Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Barcha kitoblar kislotasiz qog'ozdan tayyorlangan. Ko'pgina gazetalar kislotali qog'ozga bosilgan. Axlat qutisida kislotali va kislotali bo'lmagan qog'oz aralashmasi mavjud.
Quyidagilardan qaysi birini aniq aytishimiz mumkin?
Anonymous Quiz
10%
Axlat qutisida kitoblar bor.
47%
Axlat qutisida gazeta va kitoblar aralashmasi bor.
19%
Axlat qutisida gazetalar mavjud.
25%
Axlat qutisida kitob yoki gazeta borligini aniqlay olmaymiz
👍7🔥7🎉6😱5🤩5
#Imtihon #Namuna

✔️Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqichini topshiruvchi nomzodlar uchun ingliz tili va mantiqiy fikrlash fanlaridan javoblar varaqalari namunasi taqdim etilmoqda. (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
🔥2👍1
#Imtihon_2021 #Prezident_maktablari

📌ESLATMA

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi 21-22-avgust kunlari o'tkaziladi.

⌛️ Imtihon vaqtlari sinflar kesimida quyidagicha:

▶️ 5-6-sinflar uchun 21-avgust soat 07:00 da
▶️ 9-10-sinflar uchun 21-avgust soat 19:00 da
▶️ 7-8- sinflar uchun 22-avgust soat 07:00 da

✔️Imtihon hududiga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

❗️Imtihon o'tkaziladigan hududlar haqida avvalroq xabar qilgan edik. (@piimauz)

@PMTESTS
👍3🔥1
Kompyuter o'yinida Arplar, Orplar va Urplarni tutish kerak. 1 ta Arpda 6 oyoq va 1dum bor, Orpda 4 oyoq bor, lekin dumi yoʻq, Urpda 3 oyoq, 1 dum bor.
Bobur oʻyinda jami 45 ta mavjudot tutdi. Jami dumlar 33 ta edi.
Bobur oʻyinda nechta Orp tutgan?
Anonymous Quiz
15%
8
43%
12
24%
15
13%
20
5%
25
🤩12😱7🔥6🎉5👍4
🔰Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2 - bosqichini o'tkazish rejalashtirilgan hududlar haqida ma'lumot:

🔸Toshkent shahar va Toshkent viloyati - Toshkent shahridagi Botanika bog‘ining B, C va D maydonlarida;

🔸Sirdaryo viloyati - Guliston shahri markaziy o‘yingohida;

🔸Qashqadaryo viloyatida - Qashqadaryo viloyati “Nasaf” futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni (2)

🔸Fargʻona viloyati - Farg‘ona davlat universiteti stadioni;
🔸Buxoro viloyati - Buxoro shahri "Dilkusho" tennis sport majmuasida;
🔸Jizzax viloyati - "So‘g‘diyona" markaziy o‘yingohi sun'iy qoplamali mashg‘ulot maydonida;
🔸Samarqand viloyati - Samarqand shahar 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi stadionida;

🔸Qoraqalpog‘iston Respublikasi - Nukus shahri "Turon" markaziy stadionida;

🔸Namangan viloyati- 17-bolalar va o‘smirlar maktabiga qarashli "Navbahor umid" stadionlarida;

🔸Xorazm viloyati- Urganch shahridagi Futbol akademiyasi qoshidagi "Xorazm" sport majmuasida;

🔸Navoiy viloyati - Navoiy shahridagi "Kimyogar" o‘yingohida;

🔸Andijon viloyati - Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi asosiy stadioni 3-binosida;

🔸Surxondaryo viloyati - Termiz olimpiya zaxiralari kolleji futbol maydonida.

❗️Shuningdek, Fargʻona viloyati Soʻx tumanida 22-avgust kuni soat 07:00 da 1-maktab stadionida barcha sinflar uchun imtihon boʻlib oʻtadi...

Imtihon kuni va vaqti

21-avgust
▶️1-smena 07:00
▶️ 2-smena 19:00

22-avgust
▶️1-smena 07:00

✔️Imtihon hududiga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.
👍5🔥3🎉2
#Imtihon_2021

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichiga start berildi.

✔️Imtihon o’tkaziladigan hududlarda Milliy gvardiya, tibbiyot xodimlari o’z mas’uliyatlari doirasida vazifalarini bajaryaptilar. Jarayon karantin qoidalariga amal qilgan holda olib borilmoqda.

⚡️Oʻquvchilar faqat tugʻilganlik haqidagi guvohnoma,imtihonga qatnashish ruxsatnomasi bilan kiritilmoqda.

🔸Mazkur bosqichda nomzodlar ingliz tili va mantiqiy fikrlash fanlaridan imtihon topshiradilar. Imtihonlar ikki smenada - 07:00 va 19:00 da bo’lib o’tishi ko’zda tutilgan.

📌Fotosuratlarda Toshkent va Urganch shahridagi imtihon jarayonlari tasvirlangan.

📍Toshkent shahridagi imtihonlar Botanika bog’ining B, C va D sektorlarida, Xorazm viloyatidagi imtihonlar esa Urganch shahridagi Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasida bo’lib o’tmoqda.
👍3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Imtihon_2021 #Press

🎥 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
🔥1🤩1
Prezident o'z nutqida: "Tadbirkorlar adolatli mehnat qilsa, marhamat, boy bo'lsin! Agar tadbirkor boy bo'lsa, xalq boy bo'ladi. Faqat xalq boy bo'lsagina, davlat boy bo'ladi" - dedi.
Prezidentning aytgan so'zlaridan quyidagi qaysi birini aytish mumkin?
Anonymous Quiz
13%
Hozirgi tadbirkorlar kam mehnat qilmoqda, ularni ko'proq qo'llab-quvvatlash kerak.
12%
Xalqga faqat tadbirkorlar yuqori maosh berishi mumkin.
25%
Tadbirkor boy bo'psagina xalq boy bo'ladi
34%
Xalq boy bo'lmasa, davlat boy bo'lmaydi.
15%
Hozirgi sharoitda tadbirkorlarga ko'p imtiyozlar berilgan bo'lib, boy bo'lishi kafolatlangan.
🔥9🎉7👍4🤩4😱3
Eshitgan xabarni tekshirmasdan tarqatish ham yolg’onchilikdir.

Bir necha kundan beri Farg’ona shahrida o’tkazilgan asosiy imtihondagi vaziyatlar bo’yicha turli kanallarda yozilgan postlar muhokama qilinmoqda. Ushbu postlarda Farg’ona shahridagi imtihonlarda B va C daraja ingliz tili savollari almashtirib berilganligi, savollarning kech yetib kelgani va javoblar varog’ida oldin bo’yalgan joylari mavjudligi yozilgan. Ushbu xabarlarni o’qib, ba’zi insonlar Prezident ta’lim muassasalari agentligi bo’yicha turli gap so’zlarni tarqatishga ham urinmoqda.

Ammo biz xolis uchinchi tomon sifatida imtihonlarning adolatsiz o’tishi bo’yicha biror sabab yoki asosni topa olmadik. Bu tashkilotning moliyaviy ta’minoti mustahkam bo’lib, tashkilot uchun alohida jamg’arma shakllantirilgan. Demak, moliyaviy yetishmovchilik sabab korrupsiya sodir bo'lmaydi. Biror “kattakon” insonning farzandini “gaplashib” maktabga kiritishi ham imkonsiz. Chunki, bu maktablar prezident ta’lim muassasalaridan hisoblanadi va moliyaviy ta’minlovchi jamg’armaning vasiylik kengashi raisi – O’zbekiston Respublikasi Prezidentidir. Demak, Farg’onadagi holat tashkillashtirishdagi xatolar natijasida sodir bo’lgan deb aytish mumkin.

Agentlik bu holat bo’yicha vaziyatni o’rganib yaqin orada rasmiy bayonot berishini xabar bergan. Ota-onalar ushbu maktablarda imtihonlar adolatli o’tishiga ishonadi. Shuning uchun Agentlik ushbu vaziyat bo’yicha farg’onalik ota-onalar bilan aloqa o’rnatishi, agar asosli sabablar bo’lsa imtihonlarni qayta o’tkazishi lozim.
👍6🔥5
👍10🔥7😱6🤩5🎉3
Karim: “2021-yil asosiy imtihonda birorta inglizni ko’rmadim. 2019-yilda har bir viloyatda 2 tadan ingliz millatiga mansub mutaxasislar bo’lgan ekan. Demak, 2021-yilgi imtihon adolatli bo’lmadi” – dedi.
Karimning fikridagi nuqsonni toping.
Anonymous Quiz
23%
2019-yil, dastlabki yili jarayonni kuzatish uchun bir qancha inglizlar imtihonlarda ishtirok etgan.
19%
O’zbeklar inglizlardan ko’ra adolatliroq bo’lishi mumkin.
46%
Inglizlarning ishtiroki imtihonlarning adolatli bo’lganini belgilovchi omil emas.
12%
DTM o’tkizayotgan testlar 2011-yildan boshlab yuqori saviyada o’tkazilmoqda.
👍14🎉7🔥5😱5🤩1
Natijalar sentyabr oyining boshlarida chiqishi rejalashtirilgan.

Matbuot anjumanida Farg’ona shahridagi muammolar savollar va javoblar kitoblari Cambridge Assessment tashkilotiga yetib borganida alohida o’rganilib, keyin aniq ma’lumot berilishi aytildi. Cambridge tashkilotining bir jihati menga ma’qul bo’ldi. Farg’onadagi vaziyat yuzasidan savol so’ralganda, ularga materiallar kelganida o’rganib chiqishlari va albatta har qanday holatda adolatni ta’minlashi aytildi. Bu ular uchun juda muhimligi nafaqat O’zbekiston oldida balki, butun dunyo oldidagi obro’siga ta’sir qilishi aytildi.

Imtihon natijalari sentyabrning boshlarida, agar jarayon ko’proq vaqt talab qilsa yana bir necha kun kechroq e’lon qilinishi aytildi.

Demak, yana biroz kutishga to’g’ri keladi. Biz faqat adolat bo’lishiga ishonamiz.