Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
🌎 Prezident maktabi - shunchaki vosita! 🌍

Prezident maktabi asosiy imtihon natijalari e'lon qilindi. Ba’zilarda prezident maktabiga kirganlar, hamma narsaga erishgan; kira olmaganlar hamma narsadan mahrum bo’lganday tasavvur ham paydo bo’lgan. Biz barcha o’quvchilarga quyidagi narsalarni eslatib o’tamiz:

Insonning hayotdagi maqsadlari oliy bo’lishi kerak. Misol uchun, men o’z sohamda dunyodagi eng zo’r mutaxassis bo’laman; eng zo’r programist bo’laman; yirik tadbirkor bo’laman va minglab iqtidorli yoshlarni bepul o’qitaman; Muhammadali Eshonqulov kabi 6 ta xorijiy tillarni biladigan, mingdan ortiq eng sara kitoblarni mukammal o’rganib, o’ng minglab insonlarga ziyo tarqatadigan inson bo’laman; ota-onamni haj qildiraman; O’zbekiston taraqqiyotiga o’z hissamni qo’shaman; bobolarim kabi dunyoni ilmim bilan lol qoldiraman va hakazo.

Agar siz oliy maqsadlar qo’ygan bo’lsangiz “Prezident maktabi siz uchun shunchaki vosita” bo’ladi. Ya’ni 6 dan ortiq chet tilini o’rganish va sohangiz bo’yicha malakali ustozlardan dars olish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Ammo maqsadga erishishda hech qachon bir vositaga tayanilmaydi. Vosita maqsadning oldida arzimas narsa bo’ladi. Maktabga mashinasi bilan olib borishga dadangizni vaqti bo’lmadi deylik, siz mashina yo’q deb maktabga bormay qo’ymaysiz. Boshqa vosita orqali borasiz: yoki avtobus yoki taksi yoki piyoda. Tish tozalash uchun misvakdan foydalanasizmi yoki tish chotkasidan muhimi tishingiz toza bo’lsin!

Aziz o’quvchi, agar siz prezident maktabiga eng birinchi o’rinda kirsangiz ham maqsadga erishgan hisoblanmaysiz. Balki, hamma narsa keyin boshlanadi. Yurtimiz rivojiga o’z hissangizni qo’shish uchun bor imkoniyatni ishga solishingiz kerak. Agar ozgina bee’tibor bo’lsangiz, ishoning prezident maktabiga kirmay ham sizdan ilm bobida o’tib ketadiganlar ko’plab topiladi.

Aziz o’quvchi, agar siz prezident maktabiga kira olmasangiz ham bu maqsadga erishmaganizni anglatmaydi. Oliy maqsadlar oldida bu maktab bir kichik vosita yoki yordamchi xolos. Hozirgi kunda muvaffaqiyatga erishganlarga nazar soling. Ularning birortasi prezident maktabida o’qimagan. Demak, hayotda eng zo’ri bo’lish uchun prezident maktabida o’qish shart emas. Imkon qadar harakat qildingiz, bu vosita bo’lmasa boshqa vositalardan foydalaning. Ammo maqsadingizga albatta erishing!

☝️Biz barcha o’quvchilarni prezident maktabiga kirishi yoki kirmasligidan qat’iy nazar ota-onasiga rahmat olib beruvchi va yurtimiz rivojiga ulkan hissa qo’shuvchi barkamol shaxslar, bobolariga munosib avlodlar bo’lishini so’raymiz!

@PMTESTS jamoasi
🤩4👍3😱3🔥2
Ko‘p o‘qudum Vomiqu Farhodu Majnun qissasin,
O‘z ishimdin bul’ajabroq dostone topmadim.

(Alisher Navoiy)

|Bizda natijalar qanday|
Kecha, Prezident maktabi asosiy imtihon natijalari chiqishi o’zimizning kanalimiz, tayyorlash yo’nalishimizga bo’lgan ishonchni orttirdi. Imtihondan o’tgan o’quvchilarning aksariyati kanalimiz a’zolari hisoblanadi. Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilardan "qaysi kanalni foydali deb bilasan?" kabi savol berilsa, 1-o'rinda @pmtests aytilmoqda. Prezident maktabiga tayyorlash, o’quvchilarga matematik va tanqidiy fikrlashni o'rgatish bo’yicha O’rta Osiyodagi eng katta kanal bo’lganimiz uchun bu tabiiy.

Ammo, kichik guruhlarda pullik asosda tashkil qilgan telegram guruhlarimizdagi online darslarimizdan olgan bilimlaridan foydalanib prezident maktabiga kirganlar hozirgacha 50 dan ortiq (bu miqdor ortib bormoqda), al-xorazmiy maktabiga kirganlar 20 ga yaqin bo’ldi. Bu biz kutgandan ko’ra yuqori ko’rsatkich bo’ldi. Bir qancha o’quvchi faqat bizning testlardan foydalanib, hech qanday qo’shimcha tayyorgarliksiz ham imtihondan yuqori bal bilan o’tganligini yozishgan.

O’zim, kanal asoschisi (A.Jumanazarov)ga kelsak, online videodarslar va materiallar tayyorlash, o’quv markazlarida o’tkaziladigan repetitsion testlar tuzish bilan band bo’lganligim uchun faqat bitta guruhni
va bir-ikki yakka tartibdagi o’quvchilarni prezident maktabiga tayyorladim. 14 ta o’quvchimdan hammasi 100% saralash imtihonidan o’tib, shulardan 5 tasi: 2 tasi 1-o’rinda (biri Farg’ona 5-sinfga, ikkinchisi Jizzah 6-sinfga), uchinchisi 2-o’rin (Xorazm 5-sinf), to'rtinchisi 3-o’rinda (Toshkent 6-sinf), beshinchisi 20-o’rinda (Farg’ona 7-sinf) prezident maktablariga qabul qilindi. Yana 2 tasi Al-Xorazmiy maktabiga qabul qilindi. Men bu o’quvchilarni mendan oldin o’qitgan ustozlariga ham o’z rahmatimni aytaman. Prezident maktabiga o’quvchi kiritish hamma ustozlarga ham nasib etavermaydi. Nasib etganiga Allohga shukur!!

O’tgan yillar davomida biz yaxshigina tajriba va foydali materiallar tayyorlashga muvaffaq bo’ldik, bu yil ham o’quvchilarni yaxshi tayyorlanishi uchun tinimsiz izlanishda bo’lamiz. Bizga ishongan va qo'llab-quvvatlagan barcha obunachilarga rahmat aytamiz. Bundan keyin ham ishonchni oqlashga harakat qilamiz!

@PMTESTS jamoasi
🔥6👍3😱2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ta'limni o'zgartirgan STEAM yondashuvi

Fanlararo bog'lik asosiga qurilgan STEAM ta'limi nimalarni o'zgartirdi?

Videoda bafurja.

STEM nima deganlar uchun
Science- Fanlar (tabiiy fanlar)
Technology-Texnalogiya
Engineering-Muhandislik
Art-San'at
Mathematics- Matematika

Manba: @edurtm_uz

👉👉 @PMTESTS
👍7🔥1
Prezident maktabiga kirgan o'quvchilar kimlar va qanday o'quvchilar?!

Mana 2021-yil prezident maktabi imtihonidan muvaffaqiyatli o’tgan o’quvchilar ham aniq bo’ldi. Tabiiyki, keyingi yil uchun imtihonga tayyorlanayotgan o’quvchilarda “bu o’quvchilar kimlar, qanday tayyorgarlik ko’rishdi?” kabi savollar tug’iladi. Chunki, tayyorgarlik ko’rishda ularning tajribasidan foydalanishlari mumkin.
Bizga natijalar e’lon qilingandan so’ng 80 dan ortiq prezident maktabiga qabul qilingan o’quvchilar murojaat qilib, o’zlari haqida ma’lumot berishdi. Ulardagi ba’zi umumiy xususiyatlarni aytib o’tishni foydali deb bildik.

Muntazam (uzluksiz) tayyorgarlik. Ular o’zlari ustida doimo ishlab borish bilan birgalikda, kanalimizdagi testlarni ham hammasini yechib borishgan. Test natijalarini tayyorlash davomida 30 dan ortiq o’quvchilarni ism familiyasini yodlab ham olganmiz.

Birinchi bo’lishga intilish. Shuni bilingki, prezident maktabiga eng kuchli o’quvchilarning ham eng kuchlilari kiradi. Dastlab, siz faqat o’z natijangizdagi o’sishga e’tibor bering. Keyinchalik, sinfizdagi, guruhizdagi, kerak bo’lsa viloyatingizdagi eng yaxshi o’quvchi bo’lishga harakat qiling.

To’g’ri yo’nalishda tayyorlanish. Matematikani birinchi o’ringa qo’ying. Mantiqiy va boshqotirma misollarni ma’lum darajasi bilan kifoyalaning. Ba’zi kanallarda shu turdagi misollar ko’p berilgani uchun, o’quvchilar noto’g’ri yo’nalishda ketib, ko’p vaqtlarini boshqotirmalar va imtihonda tushmaydigan nazariy va mantiqiy misollarga sarflab yutkazib qo’yishadi. Imtihonda hayotiy va real misollar beriladi.

🔶 Kun davomida ba’zi o’quvchilar bilan tanishib, yangi tayyorlanayotganlar uchun foydali jihatlarini aytib o’tamiz….

👉👉 @PMTESTS
👍8🔥2🎉2
Ko’palov Shohjahon. Xorazm viloyati Prezident maktabi 5-sinfiga 2-o’rinda 80 bal bilan qabul qilindi.

Bu o’quvchidagi ilmga chanqoqlik, yangi narsalarni o’rganishga bo’lgan qiziqishi meni hayratlantirgan. Maktabdagi o’qituvchisi Malohat opadan matematikani chuqur o’rganib, menga kelgan vaqtida “o’zi hamma narsani bilar ekansiz, menda o’qishdan maqsad nima?” – dedim. U “ustoz 30 talik testlardan 29 ta yechayapman, shuni 30 ta qilishim kerak” – deb javob berdi. Test natijasini 1 taga orttirish uchun bir nechta kitobni tugatdi va o’z maqsadiga erishdi. Saralash imtihonida 30 tasini to’g’ri yechishga muvaffaq bo’ldi. @pmtests kanalidagi yutuqli olimpiadalarda bir necha bor g’olib bo’ldi.

Men bu o’quvchimdan to’xtab qolmaslikni o’rgandim, menga shu 29 ta yetadi demasdan izlangani uchun ko’plab foydali bilimlarga erishdi. Alloh keyingi o’qishlarida ham muvaffaqiyatlar bersin. Yurtimiz taraqqiyotiga o’zining ulkan hissalarini qo’shsin! O’z sohasida nafaqat O’zbekistonda, balki dunyoda 1-o’rinda bo’lsin!
👍14🔥2😱1🎉1
Inson hayoti BUYURTMA va QABULdan iborat

Qosimov Muhammadali. Farg’ona viloyati Prezident maktabi 5-sinfiga 1-o’rinda 78,5 bal bilan qabul qilindi.

Bu o’quvchimda natijadan ko’ra yangi bilimlarni o’rganish, amaliyotda joriy qilish va tajriba qilishga qiziqish kuchli edi. Har bir o’rgangan qoidani tezda sinab ko’rib, o’z xulosasini aytar edi. Online darslarga qatnashib, imtihonga yaqin qolganda Toshkentda tayyorlandi.

Bir darsimda: inson hayoti BUYURTMA va QABULdan iborat. Yoshligizda xudodan nima so’rasangiz, o’shalarni qabul qilib yashaysiz. Katta narsalarni so’ragan katta ishlar, kichik narsalarni so’raganlar mayda ishlar qilib o’tishadi, dedim. Shunda Muhammadali “Al-Xorazmiyga ham Prezident maktabiga ham kiray, meni $100 000 000 000 pulim bo’lsin”- dedi. Uning tajribasi ish berdi, ikki maktab imtihonidan ham muvaffaqiyatli o’tdi. Men aniq aytamanki, kelajakda yuqoridagi summadan ham ko’p mablag’ga ega bo’ladi.

Alloh bu o'quvchimizni ham yurtimiz taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shishini nasib etsin!
👍12🔥1👏1😱1🤩1
Siz ham BUYURTMAni katta qiling!


Hurmatli yoshlar, Allohdan katta narsalarni so’rang, oldizga katta maqsadlarni qo’ying. Alloh yoki siz so’ragan narsangizni yoki undan yaxshirog’ini beradi. Hech qachon so’ragan narsangiz bekor ketmaydi. Bu narsani g’arblik tadqiqotchilar yaqin yillarda anglab yetishdi. Va yoshligida katta maqsad qo’yganlarning kelajakda maqsadlariga erishganlari tajriba orqali isbotlandi.

O’quvchimiz, Muhammadali $100 mlrd ni buyurtma qilganida, ba’zi o’quvchilar “domla bu pul ko’p-ku” deyishdi. Men aytamanki, bu pul kam. Biz yer yuzida ko’rinmas bir nuqtamiz xolos, yer yuzi esa koinotda bir kichik zarra, chang ham emas. Sizning xudoga beradigan buyurtmangiz qancha katta bo’lmasin, Xudoning oldida bu zarradan ham kichik, arzimas narsa bo’ladi.
👍10🔥4
Abdullayev Muhammad-Amin. Toshkent shahri Prezident maktabi 6-sinfiga 3-o’rinda 88 bal bilan qabul qilindi.

Ushbu o’quvchimning ilm olishga munosabati barcha o’quvchilarnikidan boshqacha edi. Buyuk bobolarimiz kabi ilmni qadrlab, kelajakda shu ilmim orqali xalqimga va dinimga xizmat qilaman degan niyati ko’rinib turadi. O’qituvchining hurmatini joyiga qo’yishi, chiroyli muomilasi sababli barcha guruhdagilar uni yaxshi ko’rishadi.

Besh yoshida Qur’oni Karimni to’liq yodlab, olti yoshida to'liq xatmiga o'tgani sababli xotirasi boshqalarnikidan kuchliroq, fikrlashi tiniqroq edi. Yosh bolalar uchun murakkab hisoblangan tanqidiy fikrlash savollarini yaxshi tushunib tahlil qila olar edi. Berilgan vazifalar va ustozlarning barcha tavsiyalariga amal qilgani uchun butun Respublika bo’yicha Muammoli masalar va tanqidiy fikrlash savollaridan eng ko’p topishga muvaffaq bo’ldi (40tadan 38ta).

Biz Muhammad-Aminni buyuk bobolarimiz Imom-Buxoriy, Imom-Termiziy, Al-Xorazmiylar kabi zabardast olimlardan bo’lishini tilaymiz!
👍12🔥3😱1
Prezident maktabi saralash bosqichining o'tkazilish tartibi va baholash tizimi qanday?

Agar talabgorlar soni 1 o'ringa 20 kishidan ortsa saralash bosqich o'tkaziladi.
Saralash imtihonida Matematika fanidan 30 ta savol beriladi.

📌1-10 - savollar oson darajadagi savollar bo'lib, har bir savolga 2.1 ball beriladi.
📌11-20 - savollar oʻrta darajadagi savollar bo'lib, har bir savolga 3.2 ball beriladi
📌21-30 - savollar qiyin darajadagi savollar bo'lib, har bir savolga 4.3 ball beriladi
Saralash imtihoni talabgor xohishiga koʻra oʻzbek, ingliz yoki qoraqalpoq tillaridan birida boʻlib oʻtadi.
Eng yuqori ball : 96 ball
Beriladigan vaqt : 90 daqiqa (2021-yilda pandemiya tufayli kam vaqt berildi)

Kanal manzili
@pmtests
👍4🤩3🔥2
100 000 so’m pulni maydalash (almashtirish) kerak. Sizda 1 ta ellik ming so’mlik va 50 ta ming so’mlik va 2 ta o’n ming so’mlik va 5 ta besh ming so’mlik bor. Qanday eng kam sondagi pul (banknota) bilan 100 000 so’mni maydalab berishingiz mumkin?
Anonymous Quiz
16%
17
36%
51
38%
13
11%
12
🤩14👍8🔥8🎉4
#Сўраган_эдингиз

🔰Prezident maktablariga kirish imtihonlarining natijalari e’lon qilingandan so‘ng, aholi tomonidan bir qancha savollar yo‘llanmoqda. Quyida eng ko’p so‘ralgan savollarga javob beramiz.

Prezident maktablarida o‘qish qachondan boshlanadi?

-Prezident maktablariga o'qish oktyabrda boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Prezident maktablari natijalari e’lon qilindi, menga yarim ball yetmay, 25-o‘rinda turibman. Ammo faqat 24 ta qabul qilinar ekan. Menda o‘qish uchun biror imkon bormi?

-Agar 24 nafar nomzoddan birortasi o‘qishni rad etsa, shundagina o‘rin ochilishi mumkin.

Nomzodning Prezident maktabi imtihonida olgan bali bilan Agentlik tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imkoni bormi?

- Yo‘q, bunday imkoniyat ko'zda tutilmagan.
👍4🔥4
Aziz suzish havzasiga ikki kunda bir, Jamshid uch kunda bir, Zokir esa besh kunda bir boradi. 2021-yil 1-yanvar kuni Aziz, Jamshid va Zokirlar hammasi suzish havzasiga borishdi. Ular yana qachon bir kunda suzish havzasiga borishadi?
Anonymous Quiz
30%
31-yanvar
27%
1-fevral
23%
1-mart
20%
30-yanvar
🤩8🔥5😱4👍3🎉2
Qaysi o'quv markazini tavsiya qilasiz..

Ko’pchilik ota-onalar farzandlarini prezident maktabiga tayyorlash bo’yicha ishonchli joylarni so’rab murojaat qilishadi. Biz biror o'quv markazini aynan tavsiya qilmaymiz. Balki, ota-onalarga ularning oldingi natijalari, dars beruvchi o’qituvchining mahorati va markazdagi tartib-intizom orqali o'zlari xulosa chiqarishi kerakligini aytib kelamiz.

Hammaga foydali bo’lishi uchun bir hafta davomida yaxshi natijalarga erishgan ba'zi o’quv markazlarini kanalimizda pullik asosda e’lon qilib boramiz. E’lonlar bo’yicha to’lovlar esa, yutuqli olimpiadani tashkillashtirish va iqtidorli yoshlarni pul mukofoti bilan taqdirlashga sarflanadi.

Murojaat uchun: @pmtests_admin
👍4🤩2
#olimpiada_savoli: Murotjon yangi mashinasida Andijondan Toshkentga 180km/soat tezlikda keldi. Mashina radarga tushib jarima to'lashga to'g'ri keldi. Keyin u Andijonga 60km/soat tezlikda qaytdi. Uning borib kelish yo'lidagi o'rtacha tezligini toping
Anonymous Quiz
16%
90 km/soat
12%
100 km/soat
16%
108 km/soat
50%
120 km/soat
5%
144 km/soat
👍11🎉6🤩6🔥4😱2
Sakinaga matematikadan 30 ta test berildi. Yechish uchun 20 ta testga 3-5 daqiqadan, 10 taga 5-10 daqiqadan vaqt ketadi.
Sakina 19:00 da uy vazifasini bajarishni boshladi. U uy vazifasini tamomlashi mumkin bo‘lgan eng erta vaqt qaysi?
Anonymous Quiz
12%
22:20
16%
21:40
23%
21:20
34%
20:50
15%
20:40
👍12🤩9🔥6🎉4😱1
#Elchilar_Prezident_maktabida

Manish Prabhat, Hindistonning Oʻzbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi

- Prezident maktabidagi shart-sharoitlar va zamonaviy jihozlangan sinfxonalar menda alohida taassurot uyg‘otdi. Biroq, meni hayratga solgani bu ayniqsa ushbu maktab o‘quvchilari bo‘ldi. Ularning bilim-salohiyati, o‘ziga ishonchi va fikrini aniq tushuntira olish mahorati mazkur maktabda olib borilgan ta’lim tizimining nihoyatda to‘g‘ri tashkil etilganligini ko‘rsatadi. Ushbu Prezident maktablarini respublikadagi eng namunaviy maktablardan deb ishonch bilan aytishim mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍3🔥2
Qozog’iston nashrida Gm avtolariga pulini to’lagan navbatdagilar soni 30000 ekani aytildi. 1 ta mashinaning 85% to’lov o’rtacha 8 mln so’m. Xalq band pullarni ishlatsa oyiga 3% foyda ko'radi. UzAvtoMotors bir yilda qancha potensial foydani yo’q qilmoqda?
Anonymous Quiz
14%
7 200 000 000 so’m
20%
14 400 000 000 so’m
32%
54 000 000 000 so’m
24%
86 400 000 000 so’m
10%
240 000 000 000 so’m
🔥9😱6👍5🎉4🤩4
Musiqa guruhi konsert uchun teatr binosini ijaraga oldilar. Binoning ijarasi 800$ ni, va har bir sotilgan chipta uchun qo‘shimcha 3$. Teatr binosi 400 o‘rin har bir chipta 8$ dan sotiladi.
Ijara xarajatlarini qoplash uchun nechta chipta sotish kerak?
Anonymous Quiz
19%
100
31%
150
35%
160
14%
240
👍15🎉6🔥5🤩5😱3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Фарзандим_Президент_мактаби_ўқувчиси

“TUG‘ILGAN KUNIMDA PREZIDENTIMIZ BILAN UCHRASHGANMAN”

Yurtimizning turli hududlarida yashaydigan, farzandi Prezident maktabida o'qiydigan oilalar bilan suhbatlashishda davom etamiz. Bugungi mehmonimizning o‘g‘li Jo‘raboev Diyorbek Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi...

"Farzandingizga bolaligida vaqt ajrating, keyin o‘zini o‘zi eplab, boshqarib ketadi".

"O‘g‘lim Prezident bilan uchrashib, o‘zi yozgan she'rni o‘qib berganida, oilamiz bilan faxrlanganmiz".

"Prezident maktabida o‘qish uchun faqat bilim emas, harakat ham talab etiladi". (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
👍4🔥2
#Prezident_maktablari #Statistika

PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH BO‘YICHA YUQORI NATIJA KO‘RSATGAN MAKTABLAR

🔸
Mazkur statistikada Navoiy shahridagi 11-maktab yetakchilik qilmoqda - bu yerdan 17 nafar o'quvchi Prezident maktabiga qabul qilingan.

📌Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga yangi o‘quv yili joriy yilning oktabr oyidan boshlanishi rejalashtirilmoqda.
______
THE SCHOOLS WHICH DEMONSTRATED HIGHEST RESULTS IN ADMISSION TO PRESIDENTIAL SCHOOLS

🔸The school No. 11 in Navoi city is leading in this statistic - 17 students of this school have been admitted to the Presidential School.

📌Note: the new academic year for the Presidential schools is scheduled to begin in October this year.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
🔥1