Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
#Imtihon_2021

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichiga start berildi.

✔️Imtihon o’tkaziladigan hududlarda Milliy gvardiya, tibbiyot xodimlari o’z mas’uliyatlari doirasida vazifalarini bajaryaptilar. Jarayon karantin qoidalariga amal qilgan holda olib borilmoqda.

⚡️Oʻquvchilar faqat tugʻilganlik haqidagi guvohnoma,imtihonga qatnashish ruxsatnomasi bilan kiritilmoqda.

🔸Mazkur bosqichda nomzodlar ingliz tili va mantiqiy fikrlash fanlaridan imtihon topshiradilar. Imtihonlar ikki smenada - 07:00 va 19:00 da bo’lib o’tishi ko’zda tutilgan.

📌Fotosuratlarda Toshkent va Urganch shahridagi imtihon jarayonlari tasvirlangan.

📍Toshkent shahridagi imtihonlar Botanika bog’ining B, C va D sektorlarida, Xorazm viloyatidagi imtihonlar esa Urganch shahridagi Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasida bo’lib o’tmoqda.
👍3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Imtihon_2021 #Press

🎥 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
🔥1🤩1
Prezident o'z nutqida: "Tadbirkorlar adolatli mehnat qilsa, marhamat, boy bo'lsin! Agar tadbirkor boy bo'lsa, xalq boy bo'ladi. Faqat xalq boy bo'lsagina, davlat boy bo'ladi" - dedi.
Prezidentning aytgan so'zlaridan quyidagi qaysi birini aytish mumkin?
Anonymous Quiz
13%
Hozirgi tadbirkorlar kam mehnat qilmoqda, ularni ko'proq qo'llab-quvvatlash kerak.
12%
Xalqga faqat tadbirkorlar yuqori maosh berishi mumkin.
25%
Tadbirkor boy bo'psagina xalq boy bo'ladi
34%
Xalq boy bo'lmasa, davlat boy bo'lmaydi.
15%
Hozirgi sharoitda tadbirkorlarga ko'p imtiyozlar berilgan bo'lib, boy bo'lishi kafolatlangan.
🔥9🎉7👍4🤩4😱3
Eshitgan xabarni tekshirmasdan tarqatish ham yolg’onchilikdir.

Bir necha kundan beri Farg’ona shahrida o’tkazilgan asosiy imtihondagi vaziyatlar bo’yicha turli kanallarda yozilgan postlar muhokama qilinmoqda. Ushbu postlarda Farg’ona shahridagi imtihonlarda B va C daraja ingliz tili savollari almashtirib berilganligi, savollarning kech yetib kelgani va javoblar varog’ida oldin bo’yalgan joylari mavjudligi yozilgan. Ushbu xabarlarni o’qib, ba’zi insonlar Prezident ta’lim muassasalari agentligi bo’yicha turli gap so’zlarni tarqatishga ham urinmoqda.

Ammo biz xolis uchinchi tomon sifatida imtihonlarning adolatsiz o’tishi bo’yicha biror sabab yoki asosni topa olmadik. Bu tashkilotning moliyaviy ta’minoti mustahkam bo’lib, tashkilot uchun alohida jamg’arma shakllantirilgan. Demak, moliyaviy yetishmovchilik sabab korrupsiya sodir bo'lmaydi. Biror “kattakon” insonning farzandini “gaplashib” maktabga kiritishi ham imkonsiz. Chunki, bu maktablar prezident ta’lim muassasalaridan hisoblanadi va moliyaviy ta’minlovchi jamg’armaning vasiylik kengashi raisi – O’zbekiston Respublikasi Prezidentidir. Demak, Farg’onadagi holat tashkillashtirishdagi xatolar natijasida sodir bo’lgan deb aytish mumkin.

Agentlik bu holat bo’yicha vaziyatni o’rganib yaqin orada rasmiy bayonot berishini xabar bergan. Ota-onalar ushbu maktablarda imtihonlar adolatli o’tishiga ishonadi. Shuning uchun Agentlik ushbu vaziyat bo’yicha farg’onalik ota-onalar bilan aloqa o’rnatishi, agar asosli sabablar bo’lsa imtihonlarni qayta o’tkazishi lozim.
👍6🔥5
👍10🔥7😱6🤩5🎉3
Karim: “2021-yil asosiy imtihonda birorta inglizni ko’rmadim. 2019-yilda har bir viloyatda 2 tadan ingliz millatiga mansub mutaxasislar bo’lgan ekan. Demak, 2021-yilgi imtihon adolatli bo’lmadi” – dedi.
Karimning fikridagi nuqsonni toping.
Anonymous Quiz
23%
2019-yil, dastlabki yili jarayonni kuzatish uchun bir qancha inglizlar imtihonlarda ishtirok etgan.
19%
O’zbeklar inglizlardan ko’ra adolatliroq bo’lishi mumkin.
46%
Inglizlarning ishtiroki imtihonlarning adolatli bo’lganini belgilovchi omil emas.
12%
DTM o’tkizayotgan testlar 2011-yildan boshlab yuqori saviyada o’tkazilmoqda.
👍14🎉7🔥5😱5🤩1
Natijalar sentyabr oyining boshlarida chiqishi rejalashtirilgan.

Matbuot anjumanida Farg’ona shahridagi muammolar savollar va javoblar kitoblari Cambridge Assessment tashkilotiga yetib borganida alohida o’rganilib, keyin aniq ma’lumot berilishi aytildi. Cambridge tashkilotining bir jihati menga ma’qul bo’ldi. Farg’onadagi vaziyat yuzasidan savol so’ralganda, ularga materiallar kelganida o’rganib chiqishlari va albatta har qanday holatda adolatni ta’minlashi aytildi. Bu ular uchun juda muhimligi nafaqat O’zbekiston oldida balki, butun dunyo oldidagi obro’siga ta’sir qilishi aytildi.

Imtihon natijalari sentyabrning boshlarida, agar jarayon ko’proq vaqt talab qilsa yana bir necha kun kechroq e’lon qilinishi aytildi.

Demak, yana biroz kutishga to’g’ri keladi. Biz faqat adolat bo’lishiga ishonamiz.
#oddiy_haqiqatlar:

Kattalar: "Bolam hamma joyda korrupsiya, o'qishga kirish ham pul, bilim ahamiyatga ega emas."
Farzand: "Demak, o'qishimni foydasi yo'q, kattalar bilmasa gapirmaydi".
Farzand katta bo'ldi. Imtihondan yiqildi. Yaxshi ish topa olmadi. Va doim "kattalarimiz to'g'ri aytgan ekan, hamma joyda adolatsizlik" so'zini aytib yuradigan bo'ldi.
_________________________

Kattalar: "Bolam, haqiqat yo'q deb, maqsadidan qaytadigan dangasa va bilimsiz insonlardan bo'lma. Sen imkoniyatlar davrida yashayapsan. Yaxshi o'qi, eng zo'ri bo'l. Adolat bor, hamma narsamiz sizlar uchun!"
Farzand: "Men yaxshi o'qishim kerak, imkoniyatlardan foydalanishim shart!"
Farzand katta bo'ldi. O'qishga kirdi, yaxshi ishlarda ishladi. Otasiga mashina sovg'a qildi. Va doim "kattalarimiz to'g'ri aytgan ekan, hamma joyda adolat bor. Mehnatingga qarab mukofot olasan!" so'zini aytib yuradigan bo'ldi.

👉👉 @PMTESTS
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat #Cambridge_Assessment

Cambridge Assessment tashkilotining Test ishlab chiqish va qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti boshlig'i Gwen Caudwell Prezident maktablariga kirish imtihonlari yuzasidan munosabat bildirib, kirish imtihonlari natijalarining adolatli bo'lishini ta'kidlab o'tdi.

🎥 Mazkur intervyu subtitr bilan e'tiboringizga havola etilmoqda.

🔹Hurmatli ota-onalar, natijalar e'lon qilinmasdan, turli gap-so'zlarga yo'l qo'ymasligingizni so'raymiz. Cambridge Assesment tashkiloti har bir nomzod natijasining adolatli bo'lishini ta'minlashni o'z zimmasiga oldi.

❗️Eslatib o'tamiz, asossiz korrupsiyada ayblash, shaxsga nisbatan qilingan bo'hton va tuhmatlar uchun qonun oldida javobgarlik belgilangan.
Salimaning (qo'l) qarichi uzunligi 20 sm. U to'rtburchak shaklidagi polning o'lchamlarini 18 va 22 qarich ekanini o'lchadi. Quyidagilardan qaysi biri polning yuziga eng yaqin?
Anonymous Quiz
32%
160 000 sm²
19%
80 000 sm²
26%
200 000 sm²
17%
16 000 sm²
6%
20 000 sm²
😱7👍5🔥5🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 SAMSUNG kompaniyasi o'zi kelib, samolyotda olib ketgan o'zbek o'g'loni...

Eng muvaffaqiyatli insonlar qanday natijalarga erishgan bo'lsa, bizni yoshlar ulardan ham zo'r bo'la oladi!

Hurmatli yoshlar, kimdir sizga o'qishni foydasi yo'q desa, uni eshitmang, hayotga faqat ijobiy nigoh bilan qarang! O'qib, izlanib eng zo'ri bo'ling!!
Ikkita musbat butun son P va Q sonlar ko'paytirilganda, ularning natijasi 75 ga teng. P ning barcha mumkin bo'lgan qiymatlari yig'indisi
Anonymous Quiz
13%
96
25%
48
28%
109
19%
115
15%
124
🔥10😱8👍6🤩3🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Kinoda o’ynamasdan, qo’shiq aytmasdan ham mashhur bo’lish mumkin”. Samandar Hamroqulov yoshlarni ko’proq kitob o’qib, bilimli bo’lishga chaqirdi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok
👍2🔥2
Nargiza, Saodat va Nafisa olma terishdi. Nargiza Saodatdan 3 marta, Nafisa esa Nargizadan 2 marta koʻproq olma terdi. Oxirida terilgan hamma olmalar teng kg dan boʻlindi. Agar bir qiz 18 kgdan ogʻir yukni koʻtara olmasa, Nargiza necha kg olma tergan?
Anonymous Quiz
20%
6
40%
9
23%
10
16%
Aniqlab bo'lmaydi
🎉12😱10🔥5👍4🤩4
Futbol ligasida ma'lum bir jamoa bir mavsumda 10 o'yin o'tkazgan. Jamoa hech qachon uchta o'yinni ketma -ket yutqazmagan va ketma-ket uchta o'yinda g'alaba ham qozonmagan. Agar N - o'sha jamoaning yutgan o'yinlari soni bo'lsa, u holda N soni...
Anonymous Quiz
18%
4 ≤ N ≤ 5
36%
2 ≤ N ≤ 8
35%
3 ≤ N ≤ 7
11%
3 ≤ N ≤ 6
👍12🎉9🔥6😱3🤩1
"Fibonachchi" sonlar ketma-ketligida, har uchinchi had, oldingi ikkita hadning yig'indisidir. Bunday ketma-ketlikdagi birinchi son 2 ga, uchinchisi 9 ga to'g'ri keladi.
Ketma-ketlikning sakkizinchi hadi nimaga teng?
Anonymous Quiz
9%
34
25%
36
43%
107
18%
152
6%
245
👍8🎉7🔥4😱2
🏆🏆7-yutuqli olimpiada g'oliblari aniqlandi!!🏆

(Keyingi yutuqli olimpiada sentyabr oyida o'tkaziladi)


4-5-sinflar bitiruvchilari

1. 🏆 Akbarov Diyor Qodiraliyevich
(Navoiy, Uchquduq, 7-IDUM, 5-sinf)
2. 🥈 Xudarganov Jahongir Sardorbek òģli
(Xorazm, Hazorasp, 32-maktab
4-sinf)
3. 🥉 Erkinov Muhammadamin
Toxirjon o'g'li

(Toshkent, Olmazor, AFIDUM, 5-sinf)


6-7-sinflar bitiruvchilari

1. 🏆 Doniyorov Farhodjon Olimjon o'g'li.
(Jizzax shah., 29-maktab 6-sinf)
2. 🥈Muhammad (Qatnashchi ma'lumotini yubormadi.)
3. 🥉 Asliddin Izzatillayev Hayot o'g'li
(Buxoro, Vobkent, 10-maktab, 6-sinf)


8-9-sinflar bitiruvchilari

1. 🏆 Bafoxo'jayev Sarvarxo'ja Ne'matxo'ja o'g'li
(Farg'ona, O'zbekiston tumani, 66-maktab, 9-sinf)
2. 🥈 Suhrobbek Erkinov Mashrab o'g'li
Qashqadaryo, Qarshi, 1-DIMI 9-sinf)
3. 🥉 Vasiyeva Gulsanam Abdulhay qizi
(Andijon, Baliqchi, 47-maktab, 9-sinf)


G'oliblarni muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz. Ushbu natijalarga erishishiga sabab bo'lgan ota-onalari va ustozlariga rahmat aytamiz. Faol ishtirok etgan o'quvchilarni yanada yaxshiroq o'qib, keyingi olimpiadalarimizda g'olib bo'lishlarini so'rab qolamiz.

☝️ Hurmatli o'quvchilar! Ilm olish va izlanishdan to'xtamanglar! Agar yaxshi o'qisangiz bugungi yutug'ingiz kelajakda ming yoki million barobar kattaroq yutuqga aylanadi! Hayotda ilmli inson doim yutadi!

👉👉
@pmtests
👍4😱2🔥1
Kubning har 12 qirrasi qizil yoki yashil rangga bo'yalgan. Kubning har bir yoqida kamida bitta qizil qirrasi bor. Qizil qirralarning eng kichik soni nima?
Anonymous Quiz
16%
2
22%
3
33%
4
13%
5
16%
6
😱8👍7🎉5🔥3