Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.6K subscribers
2.21K photos
1.44K videos
488 files
2.55K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Jo’rj Vashinton AQSHning 1-prezidenti bo’lib, prezidentlar ro’yxatida Benjamin Herrison va uning orasida 21 ta boshqa prezidentlar nomi bor. Agar Benjamin Herrison va Jo Bayden orasida 22 ta prezident bo’lsa, Jo Bayden AQSHning nechanchi prezidenti?
Anonymous Quiz
21%
43-prezident
35%
44-prezident
28%
45-prezident
15%
46-prezident
👍9😱9🤩4🔥3🎉1
Yigirma yildan ko'proq vaqt davomida hokimiyatda bo'lgan 69 yoshli Rossiya rahbari V. Putin yangi qonunga ko’ra 2036-yilgacha prezidentlikda qolishi mumkin. Agar putin 2036-yilgacha prezidentlik qilib iste’foga chiqsa, u o’sha vaqtda necha yosh bo’ladi?
Anonymous Quiz
13%
83
47%
84
28%
85
11%
86
🎉17👍8🔥7🤩5😱4
Raqamlari yig’indisi 2 ga teng bo’lgan besh xonali songa ikki xonali son qo’shildi. Natijadan yana raqamlari yig’indisi 2 ga teng bo’lgan besh xonali son paydo bo’ldi. Ushbu yig’indi quyidagi javoblardan qaysi biri bo’lishi mumkin?
Anonymous Quiz
29%
20000
28%
11000
30%
10100
13%
10010
🎉11👍7🔥6😱6🤩1
Toshkent shahridagi o’quvchilar uchun Prezident maktabiga tayyorlov kurslariga qabul davom etmoqda!!

Prezident maktablari va al-Xorazmiy maktabiga tayyorlash sohasida faoliyat olib borayotgan, foydali dasturlar va qo’llanmalar hamda @pmtests kanalidagi testlar muallifi A.Jumanazarov o’zining yangi guruhiga qabul e'lon qiladi.

Ushbu darslarda matematika, tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar Cambridge Assessment standartlari asosida o’rgatiladi.

Murojaat uchun: +99897 003-45-21

Manzil: Toshkent sh. Olmazor t. Qora-qamish 1/2, 7/1-uy, 4-qavat.

Murojaat uchun: @PRtayyorlov
👍8🔥4🎉2🤩1
Siyosiy hokimiyat qonuniyligi faqat xalqning roziligidan kelib chiqadi. Ushbu tamoyilga ko'ra demokratik davlatlar muntazam saylovlar o'tkazadi. Saylovchilar qancha ko'p saylovlarda qatnashsa, tizim shuncha qonuniydir.
Yuqoridagi fikrga mos fikrni toping.
Anonymous Quiz
21%
Demokratik siyosiy tizimlarda saylov faolligi har doim yuqori bo'ladi.
25%
Saylovlarda ovoz berish siyosiy tizimga rozilik bildirishni anglatadi.
18%
Hukumatga doimo ehtiyoj bor.
26%
Qancha ko'p odam ovoz bergan bo'lsa, shunchalik umumiy manfaatlar qondiriladi.
9%
Demokratik bo'lmagan tizimlar davlat hokimiyatining asosi sifatida kuch ishlatishga tayanadi.
🔥11🎉8🤩6👍5😱4
Ўзбекистон президентлигига ўтган барча сайловлар натижалари

Ўзбекистон Республикаси президентлигига 30 йил ичида жами бўлиб 6️⃣ марта сайловлар ўтказилди.

1️⃣ 1991 йил 29 декабрь.

Халқ демократик партиясидан Ислом Каримов (87,1%);
«Эрк» партиясидан Муҳаммад Солиҳ (12,5%).

❗️РЕФЕРЕНДУМ: 1995 йил 26 март куни ўтказилган референдумда 99,6% овоз билан Ислом Каримовнинг президентлик ваколатлари 2000 йилга қадар узайтирилган.

2️⃣ 2000 йил 9 январь.

Фидокорлар миллий демократик партиясидан Ислом Каримов (91,95%);
Халқ демократик партиясидан Абдулҳафиз Жалолов (4,17%).

❗️РЕФЕРЕНДУМ: 2002 йил 27 январь куни ўтказилган референдумда 91,78% овоз билан президентлик муддати 5 йилдан 7 йилга узайтирилган.

3️⃣ 2007 йил 23 декабрь.

Ўзбекистон либерал-демократик партиясидан Ислом Каримов (88,1%);
Халқ демократик партиясидан Аслиддин Рустамов (3,17%);
«Адолат» социал-демократик партиясидан Дилором Тошмуҳамедова (2,94%);
Сайловчилар ташаббускор гуруҳидан Акмал Саидов (2,85%);

4️⃣ 2015 йил 29 март.

Ўзбекистон либерал-демократик партиясидан Ислом Каримов (90,39%);
«Миллий тикланиш» демократик партиясидан Акмал Саидов (3,08%);
Халқ демократик партиясидан Ҳотамжон Кетмонов (2,92%);
«Адолат» социал-демократик партиясидан Наримон Умаров (2,05%).

5️⃣ 2016 йил 4 декабрь.

Ўзбекистон либерал-демократик партиясидан Шавкат Мирзиёев (88,61%);
Халқ демократик партиясидан Ҳотамжон Кетмонов (3,73%);
“Адолат” социал-демократик партиясидан Наримон Умаров (3,46%);
“Миллий тикланиш” партиясидан Сарвар Отамуротов (2,35%).

6️⃣ 2021 йил 24 октябрь.

Ўзбекистон либерал-демократик партиясидан Шавкат Мирзиёев (80,1%);
Халқ демократик партиясидан Мақсуда Ворисова (6,6%);
“Миллий тикланиш” партиясидан Алишер Қодиров (5,5%).
Экологик партиядан Нарзулла Обломурадов (4,1%);
“Адолат” социал-демократик партиясидан Баҳром Абдуҳалимов (3,4%);
(@xushnudbek)
👍11🤩5🔥4
Barcha o’zbek o’quvchilari maktabda chet tilini o'rganishlari kerak. Biz kengayib borayotgan global bozorda yashayapmiz. Agar barcha maktabda chet tilini o'rgansa, global biznes yuragida o’zbeklar ko'proq bo'ladi.

Matn xulosasidagi kamchilikni toping.
Anonymous Quiz
16%
Yozuvchi zaruriylik shartini yetarlilik sharti sifatida qabul qilmoqda.
20%
Yozuvchi yetarlilik shartini zaruriy shart sifatida ko'rib chiqmoqda.
29%
Yozuvchi bitta misoldan umumiy xulosa chiqarmoqdi.
22%
Yozuvchi korrelyatsiya asosida sababiy bog'liqlik mavjud deb taxmin qiladi.
12%
Yozuvchi bu o'tmishda bo'lganligi sababli, yana takrorlanishini taxmin qiladi.
👍15😱5🤩5🔥4
#Kichik_sinflar_olimpiada_savollari: Quyidagi ketma-ketlikning qonuniyatini aniqlang va keyingi 3 ta sonni toping: 3, 5, 9, 17, 33, ...
Anonymous Quiz
23%
35, 43, 49
25%
37, 45, 51
22%
43, 47, 53
30%
65, 129, 257
👍9😱8🔥4🎉3🤩2
Toshkentlik chollar 1251ming so'mdan, Andijonliklar 801ming so'mdan pensiya olishadi. 6 ta toshkentlik va 3ta Andijonlik chollar choyxonada o'tirishibdi. Ularning o'rtacha pensiyasi qancha bo'ladi?
Anonymous Quiz
28%
1 101 000 so'm
34%
1 050 000 so'm
29%
1 026 000 so'm
8%
1 015 000 so'm
🤩8😱7👍6🔥6🎉1
Prezident maktabi faoliyatining asosiy vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari:

Iqtidorli bolalarni aniqlash, tanlash va o'qitish, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek oʻquvchilarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini ochib berish;

Tabiiy va aniq fanlarni chuqur o
'rganish, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalarini oʻzlashtirishni tashkil qilish, oʻquvchilarning innovatsion gʻoyalari va ishlanmalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

O'quvchilarni oʻqitish va ular bilimini baholashning zamonaviy uslublarini, shuningdek taʼlim dasturlarining integratsiyalashuviga asoslangan oʻqitishning fanlararo yondashuvini joriy qilish va keyinchalik ijobiy tajribani respublika xalq taʼlimi tizimiga tatbiq etish;

O
'quvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularda yetakchilik koʻnikmalari va notiqlik sanʼatini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash, olingan bilimlarni amaliyotda qoʻllash boʻyicha malakasini oshirish;

O'quvchilarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarda munosib ishtirokini taʼminlash;

O
'quvchilarda vatanparvarlik va Vatanga muhabbat tuygʻusini, bagʻrikenglik, qonunlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini, hayotga qatʼiy ishonch va qarashlarni shakllantirish;

O`quv dasturlarining uzluksizligini taʼminlash masalalarida xuddi shu yoʻnalishdagi milliy va xorijiy umumiy oʻrta va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning ilgʻor xorijiy oliy oʻquv yurtlarida va ularning respublikamizdagi filiallarida oʻqishini davom ettirish.


Faoliyatning maqsadi

«Millatning xalqaro olimpiadalarda, tanlovlarda g‘olib bo‘ladigan va dunyoning eng yaxshi oliy o‘quv yurtlariga kira oladigan kelajakdagi yetakchilarini, o‘quvchilarini tayyorlash. Jahon maydonida raqobatbardosh bo‘la oladigan yetakchilarni tarbiyalash». (piima.uz)

👉 @PMTESTS
👍9🔥5🤩2🎉1
36 ta o’quvchi 5 ta bolaga ovoz berdi. Har bir o’quvchi faqat bitta ovoz berishi mumkin. Eng ko’p ovoz olgan o’quvchida 12 ta, eng kam ovoz esa 4 tani tashkil qildi. Agar har bir nomzod har xil ovoz olgan bo’lsa 2-o’rinni olganda nechta ovoz bo’lgan?
Anonymous Quiz
14%
8 ta
34%
8 yoki 9 ta
22%
9 ta
21%
9 yoki 10 ta
9%
10 ta
👍11🤩7😱6🔥4🎉1
To'rt xonali sonning raqamlari yig'indisi va ko'paytmasi bir-biriga teng bo'lsa, o'sha yig'indi yoki ko'paytma nimaga teng?
Anonymous Quiz
15%
6
24%
8
21%
9
27%
12
13%
16
👍12🔥5😱5🤩4🎉3
Uchta 8 raqami yordamida 24ni hosil qilish oson: 8+8+8=24. Uchta ikkidan ham bu ishni bajarish mumkin: 22+2=24. Yana qaysi 3ta bir xil raqam va arifmetik amallar yordamida 24 ni hosil qilish mumkin?
Anonymous Quiz
11%
9
28%
6
34%
4
21%
3
6%
1
👍14😱11🔥7🤩6🎉5
Tanqidiy_fikrlash:

1. Karim faqat amerikaliklar bilan hamkorlik qiladi. 2. Barcha amerikaliklar boy hisoblanadi. Yuqoridagi ikki fakt bo'yicha to'g'ri chiqarilgan xulosani toping.
Anonymous Quiz
10%
Barcha boylar Amerikada yashaydi.
20%
Jorj amerikalik. Demak, u Karim bilan hamkorlik qiladi.
22%
Karim amerikaliklarni hurmat qiladi.
36%
Karimning barcha hamkorlari boy insonlar.
12%
Eng ishonchli hamkorlar amerikaliklar.
👍13🎉11🔥6😱6🤩4
To'g'ri to'rtburchak va kvadrat bir xil perimetrga ega. Agar kvadratning yuzi 36 cm²ga va to'g'ri to'rtburchakning eni 5 cm ga teng bo'lsa, to'g'ri to'rtburchakning yuzini toping.
Anonymous Quiz
9%
24 cm²
21%
30 cm²
41%
35 cm²
20%
36 cm²
9%
40 cm²
👍12🎉12🔥6😱4🤩2
2021-yil dastlabki uch oy smetasi bo'yicha Toshkent shahri Prezident maktabiga budjet mablag’laridan 10730 mln so’m mablag’ ajratilgan. Agar maktabda 6 ta sinfda 24 tadan o’quvchi o’qisa, davlat bitta o’quvchi uchun oyiga o’rtacha qancha mablag’ ajratgan?
Anonymous Quiz
18%
2 500 000 so’m
36%
12 500 000 so’m
36%
25 000 000 so’m
10%
49 000 000 so’m
👍15😱12🤩7🔥5🎉5
Ikki sonning ayirmasi kamayuvchidan 13 taga kam va ayriluvchidan 5 taga ortiq. Kamayuvchini toping.
Anonymous Quiz
26%
18
18%
26
31%
31
17%
36
7%
65
👍12🔥5🎉5🤩4😱3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Малайзиянинг ихтисослаштирилган мактаблари тажрибасини ўрганилди
#1nov #uzbekiston24
🔥3👍2🎉2🤩2
20 va 30 sonlari orasidagi nechta son o'zining oxirgi raqamiga bo'linadi?
Anonymous Quiz
17%
2
16%
3
39%
4
19%
5
9%
6
🎉16👍11🔥6😱6🤩6