Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Saralash_savollari: Karim 100 dan katta va 500 dan kichik 37 ga karrali bir sonni o’yladi. Azim esa ushbu oraliqdagi 17 ga karrali juft son o’yladi. Azimning soni Karimning sonidan eng ko’pi bilan qancha katta bo’lishi mumkin?
Anonymous Quiz
16%
382
28%
365
30%
342
16%
275
10%
186
👍11😱6🎉6🔥4🤩4
#Imtihon_2021

Bugun, 23-iyuldan e'tiboran Respublikamizdagi barcha Prezident maktablari kirish imtihonlarining tanishtiruv jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

🔰Tanishtiruv kunida nomzodlarga imtihon kuni javoblar varaqasiga to'g'ri javoblarni qanday belgilash, FaceID tizimidan o'tish va boshqalar haqida ma'lumot beriladi.

❗️Eslatib o'tamiz, talabgordan Prezident maktablari kirish imtihonlari va tanishtiruv kuniga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir yarim soat oldin kelishlari talab etiladi.
👍2🔥2
Magazinda hajmlari 15, 16, 18, 19, 20, 31 litrga teng 6 ta qozon bor edi. Aziz ikkita, Karim uchta qozon sotib oldi. Aziz sotib olgan 2 qozon hajmlari yig’indisi Karimning uchta qozoni hajmlari yig’indisidan 2marta kam edi. Magazinda qaysi qozon qolgan?
Anonymous Quiz
15%
15
20%
19
40%
20
18%
18
8%
16
👍18😱6🎉5🤩3🔥2
❗️PREZIDENT MAKTABLARIGA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

Hurmatli talabgorlar!

⚡️Yurtimizda kuzatilayotgan issiq ob-havoni inobatga olgan holda, 26-,27-,28-iyul kunlari 18:00 da o'tkazilishi belgilangan Prezident maktablari kirish imtihonlarining vaqti 19:00 ga ko'chirildi.

❗️Mazkur o'zgarish faqatgina 18:00 da o'tkazilishi belgilangan imtihonlarga taalluqli.

🔰Sizdan imtihon kuniga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir yarim soat oldin kelishingiz talab etiladi.
26,27,28-iyul kunlari havo haroratida farqlar kuzatiladi. Kunlarni solishtirganda ikki farq 5˚ va 4˚ bo’ldi. Agar seshanba 40˚ bo’lishi kutilayotgan bo’lsa, quyidagi haroratlarning qaysi biri Dushanba va chorshanba kungi haroratlar bo’lishi mumkin emas.
Anonymous Quiz
23%
44˚
32%
39˚
30%
49˚
16%
42˚
🤩8👍6😱6🔥5🎉4
Saralash_savollari: Kubning bir burchagi kesilib, qo'shimcha yangi uchburchak yuzasi bo'lgan shakl hosil qilindi. Ushbu yangi shaklning nechta qirrasi bor?
Anonymous Quiz
17%
18
21%
14
22%
24
27%
15
13%
13
👍10🎉9🔥7
⚡️⚡️Ertadan boshlab prezident maktabi saralash bosqichi imtihonlari boshlanadi!

Barcha o’quvchilarimizga omad tilaymiz! Barcha o’quvchilarimizdan yuqori natijalarni kutib qolamiz!

Hurmatli o’quvchilar, Cambridge Assessment tashkiloti bir qancha davlatlarda bunday turdagi imtihonlarni o’tkazib keladi. Tabiiyki, imtihon natijalari bilan turli xalqlar yoshlarining bilim saviyasiga baho beriladi. Shuni bilingki, Sizlar butun dunyo yoshlari ichida birinchi o’rinda bo’lishingiz kerak!

Agar men prezident maktabiga imtihon topshirayotgan o’quvchi bo’lganimda edi, barcha savollarga 100% javob berishimga menga prezident maktabiga kirish ishtiyoqidan ko’ra “O’zbek yoshlarining bilim saviyasini ko’rsatishim” ko’proq turtki bergan bo’lar edi.

Bizning ajdodlarimiz dunyoda tengsiz bo’lgan, endi navbat sizlarga! Bor imkoniyatingizni ishga soling, imtihon oluvchilar Sizlarning natijangizdan hayratda qolsin. Alloh hammaga yoshlarimizga muvaffaqiyat bersin!

@PMTESTS jamoasi
👍5🔥4😱1
Prezident maktablarida kirish imtihonlarining saralash bosqichiga start berildi.

🔸Talabgorlar FaceID tizimidan o’tib guruh nazoratchilari boshchiligida o’z joylarini egallashdi.

Shuningdek, barcha xavfsizlik choralari koʻrilgan. Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Uzinfocom hamda tibbiyot xodimlari oʻz masʼulliglariga koʻra jarayonni nazoratga olishdi.
Oʻquvchilar faqat tugʻilganlik haqidagi guvohnoma,imtihonga qatnashish ruxsatnomasi bilan kiritilmoqda, ularning tibbiy niqoblari ham kirish oldi alishtirilib, tashkilotchilar tomonidan yangi tibbiy niqob taqdim etildi.

Karantin qoidalariga amal qilgan holda jarayon olib borilmoqda.

📍Toshkent shahridagi imtihonlar Botanika bog’ining B va C sektorlarida hamda G’alaba bog’ida bo’lib o’tmoqda.
👍4🔥2
M.Ulugbek asarida hovuz diametri 10m va aylanasi 30mligi aytilgan. Bu yerda aylana uzunligining diametrga nisbati, π 3 chiqadi. Ammo yuqoridagi sonlar butunga yaxlitlangan va Bobomiz π=3,1416ni yaxshi bilgan. Hovuz uzunligi qaysi oraliqda bo'lishi mumkin?
Anonymous Quiz
16%
Eng aniq oraliq (29,500-30,500 m)
38%
Eng aniq oraliq (29,500-31,416m)
33%
Eng aniq oraliq (29,845-30,500m)
13%
Eng aniq oraliq (29.845-31.416m)
🎉7👍5🔥4😱2
📣📣📣Hurmatli ota-onalar!

Prezident maktablari kirish imtihonlarida sizdan bir necha tartib-qoidalarga rioya qilishingiz so'raladi:

🔸Avvalo, farzandingizning imtihon oldi ovqatlanishiga e'tibor bering. Och qoringa kelish yoki imtihondan oldin og'ir va yog'li taomlarni iste'mol qilish uning imtihon jarayonida o'zini behuzur his qilishiga sabab bo'ladi.

🔹Shuningdek, imtihonlar ochiq havoda o'tkazilayotganini inobatga olib, farzandingizning bosh kiyim (kepka)da bo'lishini ta'minlashingizni so'raymiz.

❗️Eslatib o'tamiz, imtihon jarayonlarini test2021.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.
👍3🎉3🔥2
Saralash_savollari: 3 ta kesma berilgan. 1-kesma (1;7) nuqtada boshlanib, (6;7) da tugaydi. 2-kesma (3;5) da boshlanib, (3;12) da tugaydi. 3-kesma (12; 5) da boshlanib, (12;13) da tugaydi. Shu uchta kesma uzunliklari yig’indisini toping.
Anonymous Quiz
10%
15
18%
18
27%
19
33%
20
12%
21
🎉6👍4🔥3
#tanqidiyfikrlash “Dunyoda ilmdan fazilatliroq boshqa narsa yo'qdir. Ilmli kishi mehr va hurmat ko'radi, ilmdan benasib kishi esa umrini behalovat o`tkazadi. Agar boy yoki amaldor insonlar bilan olim yoki muallimlar bir joyda tursa, albatta avvalo olim va muallimga hurmat ko’rsatinglar” - dedi ustoz.
Shunda o’quvchilardan biri “Ustoz, lekin hamma boy va obro’li kishilarni hurmat qiladi. Ular aqlli insonlar bo’ladi. Xuddi olimlar ilm olishda mehnat qilgani kabi ular ham mehnat bilan boylik orttirishadi. Ilmli odamning ulardan afzalligi nima?” deb savol berdi.
“Boylik va yuqori lavozim bu vaqtinchalik narsalar. Kasod bo’lgan qancha boylar, vazifasidan ozod qilingan qancha hokimlarni ko’rmaysanmi? Boylik va amalga erishish uchun aqlli va mehnatkash bo’lish ham zarur emas. Zavodda 30 yil ishlagan ishchining yillik maoshidan zavod egasining bir yoshga to’lmagan chaqalog’i nomiga ochilgan hisobdagi pul ming marotaba ko’p bo’lishi mumkin. Yoki tarixda o’tgan aqlsiz amaldorlar, vazir va poshsholar haqida eshitmaganmisan?! Ilm esa faqat mehnat bilan hosil qilinadi va butun umr senga hamroh bo’ladi” – javob berdi ustoz.
🎉4👍2🔥2
Saralash_savollari: Hakim dastlab 20 km/soat tezlik bilan bir soat yo’l yurdi. Keyin esa 4 km yo’lni 30 minutda bosib o’tdi. Uning shu vaqtlar oralig’idagi o’rtacha tezligini toping.
Anonymous Quiz
15%
12 km/soat
21%
12,5 km/soat
21%
13 km/soat
24%
14 km/soat
19%
16 km/soat
👍4😱4🔥3🎉3🤩2