1 => X=17 ta ekanini topamiz. Agar tangalar soni 17 ta bo’lsa, jami tanga pulning qiymati 17•17=289 sent bo’ladi. Jami 17 ta tanganing kamida 4 tasi 1 sentlik. Chunki, qolgan tangalar miqdori 5 ga karrali. Agar 9 ta tanga 1 sentlik bo’lsa, qolgan 8 ta tanganing har bir 25 sentlik bo’lsa ham jami 289 dan kam bo’lib qoladi. Demak, 1 sentlik tangalar 4 ta. Qolgan 13 ta tanganing jami qiymati 285 sent bo’ladi. 13 ta tangalar orasida 25 sentliklar soni 10 tadan ko’p. Chunki, agar 10 ta tanga 25 sentlik bo’lsa, qolgan barcha tangalar 10 sentlik bo’lsa ham 25*10+10*3=280 bo’lib 285 dan kam bo’lib qoladi. Demak, kamida 11 ta tanga 25 sentlik. Agar 11 ta tanga 25 sentlik bo’lsa, qolgan ikkita tanga qiymati 285-11*25=10 bo’ladi. Demak, bu ikki tanganing har biri 5 sentlik tangalar. 25 sentliklar soni 12 ta bo’la olmaydi. Demak, tangalar soni faqat quyidagi holatda bo’lishi mumkin: 25 sentlik 11 ta, 10 sentlik 0 ta, 5 sentlik 2 ta va 1 sentlik 4 ta.
Javob 5 sentlik 2 ta tanga bor.

Kun savoliga to'g'ri javob yuborgan ishtirokchilar 26-online testda bepul ishtirok etishlari mumkin. Bundan keyingi yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi!

👉👉
@PMTESTS
👍9😱9🔥8🤩6
#Muammoli_masalalar: Qurbaqa 28 metr chuqurlikdagi quduqga tushib ketdi. U kunduzi 3m yuqoriga chiqib, kechasi 2m pastga tushadi. Qurbaqa quduqdan necha kunda chiqadi?
Anonymous Quiz
33%
28
18%
27
22%
26
14%
25
12%
14
👍60🔥24😱21🤩14🎉12
4-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi 👇👇
👍20🔥14🤩9😱5
👍22🤩10🔥8🎉3
#Saralash_imtihon_savollari: So'roq o'rnidagi sonni toping:
1000000 sm³= ? m³
Anonymous Quiz
29%
10000
25%
1000
20%
100
8%
10
17%
1
👍33🎉26🔥19😱19🤩9