Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.6K subscribers
2.21K photos
1.44K videos
488 files
2.55K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
#Prezident_maktablari

TANISHING, YANGI PREZIDENT MAKTABLARI

Darslar boshlangan Buxoro, Navoiy, Farg'ona, Andijon va Termiz shaharlaridagi Prezident maktablarining telegram sahifalari bilan tanishtiramiz:

👉Buxoro shahridagi Prezident maktabi
🔗Telegram kanali: https://t.me/pmbuxoro

👉Navoiy shahridagi Prezident maktabi
🔗Telegram kanali: https://t.me/navoiypmuz

👉Termiz shahridagi Prezident maktabi
🔗Telegram kanali: https://t.me/pmtermiz

👉Farg'ona shahridagi Prezident maktabi
🔗Telegram kanali: https://t.me/pmfergana

👉Andijon shahridagi Prezident maktabi
🔗Telegram kanali: https://t.me/AndijonPrezidentschool

(Manba: @piimauz)

👉👉 @PMTESTS
👍7🎉5🔥4😱1🤩1
Ikki xonali sonni 12 ga bo’lganda 4 qoldiq, 14 ga bo’lganda 6 qoldiq qoladi. Shu sonni 16 ga bo’lgandagi qoldiq necha bo’ladi?
Anonymous Quiz
36%
8
16%
10
20%
11
21%
12
6%
14
👍20🎉8🤩6🔥5😱4
Yer yuzidagi eng katta jonivor insondan 2000 marta katta bo’lgan ko’k kit hisoblanadi. Uning uzunligi 33 metr, og‘irligi 150 tonna keladi. Uning yuragi og’irligi butun tanasi og’irligining 0,4% ini tashkil qiladi. Ko’k kit yuragi og’irligi qanchaga teng?
Anonymous Quiz
21%
6 tonna
28%
4 tonna
41%
600 kg
10%
400 kg
🎉17👍11🔥10😱8🤩4
Olim 2ta bir xil daftar sotib oldi va sotuvchiga 10000so’m pul berib X so’m qaytim oldi. Komil ham 2ta o'sha daftardan sotib oldi, 50000so’m berib Y so’m qaytim oldi.

Quyidagi ma'lumotlarning qaysi biri bitta daftar narxini hisoblash imkonini bermaydi?
Anonymous Quiz
19%
Komilning olgan qaytim puli va bitta daftar narxining yig’indisi
37%
Olim va Komil olgan qaytim pul miqdorlari o'rtasidagi farq
30%
Olim va Komil birga olgan qaytim pullarning umumiy miqdori
14%
Olimning olgan qaytim puli va bitta rasm daftari narxining yig’indisi.
👍19😱14🔥10🎉7🤩4
Farzandim prezident maktabiga tayyorlanmoqda. Asosiy imtihon repetitsion testlariga qatnashsak bo’ladimi, bu qanchalik foydali?

Prezident maktablari bugungi kunda ko’pchilik ota-onalar va o’quvchilarni o’ziga jalb qilgani uchun, kirish imtihonlarida talabgorlar soni eng ko’p va raqobat eng yuqori ta’lim muassasasi hisoblanmoqda. Tabiiyki, bunday holatda o’quvchiga qo’yiladigan talab ham yuqori bo’ladi.

Prezident maktabi asosiy imtihoniga tayyorlanish bo’yicha manbalar so’rab murojaat qilinganda, matasaddilar, hatto Cambridge Assessment tashkiloti ham biror manbani tavsiya qilmadi. Bunday vaziyatda imtihon savollariga o’xshash testlarni yechib borish eng yaxshi tanlov bo’ladi.

Hozirgi vaqtga kelib, tayyorgarlik ko’rayotgan o’quvchilar ma’lum darajada bilimga ega bo’lishdi, matematika darsliklari misollarini ishlab tugatishmoqda, endi ular REPETITSION testlarda bilimlarini sinab borishi kerak. Faqat testlarda qatnashishdan maqsad o’rganish bo’lsin! Hozirdan yuqori natija kutish noto’g’ri. Chunki, fikrlash mahoratini o’zlashtirish vaqt va mehnat talab qiladi. Ularni kam natija uchun tergash aks ta’sirga ham olib kelishi mumkin. O’quvchilar test ishlash va uni tahlil qilish orqali fikrlash mahoratni sekin-asta oshirib boradilar.

Repetitsion testlarga qatnashishning o’quvchilarga foydalari:
Bilim darajasini sinash, fikrlash mahoratini oshirib borish;
Imtihon muhitini his qilish, jarayonga moslashib hayajonni yo’qotib borish;
Vaqtni to’g’tri taqsimlashni o’rganish va shu orqali bor imkoniyatdan foydalanishga o’rganish;
Javoblar varaqasiga to’g’ri bo’yashni va boshqa jarayonlarni o’rganish

Prezident maktabiga tayyorlanayotganlar uchun repetitsion testlar imtihonga yanada yaxshiroq tayyorlanish imkonini beradi. Barcha o’quvchilarga ilm olishda omad tilaymiz!!

👉👉@pmtests
👍10🔥5🎉2😱1🤩1
Sinfda 30 ta o’quvchi bor. Bitta partada 2 ta stul bor. Barcha o’g’il bolalar qiz bolalar bilan o’tirishadi. Qizlarning yarmi o’g’il bolalar bilan o’tirishadi. Sinfda nechta o’g’il bola bor?
Anonymous Quiz
7%
25
15%
20
44%
15
31%
10
3%
5
👍23😱16🤩9🔥8🎉6
“Matematika fanlar ichra shoh, uning sirlaridan boʻlingiz ogoh”
© Qori Niyoziy

Bunga bir necha sabab bor:

matematika sof aql, mantiqiy amallar, qonuniyatlarni oʻrnatish va bir-biriga bogʻliq tizimlar fanidir;

matematik-mantiqiy fikrlashni bilmasdan turib, aqlni rivojlantirishning iloji yoʻq;

har bir fanda matematik qonunlarning ishtiroki bor;

u insonning intellektual rivojlanishi va maktab fanlarini muvaffaqiyatli oʻrganishi, imtihonlarni yaxshi topshirish, universitetga kirish va hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur fan.
( Khan Academy O‘zbek )

👉👉 @PMTESTS
👍9🔥3😱2🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Умримнинг сўнггигача унутилмайдиган сўзлар

Кимё фан олимпиадаларида 3 карра республика ғолиби, 2010 йилда Бокуда ўтказилган халқаро олимпиадасида бронза медали соҳиби "Ўзбекистон белгиси" кўкрак нишони совриндори Дониёр Насриддинов.

Оналар, фарзандларингизни дуо қилинглар! Бошқалардан ортда қолиб кетмасин!

👉👉 @PMTESTS
👍11🔥4🎉3😱1
Ona $336ni qizlari Sevara va Layloga yoshiga ko'ra taqsimladi. 5 yoshli Laylo opasi ko'proq olganidan nolidi. Onasi “senga yaxshi, bir oydan keyin taqsimlaganimda hozirgidan $7 kam, o'tgan oy bo’lganida edi $16 kam pul olarding” -dedi. Laylo qancha olgan?
Anonymous Quiz
19%
105 dollar
42%
112 dollar
29%
120 dollar
9%
140 dollar
👍22🎉16🤩8😱4🔥3
"OLMA" so’zidagi harflar ketma-ketligidan 24 ta to’rtta turli harfdan tashkil topgan so’zlar hosil qilindi. Agar ushbu so’zlar alifbo tartibida yozib chiqilsa 21-o’rinda qaysi so’z turadi?
Anonymous Quiz
20%
OLAM
19%
OLMA
27%
MOLA
18%
LOMA
15%
AMOL
👍18🔥12🎉10🤩2
Ko’kda hilpirar mag’rur , O’zbekiston bayrog’i

Dillarga solar g’urur, O’zbekiston bayrog’I

“O’z bayrog’im ” deb xalqim, Dilda qilar iftixor

Undagi har bir rangning, O’z ramzi, ma’nosi bor.

Bayrog'imiz har doim samolarda hilpirab tursin! Bayrog'imiz qabul qilingan kun muborak bo'lsin!

@pmtests
👍9🔥3🎉2🤩2😱1
Andijonlik damaschilarning aytishicha, Andijonda 16:00 dan, Farg’onada 20:00 dan gaz zapravkalar yopilmoqda. Andijonda 13 soat, Farg’onada esa 3 soat davomida gaz bo’lmaydi. Andijondagi gaz zapravka Fag’onadagidan necha soatdan keyin qayta ishga tushadi?
Anonymous Quiz
25%
10 soatdan keyin
27%
9 soatdan keyin
29%
7 soatdan keyin
20%
6 soatdan keyin
👍19😱13🤩11🎉10🔥5
O‘zbekiston bayrog‘ining uzunligi 250 sm.ga, eni 125 sm.ga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 sm.ga teng. Bayroqning o‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridagi 2 teng qizil chiziqlar eni necha santimetr?
Anonymous Quiz
10%
1 sm
25%
2sm
51%
2,5 sm
14%
5 sm
👍28🤩12🎉10🔥8
Agar 84•32=2348, 93•73=3739 bo’lsa, ushbu ko’paytirish mantig’i bo’yicha 51•46 ni toping!
Anonymous Quiz
31%
2346
38%
6415
24%
4616
8%
6451
🎉21👍11🔥8😱7🤩6
cba uch xonali son 3 ga karrali, uning raqamlari bo’yicha quyidagi munosabat o’rinli: c=bª. Misol uchun 150 soni 3ga karrali va 1=5⁰. Shunday uch xonali sonlar nechta?
Anonymous Quiz
15%
3 ta
19%
4 ta
37%
6 ta
19%
8 ta
10%
10 ta
👍21🎉12🔥8🤩7😱1
Tanqidiy fikrlash asosi qayerda va u qanday kelib chiqdi...

Bugun tanqidiy fikrlash tarixi va uning rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumot qidirdim. Manbalarda bu fan 20-asrga (1910) tegishli ekanligi va fan sifatida vujudga kelganiga (1980) hali yarim asr ham bo’lmagani yozilgan edi.

Ammo bizning bobolarimiz bu fanning ustasi bo’lgani, tanqidiy fikrlashda Imom Buxoriy va ibn-Sinolar peshqadam bo’lganligini bilganim bois bu ma’lumot meni qoniqtirmadi. Keyinroq yana bir ajoyib ingliz tilidagi maqolaga duch keldim. Unda tanqidiy fikrlash asoslarini muqaddas kitobimiz Qur’oni Karim belgilab berganligi yozilgan ekan. Eng yomon odam fikr yuritmaydigan odam ekanligi va fikr yuritgan odamlargina najotga erishishi bizning Kitobimizda yozilgan ekan. Bu fan asosi bizga tegishli va shuning uchun bobolarimiz aql yuritish borasida boshqalardan ustun bo’lishgan ekan. Hozir maqola havolasini tashlayman. Keyinroq qisqacha mazmunini yozishga harakat qilamiz!

https://lampofislam.wordpress.com/2017/10/30/the-quran-calls-for-critical-thinking-and-reasoning/
👍6🔥4😱1
3ta anor va 7ta xurmoning narxi, 7ta anor va 3ta xurmoning narxidan 2000 so'm arzon bo'lsa, 1 ta anor 1ta xurmodan necha so'm qimmat?
Anonymous Quiz
18%
200 so'm
22%
400 so'm
32%
500 so'm
15%
1000 so'm
13%
Ma'lumot yetarli emas
👍25😱13🎉10🔥8🤩2
Bobur maktabdan uyiga piyoda yo'lga chiqdi. U maktabdan uyiga qanday tezlikda borishi mumkin?
Anonymous Quiz
23%
20 m/soat
24%
1 km/min
40%
4000 m/soat
12%
900 m/min
👍25🎉14😱13🤩7🔥4
#dolzarb: Insonning vaqti oltindan qimmat va uni kuttirishga hech kimning haqqi yo'q!

Kecha bir nechta postlarni o'qib menda bir qancha mulohazalar paydo bo'ldi. (t.me/xushnudbek/12146). Biz vaqtimizni qiymatini shu qadar past baholaymizki, natijada ko'p narsalardan mahrum bo'lamiz. Har bir bekor o'tgan soniyalar agar foydali ishlarga, ilmga sarflansa mamlakat gullab yashnaydi. Ammo ilmga va vaqtning qadriga e'tibor berilmasa natija juda yomon bo'ladi. Hozir ikki mamlakat haqida so'z yuritamiz.

Bolam, biz agar aqlimizni ishga solmasak, vaqtdan unumli foydalanib o’qimasak, och qolib o’lamiz!! (Yaponiya)

Yaponiya deyarli hech qanday neft yoki tabiiy gazga ega bo'lmagan orol-mamlakat. Uning yerlari ham unumdor hisoblanmaydi. Unda faqat guruch yetishtirish mumkin. Ammo qishloq xo’jaligi mahsulotlari aholisining 30 %ining ham iste’moliga yetmaydi.

Yapon xalqi yosh avlodga yurti haqida shunday deydi: “Bolalarim biz bir kambag’al o’lkada yashaymiz. Bizda tabiiy boyliklar juda kam. Agar sizlar o’qib boshqalardan bilimliroq bo’lmasangiz, biz eng kambag’al xalqqa aylanamiz. Xatto och qolamiz. Sizlar boshqa xalqlardan orqada qolmasligimiz uchun harakat qilinglar!” Shuning uchun yapon bolalarining ta’limga munosabati o’zgacha. Yaponiyada hatto oziq-ovqat do'konlarida jurnallar va kitoblar sotiladi.

Bugungi kunda yaponiyada deyarli kambag’al aholi yo’q. Farovonlik darajasi bo’yicha dunyoda eng yuqori o’rinlarda. Gaz, svet, internet va iste’moldagi boshqa xizmatlarda kunlik kechikish yoki uzulishlar yo’q hisobida. Atiga bir necha soniyalarga to’g’ri keladi. Temir konlariga ega bo’lmasa ham eng ko’p mashina va robototexnikalar yaponiyada ishlab chiqariladi. Eng arzon va sifatli mashinalar birinchi navbatda yapon xalqi uchun ishlab chiqariladi. Yaponiyada jamoat transporti va poyezdlar 1 daqiqadan ko’p kechikmaydi. Insonning vaqti oltindan qimmatligi, uni kuttirishga hech kimning haqqi yo’qligi asosiy tamoyil hisoblanadi.
____________________________

Bolam, biz juda ham ko’p yerosti va yerusti boyliklarga ega betakror, jannatmakon yurtda yashaymiz! (O'zbekiston)

O‘zbekiston tabiiy boyliklari ko’p va xilma-xil bo’lgan mamlakat. Gaz qazib olish bo’yicha dunyoda 13-o’rinda, Oltin qazib olish bo’yicha dastlabki 10 talikda. Yerlari hosildor va mamlakat aholisini to’liq oziq-ovqat bilan ta’minlashi mumkin.

Bu boyliklar haqida maktabga o’quvchilarga ham ma’lumot beriladi. O’quvchilarga bizning hamma narsamiz borligi: gazimiz, neftimiz, hosildor yerlarimiz, mashina ishlab chiqaradigan zavodimiz borligi aytiladi. Ammo o'quvchilarga boshqa xalqlardan ustun bo’lishimiz uchun bu boyliklar yetmasligi haqida kam gapiriladi.

Bugungi kunda O’zbekiston aholi jon boshiga daromad bo’yicha dunyoda 173-o’rinda bo’lib, dunyoning eng kambag’al 50 ta davlatidan biri hisoblanadi. Dunyoda o’rtacha daromad kishi boshiga yillik $11 000 bo’lsa, O’zbekistonda atigi $1 750. O’zbekiston gaz ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda yetakchi mamlakatlardan biri bo’lishiga qaramay aholi qish kunlarida gaz yetishmasligidan qiynaladi. Elektrdagi uzulishlar sabab qishloq hududlarida ishlab chiqarish rivojlanmagan va aholi chet elda arzon ishchi sifatida ishlashga majbur bo’lmoqda. Yurtimizda ishlab chiqariladigan mashinalar narxi nisbatan qimmat. Viloyatlarda mashinaga gaz quyish ham vaqt oladi. Gaz yetishmovchiligi sabab gaz zapravkalariga cheklovlar qo’yilgan. Natijada mashina gazini to’ldirish uchun 1 soatdan 4 soatgacha navbat kutish holatlari kuzatiladi. INSONNING VAQTI OLTINDAN QIMMAT VA UNI KUTTIRISHGA HECH KIMNING HAQQI YO’Q TAMOYILI borligini bilishimizga shubham bor.

Yoshlar shuni bilishi kerak-ki, agar biz yaxshi o’qimasak dunyodagi eng qoloq xalqlardan biri bo’lib qolaveramiz. Bobolarimiz egallagan cho’qqiga chiqishimiz kerak. O’qib ilm olmasak, o’zimizning gazdan ham foydalana olmaymiz. Boshqa xalqlarga arzon narxlarda xizmat qilib, qul bo'lib yuraveramiz. Ammo agar yaxshi o’qisak, ilm olishda musobaqa qilsak, dunyodagi haqiqatan ham eng betakror va jannatmakon yurtga aylanishimiz mumkin. Zero, ilmdan boshqa najot yo’q va bo’lmagay!!!

@PMTESTS jamoasi
👍23😱3🔥2🤩2