Murakkab savol javobi #12
Sonni 6raqami oldinga o'tganida, sonda faqat bitta raqam surilgan bo'ladi. Katta sonni 4ga bo'linsa, kichik son hosil bo'ladi. 6 dan boshlab 4 ga bo'lamiz va bo'linmadagi raqamni 6dan keyingi raqamga qo'yamiz. Bo'lishni bo'linma butun bo'lginucha davom ettiramiz.
Natijada bu son: 153846 ekanligini topamiz
@pmtests

🔥4👍3🎉1
#12 murakkab savolga to'g'ri javob yuborganlar:
1. 7070722
2. Ilhomjon Meliboyev
3. Bahodir Bobomurodov
4. Shahruza
5. Bafoyev Otabek
6. Zolushka
7. Saidjonov Quvonchbek
Barcha javob yuborganlarga minnatdorlik bildiramiz! Sizlarga muvaffaqiyat tilaymiz!

👍3🔥2
Murakkab savollar #13
Sayyohlar guruhi chet ellar bo’ylab sayohatga chiqishdi. Ulardan 28 kishi ingliz tilini, 13 kishi frantsuz tilini, 10 kishi nemis tilini, 8 kishi ingliz va fransuz tilini, 5 kishi frantsuz va nemis tilini, 6 kishi ingliz va nemis tilini, ikki kishi uchchala tilni xam biladi, 41 kishi yuqoridagi uchta tildan hech birini bilmaydi. Guruhda nechta sayyoh bor?
Javoblarni @curiosperson ga jo'nating

👍3🔥3
Olimpiada savollarini yechish bo'yicha ko'rsatmalar:
1. Masalalarni yaxshi tushunishga harakat qiling. Agar shartiga tushunmasangiz bir necha bor o'qing!
2. Javoblarni yuborayotganda yechimlari bilan jo'nating.
a) to'g'ri yo'nalish + to'g'ri javob = 10ball
b) to'g'ri yo'nalish + noto'g'ri javob = 5 ball
c) yechimsiz to'g'ri javob 3ball
d) mulohaza yuritish, ishlashga harakat 3ball
3. Yechimlarni @curiosperson ga yuboring, o'zingizni ism familiya va sinfingizni yozib qo'ying.
Hammaga omad!!!

👍5🔥3🤩2
4-5-sinflar olimpiadasida ishtirokchilar javoblari 20:30gacha qabul qilinadi. Kech qolganlar javoblari tekshirib berilmaydi va inobatga olimaydi. Natijalar ertaga soat 9:00da e'lon qilinadi!
🔥4👏1
Online olimpiadada ishtirokchilar juda faol ishtirok etishdi! 100dan ortiq javoblar qabul qildik. Quyidagi o'quvchilar g'olib deb topildi🏆🏆
🥇1-o'rin. O'rinboyev Jamol - 4-sinf 45ball (19:38da javob yo'lladi)
🥈2-o'rin Nurjanova Mehriyban - 5-sinf 45 ball (20:11 da javob yo'lladi)
🥉3-o'rin Umarova Aziza - 5-sinf 45ball (20:19da javob yo'lladi)
Boshqa faol ishtirok etganlar:
1. Isroilov Bobomurod - 45ball
2. Muhammadamin - 40ball
3. To'ymurodova Nodirabegim 40ball
4. Asliddin Fayzullayev 40ball
G'oliblar, menga @curiosperson ga murojaat qiling, va'da qilingan kanallarga o'zingiz xohlagan nomerlari qo'shib beramiz!
Barcha ishtirokchilarga tashakkur!!!

👍2🔥2
Murakkab savol javobi #13
To'plamlarni qismlarga ajratib olamiz: Har uchta tilni biladiganlar - 2 ta(1), ingliz va fransuz tilini biladiganlar 8ta(1+2). Bundan 2soha, ya'ni faqat ingliz va fransuz tilini biladiganlar 8-2=6ta. Fransuz va nemis tilini biladiganlar 5ta (1+4), bundan (4)soha 3ta. Ingliz va nemis tilini biladiganlar 6ta (1+3), bundan (3)soha 4ta. Faqat ingliz tilini biladiganlar (1,2,3) sohalarni chiqarib yuboramiz. 28-(2+4+6)=16ta (5), faqat fransuz tilini biladiganlar 13-(2+6+3)=2 (7), faqat nemis tilini biladiganlar 10-(2+3+4)=1ta (6) va hech qaysi tilni bilmaydiganlar 41ta (8soha)
Jami: 2+6+4+3+16+1+2+41=75 ta sayyoh bo'lgan.
Savolga Farhodov Islombek aniq javob yo'lladi

🔥5
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal pinned Deleted message
Bugundan boshlab obunachilarimizdan kelgan qiziqarli savollarni sizlarga havola etib boramiz! Har kuni qandaydir muammoli, fikrlashga doir masalalarni kanalga qo'yib ertasi kuni yechimlarni beramiz!
Agar Siz azizlarda ham qiziqarli fikrlashga doir savollar bo'lsa, @curiosperson ga jo'nating. Biz savollarni qayta ishlab mukammallashtirib sizlarga taqdim etamiz!

🔥3
21.06.2020 savol. (Bu savolni mendan ko'p so'rab qolishadi, oddiy bo'lsada, ko'pchilikni qiziqtiradi)
Men onamdan $50 dollar pul oldim. Dadamdan ham $50 dollar pul oldim. Shunda menda $100 pul bor edi.Keyin $97 dollarga ko'ylak sotib oldim. Qolgan dollardan $1 onamga va $1 otamga berdim. Shunda onamdan $49 qarzim, otamdan $49 qarzim va o'zimda $1 dollar pul qoldi. Hammasini hisoblasam 49+49+1=$99 bo'ldi. Bir dollar qayerga ketdi.☺️

👍4🔥4
21.06.2020 savol javobi.
Bu shunchaki chalgituvchi savol. 1 dollar hech qayerga ketmadi. $100 dollarni nimaga sarfladi: $97 ko'ylak, $1onasiga, $1otasiga, $1o'zida qoldi. Jami 97+1+1+1=100. Qarzlari miqdori esa xaridlari miqdoriga o'zida bor pulni qo'shganga teng teng: 49+49=98, xaridlari esa 97 va o'zida $1, 97+1=98. Hech narsa hech qayerga ketmagan. Faqat noto'g'ri hisob bo'lgan☺️, buxgalteriyadagi balans qoidasi sizda bor narsalar va kelib chiqishi(qarzlar) teng bo'lsin! Qarzdorlikka mavjud pul qo'shib hisoblash xato. Buni yaxshi tushunish uchun miqdorlarni o'zgartirib ko'ring!
(Savolga bir necha kishi aniq javob yo'lladi. Ularga rahmat!!)

🔥5👍3
22.06.2020 savol.
Uch kishi Muhammadalining kitoblari soni haqida gaplashmoqda. Abdunosir Muhammadalida kamida bitta kitob bor dedi. Daler Muhammadalida mingtadan kam kitob bor dedi. Muhammadamin esa Muhammadalida mingtadan ko'p kitob bor dedi. Agar shu uch kishining faqat bittasi to'g'ri gapirgan bo'lsa, Muhammadalida nechta kitob bor?

🔥4👍1
22.06.2020 savol javobi.
Dalerning gapi to'g'ri bo'la olmaydi. Mingtadan kam degani (misol uchun 999ta) kamida bitta degan fikrni ham to'griligini bildiradi. U holda Abdunosorning fikri ham to'g'ri bo'lib qoladi. Muhammadaminning fikri ham to'g'ri bo'la olmaydi. Chunki mingdan ko'p, birdan ham ko'p. Demak, Abdunosirning fikri to'g'ri. Faqat boshqa ikki fikrni noto'g'ri qiladigan son bu birgina 1000. Shunda mingtadan ko'p ham, mingtadan kam degani ham noto'g'ri bo'ladi.
Demak, Muhammadalida 1000ta kitob bor.
Savolga Shohjahon Nazimov, Ernazar va Baxrombek Omonov to'g'ri javob yo'lladi. Hamma ishtirokchilarga tashakkur!!

🔥2
23.06.2020. Murakkab savol #14
Shunday natural sonlar juftini topingki, ab(a+b) ko'paytma 7ga bo'linmasin va (a+b)^7 - a^7-b^7 soni 7^7 ga bo'linsin!
Bu yerda ^ belgi darajani bildiradi. 7^7 soni 7ning 7-darajasi

🔥4
Murakkab savol javobi #14
Biz hisoblashlar natijasida quyidagi ifodani hosil qilamiz:
(a + b)^7 - a^7 - b^7 = 7ab(a + b)(a^2 + ab + b^2)^2.
Bundan shunday a va b sonlarni topishimiz kerakki, a^2 + ab + b^2 ifoda 7^3ga bo’linsin.
Tanlash usuli bilan ham a = 18, b = 1 natijalarni hosil qilish mumkin.
Ammo tizimli yondashuv asosida quyidagilarni aniqlash mumkin. a^2 + ab + b^2 = (a^3 - b^3)/(a - b), demak a, b sonlari uchun a^3 = b^3 (mod 73) ya’ni ularni 7^3ga bo’lgandagi qoldiqlar teng bo’lishi kerak. 1ni 343 ga bo’lganda 1 qoldiq va 18^3ni 343 ga bo’lganda ham 1 qoldiq qoladi. Javob: 1 va 18 sonlari

🔥4😱1
27.06.2020 savol.
(Iqlima Abdullayevadan kelgan savol)
Qadim zamonda bir musofir kishi mehmonxonaga kelib joy so'rabdi: "Atigi 7 kun tunayman, ammo menda bu yurtning puli yo'q. 7 xalqali manashu kumush zanjirim bor xolos". Mehmonxona egasi zanjirni tekshirib ko'rib: "Mayli, men sizga joy beraman. Menga har bir tunagan kecha uchun zanjirni bir halqasini berasiz. Ammo zanjirni faqat bitta halqasini kesishingiz mumkin" - debdi. Musofir bunga rozi bo'libdi. 7 kun davomida har bir tunagan kecha uchun bittadan halqa beribdi. Musofir kishi bunga qanday erishdi.

🔥3🎉2
27.06.2020 savol javobi.
Musofir faqat bitta halqani kesishi mumkin. U zanjirdagi 3-halqani kesadi. Zanjirdagi 3ga bo'linadi. 1ta, 2ta va 4ta halqalilarga. 1-kuni u bitta halqani beradi. 2-kuni 2ta halqalini berib bittani qaytarib oladi. 3-kuni yana bitta halqani beradi. 4-kuni 4ta halqalini berib 3tani qaytarib oladi. 5-kuni bitta halqani beradi. 6-kuni 2tani berib 1tani qaytib oladi. 7-kuni bittani beradi. Shu tariqa har kuni bittadan halqa beradi.

🔥3👍2🎉2😱1
29.06.2020 savol
99 ta qog’oz bo’laklarining har biriga navbat bilan 1, 2, 3, ..., 99 sonlardan bittasi yozildi. Qog’ozlar aralashtirildi va bu qog’ozlarning toza (son yozilmagan) tomonlariga ham 1, 2, 3, ..., 99 sonlari ketma-ket yozildi. Har bir qog’oz bo’lagidagi sonlarning yig’indilari hisoblandi. Hosil bo’lgan 99 ta sonning ko’paytmasi juft yoki toq ekanligini toping, javobingizni asoslang.