Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
#dolzarb: Insonning vaqti oltindan qimmat va uni kuttirishga hech kimning haqqi yo'q!

Kecha bir nechta postlarni o'qib menda bir qancha mulohazalar paydo bo'ldi. (t.me/xushnudbek/12146). Biz vaqtimizni qiymatini shu qadar past baholaymizki, natijada ko'p narsalardan mahrum bo'lamiz. Har bir bekor o'tgan soniyalar agar foydali ishlarga, ilmga sarflansa mamlakat gullab yashnaydi. Ammo ilmga va vaqtning qadriga e'tibor berilmasa natija juda yomon bo'ladi. Hozir ikki mamlakat haqida so'z yuritamiz.

Bolam, biz agar aqlimizni ishga solmasak, vaqtdan unumli foydalanib o’qimasak, och qolib o’lamiz!! (Yaponiya)

Yaponiya deyarli hech qanday neft yoki tabiiy gazga ega bo'lmagan orol-mamlakat. Uning yerlari ham unumdor hisoblanmaydi. Unda faqat guruch yetishtirish mumkin. Ammo qishloq xo’jaligi mahsulotlari aholisining 30 %ining ham iste’moliga yetmaydi.

Yapon xalqi yosh avlodga yurti haqida shunday deydi: “Bolalarim biz bir kambag’al o’lkada yashaymiz. Bizda tabiiy boyliklar juda kam. Agar sizlar o’qib boshqalardan bilimliroq bo’lmasangiz, biz eng kambag’al xalqqa aylanamiz. Xatto och qolamiz. Sizlar boshqa xalqlardan orqada qolmasligimiz uchun harakat qilinglar!” Shuning uchun yapon bolalarining ta’limga munosabati o’zgacha. Yaponiyada hatto oziq-ovqat do'konlarida jurnallar va kitoblar sotiladi.

Bugungi kunda yaponiyada deyarli kambag’al aholi yo’q. Farovonlik darajasi bo’yicha dunyoda eng yuqori o’rinlarda. Gaz, svet, internet va iste’moldagi boshqa xizmatlarda kunlik kechikish yoki uzulishlar yo’q hisobida. Atiga bir necha soniyalarga to’g’ri keladi. Temir konlariga ega bo’lmasa ham eng ko’p mashina va robototexnikalar yaponiyada ishlab chiqariladi. Eng arzon va sifatli mashinalar birinchi navbatda yapon xalqi uchun ishlab chiqariladi. Yaponiyada jamoat transporti va poyezdlar 1 daqiqadan ko’p kechikmaydi. Insonning vaqti oltindan qimmatligi, uni kuttirishga hech kimning haqqi yo’qligi asosiy tamoyil hisoblanadi.
____________________________

Bolam, biz juda ham ko’p yerosti va yerusti boyliklarga ega betakror, jannatmakon yurtda yashaymiz! (O'zbekiston)

O‘zbekiston tabiiy boyliklari ko’p va xilma-xil bo’lgan mamlakat. Gaz qazib olish bo’yicha dunyoda 13-o’rinda, Oltin qazib olish bo’yicha dastlabki 10 talikda. Yerlari hosildor va mamlakat aholisini to’liq oziq-ovqat bilan ta’minlashi mumkin.

Bu boyliklar haqida maktabga o’quvchilarga ham ma’lumot beriladi. O’quvchilarga bizning hamma narsamiz borligi: gazimiz, neftimiz, hosildor yerlarimiz, mashina ishlab chiqaradigan zavodimiz borligi aytiladi. Ammo o'quvchilarga boshqa xalqlardan ustun bo’lishimiz uchun bu boyliklar yetmasligi haqida kam gapiriladi.

Bugungi kunda O’zbekiston aholi jon boshiga daromad bo’yicha dunyoda 173-o’rinda bo’lib, dunyoning eng kambag’al 50 ta davlatidan biri hisoblanadi. Dunyoda o’rtacha daromad kishi boshiga yillik $11 000 bo’lsa, O’zbekistonda atigi $1 750. O’zbekiston gaz ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda yetakchi mamlakatlardan biri bo’lishiga qaramay aholi qish kunlarida gaz yetishmasligidan qiynaladi. Elektrdagi uzulishlar sabab qishloq hududlarida ishlab chiqarish rivojlanmagan va aholi chet elda arzon ishchi sifatida ishlashga majbur bo’lmoqda. Yurtimizda ishlab chiqariladigan mashinalar narxi nisbatan qimmat. Viloyatlarda mashinaga gaz quyish ham vaqt oladi. Gaz yetishmovchiligi sabab gaz zapravkalariga cheklovlar qo’yilgan. Natijada mashina gazini to’ldirish uchun 1 soatdan 4 soatgacha navbat kutish holatlari kuzatiladi. INSONNING VAQTI OLTINDAN QIMMAT VA UNI KUTTIRISHGA HECH KIMNING HAQQI YO’Q TAMOYILI borligini bilishimizga shubham bor.

Yoshlar shuni bilishi kerak-ki, agar biz yaxshi o’qimasak dunyodagi eng qoloq xalqlardan biri bo’lib qolaveramiz. Bobolarimiz egallagan cho’qqiga chiqishimiz kerak. O’qib ilm olmasak, o’zimizning gazdan ham foydalana olmaymiz. Boshqa xalqlarga arzon narxlarda xizmat qilib, qul bo'lib yuraveramiz. Ammo agar yaxshi o’qisak, ilm olishda musobaqa qilsak, dunyodagi haqiqatan ham eng betakror va jannatmakon yurtga aylanishimiz mumkin. Zero, ilmdan boshqa najot yo’q va bo’lmagay!!!

@PMTESTS jamoasi
👍23😱3🔥2🤩2
10ta testdan 4ta bilmaganimga miyamga birinchi kelgan javobni berdim. Keyin hammasi to'g'ri chiqdi. “Test yechishda doim boshingizga kelgan birinchi javobga ishonishingiz kerak” degan mashhur fikr haqiqat ekan.
Bunday o’ylash xato chunki muallif_________.
Anonymous Quiz
17%
Ilmiy dalillar o’rniga mashhur fikrga ishonyapti.
17%
Qolgan oltita savol haqida hech nima deyilmadi.
41%
Bitta tasodifan bo’lgan holatni hamma vaqt to’g’ri bo’ladi deb o’yladi.
18%
Bu uslubi ish bermagan holat haqida hech nima deyilmadi.
7%
Afsona va haqiqat orasidagi farqni ajrata olmagan.
👍24🔥15🎉14🤩7😱2
Hayvonot bog’ida 4 ta fil bor. Ularning hammasi har xil yoshda bo’lib, har birining yoshi butun son va 18 yoshdan kichik. Agar ularning yoshlari ko’paytmasi 882 ga teng bo’lsa, ularning yoshlari yig’indisini toping?
Anonymous Quiz
12%
23
20%
25
33%
27
22%
31
12%
33
🤩17👍16🎉13😱11🔥8
Zoyirjonning bobosi ismi Zokir, buvisi Zaynab, otasi Zafar, onasi Zohida, opalari Zarina va Zulfiya, akalari: Ziyo, Zarif va Zayniddin. Zoyirjon oilasidagilar ismini alifbo tartibida joylab chiqdi. Onasining ismi nechanchi o’rinda keladi?
Anonymous Quiz
27%
4-o'rinda
34%
6-o'rinda
30%
7-o'rinda
10%
8-o'rinda
👍32😱14🤩12🔥6🎉4
Dunyoning eng keksa odami Fransiska Susano 124 yoshida vafot etdi. U 19 yoshida 1-farzandi Juannani ko’rgan. Juanna esa 25 yoshida Bobbi ismli o’g’ilni dunyoga keltirgan. Susano vafot etganda uning nabirasi Bobbi necha yoshda edi?
Anonymous Quiz
11%
25
15%
74
47%
80
15%
86
12%
99
👍29🎉17😱10🤩9🔥2
Davron, Feruza va Luiza yuk mashinasidan jami 12 ta qovunni tushirib olishdi. Eng ko’p qovunni Davron tushirdi. Eng kamini Luiza tushirdi. Quyidagi qaysi ma’lumot ularning tushirgan qovunlari sonini topish uchun yetarli?
Anonymous Quiz
30%
Davron va qizlardan birining tushirgan qovunlari soni orasidagi farq 2 ga teng.
23%
Luiza tushirgan qovunlari soni juft.
32%
Davron, Feruza va Luiza tushirgan qovunlari soni ko’paytmasi 6 ga karrali emas
16%
Ikki kishi tushirgan qovunlari sonining ko’paytmasi 12 ga teng.
👍33🎉14😱13🤩6🔥4
Ali, Begzod va Charos yugurish bo’yicha musobaqa o’tkazishdi. Ali yugurishni Begzoddan 15 soniya va Charosdan 30 soniya keyin boshladi. Begzod Alidan 0,5 m/s tezroq yugurdi.
Quyidagilardan qaysi biri poyganing yakunlanish tartibini aniqlash uchun yetarli?
Anonymous Quiz
26%
Begzod Charosdan 10 soniya oldin marraga yetib keldi.
43%
Begzod Charosdan 30 soniya oldin marraga yetib keldi.
23%
Charos 7,5 m/s tezlikda yugurdi.
9%
Begzod 7,5 m/s tezlikda yugurdi
🤩16👍12😱12🔥11🎉9
9 oyda Toshkent shahrida 91,314 trillion so’mlik, Andijon viloyatida 31,005 trillion so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Agar Toshkentda 2850ming Andijonda 3250ming aholi istiqomat qilsa, bir oyda bir kishiga to’g’ri keladigan o'rtacha mahsulotlar qancha?
Anonymous Quiz
19%
Andijonda – 1 030 000 so’mlik, Toshkent shahrida 3 400 000 so’mlik
40%
Andijonda – 1 060 000 so’mlik, Toshkent shahrida 3 560 000 so’mlik
30%
Andijonda – 2 120 000 so’mlik, Toshkent shahrida 7 120 000 so’mlik
11%
Andijonda – 9 540 000 so’mlik, Toshkent shahrida 32 040 000 so’mlik
🎉26👍14😱12🤩6🔥4
Ikki uch xonali son yig'indisi yana uch xonali son chiqdi:
abc + def = ghi. Bu yerdagi harflar bilan noldan farqli 1-9 gacha raqamlar ifodalangan. Turli harflar bilan turli raqamlar berilgan. g+h+i ni toping.
Anonymous Quiz
14%
17
36%
18
31%
19
20%
21
🎉21👍15😱13🔥8🤩7
Mirzaaxmedov ustoz matematika darsini shunday boshladi: “Men 5 ta son haqida o‘ylayapmanki, ularning o‘rta arifmetik qiymati va medianasiga teng. Agar sonlarning 4 tasi 14, 8, 16 va 14 boʻlsa, 5-son nima? Mirzaaxmedov ustoz o'ylagan 5-sonni toping.
Anonymous Quiz
16%
13
32%
14
32%
15
20%
18
🔥21👍15😱14🤩6🎉3
Nizomjon ikkita 2 xonali sonni ko’paytirdi. Keyin sonlardagi raqamlarni harflarga almashtirdi. Turli raqamlar turli harflarga mos keladi. Natijada quyidagi yozuv paydo bo’ldi.
ab•cd = mmnn
Shunday bo’lishi mumkinmi?
Anonymous Quiz
31%
mumkin
34%
mumkin emas
25%
aniqlab bo’maydi
10%
to’g’ri javob yo’q
🤩15👍14😱10🎉7🔥6
#Юксак_маданият: Ушбу эшик Бухоро шаҳридага қадимий уйларнинг биридан суратга олинди. Эшикнинг ўнг қисмидаги ишора билан кўрсатилган тутқич эркаклар учун, чап тарафидаги эса аёллар учун махсус жойланган. Ундан чиққан овозга қараб эшик олдига эркак ёки аёл чиққан.

(Биз Руслар бостириб келишидан олдин маданиятлироқ эдик)

👉👉 @PMTESTS
👍11😱4🔥2🤩2
Akromjon daraja amalini noto'g'ri tushungan edi. U quyidagicha hisoblaydi. 3²=6, 3³=9, aslida esa 3²=9, 3³=27.
Akromjon 2³+3²+1⁴ ifoda natijasini hisobladi. U natijasi va haqiqiy natija farqi qanday?
Anonymous Quiz
11%
0
15%
1
42%
2
17%
4
16%
6
👍35🎉17🤩12😱9🔥7
Quyidagi ro’yxatda bir nechta oylar berilgan. Ma’lum mantiq asosida so’roq o’rnidagi oyni toping:
APREL
IYUN ? NOYABR
Anonymous Quiz
20%
IYUL
25%
AVGUST
28%
SENTYABR
12%
OKTYABR
14%
DEKABR
🔥25👍19🎉14🤩13😱10
Qish fasli bizning hisobda dekabr, yanvar va fevral oylaridan hisoblanadi. Astronomik qish 21-dekabrdan 21-martgacha davom etadi. Astronomik hisobda yilning oxirgi oyida necha kun qish kuni bo’ladi?
Anonymous Quiz
16%
9
36%
10
32%
11
16%
12
👍25😱16🎉12🔥7🤩7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 TARBIYASIZ TOMOSHABIN BO'LIB QOLMAYAPMIZMI?

"Odamlar shuni xohlayapti-ku" deb, ular xohlagan narsa ko'rsatilaversa, oxiri borib jarga qulaymiz! Odamzotga qo'yib bersa nimalarni xohlamaydi deysiz...

Agar biz bugun jamiyatni bola deb oladigan bo'lsak, media uning onasi demakdir. Farzandizga xohlagan narsani beraversangiz, oxiri kasal qilib qo'yishingiz aniq!

Bugun jamiyatimizni shu kabi kasalliklardan qutqarib qolish, asrash bizning eng katta mas'uliyatimizdir! Agar bu ishga bugun vaqtida chuqur yondashmas ekanmiz, ertaga kech bo'lishi mumkin...

Fikrlaylik... (Manba: Telegram )

👉👉 @PMTESTS
👍10🎉5🔥3
#kun_savoli: 2013-yil aprel oyida yangi ish joyiga murojaat qilganda 47 yoshli Farhod tug'ilgan kunini DD/MM/YYYY shaklida ko'rsatishi va hozirgi yoshini ko'rsatishi kerak edi. Shunday qilib, u bu ma’lumotlarni o'n xil raqamdan foydalangan holda yozdi.
Farhodning tug'ilgan kuni, oyi va yilini toping?

Javoblarni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi! Yechim tushuntirilmagan javoblar inobatga olinmaydi.

👉👉 @PMTESTS
👍9🎉4🔥2
#kun_savoli_javobi: Shartga ko’ra u hech qaysi raqamni ikki marta ishlatmagan. U 2013 – yilda 47 yoshga kirgan bo’lsa, u 1966 – yilda yoki 1965 – yilda tug’ilgan. Agar uning tug’ilgan kuni hali kelmagan bo’lsa u 1965 – yilda tug’ilgan bo’ladi. Aks holda 48 yosh bo'lib qoladi. Agar uning tug’ilgan kuni o’tib ketgan bo’lsa u 1966 – yilda tug’ilgan bo’lar edi. Yuqoridagi shartga ko’ra u raqamlardan ikki marta foydalanmagan. Demak u 1965 – yilda tug’ilgan va uning yug’ilgan kuni hali kelmagan, ya'ni apreldan keyingi oylarda keladi. Bizga quyidagilar ma’lum: DD/MM/1965, 47 yosh. Bizda 0,2,3,8 raqamlari qoldi. Bunda 02, 03, yoki 08 oylarni yozish mumkin va u aprel oyidan keyin tug’ilgan. Bundan kelib chiqadiki u 23/08 da tug’ilgan. Ya’ni u ishga murojaat qilganda 23.08.1965 va 47 ni yozgan. Uning tug'ilgan sanasi 23.08.1965


Kun savoliga to'g'ri javob yuborgan ishtirokchilar 21-online testda bepul ishtirok etishlari mumkin. Bundan keyingi yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi!

👉👉 @PMTESTS
👍8🎉7🔥3
⚡️⚡️Yangi loyiha!! 1-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi!!⚡️

Prezident va boshqa maxsus maktablarga tayyorlanayotgan o’quvchilar hamda matematikaga qiziquvchi barcha uchun kanalimizda har juma kuni Axborotni tahlil qilish va amaliy matematika ruknida online testlar berib boriladi.

Testlarning tuzilish shakli, Cambridge Assessment va boshqa rivojlangan davlatlarning fikrlash va axborotni tahlil qilishni baholash mezonlari asosida tuzilgan. Har bir testda barcha bilishi lozim bo’lgan muhim mavzular bo’yicha ma’lumotlar beriladi. Keyin esa shu ma’lumotlarni tahlil qilish bo’yicha savollar beriladi.

1-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bugun soat 20:00 da bo’lib o’tadi!!
Testda ishtirok etib bilimingizni sinab ko’ring!!


👉👉 @PMTESTS
👍8🎉5🔥2