Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hayotingizni o'zgartirib yuboradigan tajriba. Videoni diqqat bilan ko'ring!

@Muhammadali_Eshonqulov

Ota-onani rozi qilish har qanday sohadagi muvaffaqiyat garovi. Ayniqsa, ta'limda. Biror buyuk olim yo'qki, ota-onasi duosini olmagan. Siz ham ota-onangizni xursand qiling va ta'limda muvaffaqiyatga erishing!

👉 @pmtests
🔥3👍1
Tanqidiy fikrlash:
Bankada, stakanda, piyolada va chinnida sut, sharbat, limonad va suv bor. Suv va sut bankada emasligi, limonad chinnida ham emas, bankada ham emasligi, sutning stakanga quyilgani ma’lum bo`lsa, chinniga qanday suyiqlik quyilgan?
Anonymous Quiz
14%
Sut
34%
Sharbat
21%
Limonad
32%
Suv
🔥6🤩4😱3👍2🎉1
📌📌AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA KIRISH IMTIHONLARINING TARTIBI QANDAY?

Muhammad
al Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabi:
▶️5-sinfga ariza topshirgan nomzodlar uchun 40 ta test topshiriqlari beriladi. Jumladan:

🔸Matematika fanidan 30 ta test, shundan 10 ta mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savollar beriladi - 93 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan);
🔸Ingliz tili fanidan 10 ta test - 11 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 balldan).

▶️10-sinfga ariza topshirgan nomzodlar uchun 40 ta test topshiriqlari beriladi. Jumladan:

🔸Matematika fanidan 10 ta test savoli, shundan 5 ta mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savol – 31 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan);
🔸Informatika fanidan 10 ta test savoli – 31 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan);
🔸Fizika fanidan 10 ta test savoli – 21 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 balldan);
🔸Ingliz tili fanidan 10 ta test savoli – 11 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 balldan).

Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktabi:
▶️ 7-sinflar uchun
40 ta test topshiriqlari, jumladan:
🔹Bilogiya fanidan 20 ta test savoli– 62 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan);
🔹Matematika fanidan 10 ta test savoli, shundan 5 ta mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan – 21 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 baldan);
🔹Ingliz tili fanidan 10 ta test savoli – 11 ballh (ar bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 baldan).

▶️8-sinflar uchun 40 ta test topshirig'i, jumladan:
🔸Biologiya-kimyo fanidan 20 ta test savoli – 62 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan);
🔸Matematika fanidan 10 ta test savoli, shundan 5 ta mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan – 21 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 baldan);
🔸Ingliz tili fanidan 10 ta test savoli – 11 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 baldan).

Mirzo Ulug'bek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab-internati:
▶️7-sinflar uchun 40 ta test topshirig'i, jumladan:
🔹Matematika fanidan 20 ta test savoli, shundan 10 ta mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savol – 62 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan);
🔹Fizika fanidan 10 ta test savoli – 21 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 baldan);
🔹Ingliz tili fanidan 10 ta test savoli – 11 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 baldan).

▶️8-sinflar uchun 40 ta test topshiriqlari, jumladan:
🔸Matematika fanidan 20 ta test savoli, shundan 10 ta mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savol– 62 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan);
🔸Fizika fanidan 10 ta test savoli –21 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 baldan);
🔸Ingliz tili fanidan 10 ta test savoli – 11 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 baldan).

🔰Kirish imtihonida berilgan topshiriqlarni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt ajratiladi, imtihonlarning qayta o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍12🔥3🎉2😱1
XVF ma’lumotiga ko’ra kishi boshiga YaIM (daromad) bo’yicha O’zbekiston Qozog’iston va Turkmanistondan orqada. Dastlab Qoz. 84-o'rin. Ro'yxatda u va Turkm. orasida 10 ta, Turkm. va O’zb. orasida 75 ta davlat bor. O’zb. ro'yxatda dunyoda nechanchi o’rinda?
Anonymous Quiz
10%
168
41%
169
26%
170
18%
171
5%
172
👍9🔥7😱7🤩1
📣Diqqat, imtihon!

📌Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab hududida o‘tkaziladi.

🗓Imtihon kunlari:
▶️Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati: 7- avgust
▶️Mirzo Ulug'bek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab: 8-9-avgust
▶️Muhammad al Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabi: 10-12-avgust

Imtihon 3 smena – 08:00, 12:00, 16:00 da o‘tkaziladi.

📲Imtihon vaqti haqida talabgorlarga 2-avgust kunidan boshlab sms-xabarnoma yuborilmoqda.

❗️Sms-xabarnomani qabul qilgandan so‘ng ariza.piima.uz saytidagi “Shaxsiy kabinet”dan Ruxsatnomani yuklab, chop etib olishingiz shart!

🔖Imtihonga talabgor tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va Ruxsatnoma bilan kelishi lozim.

🧭Imtihon o‘tkaziladigan manzil: Toshkent, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi.

👉https://maps.app.goo.gl/miApZ6sXGW5z2fCG9
👍4🔥3
32-tanqidiy fikrlash testi savollari 👇👇
🔥3👍2
Men velosipedim uchun 000-999 oralig'idagi uch xonali kombinatsiyali raqam bo'lgan qulf sotib oldim. Men qulfni ishlatishdan oldin kombinatsiyani o'rnatishim kerak. Uchta raqam ham har xil bo'lgan 000-999 oralig'ida nechta kombinatsiya mavjud?
Anonymous Quiz
10%
504
22%
720
21%
810
21%
900
25%
990
👍4🤩2🔥1😱1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Imtihon_2021

Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!

⚡️Sizga qulaylik yaratish maqsadida kirish imtihonlari bo'yicha bosqichma-bosqich yo‘l ko‘rsatuvchi video-yo'riqnoma taqdim etilmoqda.

📌Unda siz imtihon tartibi va imtihon kuni rioya qilinishi lozim bo'lgan qoidalar bilan tanishishingiz mumkin. (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
🔥3👍1
Ilonqal'a bo'ylab ekskursiyalar 10:00dan har 20 daqiqada boshlanadi. Har bir ekskursiya 35 daqiqa davom etadi. Xodimlar bir kunda kamida 6 ta ekskursiyani olib borishi kerak. Ilonqal'asidagi xodim bir kunda ishni tugatadigan eng erta ketish vaqti qaysi?
Anonymous Quiz
16%
12:15
27%
13:20
34%
13:30
22%
13:55
🔥6🎉5👍3😱3
Muammoli_masalalar: Farhod 10 ta savoli bo'lgan testni topshirdi. U 10 ta savolning har biriga javob berdi. Uning umumiy ballari 10 ballni tashkil etdi.
Quyidagilardan qaysi biri ushbu test uchun ball hisoblash tizimi bo'lishi mumkin emas?
Anonymous Quiz
25%
To'g'ri javob uchun 3 ball beriladi, noto'g'ri javob uchun 1 ball ayrib tashlanadi.
27%
To'g'ri javob uchun 3 ball beriladi, noto'g'ri javob uchun 2 ball olinadi.
23%
To'g'ri javob uchun 4 ball beriladi, noto'g'ri javob uchun 2 ball olinadi.
25%
To'g'ri javob uchun 4 ball beriladi, noto'g'ri javob uchun 3 ball olinadi.
👍8🔥5😱4🤩2
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar #Imtihon_2021

❗️ESLATMA

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida talabgorlarning ota-onalari uchun kutish joylarida zaruriy qulayliklar yaratilmoqda.

🔸 Jumladan, "Tez yordam" xizmati, tibbiy punkt, kutish hududlarida soyabon va chodir-soyabonlar tashkil etiladi.

🔹 Qaysi fanlardan imtihon topshirilishi haqidagi ma'lumotni qayta o'qishni unutmang.

🖥 Eslatib o‘tamiz, imtihonlar kompyuterda topshiriladi va natijalar ball ko‘rinishida o‘sha vaqtning o‘zidayoq kompyuter ekranida ko‘rinadi.

👉 Darvoqe, jarayon haqida tushuncha hosil qilish uchun video-yo'riqnomani albatta tomosha qiling. (@piimauz)

👉👉@PMTESTS
👍5🔥1
Aziz 100 ta uyni 1dan 100 gacha raqamlashi kerak. U har bir raqam va uning soni bo'yicha buyurtma beradi. Poligrafiyada faqat 0-8 (9ta) raqamlariga buyurtma berish mumkin. Bu raqamlardan sonlar hosil qilinadi. Aziz nechta 6 raqamiga buyurtma beradi?
Anonymous Quiz
16%
10 ta
26%
18 ta
32%
20 ta
17%
36 ta
9%
40 ta
🔥7👍5😱4
#tanqidiy fikrlash: Agar kecha ertaga kelganida edi, bugun yakshanba bo'lar edi. Savol bugun qaysi kun?
Anonymous Quiz
28%
Shanba
17%
Yakshanba
28%
Dushanba
23%
Seshanba
5%
Chorshanba
👍8🎉7🔥4🤩3😱2
Oydinni har kuni 17:30da dadasi maktabdan olib ketadi. Bugun dars ertaroq tugadi va Oydin dadasini kutmay yo'lga chiqdi. Dadasi yo'lda uni ko'rib qoldi va uyiga birga qaytishdi va har doimgidan 8minut ertaroq borishdi. Ota va qiz qachon uchrashishgan?
Anonymous Quiz
44%
17:22
12%
17:25
22%
17:26
13%
17:28
8%
17:34
😱8👍7🔥4🎉3
⚡️⚡️⚡️⚡️DIQQAT! DIQQAT!

SARALASH BOSQICHI NATIJALARI EʼLON QILINDI!👇


Natijalarni quyidagi linkdan bilishingiz mumkin:

https://www.admissionstesting.org/campaigns/pre-selection-results/