Bugundan boshlab obunachilarimizdan kelgan qiziqarli savollarni sizlarga havola etib boramiz! Har kuni qandaydir muammoli, fikrlashga doir masalalarni kanalga qo'yib ertasi kuni yechimlarni beramiz!
Agar Siz azizlarda ham qiziqarli fikrlashga doir savollar bo'lsa, @curiosperson ga jo'nating. Biz savollarni qayta ishlab mukammallashtirib sizlarga taqdim etamiz!
@pmtests

🔥3
21.06.2020 savol. (Bu savolni mendan ko'p so'rab qolishadi, oddiy bo'lsada, ko'pchilikni qiziqtiradi)
Men onamdan $50 dollar pul oldim. Dadamdan ham $50 dollar pul oldim. Shunda menda $100 pul bor edi.Keyin $97 dollarga ko'ylak sotib oldim. Qolgan dollardan $1 onamga va $1 otamga berdim. Shunda onamdan $49 qarzim, otamdan $49 qarzim va o'zimda $1 dollar pul qoldi. Hammasini hisoblasam 49+49+1=$99 bo'ldi. Bir dollar qayerga ketdi.☺️

👍4🔥4
21.06.2020 savol javobi.
Bu shunchaki chalgituvchi savol. 1 dollar hech qayerga ketmadi. $100 dollarni nimaga sarfladi: $97 ko'ylak, $1onasiga, $1otasiga, $1o'zida qoldi. Jami 97+1+1+1=100. Qarzlari miqdori esa xaridlari miqdoriga o'zida bor pulni qo'shganga teng teng: 49+49=98, xaridlari esa 97 va o'zida $1, 97+1=98. Hech narsa hech qayerga ketmagan. Faqat noto'g'ri hisob bo'lgan☺️, buxgalteriyadagi balans qoidasi sizda bor narsalar va kelib chiqishi(qarzlar) teng bo'lsin! Qarzdorlikka mavjud pul qo'shib hisoblash xato. Buni yaxshi tushunish uchun miqdorlarni o'zgartirib ko'ring!
(Savolga bir necha kishi aniq javob yo'lladi. Ularga rahmat!!)

🔥5👍3
22.06.2020 savol.
Uch kishi Muhammadalining kitoblari soni haqida gaplashmoqda. Abdunosir Muhammadalida kamida bitta kitob bor dedi. Daler Muhammadalida mingtadan kam kitob bor dedi. Muhammadamin esa Muhammadalida mingtadan ko'p kitob bor dedi. Agar shu uch kishining faqat bittasi to'g'ri gapirgan bo'lsa, Muhammadalida nechta kitob bor?

🔥4👍1
22.06.2020 savol javobi.
Dalerning gapi to'g'ri bo'la olmaydi. Mingtadan kam degani (misol uchun 999ta) kamida bitta degan fikrni ham to'griligini bildiradi. U holda Abdunosorning fikri ham to'g'ri bo'lib qoladi. Muhammadaminning fikri ham to'g'ri bo'la olmaydi. Chunki mingdan ko'p, birdan ham ko'p. Demak, Abdunosirning fikri to'g'ri. Faqat boshqa ikki fikrni noto'g'ri qiladigan son bu birgina 1000. Shunda mingtadan ko'p ham, mingtadan kam degani ham noto'g'ri bo'ladi.
Demak, Muhammadalida 1000ta kitob bor.
Savolga Shohjahon Nazimov, Ernazar va Baxrombek Omonov to'g'ri javob yo'lladi. Hamma ishtirokchilarga tashakkur!!

🔥2
23.06.2020. Murakkab savol #14
Shunday natural sonlar juftini topingki, ab(a+b) ko'paytma 7ga bo'linmasin va (a+b)^7 - a^7-b^7 soni 7^7 ga bo'linsin!
Bu yerda ^ belgi darajani bildiradi. 7^7 soni 7ning 7-darajasi

🔥4
Murakkab savol javobi #14
Biz hisoblashlar natijasida quyidagi ifodani hosil qilamiz:
(a + b)^7 - a^7 - b^7 = 7ab(a + b)(a^2 + ab + b^2)^2.
Bundan shunday a va b sonlarni topishimiz kerakki, a^2 + ab + b^2 ifoda 7^3ga bo’linsin.
Tanlash usuli bilan ham a = 18, b = 1 natijalarni hosil qilish mumkin.
Ammo tizimli yondashuv asosida quyidagilarni aniqlash mumkin. a^2 + ab + b^2 = (a^3 - b^3)/(a - b), demak a, b sonlari uchun a^3 = b^3 (mod 73) ya’ni ularni 7^3ga bo’lgandagi qoldiqlar teng bo’lishi kerak. 1ni 343 ga bo’lganda 1 qoldiq va 18^3ni 343 ga bo’lganda ham 1 qoldiq qoladi. Javob: 1 va 18 sonlari

🔥4😱1
27.06.2020 savol.
(Iqlima Abdullayevadan kelgan savol)
Qadim zamonda bir musofir kishi mehmonxonaga kelib joy so'rabdi: "Atigi 7 kun tunayman, ammo menda bu yurtning puli yo'q. 7 xalqali manashu kumush zanjirim bor xolos". Mehmonxona egasi zanjirni tekshirib ko'rib: "Mayli, men sizga joy beraman. Menga har bir tunagan kecha uchun zanjirni bir halqasini berasiz. Ammo zanjirni faqat bitta halqasini kesishingiz mumkin" - debdi. Musofir bunga rozi bo'libdi. 7 kun davomida har bir tunagan kecha uchun bittadan halqa beribdi. Musofir kishi bunga qanday erishdi.

🔥3🎉2
27.06.2020 savol javobi.
Musofir faqat bitta halqani kesishi mumkin. U zanjirdagi 3-halqani kesadi. Zanjirdagi 3ga bo'linadi. 1ta, 2ta va 4ta halqalilarga. 1-kuni u bitta halqani beradi. 2-kuni 2ta halqalini berib bittani qaytarib oladi. 3-kuni yana bitta halqani beradi. 4-kuni 4ta halqalini berib 3tani qaytarib oladi. 5-kuni bitta halqani beradi. 6-kuni 2tani berib 1tani qaytib oladi. 7-kuni bittani beradi. Shu tariqa har kuni bittadan halqa beradi.

🔥3👍2🎉2😱1
29.06.2020 savol
99 ta qog’oz bo’laklarining har biriga navbat bilan 1, 2, 3, ..., 99 sonlardan bittasi yozildi. Qog’ozlar aralashtirildi va bu qog’ozlarning toza (son yozilmagan) tomonlariga ham 1, 2, 3, ..., 99 sonlari ketma-ket yozildi. Har bir qog’oz bo’lagidagi sonlarning yig’indilari hisoblandi. Hosil bo’lgan 99 ta sonning ko’paytmasi juft yoki toq ekanligini toping, javobingizni asoslang.

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal pinned Deleted message
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Янгиланаётган Ўзбекистон: Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги ахборот технологиялари мактаби
Shunday maskanlardan ajdodlarimizga munosib salohiyatli avlodlar yetishib chiqsin!!

🔥4👍2
Mиллатни йўқ қилиш
Жанубий Африка Республикасидаги университетга кираверишда шундай сўзлар ёзиб қўйилган:
«Ҳар қандай миллатни йўқ қилиш учун атом бомбаси ёки узоқ радиусга таъсир қиладиган ракеталарга ҳожат йўқ. Фақат таълим сифати пасайтирилса ва имтиҳонларда талабаларга алдаш учун имконият яратилса бас»
Бундай врачлар қўлига тушган беморлар ўла бошлайди.
Бундай қурувчилар қурган бинолар қулайди.
Бундай иқтисодчилар ва ҳисобчилар қўлидаги пуллар изсиз йўқолади.
Бундай диний уламолар туфайли инсонлар маънан ўла бошлайди.
Бундай юристлар ва судьялар қўлида адолат йўқлик сари юз тутади...
Қонун чиқарувчилар қўлида бошқарув йўқ бўлади.
«Таълимнинг барбод бўлиши — миллатнинг касодга учрашидир».

👍6🔥3
Kombinatorika va Nyuton binomi.pdf
2.5 MB
Assalomu Alaykum!
Bu kitobni ichidagi ma'lumotlarni koʻrib xursand boʻldik. Kombinatorika boʻyicha juda ham kerakli maʼlumotlar va masalalar berilgan ekan. Barcha matematiklarga tavsiya etamiz. Mualliflarni mehnatiga tasanno.
Eslatib o'tamiz muammoli masalar yechishda albatta kombinatorikaga oid masalalarga albatta duch kelasiz!

👍5🔥2
Qiziqarli biografiya: Muso al-Xorazmiy
📜 Abu Jaʼfar Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy matematika tarixida beqiyos oʻringa ega astronom, geograf va fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan biri. Ushbu mutafakkir olim haqida batafsil maʼlumot olishni istasangiz quyidagi maqola aynan siz uchun.
Mashhur kishilar haqida siz bilmagan maʼlumotlar 👉 Khan Academy Oʻzbek
#kau_biografiya

Medium
Qiziqarli biografiya: Muso al-Xorazmiy
(783–850)
🔥2
Bilasizmi, matematikaning ajoyibligi shundaki, uning sirlari ba'zan oson, ba'zan qiyin ochiladi. Katta matematiklarning hayoliga kelmagan fikr, yoshlarda topilishi mumkin.
Ketma-ketliklar bo'yicha bir nechta misollarga duch keldim. Ketma-ketliklarning dastlabki 3ta soni berilgan 4-sonni toping.
1. 7️⃣2️⃣, 5️⃣0️⃣, 8️⃣0️⃣, ?
2. 3️⃣1️⃣, 1️⃣1️⃣, 2️⃣9️⃣, ?
3. 2️⃣4️⃣, 3️⃣0️⃣3️⃣, 5️⃣0️⃣1️⃣, ?
Agar sizda asosli javob bo'lsa @curiosperson ga jo'nating!

🌙🎊 ҚУРБОН ҲАЙИТИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!!!🌙🎊
💐🤲🏻 Азиз каналимиз аьзолари, Сизни ва барча оила аъзоларингизни “ҚУРБОН ҲАЙИТИ”байрами билан муборакбод этамиз.
💐🤲🏻•Сизга ва оилангизга соғлик-омонлик, икки дунёни саодатидан насиб этишини сураймиз.
💐🤲🏻•Байрамни оила аъзоларингиз билан шодлик, хурсандликда хайрли утказишингизни тилаб коламиз!
💐🤲🏻•АЛЛОҲИМ!
Келаси йил шу кунларга Бизларни,Ота‑Оналаримизни,Фарзандларимизни, Аёлларимизни, Дўстларимизни ва барча яқинларимиз билан соғ-омон етказсин! Турли офат ва балолардан доим омон булайлик!!
Хурмат Билан, @pmtests жамоаси!

👍1🔥1
Dunyo tan olgan nufuzli maktablar
🇺🇸 P-Tech o'rta maktabi (Nyu-York, AQSh)
P-Tech o'rta maktab tizimini o'zgartirmoqda. Bu maktabning xususiyati shundaki u kollej o'rnini bosa oladi.
Bu maktabda:
📌 4 yillik dastur o'rniga 6 yillik dastur ishlaydi;
📌 6 yil davomida bolalar "STEM" ta'lim tizimi asosida tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik va matematika fanlaridan ta'lim olishadi;
📌 5 va 6-sinf o'quvchilari Nyu-York shahridagi "Texnologiya" kollejidan o'qituvchisi bilan testdan o'tib turishadi;
📌 Maktab oxirida, bitiruvchilar 1-diplom va kollej bitiruvchisi maqomini olishadi.
🇳🇱 Stiv Jobs maktabi (Amsterdam, Gollandiya)
Bu maktabning xususiyati shundaki sizni boshqacha fikrlashga o'rgatadi.
Bu maktabda:
🎯 Stiv Jobs maktabida har bir kishi qiziqish va imtiyozlarga qarab individual rivojlanish rejasini (IDP) tanlaydi, nafaqat (IDP) balki iPad dagi maxsus dasturda ham tanlash imkoniyatiga ega;
🎯 Maktab 4-sinfdan 12-sinfgacha har bir o'quvchiga shaxsiy jihozlarni beradi;
🎯 O'quvchi har 6 haftada tanlangan dastur bo'yicha uning ota-onasi yoki o'qituvchilari tomonidan testdan o'tib boradi;
🎯 Maktabda "O'qituvchi" so'zi ishlatilmaydi;
🎯 Qulay narsa shundaki siz o'zingizning xohshingiz bilan ishlaysiz va o'zingizni boshqalar bilan taqqoslamaysiz.
🇩🇰 Gimnaziya Estrestad (Kopengagen, Daniya)
Boshqa maktablardan ajralib turadigan tomoni devorisiz maktab. Tashqi tomondan maktab ulkan shisha kubga o'xshaydi.
Gimnaziyada:
📍 Ommaviy axborot vositalari, ommaviy aloqa va zamonaviy madaniyat o'rgatiladi;
📍 Mutaxassislikda amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishni istagan o'rta maktab o'quvchilari shu yerda tahsil olishadi;
📍 Talab etiladigan fanlar qatorida: Daniya, Ingliz tili,2-chet tili fransuz, ispan, nemis yoki xitoy tanlanishi;
📍 Fizika, matematika, tarix, din, tasviriy va musiqa san'ati, drama yoki media, jismoniy tarbiya, ijtimoiy fanlar, biologiya va kimyo fanlari ham tanlovga qarab o'tib boriladi;
📍 Kelajakdagi mutaxassislik bilan bog'liq uchta mavzuni tanlashingiz muhim;
📍 Mavzularning chorak qismi maktabda emas, balki Internetda o'rganiladi.
Bizda esa Prezident maktablari va al-Xorazmiy nomidagi maktablar. Ular ham kelajakda dunyo tan oladigan nufuzga erishib, yurtimiz uchun kamyob yetuk kadrlarni yetishtirib berishiga ishonamiz!!

👍10🔥1
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal pinned Deleted message
Kanalimizda o'tkazilayotgan testlar maktab o'quvchilari uchun qiyinmi?
Final Results
26%
Ha, oxirgi vaqtlarda qiyinlashib ketdi
31%
Testlar o'rtacha. Osondan qiyinga qarab ketadi.
12%
Testlar oson
59%
Qiyin bo'lsa ham mayli, o'rganib olamiz☺️👍
👍29 13🤩7🎉6🔥4😱3
So'rovnoma natijalaridan shuni bilish mumkinki, testlar biroz qiyinlashgan. Keyingi testlarda birinchi o'nta savolni oson, oxirgi o'nta savolni qiyinroq bo'lishiga e'tibor beramiz!
Qiyin testlarni ham o'rganib oladiganlarga omad!👍☺️
Izlanishdan to'xtamanglar!!

🔥6👍3