Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilmdan oʻzga najot yoʻq va boʻlmagay!!!

Foydali statistik ma'lumotlar. Ushbu ma'lumotlar barchamizni fikrlashga chorlaydi.

(Ba'zi iqtisodiy ko'rsatkichlar oldingi davr bo'yicha bo'lib, hozirgi kunda o'zgargan)
🎉1
UzAutoMotors 2021-yil 6oyda 1,902 trln so'mlik soliq imtiyozini olgan (soliq to'lamagan). Kompaniyanig shu davrdagi sof foydasi 902mlrd so'mni tashkil etgan. Soliqlar to'langan taqdirda, kompaniya shu davrda qancha zarar bilan chiqqan bo'lar edi?
Anonymous Quiz
9%
100 000 000 so'm
21%
1 000 000 000 so'm
29%
10 000 000 000 so'm
19%
100 000 000 000 so'm
23%
1 000 000 000 000 so'm
👍15🔥7🤩7😱6🎉1
O'zbekistonning yillik aholi jon boshiga YaIM (nominal daromad) $1750 bo'lib, dunyoda juda past o'rinda, ya'ni 171-o'rinda turadi. Uni $4000 ga chiqarish uchun daromadimiz necha foiz o'sishi kerak?
(Taq. Qozog'iston - $9793, Turkmaniston - $8124)
Anonymous Quiz
16%
28 % ga
38%
228 % ga
35%
129 % ga
11%
290 % ga
🎉12🔥8👍7😱2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Мактаб, мактаб ва яна мактаб. Мактабни ривожлантирсак, ҳамма соҳа бўйича ривожланиш бўлади, мен бунга ишонаман — Шавкат Мирзиёев

©
Xushnudbek.uz

👉 @PMTESTS
👍4🔥2
Президент мактабларидаги стандартлар келгусида умумтаълим мактабларида ҳам жорий қилиниши керак — Шавкат Мирзиёев

“Президент мактаблари – бизнинг келажагимиз. Мен нима учун бу мактабларни намуна даражасида қиляпман – келажакда бу мактаблар таълим стандартлари умумтаълим мактабларига, халқ таълими тизимига тушиши керак, локомотивга айланиши керак”, – деди президент.

👉 https://kun.uz/76949928


👉👉 @PMTESTS
👍4🔥4
Forwarded from Xushnudbek.uz
Пахта миллий бойлигимиз эмас!

Юқоридаги фикрларни бундан 3 йил олдин ёзган эканман. Ўша пайтда бу фикрга қаршилик қилганлар, ҳатто мени ватан хоинига чиқарганлар ҳам бўлганди. Аммо вақт ўтиб, мана бугунги кунда ўша фикрлар ҳақиқат эканлигини ҳаётнинг ўзи кўрсатиб турибди.

Пахта миллий бойлигимиз деган ақида билан бутун миллатнинг таълимини ўлдиришга, миллионлаб инсонларни мажбурий меҳнатга жалб қилишга йўналтирилган сиёсат ҳеч қачон тўғри бўлмаган. Миллий бойлигимиз – бу халқимиз, фуқароларимиз! Бундан катта бойлигимиз йўқ.


👉 @xushnudbek 👈
👍10🔥3
Testlarsiz zerikdizmi?! Biz yana boshladik!!

Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz a’zolari. @PMTESTS jamoasi qisqa muddatli tanaffusdan so’ng yana o’z faoliyatini boshlaydi.

Kanalimizda prezident maktabi va al-Xorazmiy maktabiga kirmoqchi bo’lgan o’quvchilar uchun quyidagi foydali materiallar berib boriladi:

Matematikaga doir bilimlarini va fikrlash qobiliyatini oshiruvchi viktorina rejimidagi kunlik savollar. Savolga javob berganingizda to’g’ri javob izohini ham bilib olishingiz mumkin;

Matematika va fikrlashga doir 30 talik testlar payshanba va yakshanba kunlari berib boriladi.

Tanqidiy fikrlash va muammoli masalalarga doir 10 talik testlar haftaning seshanba kuni bo’lib o’tadi.

Har oyda bir marotaba 4-9-sinflar bo'yicha iqtidorli o'quvchilarni rag'batlantirish maqsadida yutuqli olimpiadalar o'tkaziladi;

Prezident maktabi va boshqa ixtisoslashtirilgan maktablar bo’yicha muhim yangiliklar.

☝️ Kanalimizdan uzoqlashmang, biz sizga mukammal tayyorlanishga yordam beramiz.

Bizni kuzatib boring! Do'stlarni ham taklif qiling 👉 @PMTESTS
🔥3👍2🎉1
Sarvar Guliga dedi: “Ota-onam o‘ta qattiqqo‘l. Uy vazifalarimni tugatmagunimcha menga o‘ynashga ruxsat berishmaydi. Menimcha, vazifani bajarish vaqtini o'zim belgilashim lozim. Men ulardan yaxshiroq bilaman.”
Qaysi jumla Sarvarning fikrini kuchaytiradi?
Anonymous Quiz
13%
Sarvarning maktabidagi ko'p bolalar darsdan uyga kelib darhol uy vazifalarini bajarishlari lozim.
22%
Guliga uy vazifalarini kechki ovqatdan keyin bajarishga ruxsat beriladi.
47%
Sarvar maktabdan so‘ng juda charchaydi va biroz dam olgandan so‘ng yaxshi dars qiladi.
18%
Bolalarning maktabda a‘lo baholarga o‘qishi uchun uy vazifalarini bajarishi juda muhim.
👍14🔥6🎉3
Azizga 1kg paxtaga 1200so’m to’lanishi, 1kunda 100-150kg terish mumkinligi aytildi. Ammo u kompyuterda reklamalar dizayni bilan ishlab, bir kunda 9-15ta dizaynni 1tasini 80000so’mdan qiladi.Aziz paxta teruvchilardan kamida necha marta ko’p daromad qiladi?
Anonymous Quiz
11%
2
32%
4
39%
5
19%
10
👍10🔥5😱3🤩3🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farzandi Prezident maktabida o'qiydigan ota-onalar bilan suhbatlashishda davom etamiz.

🔹Alisher Bekniyazov - payvandchi, Muhabbat Eshimova esa uy bekasi. Uch farzandning ota-onasi Qoraqalpogʻistonning Taxıyatosh shahrida istiqomat qilishadi. Ularning kenja farzandi Jasurbek Eshniyazov Nukus shahridagi Prezident maktabining 8-sinfida tahsil oladi.

🔶 Jasurbek umumta’lim maktabida olgan bilimi asosida Prezident maktabiga o‘qishga kirgan bu iqtidorli o‘quvchi hozirgi kunda Prezident maktabining eng namunali o'quvchilaridan biri.

- Farzandim Prezident maktabiga kirish imtihonining birinchi bosqichidan o‘tganini eshitganimdayoq juda quvongandim. Hozirda uning ushbu maktabning o‘quvchisi ekanidan xursandman,-deydi Muhabbat opa.

- Prezident maktabida o'qish uchun barcha sharoitlar yaratilgan, o'g'lim bilan maktabi haqida gaplashganimda dunyoqarashi, fikrlashi kengayganini sezaman,-deydi Alisher aka.
👍3🔥1😱1
Prezident maktabi ingliz tili testlari kanali ishga tushdi!! (@pmtests_english)

Endi ingliz tili testlari kanalini qidirishni hojati yo'q! Talablarga asosan Prezident maktabi va al-Xorazmiy maktablariga tayyorlanayotgan o'quvchilar uchun ingliz tilidan testlar kanali o'z faoliyatini boshladi.

Ushbu kanalda chorshanba va shanba kunlari 20:00 da ingliz tilidan 20talik testlar bo'lib o'tadi.

Bilimingizni sinang va bilmaganlaringizni o'rganib boring!

Presidential Schools English tests
https://t.me/pmtests_english
🔥3👍2😱1
Amerikada avtosalondan yangi mashina sotib olish 5-6 soat vaqt oladi. (naqd pulda 1-2 soat). UzAvtoMotors avtosalonlaridan mashina sotib olish o’rtacha 3-6 oyni tashkil etadi. O’zbekistondagi mashina olish jarayoni Amerikadagidan kamida necha marta sekin?
Anonymous Quiz
12%
100 marta
19%
240 marta
34%
360 marta
19%
432 marta
17%
1080 marta
🔥8👍7🎉5🤩3😱2
Avtobus 1-bekatdan yo'lga chiqdi. Asror bu vaqtda avtobusni 7-bekatda kutayotgan edi. Avtobus har bir bekatlar oralig'ida 2minutdan yuradi. Aziz 1-bekatdan yo'lga chiqqan avtobusni bekatlarni to'xtash vaqtini hisobga olmaganda qancha vaqt kutadi?
Anonymous Quiz
12%
16 minut
38%
14 minut
44%
12 minut
7%
10 minut
🎉16👍7🔥3😱2🤩2
⚡️⚡️ RASMIY XABARLARGA KO'RA PREZIDENT MAKTABI 2-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI BUGUN 16-SENTABR E‘LON QILINISHI KERAK!

Natijalar ‘‘Cambridge Assessment’’ tashkilotining rasmiy saytida bugun kechgacha e'lon qilinishi ko'zda tutilgan.

Natijalarini bilish uchun:
https://www.admissionstesting.org
saytiga kirib, saytning qidiruv bo'limidan:
- "Presidential schools selection results" ni qidirish lozim.

☝️ Hozircha saytda o'tgan yilgi natijalar va bu yilgi saralash imtihoni natijalari mavjud. Bu yilgi natijalarni aniqlash uchun barcha viloyatlar kesimiga va fanlarga e'tibor bering. Demak, yana ozroq kutamiz, tez orada natijalar chiqishi mumkin.

Barcha o'quvchilarga muvaffaqiyat tilaymiz!

👉👉 @PMTESTS
👍5🔥3🎉1
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari 2- bosqich kirish imtihonlari natijalari yuzasidan bayonot

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2- bosqich natijalari 20-sentabr kuni e'lon qilinishi ma'lum bo'ldi. Bu haqda Cambridge Assessment tashkilotining Test ishlab chiqish va qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti boshlig'i Gwen Caudwell xabar berdi.

Bundan tashqari, Cambridge Assessment tashkiloti bugungi kunda 100 dan oshiq davlatlarda imtihon o‘tkazayotgani va vaqt juda tig‘izligiga qaramay, grafik asosida ish yuritayotganini ma'lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlar Cambridge Assessment tashkilotining rasmiy sahifasini kuzatib borishlari mumkin: 👉https://www.admissionstesting.org
____________________
🔶 Afsus yana ancha kun kutamiz ekan. Ko'rib turganimizdek, tashkilot aytilgan vaqtda e'lon qila olmadi! Biz bu tashkilotlar ham ideal emasligini bilib oldik, biz nechta davlatda test o'tkazishidan qat'iy nazar aytilgan vaqtda chiqishini kutgan edik.
🔥3😱2👍1
Siz prezident maktabi asosiy imtihon natijalarini 20-sentyabrda chiqishiga aniq ishonasizmi?
Anonymous Poll
32%
Ha, albatta. Bu rasmiy bayonotda aytildi.
54%
Yo'q, ular yana o'zgartirishi mumkin. Men ishonmay qo'ydim.
36%
Balki, 20-sentyabrdan oldinroq chiqar.
👍34🎉14😱9🤩8🔥6
Avgust oyida toshkentlik Toirov Ulug’bek piyoda ko’p yurganlik uchun davlatdan 1800000 so’m mukofot puli oldi. U shu oyda 2 mln qadam yurgan. Agar uning bir qadami 60 sm bo’lsa, unga bir kilometr yurgan yo'li uchun o’rtacha qancha mukofot puli to’langan?
Anonymous Quiz
12%
1000 so'mdan
42%
1500 so'mdan
30%
2000 so'mdan
16%
3000 so'mdan
👍18🔥5😱2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Boks qiroli, Muhammadalining yosh bolalarga tavsiyasi.

👉👉 @PMTESTS
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Siz nimani bahona qilmoqchisiz?

Kitob o'qimaslik uchun hozirgi kunda hech qanday sabab yo'q! Faqat dangasa insonlar asossiz bahonalar qilishadi.

Muvaffaqiyatli inson bo'lmoqchimisiz, kitob o'qing. Boy yoki kuchli (katta) inson bo'lmoqchimisiz, kitob o'qing! Xalqqa xizmat qilmoqchimisiz, kitob o'qing!

Kitob o'qish hayotni yaxshi tomonga o'zgartiradi!

👉👉 @PMTESTS
👍3🔥3
Duradgorda 9 ta yog‘och taxta bor edi. U bir nechta taxtaning har birini 5 bo‘lakka bo‘lib arraladi. Shunda taxtalar soni 33 taga yetdi. Duradgor nechta taxtani bo‘laklarga bo‘lib arraladi?
Anonymous Quiz
12%
4 ta
24%
5 ta
51%
6 ta
13%
7 ta
👍17🔥5🤩3🎉2