Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Prezident maktablarida kirish imtihonlarining saralash bosqichiga start berildi.

🔸Talabgorlar FaceID tizimidan o’tib guruh nazoratchilari boshchiligida o’z joylarini egallashdi.

Shuningdek, barcha xavfsizlik choralari koʻrilgan. Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Uzinfocom hamda tibbiyot xodimlari oʻz masʼulliglariga koʻra jarayonni nazoratga olishdi.
Oʻquvchilar faqat tugʻilganlik haqidagi guvohnoma,imtihonga qatnashish ruxsatnomasi bilan kiritilmoqda, ularning tibbiy niqoblari ham kirish oldi alishtirilib, tashkilotchilar tomonidan yangi tibbiy niqob taqdim etildi.

Karantin qoidalariga amal qilgan holda jarayon olib borilmoqda.

📍Toshkent shahridagi imtihonlar Botanika bog’ining B va C sektorlarida hamda G’alaba bog’ida bo’lib o’tmoqda.
👍4🔥2
M.Ulugbek asarida hovuz diametri 10m va aylanasi 30mligi aytilgan. Bu yerda aylana uzunligining diametrga nisbati, π 3 chiqadi. Ammo yuqoridagi sonlar butunga yaxlitlangan va Bobomiz π=3,1416ni yaxshi bilgan. Hovuz uzunligi qaysi oraliqda bo'lishi mumkin?
Anonymous Quiz
16%
Eng aniq oraliq (29,500-30,500 m)
38%
Eng aniq oraliq (29,500-31,416m)
33%
Eng aniq oraliq (29,845-30,500m)
13%
Eng aniq oraliq (29.845-31.416m)
🎉7👍5🔥4😱2
📣📣📣Hurmatli ota-onalar!

Prezident maktablari kirish imtihonlarida sizdan bir necha tartib-qoidalarga rioya qilishingiz so'raladi:

🔸Avvalo, farzandingizning imtihon oldi ovqatlanishiga e'tibor bering. Och qoringa kelish yoki imtihondan oldin og'ir va yog'li taomlarni iste'mol qilish uning imtihon jarayonida o'zini behuzur his qilishiga sabab bo'ladi.

🔹Shuningdek, imtihonlar ochiq havoda o'tkazilayotganini inobatga olib, farzandingizning bosh kiyim (kepka)da bo'lishini ta'minlashingizni so'raymiz.

❗️Eslatib o'tamiz, imtihon jarayonlarini test2021.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.
👍3🎉3🔥2
Saralash_savollari: 3 ta kesma berilgan. 1-kesma (1;7) nuqtada boshlanib, (6;7) da tugaydi. 2-kesma (3;5) da boshlanib, (3;12) da tugaydi. 3-kesma (12; 5) da boshlanib, (12;13) da tugaydi. Shu uchta kesma uzunliklari yig’indisini toping.
Anonymous Quiz
10%
15
18%
18
27%
19
33%
20
12%
21
🎉6👍4🔥3
#tanqidiyfikrlash “Dunyoda ilmdan fazilatliroq boshqa narsa yo'qdir. Ilmli kishi mehr va hurmat ko'radi, ilmdan benasib kishi esa umrini behalovat o`tkazadi. Agar boy yoki amaldor insonlar bilan olim yoki muallimlar bir joyda tursa, albatta avvalo olim va muallimga hurmat ko’rsatinglar” - dedi ustoz.
Shunda o’quvchilardan biri “Ustoz, lekin hamma boy va obro’li kishilarni hurmat qiladi. Ular aqlli insonlar bo’ladi. Xuddi olimlar ilm olishda mehnat qilgani kabi ular ham mehnat bilan boylik orttirishadi. Ilmli odamning ulardan afzalligi nima?” deb savol berdi.
“Boylik va yuqori lavozim bu vaqtinchalik narsalar. Kasod bo’lgan qancha boylar, vazifasidan ozod qilingan qancha hokimlarni ko’rmaysanmi? Boylik va amalga erishish uchun aqlli va mehnatkash bo’lish ham zarur emas. Zavodda 30 yil ishlagan ishchining yillik maoshidan zavod egasining bir yoshga to’lmagan chaqalog’i nomiga ochilgan hisobdagi pul ming marotaba ko’p bo’lishi mumkin. Yoki tarixda o’tgan aqlsiz amaldorlar, vazir va poshsholar haqida eshitmaganmisan?! Ilm esa faqat mehnat bilan hosil qilinadi va butun umr senga hamroh bo’ladi” – javob berdi ustoz.
🎉4👍2🔥2
Saralash_savollari: Hakim dastlab 20 km/soat tezlik bilan bir soat yo’l yurdi. Keyin esa 4 km yo’lni 30 minutda bosib o’tdi. Uning shu vaqtlar oralig’idagi o’rtacha tezligini toping.
Anonymous Quiz
15%
12 km/soat
21%
12,5 km/soat
21%
13 km/soat
24%
14 km/soat
19%
16 km/soat
👍4😱4🔥3🎉3🤩2
PMtests jamoasiga
(obunachilarimizdan kelgan she'r)

Bosh og'riq masalalar,
Misollar allombalo,
Faqat geniy bolalar,
Bajara olar a'lo.

Ho'p, misolni qo'ying siz,
Masalalar muammo,
Tanqidiysi mantiqsiz,
Matnlar dunyo-dunyo.

Qiyin savollar bilan,
Biz uchun siz ajdarho,
Sizda yoki aql yo'q,
Yoki ustozsiz daho!

Nima bo'lganda ham siz,
Qiziqtirdiz ilmga,
Shu maktabga kirib biz,
Aylanamiz olimga!


Qashqadaryo, Mirishkor, Nosirova Malika Toshmurod qizidan.

Maqsadimiz ham yoshlarimiz olim bo'lsin, bu eng BUYUK MAQSAD! Ishoning boy bo'lishdan, yuqori lavozimdan, hashamatli uy-joy va mashinalardan eng zo'r olim bo'lish afzal! Agar farzandlarimiz eng zo'r mutaxassis bo'lsa, hamma narsalari: boyligi, hashamatli uyi va mashinalari ham bo'ladi!
She'r muallifiga tashakkur!!

👉@PMTESTS
👍4🎉2🔥1
Murotjon ikkita uch xonali sonni qo’shgan edi, yig’indi 4 xonali son bo’ldi. Qizig’i shundaki, yig’indida barcha 10 xil raqam ishtirok etgan edi (abc+def=ghij).
Quyidagi sonlardan qaysi bir qo’shiluvchilardan biri bo’lishi mumkin emas?
Anonymous Quiz
15%
789
21%
746
30%
589
9%
764
26%
bu sonlarning barchasi qo’shiluvchilardan biri bo’lishi mumkin.
🎉6👍5😱4🔥3
#Imtihon_2021

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1- bosqichi yakunlandi.

🔰Natijalar avgust oyining ikkinchi oʻn kunligida eʼlon qilinadi.

🔖 Bu haqida telefon raqamingizga sms xabarnoma yuboriladi, shuningdek, "Shaxsiy kabinet" orqali ham bundan xabar topishingiz mumkin. (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
👍4🔥3
👨‍🏫2019-yilning saralash bosqichi kirish ballari. Umumiy bal 96 bal bo'lgan. Bu ballar saralashdan eng kam bal bilan keyingi bosqichga o'tgan o'quvchilarning ballari. Ya'ni o'tish ballari.
🔴Ushbu ballardan xulosa qilinsa 2019-yilda test savollariga 70% ya'ni 21-23 dan ko'proq to'g'ri javob bergan o'quvchilar asosiy imtihonga o'tgan.

2021-yil o'tish ballari nisbatan yuqoriroq bo'lishi kutilmoqda!

@pmtests
🔥3
#tanqidiy fikrlash:
Keyingi oyni toping: yanvar, fevral, aprel, avgust, aprel, ?
Anonymous Quiz
30%
Mart
14%
Iyun
32%
Avgust
7%
Aprel
17%
Sentabr
🔥7😱7👍5🤩3🎉1
Muoammoli_masalalar: Aziz ONA so’zini kodlamoqchi. Kodlashda harflarni ma’lum raqamlarga almashtirish mumkin.
O=0 yoki 5, N=3 yoki 4, A=6 yoki 7. Azizning hosil qilgan kodidagi raqamlar yig’indisi quyidagilarning qaysi biriga teng bo’la olmaydi?
Anonymous Quiz
14%
9
16%
10
43%
13
15%
14
12%
16
👍7😱6🔥4🤩3🎉2
Bugundan boshlab, har juma kuni soat 20:00 kanalimizda o’tkazilgan online testlarning muammoli masalalarga oid qismlaridan takrorlash testlari o’tkaziladi.

Savollar soni 20 ta.
Ushbu testlarni yechish orqali muammoli masalalar yechish ko’nikmasini shakllantirib borishingiz mumkin!


Testda ishtirok eting. Do’stlarni ham taklf eting!
👉👉 @pmtests
🎉2👍1🔥1
Aka-uka uyidan 6km uzoqlikdagi joyda ishlaydi. Ishxona uydan 6 km uzoqlikda. Ukasi akasidan 10 minut oldin velosipedda chiqib, ishga 5 minut keyin boradi. Akasi mashinada ukasidan 2 marta tezroq harakatlanadi. Uka uyidan qancha vaqtda ishga yetib boradi?
Anonymous Quiz
23%
15 minutda
23%
20 minutda
35%
30 minutda
14%
45 minutda
4%
1 soatda
👍5🎉5🤩5🔥3😱1
Futbol hujum mashqlarida 10 metrga borib kelish bir sikl. Besh sikl bitta to'plam. Vaqt bir to'plamdan 2-siga 1 soniya kamayadi. 5 to'plam bor va 5-to'plam 18 soniya. Barcha beshta to'plamni o'z vaqtida bajargan yuguruvchining o'rtacha tezligi qancha?
Anonymous Quiz
17%
2,5 m/s
38%
3,6 m/s
35%
5,0 m/s
10%
5,6 m/s
🔥7🎉7👍5
2013-yil aprel oyida ariza yozgan 47 yoshli Filip tug'ilgan kunini DD/MM/YYYY shaklida va yoshini yozdi. E’tiborli tomoni, Filip bu ma’lumotlarni o'n xil raqamdan foydalangan holda yozdi.
Yilning qaysi oyida Filipning tug'ilgan kuni?
Anonymous Quiz
21%
mart
33%
may
22%
iyun
23%
avgust
👍9😱5🔥4🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hayotingizni o'zgartirib yuboradigan tajriba. Videoni diqqat bilan ko'ring!

@Muhammadali_Eshonqulov

Ota-onani rozi qilish har qanday sohadagi muvaffaqiyat garovi. Ayniqsa, ta'limda. Biror buyuk olim yo'qki, ota-onasi duosini olmagan. Siz ham ota-onangizni xursand qiling va ta'limda muvaffaqiyatga erishing!

👉 @pmtests
🔥3👍1