Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Ilm boylikdan ustun turadi

Ey ilm talabida yurgan Aziz Inson!

Yodingizda bo'lsin, aql-u farosat bilan boylikni topsa bo'ladi.
Lekin boylik orqali aql, farosat topish mushkul.
Qadringizni biling, va himmatingizni baland tuting.

Hozir ilmga sarflayotgan sarmoyangiz kun kelib eng yuqori foizlarda daromad keltiradi. (@Muhammadali_Eshonqulov)

👉 @PMTESTS
🔥1🎉1
Karim qurbonlikka so'ygan qo’chqordan 50kg go’sht chiqdi. Goshtni teng 3ga bo’lib, 1.faqirlarga 2.qo’shni va qarindoshlarga 3.o’z oilasiga tarqatmoqchi. Tarozi butun kg.larda bo'lib 1- 2 ta qismni kamida uchdan biri qilib tarqatdi.Qancha go’sht tarqatgan
Anonymous Quiz
21%
16
24%
17
26%
32
16%
33
12%
34
🔥6👍5😱4🎉3
#Imtihon_2021

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

Prezident maktablari 1-bosqich imtihonlari uchun ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorlarga PIIMA nomidan sms-xabarnoma yuborilmoqda.

❗️Sms-xabarnoma 24 soat ichida jo’natiladi.

🔹
Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar, maʼlumotdan oʻz vaqtida boxabar boʻlish uchun telefoningizga sms-xabarnoma kelganmi yoki yoʻqligini, shuningdek ariza.piima.uz sayti orqali "Shaxsiy kabinet" ni tekshirib turishni unutmang.

❗️"Shaxsiy kabinet" da, shuningdek Prezident maktablari saralash imtihonlari maslahat-tanishtiruv kuni haqida ham ma'lumot beriladi. Talabgorlar maslahat-tanishtiruv kunida ishtirok etishlari shart.

🔰Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

⚡️Talabgordan ruxsatnomani chop etib olish hamda maslahat-tanishtiruv kuni va imtihonga mazkur ruxsatnoma bilan kelish talab qilinadi.
👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Imtihon_2021

Prezident maktablariga hujjat topshirgan nomzodlarga qulaylik yaratish maqsadida Prezident maktablari kirish imtihonlari uchun ruxsatnomani yuklab olish bo'yicha bosqichma-bosqich yo‘l ko‘rsatuvchi video-yo'riqnoma taqdim etilmoqda. (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
🔥2👍1🎉1
Avtobus soat 08:19 da keladi. Kecha men avtobus bekatiga 2 daqiqa kechikdim. Biroq soatim 6 daqiqa oldinga surilib qolgan ekan. Va soat 08:19 kelishi kerak bo`lgan avtobus 3 daqiqaga kechikib keldi.
Kecha ertalab avtobusni qancha vaqt kutdim?
Anonymous Quiz
27%
5 daqiqa
47%
7 daqiqa
18%
9 daqiqa
8%
11 daqiqa
👍8🔥7🤩5😱3🎉32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Ilmga homiylik qilishni trendga chiqarishimiz kerak!

Juda mazmunli suhbat! Oltindan qimmatli gaplar aytilgan. "Ikki kuni bir xil o'tgan mo'minda yaxshilik yo'q". Hammamiz har kuni nimadir o'rganmasak, demak bizda yaxshilik yo'q!
👍3🔥1
Kecha, bog'da men 8 ta it egalarini itlarini mashq qildirayotganini ko'rdim. Ba'zilarda 1 tadan it, ba'zilarda 2 tadan it bor edi. Itlarning va it egalarining oyoqlari jami 60 ta edi.
Qancha it egalarida faqat bitta it bor edi?
Anonymous Quiz
22%
3
29%
4
37%
5
12%
6
🎉12👍4🔥4😱3🤩2
👍6🎉5🤩4🔥3😱1
⚡️⚡️⚡️"Bayram tabrigi"⚡️⚡️⚡️

🎉🎉🎉@pmtests jamoasi bobolari imu-ma’rifat bilan butun olamni lol qoldirgan, dinu-diyonatli, e’tiqodi mustahkam xalqimizni muborak 🎊Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi.

🎉🎉Ushbu muqaddas ayyomda butun el-yurtimizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik va baxtu saodat tilab qolamiz. Bo’lajak imom-Buxoriylar, al-Xorazmiylar hisoblangan yoshlarimizning o’qishlarida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz.🎊🎊

🎊🎊🎊Barchamizning qalbimizdagi ezgu duolarimiz ijobat bo’lsin! Xalqimiz ilm-fan taraqqiyotida yana peshqadam xalqqa aylansin! Bayram muborak bo’lsin!🎉🎉🎉

👉👉@pmtests
🎉6🔥3👍1
Бугун Имом Бухорийнинг таваллуд куни!

Бугун, 20 июл муҳаддислар имоми, ҳадис илмининг султони Муҳаммад ибн Исмоил ал-Бухорийнинг милодий сана бўйича таваллуд топган куни. Буюк муҳаддис милодий 810 йил 20 июл, ҳижрий 194 йил шаввол ойининг 13 куни Бухоро шаҳрида дунёга келган.

Имом Бухорий "ҳадис учун туғилган Aллоҳнинг ердаги мўжизаси" деб эътироф этилган.

Аллоҳ яна фарзандларимиздан имом-Бухорийлар чикишини насиб этсин!

👉👉 @PMTESTS
🔥3👍1🎉1
Aziz Vegasdan Sidneyga bordi. U Vegasdan juma mahalliy vaqt 13:00 da Nyu-Yorkka 6 soat parvoz qildi. U 24 soatni Nyu-Yorkda o'tkazdi. Keyin Sidneyga 20 soatlik parvoz qildi. Vegasdagi vaqt Sidneydan 17 soat orqada. Aziz kelganida Sidneyda soat necha edi?
Anonymous Quiz
25%
dushanba kuni soat 08:00 da
17%
chorshanba kuni soat 11:00 da
31%
shanba soat 22:00 da
19%
yakshanba kuni soat 15:00 da
8%
yakshanba kuni soat 23:00 da
👍9🎉6🔥5😱4🤩2
📣📣Hurmatli ota-onalar!

Prezident maktablari imtihonlarida sizdan bir nechta tartib-qoidalarga amal qilishingiz so'raladi.
Jumladan:

▶️Kirish imtihonlari kuni farzandingizni ,albatta, belgilangan manzilga tibbiy niqobda kelishini ta'minlashingiz zarur.

▶️ Imtihonlar ochiq havoda o'tkazilayotgani sababli issiq ob-havoni hisobga olgan holda, farzandingizning bosh kiyim (kepka)da bo'lishlarini so'raymiz. Shuningdek dress kodga ham amal qilish lozim.

▶️Imtihon kuniga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e'tibor qaratishingiz so'raladi (turli yog'li va imtihon jarayonida o'quvchini behuzur qiladigan taomlar iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi).

🔅Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o'zini yaxshi his qilishiga yordam beradi.

❗️Eslatib o'tamiz, imtihon jarayonida yordam berishga va'da qilayotganlarning hech biriga ishonmang, aldanib qolmang.

✔️Farzandingizni bilimi uning natijasiga asos bo'ladi!
👍2🔥1🎉1
🌎 Prezident maktabi - shunchaki vosita! 🌍

⌛️Prezident maktablariga imtihonlar yaqinlashgani sari, tayyorgarlik ko’rayotgan o’quvchilar va hatto ota-onalarining hayajonlari ortib bormoqda. Ba’zilarda agar prezident maktabiga kirsa, hamma narsaga erishgan; agar kira olmasa hamma narsadan mahrum bo’lganday tasavvur ham paydo bo’lgan. Biz barcha o’quvchilarga avvalo omad tilagan holda quyidagi narsalarni eslatib o’tamiz:

Insonning hayotdagi maqsadlari oliy bo’lishi kerak. Misol uchun, men o’z sohamda dunyodagi eng zo’r mutaxassis bo’laman; eng zo’r programist bo’laman; yirik tadbirkor bo’laman va minglab iqtidorli yoshlarni bepul o’qitaman; Muhammadali Eshonqulov kabi 6 ta xorijiy tillarni biladigan, mingdan ortiq eng sara kitoblarni mukammal o’rganib, o’ng minglab insonlarga ziyo tarqatadigan inson bo’laman; ota-onamni haj qildiraman; O’zbekiston taraqqiyotiga o’z hissamni qo’shaman; bobolarim kabi dunyoni ilmim bilan lol qoldiraman va hakazo.

Agar siz oliy maqsadlar qo’ygan bo’lsangiz “Prezident maktabi siz uchun shunchaki vosita” bo’ladi. Ya’ni 6 dan ortiq chet tilini o’rganish va sohangiz bo’yicha malakali ustozlardan dars olish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Ammo maqsadga erishishda hech qachon bir vositaga tayanilmaydi. Vosita maqsadning oldida arzimas narsa bo’ladi. Maktabga mashinasi bilan olib borishga dadangizni vaqti bo’lmadi deylik, siz dadamni vaqti yo’q deb maktabga bormay qo’ymaysiz. Boshqa vosita orqali borasiz: yoki avtobus yoki taksi yoki piyoda. Tish tozalash uchun misvakdan foydalanasizmi yoki tish chotkasidan muhimi tishingiz toza bo’lsin!

Aziz o’quvchi, agar siz prezident maktabiga eng birinchi o’rinda kirsangiz ham maqsadga erishgan hisoblanmaysiz. Balki, hamma narsa keyin boshlanadi. Yurtimiz rivojiga o’z hissangizni qo’shish uchun bor imkoniyatni ishga solishingiz kerak. Agar ozgina bee’tibor bo’lsangiz, ishoning prezident maktabiga kirmay ham sizdan ilm bobida o’tib ketadiganlar ko’plab topiladi.

Aziz o’quvchi, agar siz prezident maktabiga kira olmasangiz ham bu maqsadga erishmaganizni anglatmaydi. Oliy maqsadlar oldida bu maktab bir kichik vosita yoki yordamchi xolos. Hozirgi kunda muvaffaqiyatga erishganlarga nazar soling. Ularning birortasi prezident maktabida o’qimagan. Demak, hayotda eng zo’ri bo’lish uchun prezident maktabida o’qish shart emas. Imkon qadar harakat qiling, agar bu vosita bo’lmasa boshqa vositalardan foydalaning. Ammo maqsadingizga albatta erishing!

☝️Biz barcha o’quvchilarni prezident maktabiga kirishi yoki kirmasligidan qat’iy nazar ota-onasiga rahmat olib beruvchi va yurtimiz rivojiga ulkan hissa qo’shuvchi barkamol shaxslar, bobolariga munosib avlodlar bo’lishini so’raymiz!

@PMTESTS jamoasi
👍28🔥7🎉1
Saralash_savollari: Karim 100 dan katta va 500 dan kichik 37 ga karrali bir sonni o’yladi. Azim esa ushbu oraliqdagi 17 ga karrali juft son o’yladi. Azimning soni Karimning sonidan eng ko’pi bilan qancha katta bo’lishi mumkin?
Anonymous Quiz
16%
382
28%
365
30%
342
16%
275
10%
186
👍11😱6🎉6🔥4🤩4
#Imtihon_2021

Bugun, 23-iyuldan e'tiboran Respublikamizdagi barcha Prezident maktablari kirish imtihonlarining tanishtiruv jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

🔰Tanishtiruv kunida nomzodlarga imtihon kuni javoblar varaqasiga to'g'ri javoblarni qanday belgilash, FaceID tizimidan o'tish va boshqalar haqida ma'lumot beriladi.

❗️Eslatib o'tamiz, talabgordan Prezident maktablari kirish imtihonlari va tanishtiruv kuniga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir yarim soat oldin kelishlari talab etiladi.
👍2🔥2
Magazinda hajmlari 15, 16, 18, 19, 20, 31 litrga teng 6 ta qozon bor edi. Aziz ikkita, Karim uchta qozon sotib oldi. Aziz sotib olgan 2 qozon hajmlari yig’indisi Karimning uchta qozoni hajmlari yig’indisidan 2marta kam edi. Magazinda qaysi qozon qolgan?
Anonymous Quiz
15%
15
20%
19
40%
20
18%
18
8%
16
👍18😱6🎉5🤩3🔥2
❗️PREZIDENT MAKTABLARIGA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

Hurmatli talabgorlar!

⚡️Yurtimizda kuzatilayotgan issiq ob-havoni inobatga olgan holda, 26-,27-,28-iyul kunlari 18:00 da o'tkazilishi belgilangan Prezident maktablari kirish imtihonlarining vaqti 19:00 ga ko'chirildi.

❗️Mazkur o'zgarish faqatgina 18:00 da o'tkazilishi belgilangan imtihonlarga taalluqli.

🔰Sizdan imtihon kuniga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir yarim soat oldin kelishingiz talab etiladi.
26,27,28-iyul kunlari havo haroratida farqlar kuzatiladi. Kunlarni solishtirganda ikki farq 5˚ va 4˚ bo’ldi. Agar seshanba 40˚ bo’lishi kutilayotgan bo’lsa, quyidagi haroratlarning qaysi biri Dushanba va chorshanba kungi haroratlar bo’lishi mumkin emas.
Anonymous Quiz
23%
44˚
32%
39˚
30%
49˚
16%
42˚
🤩8👍6😱6🔥5🎉4
Saralash_savollari: Kubning bir burchagi kesilib, qo'shimcha yangi uchburchak yuzasi bo'lgan shakl hosil qilindi. Ushbu yangi shaklning nechta qirrasi bor?
Anonymous Quiz
17%
18
21%
14
22%
24
27%
15
13%
13
👍10🎉9🔥7