Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
XVF ma’lumotiga ko’ra kishi boshiga YaIM (daromad) bo’yicha O’zbekiston Qozog’iston va Turkmanistondan orqada. Dastlab Qoz. 84-o'rin. Ro'yxatda u va Turkm. orasida 10 ta, Turkm. va O’zb. orasida 75 ta davlat bor. O’zb. ro'yxatda dunyoda nechanchi o’rinda?
Anonymous Quiz
10%
168
41%
169
26%
170
18%
171
5%
172
👍9🔥7😱7🤩1
📣Diqqat, imtihon!

📌Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab hududida o‘tkaziladi.

🗓Imtihon kunlari:
▶️Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati: 7- avgust
▶️Mirzo Ulug'bek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab: 8-9-avgust
▶️Muhammad al Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabi: 10-12-avgust

Imtihon 3 smena – 08:00, 12:00, 16:00 da o‘tkaziladi.

📲Imtihon vaqti haqida talabgorlarga 2-avgust kunidan boshlab sms-xabarnoma yuborilmoqda.

❗️Sms-xabarnomani qabul qilgandan so‘ng ariza.piima.uz saytidagi “Shaxsiy kabinet”dan Ruxsatnomani yuklab, chop etib olishingiz shart!

🔖Imtihonga talabgor tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va Ruxsatnoma bilan kelishi lozim.

🧭Imtihon o‘tkaziladigan manzil: Toshkent, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi.

👉https://maps.app.goo.gl/miApZ6sXGW5z2fCG9
👍4🔥3
32-tanqidiy fikrlash testi savollari 👇👇
🔥3👍2
Men velosipedim uchun 000-999 oralig'idagi uch xonali kombinatsiyali raqam bo'lgan qulf sotib oldim. Men qulfni ishlatishdan oldin kombinatsiyani o'rnatishim kerak. Uchta raqam ham har xil bo'lgan 000-999 oralig'ida nechta kombinatsiya mavjud?
Anonymous Quiz
10%
504
22%
720
21%
810
21%
900
25%
990
👍4🤩2🔥1😱1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Imtihon_2021

Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!

⚡️Sizga qulaylik yaratish maqsadida kirish imtihonlari bo'yicha bosqichma-bosqich yo‘l ko‘rsatuvchi video-yo'riqnoma taqdim etilmoqda.

📌Unda siz imtihon tartibi va imtihon kuni rioya qilinishi lozim bo'lgan qoidalar bilan tanishishingiz mumkin. (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
🔥3👍1
Ilonqal'a bo'ylab ekskursiyalar 10:00dan har 20 daqiqada boshlanadi. Har bir ekskursiya 35 daqiqa davom etadi. Xodimlar bir kunda kamida 6 ta ekskursiyani olib borishi kerak. Ilonqal'asidagi xodim bir kunda ishni tugatadigan eng erta ketish vaqti qaysi?
Anonymous Quiz
16%
12:15
27%
13:20
34%
13:30
22%
13:55
🔥6🎉5👍3😱3
Muammoli_masalalar: Farhod 10 ta savoli bo'lgan testni topshirdi. U 10 ta savolning har biriga javob berdi. Uning umumiy ballari 10 ballni tashkil etdi.
Quyidagilardan qaysi biri ushbu test uchun ball hisoblash tizimi bo'lishi mumkin emas?
Anonymous Quiz
25%
To'g'ri javob uchun 3 ball beriladi, noto'g'ri javob uchun 1 ball ayrib tashlanadi.
27%
To'g'ri javob uchun 3 ball beriladi, noto'g'ri javob uchun 2 ball olinadi.
23%
To'g'ri javob uchun 4 ball beriladi, noto'g'ri javob uchun 2 ball olinadi.
25%
To'g'ri javob uchun 4 ball beriladi, noto'g'ri javob uchun 3 ball olinadi.
👍8🔥5😱4🤩2
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar #Imtihon_2021

❗️ESLATMA

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida talabgorlarning ota-onalari uchun kutish joylarida zaruriy qulayliklar yaratilmoqda.

🔸 Jumladan, "Tez yordam" xizmati, tibbiy punkt, kutish hududlarida soyabon va chodir-soyabonlar tashkil etiladi.

🔹 Qaysi fanlardan imtihon topshirilishi haqidagi ma'lumotni qayta o'qishni unutmang.

🖥 Eslatib o‘tamiz, imtihonlar kompyuterda topshiriladi va natijalar ball ko‘rinishida o‘sha vaqtning o‘zidayoq kompyuter ekranida ko‘rinadi.

👉 Darvoqe, jarayon haqida tushuncha hosil qilish uchun video-yo'riqnomani albatta tomosha qiling. (@piimauz)

👉👉@PMTESTS
👍5🔥1
Aziz 100 ta uyni 1dan 100 gacha raqamlashi kerak. U har bir raqam va uning soni bo'yicha buyurtma beradi. Poligrafiyada faqat 0-8 (9ta) raqamlariga buyurtma berish mumkin. Bu raqamlardan sonlar hosil qilinadi. Aziz nechta 6 raqamiga buyurtma beradi?
Anonymous Quiz
16%
10 ta
26%
18 ta
32%
20 ta
17%
36 ta
9%
40 ta
🔥7👍5😱4
#tanqidiy fikrlash: Agar kecha ertaga kelganida edi, bugun yakshanba bo'lar edi. Savol bugun qaysi kun?
Anonymous Quiz
28%
Shanba
17%
Yakshanba
28%
Dushanba
23%
Seshanba
5%
Chorshanba
👍8🎉7🔥4🤩3😱2
Oydinni har kuni 17:30da dadasi maktabdan olib ketadi. Bugun dars ertaroq tugadi va Oydin dadasini kutmay yo'lga chiqdi. Dadasi yo'lda uni ko'rib qoldi va uyiga birga qaytishdi va har doimgidan 8minut ertaroq borishdi. Ota va qiz qachon uchrashishgan?
Anonymous Quiz
44%
17:22
12%
17:25
22%
17:26
13%
17:28
8%
17:34
😱8👍7🔥4🎉3
⚡️⚡️⚡️⚡️DIQQAT! DIQQAT!

SARALASH BOSQICHI NATIJALARI EʼLON QILINDI!👇


Natijalarni quyidagi linkdan bilishingiz mumkin:

https://www.admissionstesting.org/campaigns/pre-selection-results/
Yaxshi natijalar uchun barchangizga tashakkur!!

Saralash imtihonidan muvaffaqiyatli o’tgan barcha o’quvchilarni tabriklaymiz!! Keyingi asosiy imtihonlarda ham omad tilab qolamiz.

Imtihondan o’tmagan o’quvchilarga esa, siz olgan bilimlar hali SIZga juda qo’l kelishini, siz uchun prezident maktabida o’qishdan ham yaxshiroq variantlar bo’lishi mumkinligini eslatib o’tamiz. Aslo o’qishdan to’xtamang.

☝️ Insonga nima omad keltirishini hech kim bilmaydi. Siz hozir imtihondan o’tmagan bo’lsangiz ham, balki, kelajakda NOBEL mukofotini olarsiz, yoki kelajakda Dunyodagi eng katta koorporatsiyaning egasi bo’larsiz. Chunki, inson xudodan biror narsani umid bilan so’rasa, yoki o’sha narsa beriladi, yoki o’sha narsaning o’rniga o’n barobar yaxshirog’i beriladi.

Va men jamoamiz nomidan barcha o’quvchilarga rahmat aytaman. 2019-yil ko’rsatkichga nisbatan keskin ko’tarilish bo’ldi. O’zbekiston yoshlari yetarlicha bilimli degan fikr uyg’otdingiz. Biz sizlarga doim ishonamiz!!

@PMTESTS jamoasi
#Prezident_maktablari #Imtihon_natijalari

❗️ESLATMA

✔️ Birinchi bosqich natijasiga ko‘ra bir xil ball to‘plagan talabgorlar soni belgilangan qabul kvotasidan ortib ketgan taqdirda:

Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan
imtihonda javobi belgilangan masalalar toifalarining har biri bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabgorga quyidagicha tartibda ustunlik beriladi, ya'ni
▶️C toifadagi savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
▶️ B toifadagi savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
▶️A toifadagi savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
▶️Tug‘ilgan sanasi bo‘yicha (yoshroq nomzod tanlanadi).

🔰Nomzodlar barcha toifadagi savollar bo‘yicha teng ball to‘plagan taqdirda, nomzodlar tug‘ilgan sanasi bo‘yicha saralanadi, bunda yoshroq nomzodga ustunlik beriladi. Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, qabul komissiyasi va ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan xorijiy tashkilot tomonidan qo‘shimcha topshiriqlar beriladi. (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
👍4🔥3
Maktabda o‘g‘il bolalarning ulushi 2020 yilda 55% ni, 2021 yilda esa 45% ni tashkil etgan.
Quyidagilarning qaysi biri to‘g‘ri javob bo‘lishi mumkin emas?
Anonymous Quiz
16%
O‘g‘il bolalarning soni ortdi va qizlarning soni ortdi.
28%
O‘g‘il bolalarning soni ortdi va qizlarning soni kamaydi.
46%
O‘g‘il bolalarning soni kamaydi va qizlarning soni ortdi.
9%
O‘g‘il bolalarning soni kamaydi va qizlarning soni kamaydi.
🎉5👍3🔥3🤩2😱1