Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Muammoli masalalar: 5xonali ikki son yig'indisi 6xonali son chiqdi: OXOXO+AXAXA=AXAXAX
Agar har bir harfga faqat bitta raqam mos kelsa O+X+A ning qiymatini toping.
Anonymous Quiz
13%
8
18%
9
35%
10
24%
12
10%
14
👍24🎉23🔥15🤩5😱4
Sun’iy yo’ldosh yer orbitasini 1 soat 40 daqiqada aylanib chiqadi. Sun’iy yo’ldosh teskari yo’nalishda shu masofani aylanib chiqish uchun qancha vaqt ketadi?
Anonymous Quiz
16%
2 soat
21%
80 minut
55%
100 minut
9%
40 minut
🎉34👍29🔥13😱7🤩5
📌📌AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA KIRISH IMTIHONLARINING TARTIBI QANDAY?

Muhammad
al Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabi:
▶️5-sinfga ariza topshirgan nomzodlar uchun 40 ta test topshiriqlari beriladi. Jumladan:

🔸Matematika fanidan 30 ta test, shundan 10 ta mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savollar beriladi - 93 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan);
🔸Ingliz tili fanidan 10 ta test - 11 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 balldan).

▶️10-sinfga ariza topshirgan nomzodlar uchun 40 ta test topshiriqlari beriladi. Jumladan:

🔸Matematika fanidan 10 ta test savoli, shundan 5 ta mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savol – 31 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan);
🔸Informatika fanidan 10 ta test savoli – 31 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan);
🔸Fizika fanidan 10 ta test savoli – 21 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 balldan);
🔸Ingliz tili fanidan 10 ta test savoli – 11 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 balldan).

Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktabi:
▶️ 7-sinflar uchun
40 ta test topshiriqlari, jumladan:
🔹Bilogiya fanidan 20 ta test savoli– 62 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan);
🔹Matematika fanidan 10 ta test savoli, shundan 5 ta mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan – 21 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 baldan);
🔹Ingliz tili fanidan 10 ta test savoli – 11 ballh (ar bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 baldan).

▶️8-sinflar uchun 40 ta test topshirig'i, jumladan:
🔸Biologiya-kimyo fanidan 20 ta test savoli – 62 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan);
🔸Matematika fanidan 10 ta test savoli, shundan 5 ta mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan – 21 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 baldan);
🔸Ingliz tili fanidan 10 ta test savoli – 11 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 baldan).

Mirzo Ulug'bek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab-internati:
▶️7-sinflar uchun 40 ta test topshirig'i, jumladan:
🔹Matematika fanidan 20 ta test savoli, shundan 10 ta mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savol – 62 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan);
🔹Fizika fanidan 10 ta test savoli – 21 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 baldan);
🔹Ingliz tili fanidan 10 ta test savoli – 11 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 baldan).

▶️8-sinflar uchun 40 ta test topshiriqlari, jumladan:
🔸Matematika fanidan 20 ta test savoli, shundan 10 ta mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savol– 62 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan);
🔸Fizika fanidan 10 ta test savoli –21 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 baldan);
🔸Ingliz tili fanidan 10 ta test savoli – 11 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 baldan).

🔰Kirish imtihonida berilgan topshiriqlarni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt ajratiladi, imtihonlarning qayta o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍14🔥7🎉4🤩3
"O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi" - National Anthem…
10-dekabr “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.

Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘yi, maslak-maqsadi mujassam.

👉👉 @PMTESTS
👍13🔥7😱2🤩1
Poyezdda 12 ta vagon bo’lib, har bir vagon bir xil sondagi kupe (xona)larga ega. Muhammadamin 18-kupeda va bu 3-vagon hisoblanadi. Muhammadali esa 7-vagondagi 50-kupeda o’tiribdi. Bitta vagonda nechta kupe bor?
Anonymous Quiz
17%
7
27%
8
23%
9
20%
10
12%
12
👍35🎉22🔥13😱10🤩6
2-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi 👇👇
👍17🔥7🤩7
#kun_savoli: Toshkent AKVAPARK suzish havzasi haftada yetti kun ochiq bo’ladi. Ushbu markazda Laziz, Muso, Nodir va Olim kabi to'rtta qutqaruvchi bor, ularning har biri haftada to'rt kun ishlaydi. Hech kim ketma-ket to'rt kun ishlamaydi va har kuni kamida ikkita qutqaruvchi, uchtasi shanba va yakshanba kuni navbatchilik qiladi.
Biz yana quyidagilarni bilamiz:
• Laziz dushanba yoki shanba kuni ishlamaydi.
• Muso seshanba, payshanba yoki juma kuni ishlamaydi.
• Nodir chorshanba yoki juma kuni ishlamaydi.
• Olim har doim payshanba kuni ishlaydi.
Quyidagilardan qaysi biri to’g’ri bo’lishi mumkin?
A) Laziz payshanba kuni ishlaydi.
B) Laziz seshanba kuni ishlamaydi
C) Olim dushanba va seshanba kunlari ishlaydi.
D) Uch kishi dushanba kuni ishlaydi.
E) Nodir yakshanba va dushanba kunlari ishlaydi.
F) Olim shanba kuni ishlamaydi

Javobni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi! Yechim tushuntirilmagan javoblar inobatga olinmaydi.

👉👉
@PMTESTS
👍13🤩6🔥5😱4🎉3
Karima opaning ikki mushug’i va bir nechta tovuqlari bor. U bir vaqtda barchasiga don va non beradi. Bugun u non va don berish uchun hovliga chiqqanida u tomonga 30 ta oyoq yaqinlashib keldi. Karima opaning nechta tovuqlari bor?
Anonymous Quiz
28%
15
12%
14
21%
13
12%
12
27%
11
👍32😱17🔥12🎉12🤩7
#kun_savoli_javobi. Nodir dushanba va yakshanba kunlari ishlaydi. (Yoki yakshanba va dushanba kunlari E javob)
👍10🔥7🎉3🤩2
#kun_savoli_javobi: (batafsil izoh)
Aniq ma’lumotlar asosida noma’lumlarini aniqlashtirib boramiz. Agar Laziz dushanba va shanba kuni ishlamasa, u yakshanba kuni ishlashi kerak. (“yoki” so’zi bu yerda “va” ma’nosini beradi. Chunki, hafta kunlari 7 ta va doim shu kunlar ketma-ketligi o’zgarmaydi). Agar Laziz yakshanba ham dam olsa, haftada 4 kun ketma-ket ishlashi kerak bo’lib qoladi. Muso seshanba, payshanba yoki juma kuni ishlamaydi. Demak, Muso dushanba, chorshanba, shanba va yakshanba kunlari ishlaydi. Nodir chorshanba va juma kuni ishlamaydi. U holda Nodir payshanba kuni ishlaydi. Aks holda, u ketma-ket 4 kun ishlashi kerak bo’lib qoladi. Shanba va Yakshanba kunlari uch kishi ishlaydi va Laziz shanba dam oladi. Bundan shanba kuni qolgan uch qo’riqchi Muso, Nodir va Olim ishlashini bilish mumkin. Juma kuni Muso bilan Nodir dam oladi. Demak, juma kuni Laziz va Olim ishlaydi. Olim shart bo’yicha payshanba ishlaydi. Biz topgan ma’lumotlar bo’yicha esa juma va shanba kunlari ham ishlayapdi. Demak, Olim chorshanba va yakshanba kunlari dam oladi. Aks holda, u haftada 4 kun ketma-ket ishlagan bo’lib qoladi. Yakshanba kuni Olim dam olsa, Nodir yakshanba kuni ishlaydi. Chorshanba kuni Nodir va Olim dam olishini bilamiz. Demak, Chorshanba kuni Laziz Muso bilan ishlashi kerak. Laziz yana seshanba yoki payshanba kuni ishlashi kerak. Agar u payshanba kuni ishlasa, u holda dushanba va seshanba kuni ikkitadan qo’riqchi ishlamaydi. Demak, Laziz seshanba kuni ishlaydi va Payshanba dam oladi. Hozirgacha aniqlagan ma’lumotlarimizdan quyidagini aytish mumkin. Dushanba va Seshanba kunlari Nodir va Olim navbat bilan ishlaydi. Agar Olim dushanba ishlasa, Nodir seshanba ishlaydi yoki aksincha. Variantlardagi yagona to’g’ri bo’lishi mumkin gap Nodir dushanba va yakshanba kunlari ishlaydi.

Kun savoliga to'g'ri javob yuborgan ishtirokchilar 24-online testda bepul ishtirok etishlari mumkin. Bundan keyingi yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi!

👉👉
@PMTESTS
👍11🔥6🤩6🎉2
Quyonlar oilasi sabzi va karamlar bilan oziqlanadi. Ular bir kunda yoki 2 ta karam yoki 10 ta sabzi yeyishadi. O’tgan hafta ular 6 ta karam yeyishgan bo’lsa, o’sha hafta nechta sabzi yeyishgan?
Anonymous Quiz
11%
20
34%
30
18%
34
30%
40
7%
50
🎉28😱19👍17🔥15🤩10
“Xalqaro mulk daxlsizligi” reytingida 2020-yil O’zbekiston 92-o’rin edi (128ta davlat). 2021-yilda u 14ta davlatdan o’tib ketdi. Ammo reytingga yangi qo’shilgan 11ta davlatdan 7tasining ko’rsatkichi undan yaxshiroq edi. O’zbekistonning reytingdagi o'rni..
Anonymous Quiz
24%
99
41%
85
23%
83
12%
78
🎉32👍24😱11🤩8🔥5
#Qaror_ijrosi
#Prezident_maktablari

⚡️PREZIDENT MAKTABLARIGA PREZIDENT SOVG’ASI TOPSHIRILDI

🔰O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-sonli "Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarorida, jumladan 2023-yil 1-yanvarga qadar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan har bir hududdagi Prezident maktablarini bittadan avtobus bilan ta'minlash belgilab qo'yilgan edi.

🔸Bir necha kun oldin Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablariga Prezident sovg’asi - avtobuslar topshirildi.

🏢 Avtobuslar Guliston, Namangan, Buxoro, Qarshi, Samarqand, Farg'ona, Xiva va Termiz shaharlaridagi Prezident maktablariga taqdim etildi.(@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
👍11🎉10🔥6🤩5😱4
Iqtisodchilar aholisi 1mrld 400 mln kishidan ortiq bo’lgan Xitoyni ijtimoiy xavfli mamlakat deyishadi. Aholisi 7mln bo’lgan Qig’iziston uning qo’shnisi. Agar 1% xitoylik Qirg’istonga ko’chib kelsa, u yerdagi xitoylar va qirg’izlar nisbati qanday bo’ladi?
Anonymous Quiz
18%
Xitoylar va qirg’izlar soni teng bo’lib qoladi.
29%
Xitoylar qirg’izlardan ikki marta kam bo’ladi.
38%
Xitoylar qirg’izlardan ikki marta ko’p bo’ladi.
15%
Xitoylar qirg’izlardan uch marta ko’p bo’ladi.
🔥26🎉18👍16😱16🤩8
Azamat ikki xonali sonni darajaga oshirdi. Natija uch xonali son chiqdi. Keyin u raqamlarni harflarga almashtirdi:
VA^X=INA. Bu yerda X darajani bildiradi.
Ushbu I+N+A ning qiymatini toping.
Anonymous Quiz
13%
14
23%
12
32%
15
22%
16
10%
18
🔥30👍23🎉16😱13🤩13
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Фарзандим_Президент_мактаби_ўқувчиси
#Buxoro_Prezident_maktabi

FARZANDI PREZIDENT MAKTABIDA O‘QIYDIGAN OTA-ONALAR BILAN SUHBATLASHISHDA DAVOM ETAMIZ.

🔸Sadriddin Sayfiyev - bog'bon, Gulnora Sayfiyev esa uy bekasi. Oilada yagona farzand bo'lgan Azizbek Saidov Buxoro shahridagi Prezident maktabining 8-sinfida tahsil oladi.

- Imtihon natijalari e'lon qilinib, o'g'lim 7-o'rinda Prezident maktabiga o'qishga kirganini eshitganimdagi quvonchimizni tasvirlab berolmayman. Umid qilamanki, Azizbek yurtimizga foydasi tegadigan inson bo'lib yetishadi, deydi Gulnora opa.

- Haqiqat bor ekan... Biz Prezident maktabining ochilish marosimiga bordik, yaratilgan qulayliklar bilan tanishdik. Bunday shaoitlar avval bo'lmagan. O'g'lim kelajakda diplomat bo'laman, deydi - niyatiga yetqazsin, deydi Sadriddin aka. (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
🔥8👍6🤩5🎉4😱2