Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
489 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Musiqa guruhi konsert uchun teatr binosini ijaraga oldilar. Binoning ijarasi 800$ ni, va har bir sotilgan chipta uchun qo‘shimcha 3$. Teatr binosi 400 o‘rin har bir chipta 8$ dan sotiladi.
Ijara xarajatlarini qoplash uchun nechta chipta sotish kerak?
Anonymous Quiz
19%
100
31%
150
35%
160
14%
240
👍15🎉6🔥5🤩5😱3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Фарзандим_Президент_мактаби_ўқувчиси

“TUG‘ILGAN KUNIMDA PREZIDENTIMIZ BILAN UCHRASHGANMAN”

Yurtimizning turli hududlarida yashaydigan, farzandi Prezident maktabida o'qiydigan oilalar bilan suhbatlashishda davom etamiz. Bugungi mehmonimizning o‘g‘li Jo‘raboev Diyorbek Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi...

"Farzandingizga bolaligida vaqt ajrating, keyin o‘zini o‘zi eplab, boshqarib ketadi".

"O‘g‘lim Prezident bilan uchrashib, o‘zi yozgan she'rni o‘qib berganida, oilamiz bilan faxrlanganmiz".

"Prezident maktabida o‘qish uchun faqat bilim emas, harakat ham talab etiladi". (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
👍4🔥2
#Prezident_maktablari #Statistika

PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH BO‘YICHA YUQORI NATIJA KO‘RSATGAN MAKTABLAR

🔸
Mazkur statistikada Navoiy shahridagi 11-maktab yetakchilik qilmoqda - bu yerdan 17 nafar o'quvchi Prezident maktabiga qabul qilingan.

📌Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga yangi o‘quv yili joriy yilning oktabr oyidan boshlanishi rejalashtirilmoqda.
______
THE SCHOOLS WHICH DEMONSTRATED HIGHEST RESULTS IN ADMISSION TO PRESIDENTIAL SCHOOLS

🔸The school No. 11 in Navoi city is leading in this statistic - 17 students of this school have been admitted to the Presidential School.

📌Note: the new academic year for the Presidential schools is scheduled to begin in October this year.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
🔥1
🏆🏆8-yutuqli olimpiada g'oliblari aniqlandi!!🏆

(Keyingi yutuqli olimpiada oktyabr oyida o'tkaziladi)


4-5-sinflar

1. 🏆 Axatova Asal Axtam qizi
(Buxoro, G'ijduvon, 41-maktab)
2. 🥈 Xudayberganov Diyorbek Izzatbek o'g'li
(Toshkent, Chilonzor, 173-maktab)
3. 🥉 Jo'rayeva Kamola Abrorovna
(Buxoro shahar 17-maktab)


6-7-sinflar bitiruvchilari

1. 🏆 Muxtoraliyev Yorqinjon
(Farg‘ona, Oltiariq, 1-IDUM)
2. 🥈 Nishonova Gulirano Axmadjon qizi
(Farğona shahar, 9-maktab)
3. 🥉 Nomonjonov Muhammad Ali Botirjon õgʻli
(Fargʻona, Oltiariq, 1-IDUM)


8-9-sinflar bitiruvchilari

1. 🏆 Eshmurodov Muhammadqodir Sarvar o'g'li
(Qashqadaryo, Kitob, 1-DIMI)
2. 🥈 Fazliddinov Temur Muhammadali o'g'li
(Navoiy, Uchquduq, 18-maktab)
3. 🥉 Bekmirzayev Azimjon
(Namangan shahar 3-DIMI)

G'oliblarni muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz. Ushbu natijalarga erishishiga sabab bo'lgan ota-onalari va ustozlariga rahmat aytamiz. Faol ishtirok etgan o'quvchilarni yanada yaxshiroq o'qib, keyingi olimpiadalarimizda g'olib bo'lishlarini so'rab qolamiz.

☝️ Hurmatli o'quvchilar! Ilm olish va izlanishdan to'xtamanglar! Agar yaxshi o'qisangiz bugungi yutug'ingiz kelajakda ming yoki million barobar kattaroq yutuqga aylanadi! Hayotda ilmli inson doim yutadi!

👉👉
@pmtests
👍10🎉4🔥2🤩2
Qatorda yozilgan 5 ta sonning yig’indisi 27 ga teng. Dastlabki uchtasining yig’indisi 16 ga, oxirgi uchtasining yig’indisi 15 ga teng bo’lsa, qatorning o’rtasidagi sonning qiymatini toping.
Anonymous Quiz
10%
3
30%
4
34%
5
19%
7
7%
8
🤩13🔥9👍6😱5🎉3👏1
#Olimpiada_taassurotlari

Borligini isbotlamaslik, yo'qligini isbotlash kabidir

Hurmatli yoshlar, Sizning yaxshi bilim olishingiz birinchi navbatda O’ZINGIZGA va oilangizga, qolaversa butun jamiyatimizga suv va havodek zarur! Shuning uchun ta’limni rivojlantirish yo’lida katta loyihalar amalga oshirilmoqda. @pmtests jamoasi ham shu borada o’zining kichik hissasini qo’shish uchun haftalik testlar va oylik olimpiadalar tashkil qilgan. Olimpiada savollarini tuzish, zoomdagi savol-javoblar (5-6 soat), g’oliblarni pul mukofoti bilan rag’batlantirish 2 ta mutaxassisning 3 kunlik to’liq mehnatini talab qiladi. Jamoamiz bu olimpiadaga ko’p mehnat sarflangani uchun Olimpiadaning adolatli o’tishi biz uchun juda muhim. Shuning uchun doim savol berib, javobni asoslashni, birinchi bosqich natijangizni rasmga olib tashlash orqali o’sha foydalanuvchi siz ekanligizni isbotlashni so’rab boramiz. Bu bizning Sizga ishonmasligimizni anglatmaydi.

Hurmatli yoshlar, biz sizlarni yaxshi ko’ramiz, Sizlar yurtimiz kelajagi, xalqning umidisizlar. Yaxshi o’qib, yurtimizni eng rivojlangan davlatga olib chiqishingizga ishonamiz.

Ammo hayotda har bir narsa uchun isbot talab qilinishini unutmang! Hayotda ba’zi yolg’on gapiruvchi, aytgan ishini bajarmaydigan insonlar borligi sababli, quruq gapga ko’pchilik ishonmaydi. Hukm chiqarishda esa isbotsiz gapga umuman ishonilmaydi. Masalan, sizga zarar bergan bir zolim ustidan sudga da’vo qiling, ammo isbotingiz yo’q bo’lsa, siz tuxmat qilganlikda ayblanasiz va katta jarimaga tortilasiz. Yoki imtihonga ruxsatnomasiz boring, sizni o’ziz ekanligizni hamma biladi, lekin imtihonga kiritilmaysiz. O’zingizni hurmat qilsangiz isbotsiz gapirmang! Ustoz vazifani bajardim, biroq daftarim uyda qolib ketibdi demang! Ota-onangizga maktabda yaxshi o’qishingizni aytmang, balki ustozingiz qo’ygan besh baholarni ko’rsating!

Nima uchun isbotlash kerak? Axir bu riyokorlik va xo'jako'rsinga olib kelmaydimi?

Yo’q narsani bor qilib ko’rsatishga urinish riyokorlikdir. Misol uchun meni yaxshi ishchi desin deb, boshliq borida ishlab, yo’qligida dam oluvchi xodim aslida yaxshi xodim emas. Bu yomon. Ammo shunday holatlar borki, bor narsani borligini isbotlamaslik “tirik odamni tiriklayin ko’mish bilan barobardir”. Iqtidorli bolaga o'qish uchun sharoit qilmaslik, uning iqtidorini ko’mib yuborishga o’xshaydi. Buning yomon tomoni shundaki, yaxshi narsalar o’zining yaxshiligini isbotlamasa, ularning o’rniga yomonlari keladi. Tasavvur qiling, davlat ikki loyihadan birini moliyalashtirmoqchi. Ulardan biri jamiyat hayotini yaxshi tomonga o’zgartirib yuboruvchi, taraqqiyotga olib keluvchi bo’lsin. Ikkinchisi esa mukammal bo’lmagan kelgusida muammo tug’diradigan loyiha bo’lsin. 1-loyiha muallifi o’zining loyihasi yaxshiligini biladi va afzalligini isbotlashga harakat qilmaydi. Natijada 2-loyiha amaliyotga tadbiq etiladi va butun jamiyat hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Avvalo kuchli bilim sohibi bo’ling, keyin esa o’rni kelgan vaqtlarda bilimingizni ko’rsatib bering! Biror kashfiyot qilsangiz uni jamiyatga foydali ekanligini isbotlab bering! Yaqin vaqtlarda yurtimizda ko’plab olimlar shu narsalarga e’tibor bermadi. Natijada juda muhim kashfiyotlar, yangiliklar o’sha holatida qolib ketdi. Foydali ekani isbotlanmagan kashfiyotlarga pul tikilmadi. Arzon narxlarda xorijga sotib yuborildi. Biz yoshlarimizdan yirik kashfiyotlarni hamda o’sha kashfiyotlarning hayotga tadbiq etilishini kutamiz. Biz yoshlardan O’zbek yoshlari hech kimdan kam emasligini isbotlashini kutamiz!

@PMTESTS jamoasi
👍9🔥3
Karim yaxshi ishlagani uchun Toshkentga ishga chaqirildi. U Andijonda 3,5mln oylik olib, 2mln xarajat qiladi. Toshkentda xarajatlar 50%ga ortiq, kvartira to'lovi 4mln. Unga 8,5mln. oylik taklif qilindi. U jamg'armasi ko'paysagina taklifni qabul qiladi
Anonymous Quiz
22%
U taklifni qabul qiladi
38%
U taklifni qabul qilishi ham qilmasligi ham mumkin.
28%
U taklifni qabul qilmaydi
11%
Kvartira to'lovi juda baland ekan
😱9👍6🎉4🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktabi

🎥 Toshkent shahridagi Prezident maktabida boʻlib oʻtgan "Birinchi qoʻngʻiroq" tadbiridan videolavha.
---------------------
🎥 A video from the event at the Presidential School in Tashkent.
🔥1
Karim oilasini olib Toshkentga ishga bordi. Oylik 8,5 mln. 1-oyda 4mln.ga kvartira topgan MAKLER 50% xizmat haqi oldi. Uy egasiga esa 2mln. deposit berdi. Oila yashash xarajatlari 3mln edi. Karim qarz bo'ldi va uyiga qaytib ketdi. 1-oylikdan xarajatlar..
Anonymous Quiz
17%
500 000 so’m ko'p bo'ldi
18%
1 000 000 so’m ko'p bo'ldi
29%
1 500 000 so’m ko'p bo'ldi
26%
2 500 000 so’m ko'p bo'ldi
10%
3 000 000 so’m ko'p bo'ldi
🎉10🤩6👍5🔥5
ODDIY MUALLIM.

(Muhammad Yusuf)

Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o’sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq
Kimdir o’qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zotga harf o’rgatgan kim?...
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.


Tuproqdek xokisor, bezota jonlar,
Ammo qanotida tog’dek ulug’vor,
Ammo Temurdayin Sohibquronlar
Pirim deb, etagin o’pgan bor.
Qaysar joxongirga yo’l ko’rsatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrabni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,
Iloh so’z o’rgatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.


Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqilsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyquda shogirdin o’ylab yotgan kim?...
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.


Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh —
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bеbaho tilsim —
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.


Yuzga kiraman mеn Xudo xohlasa —
Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im
Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,
So’nggi safar sari otlangan chog’im,
Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

👉👉 @PMTESTS
👍7🤩4🔥2🎉1
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🎉3🔥2👍1
Aziz ustozlar,

Mehnatingiz bulog'idan
Yuksalmagan millat yo'q.
Zahmatingiz orqasida
Ta'ma yoki minnat yo'q.

Bir harf ila qulf ochgaysiz.
Dilni bog'lab dillarga
Dunyoning ming savobida
Harfingizcha himmat yo'q.

G'ubori yo'q har yurakda
Yaratgaysiz katta bog'
Ul-marifat bog'i ichra
Shaxdingizsiz g'ayrat yo'q.

So'z mulkida Navoiydir
Yassaviydir, Shayxsa'diy
Alarki, sizga bosh eggaydir
Qay satrda hayrat yo'q.

Qarshingizda ta'zimdamiz
Oftobjahon ustozlar
Yer yuzida siz qurgandek
Sohibqiron davlat yo'q.

Eng oliy saodat hisoblangan ustozlik maqomidagi kamolotimiz yo’lida bizga saboq, o’zligimizni anglashda ko’mak berayotgan barcha o’qituvlarimiz oldida bir umr qarzdormiz. Barcha ustoz va murabbiylarimizni bayram bilan muborakbod etamiz!!

👉👉 @PMTESTS
👍5🔥5👏1🎉1
Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 664771 nafar pedagog faoliyat yuritmoqda. Bulardan faqatgina 186996 nafari erkak pedagoglar bo'lib, qolganlari ayollar.
Ayol o'qituvchilar soni erkak o'qituvchilar sonidan nechtaga ko'p?
Anonymous Quiz
31%
477775 taga ko'p
17%
390779 taga ko'p
26%
357775 taga ko'p
21%
290779 taga ko'p
5%
190779 taga ko'p
👍14🎉14🔥4😱3🤩3
​​Ўрганишдан тўхтаган инсон қарийди.
Фарқи йўқ 20 дами ёки 80 да, ўрганишда давом этаётган ҳар қандай инсон эса, ёшлигини сақлаб қолади.

Ҳаётда энг асосийси - онг ёшлигини сақлаб қолиш.


©️Генри Форд
👍3🔥2🎉1
#Ибрат

Имом Бухорийнинг илм йўлидаги сафарлари

Дунё олимларининг ҳисоб-китобига кўра, Буюк ватандошимиз, ҳадис илмининг султони Имом ал-Бухорий (810-870) Пайғамбаримиз Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ҳадиси шарифларини тўплаб, ислом оламида бебаҳо бўлган "Ал-Жомеъ ас-саҳиҳ" асарларини ёзиш мақсадида турли ўлкаларга сафар қилиб, тахминан 14.000 км масофадаги илмларни эгаллаган.

Боболаримизнинг ҳаётида бизлар учун ибрат бор.

👉👉 @PMTESTS
👍7🔥5🤩2🎉1
#Китобга_муҳаббат

Меҳнатсевар инсон

– Покистонда бир киши Нобел мукофотига сазовор бўлган экан. У кишини ҳозирги кундаги Нақшбандия тариқатининг мужаддидларидан Зулфиқор Aҳмад Нақшбандий ҳафизаҳуллоҳ билан бир мажлисга таклиф қилинган экан. Мажлис бошланишдан аввал Зулфиқор Aҳмад Нақшбандий ўрталаридаги суҳбатни мавъизаларида қуйидагича баён қилиб келтирганлар: Мен у кишидан “Бу каби мукофотга кишидаги ўзгалардан ажралиб турадиган бирор бир хусусияти бор кишилар эришади. Сизда қандай хусусият бор” дедим. У киши “Бошқалардан ажралиб турадиган ҳеч қандай хусусиятим йўқ” деди. “Камтарлик яхши, улуғ фазилат, лекин буни четга қўйиб турсак, сизда албатта қандайдир хусусият бўлиши керак” дедим. Шунда у киши “Мен меҳнаткашман” деди. Мен “Ҳар бир талаба, касб эгаси, илм ходими меҳнаткаш бўлади. Усиз натижага эришолмаслиги аниқ” дедим. У киши “Мен китоб ўқишга ўта меҳнаткашман. Сизга бир мисол келтирай, қўлимга бир китоб тушиб қолди. Бир марта ўқиб чиқдим, тушунмадим, икки бор, уч бор ўқидим тушунмадим. 20 бор ўқидим, яна баъзи бир тушунмаган жойларим қолди. Ўқишда давом этдим, китоб менга салкам ёд бўлиб қолай деди. 40 марта ўқидим, шунда ундаги маълумотни тушундим” деди.

Манба: Зикр аҳлидан сўранг ҳайъати

• Биз қайси китобни ҳеч бўлмаса 10 марта ўқиганмиз? 🙂
🔥3👍2🎉1🤩1
#ajoyib_hisob

Farzandingizdan keladigan savoblar zahirasidan bebahra qolmang!

Ulamolar har bir aqlli inson farzandiga fotiha surasini o’zi o’rgatishi kerak deb aytishadi. Chunki, farzand necha marta ushbu surani o’qisa, unga o’rgatgan insonga ham shuncha savob berilar ekan. Misol uchun siz farzandingizga fotiha surasini o’rgatdingiz, farzandingiz nabirangizga o’rgatdi. Nabirangiz o’qigan fotiha surasidan beriladigan savob sizning farzandingizga ham sizga ham ularniki kamaymagan holda berilar ekan.
Sura o’qilganda har bir harfi uchun 10 tadan savob beriladi. Fotiha surasida 139 ta harf bor. Bir kunda besh mahal namoz o’qilganda 32 marta fotiha surasi o’qiladi. Farzandingizga fotiha surasini o'rgatish juda katta zahiraga ega bo'lishingizni bildiradi.
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
👍5🔥2
Karim ota 4 ta o’g’liga fotiha surasini o’zi yodlatgan. Ular ham har biri 4 nafardan farzandlariga fotiha surasini yod oldirishgan. Karim otaning o’zi va hamma oila a’zolari 5 mahal namoz o’qishadi. Karim ota bir kunda qancha savobga erishmoqda?
Anonymous Quiz
12%
88 960
15%
711 680
28%
800 640
22%
934 080
23%
1 000 000
👍14🔥7🎉7🤩3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hech qachon taslim bo'lmang. Imkon bor ekan, muvaffaqiyatga erishish mumkin!

👉 @pmtests
👍21🤩12🔥5😱4🎉4👏1
Eni 23 m bo’lgan to’g’ri to’rtburchak shaklidagi 805 m² maydonga anor daraxti ekilgan. Shu maydon bilan bo’yi teng, eni esa 5 m uzun maydonga olma ekilgan. Olma ekilgan maydon yuzini toping.
Anonymous Quiz
18%
175 m²
35%
875 m²
30%
920 m²
16%
980 m²
👍10🔥2😱2🤩1
Ketma-ketlikdagi keyingi harfni toping:
B I U T B O Y S ?
Anonymous Quiz
31%
T
19%
I
24%
R
16%
O'
10%
N
😱12🤩12🎉7🔥6👍4