Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
#tanq.fikrlash: Aziz (14yosh) va uning ukasi Karim (9yosh) suzish havzasiga borishdi. Kirish eshigiga "10yoshdan kattalar kirishi mumkin. Kichkinalar esa faqat 13yoshdan kattalar bilan birga kiradi" deb yozilgan. Ulardan kim suzish havzasiga kira oladi?
Anonymous Quiz
13%
Aziz
8%
Karim
68%
Ikkisi ham kira oladi
7%
Karim yoki Aziz
4%
Ikkisi ham kira olmaydi
😱5👍3🔥3🤩3🎉2
Mantiqiy fikrlash:
8*46=648
84*32=2348 72*39=9327 24*36=? Ushbu ko'paytmalardan mantiqni topib, so'roq o'rnidagi sonni toping.
Anonymous Quiz
11%
5312
27%
6432
46%
6342
17%
3624
👍11🔥6🎉2😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekligimizdan faxrlanaylik, hozir bizga suv bilan havodek kerak bo'lib turgan narsa - MILLIY G'URURdir. Men xohlaymanki, o'zbek yoshlari butun dunyoda lider bo'lishsin!

Hurmatli o'quvchilar, agar kimgadir taqlid qilmoqchi bo'lsangiz manashunday ilmli, izlanuvchan va o'z millati rivoji uchun jonkuyar insonlarga taqlid qiling. Shulardek bo'lishga harakat qiling!

☝️Dunyodagi ko'plab mashhur insonlar bor (futbolchilar: Messi, Ronaldo. San'atkorlar), siz ular uchun hech kimsiz, sizni hech qanday qadringiz yo'q ular uchun.

Ammo, Muhammadaliga o'xshagan insonlar SIZning muvaffaqiyatingizni o'zining muvaffaqiyati deb biladi. Yurtimizda shunday ilmli yoshlar ko'paysin. Ularning qilayotgan ishlariga Alloh muvaffaqiyat bersin!

👉👉 @pmtests
👍8🔥5🎉1
GM mashinalarini arzonlatish taklifi 8(ha), 5(yo'q), 10(betaraf) ovoz bilan yutdi. Biroq,ovozlar kamligi tufayli, qaror keyin ko'riladigan bo'ldi. Agar betaraflar qarorini o'zgartirmasa,natija o’zgarishi uchun eng kamida nechta ovoz o'zgartirilishi kerak?
Anonymous Quiz
27%
2 ta
28%
4 ta
23%
7 ta
15%
8 ta
8%
12 ta
👍11🔥5😱4🎉2
#olimpiada_savollari: Quyidagi sonlar: 2; 3; 4; va 5 ning har biri V; W; X va Y harflaridan biriga to'g'ri keladi, bu sonlar Y^X - W^V ifoda uchun eng katta qiymatni beradi. (Y^X bu Y ning X-darajasi) X+V ning qiymatini toping.
Anonymous Quiz
13%
5
25%
6
31%
7
20%
8
10%
9
😱6🔥5👍3🤩2
Oilada 6 ta bola bor. Ularning 5 nafari eng kichigidan, mos ravishda, 2, 6, 8, 12 va 14 yosh katta. Har bir bolaning yoshi tub son bilan ifodalanadi. Oiladagi eng kichik bola necha yoshda?
Anonymous Quiz
26%
2
24%
3
35%
5
9%
8
6%
11
👍10🔥4🎉4😱2
🏆🏆6-yutuqli olimpiada g'oliblari aniqlandi!!🏆

(Keyingi yutuqli olimpiada avgust oyida o'tkaziladi)


4-5-sinflar bitiruvchilari

1. 🏆 Sharopova Shirina Farhod qizi
(Buxoro, G'ijduvon, 18-maktab, 5-sinf)
2. 🥈Akbarov Diyorbek Qodiraliyevich
(Navoiy, Uchquduq, 7-IDUM 5-sinf)
3. 🥉Nazirov Ziyodbek Elyor òģli
(Farģona, Beshariq, 44-maktab, 5-sinf)
4. 🏅Furqatov Bekzod Abdukarim o’g’li
(Samarqand, Ishtixon, 40-maktab, 5-sinf)

6-7-sinflar bitiruvchilari

1. 🏆 Doniyorov Farhodjon Olimjon o'g'li.
(Jizzax shah., 29-maktab 6-sinf)
2. 🥈Orunov Ernazar
(Xorazm, Urganch, 29-maktab, 7-sinf)
3. 🥉Jabborov Umidjon Muhammadjon o'g'li
(Buxoro, G'ijduvon, 6-maktab, 7-sinf)
4. 🏅Boyqobilov Azizbek Ixtiyorjon o‘g‘li
(Samarqand, Oqdaryo, 18-maktab, 6-sinf)

8-9-sinflar bitiruvchilari

1. 🏆 Xalelov Suxrob Umarovich
(Navoiy shahri, Navpiy Qorako'l DIMI, 9-sinf)
2. 🥈Ro'ziyev Maxtumquli Sunnatullo o'g'li
(Buxoro, Jondor, 27-maktab 9-sinf)
3. 🥉Eshmuerodov Muhammadqodir Sarvar oʻgʻli
(Qashqadaryo, Kitob, 1-IDUMI 9-sinf)
4. 🏅 Bafoxo'jayev Islomxo'ja Umarxo'ja o'g'li
(Farg'ona, O'zbekiston tum. 65-IDUMI 9-sinf)

G'oliblarni muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz. Ushbu natijalarga erishishiga sabab bo'lgan ota-onalari va ustozlariga rahmat aytamiz. Faol ishtirok etgan o'quvchilarni yanada yaxshiroq o'qib, keyingi olimpiadalarimizda g'olib bo'lishlarini so'rab qolamiz.

☝️ Hurmatli o'quvchilar! Ilm olish va izlanishdan to'xtamanglar! Agar yaxshi o'qisangiz bugungi yutug'ingiz kelajakda ming yoki million barobar kattaroq yutuqga aylanadi! Hayotda ilmli inson doim yutadi!

👉👉
@pmtests
🔥3👍1
Olimpiada ta’assurotlari. (Men bu pullarga kitob sotib olaman..)

🔶 Xabaringiz bor 6 oydan buyon, @pmtests jamoamiz tomonidan matematika fanidan oylik yutuqli olimpiadalar o’tkazib kelinmoqda. Olimpiada ishtirok etuvchi iqtidorli o’quvchilar soni ham ortib bormoqda. 6-yutuqli olimpiadada 3 500 ga yaqin o’quvchilar ishtirok etdi. Ikkinchi bosqichga mufavvaqiyatli o’tgan 80 ga yaqin o’quvchilar bilan alohida savol-javoblar o’tkazilganda, hayratlanarli o’zgarishlarning guvohi bo’ldik:

Dastlabki 3 ta olimpiada bilan taqqoslaganimizda o’quvchilarning bilim darajasida sezilarli o’zgrishlar bo’lgan;

O’quvchilarning og’zaki nutqi, fikrlarini ifodalash qobiliyati o’sib bormoqda. Bizni eng xursand qilgan narsa shuki, bilimini chiroyli namoyish etish va isbotlay olishdan tashqari, yoshlar kattalarning hayoliga ham kelmaydigan taklif va mulohazalarni bildirishmoqda;

O’quvchilarning ilmga munosabati o’zgarib, raqobat muhiti oshmoqda. O’quvchilarga pul mukofoti tashlab berilganda: “Ustoz keyingi safar albatta 1-o’rin bo’laman”, “Men bu pullarga kitob sotib olaman”, “Ustoz meni prezident maktabiga kirishga bo’lgan ishonchim yanada ortdi, muhimi yaxshiroq o’qish ekan” – degan gaplarni aytishdi. Bu shundan dalolat beradiki, keyingi olimpiadalar yanada qiziqarliroq va yanada raqobatga boy bo’ladi.

☝️ Hurmatli o’quvchilar, bu olimpiada ilmdagi raqobatning bir kichik ko’rinishi. Biz agar yaxshi o’qisak, ilm olishdan to’xtamasak va doim izlanishda bo’lsak, har sohada barcha xalqlardan oldinda bo’la olamiz. Nima uchun biz dunyodagi eng ilmli, eng ilgor xalq bo’lmasligiz kerak? Biz texnologiya taraqqiyotining ilmiy asosini yaratgan al-Xorazmiylar avlodimiz, biz buyuk muhaddis al-Buxoriylar avlodimiz. Ular o’z davrida boshqa xalqlardan qanday ustun bo’lgan bo’lsa, biz ham shunday bo’lishimiz kerak va bu imkonsiz narsa emas. Bobolarimiz qilgani kabi biz ham albatta buni uddalay olamiz!

@pmtests jamoasi
🤩2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Ихтисослаштирилган мактабларга қабул ва имтиҳон тартиблари юзасидан матбуот анжумани
#4july #uzbekiston24 (mtrk.uz)

👉👉 @PMTESTS
🔥1🎉1
Velosiped poygasida ayalana shaklidagi maydonni Rustam 6 daqiqada 1 marotaba aylanadi, Karim esa 4 daqiqada aylanadi. Agar ular bir vaqtda poygani boshlashgan bo'lsa, qancha vaqtdan keyin Karim, Rustamdan 1 kurug oldinga o'tadi?
Anonymous Quiz
27%
8
26%
10
39%
12
7%
18
👍8🔥4🎉4🤩4😱1
Muammoli masalalar: Kompyuter virusi diskga tushgandan so'ng har kuni ikki marta ko'payib boradi. Alisher antivirus o'rnatmaganligi sababli virus 20kun ichida diskning hamma qismini egallab zarar yetkazdi. Virus nechanchi kuni diskning yarmini egallagan.
Anonymous Quiz
40%
10
21%
15
21%
5
18%
19
👍7🔥6😱3🤩3🎉2
#Statistika_qabul

Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul yuzasidan arizalarning 09 - iyul soat 11:00 holatiga ko'ra statistikasini.

✔️ Mazkur statistika orqali siz sinflar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ham ma'lumotga ega bo'lasiz.

🔰Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli davom etmoqda. (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
🔥3👍1
Ali, Vali, Rahima, Xadicha va Sevinchlarda turli sondagi: 1, 3, 4, 6 va 8 ta olmalar bor. Rahimaning olmalari Sevinchnikidan ikki marta ko'p. Validagi olmalar Xadichanikidan 2 taga ko'proq. Alida nechta olma bor?
Anonymous Quiz
13%
8
36%
6
22%
4
11%
3
17%
1
🔥7🎉6😱2🤩2👍1
#Imtihon_2021

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Prezident maktablariga maslahat-tanishtiruv kuni hamda 1 - bosqich kirish imtihonlarini o'tkazish rejalashtirilgan hududlar haqida ma'lumot:

🔸Toshkent shahar va Toshkent viloyati- Toshkent shahar, Olmazor tumani, G‘alaba bog‘i hududidagi yopiq sahna maydonida va Toshkent shahridagi Botanika bog‘ining 1- va 2-maydonlarida;

🔸Sirdaryo viloyati - Guliston shahri markaziy o‘yingohida;

🔸Qashqadaryo viloyatida - Qashqadaryo viloyati “Nasaf” futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni 2-va 3-maydonlarida;

🔸Farg'ona viloyati - Farg‘ona davlat universiteti stadioni va Marg‘ilon shahar 2-BO‘SM stadionida;

🔸Buxoro viloyati - Buxoro shahri "Dilkusho" tennis sport majmuasida;

🔸Jizzax viloyati - "So‘g‘diyona" markaziy o‘yingohi sun'iy qoplamali mashg‘ulot maydonida;

🔸Samarqand viloyati - "Lokomotiv" markaziy jismoniy tarbiya sport klubi Samarqand filiali futbol stadioni va Samarqand shahar 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi stadionida;

🔸Qoraqalpog‘iston Respublikasi - Nukus shahri "Turon" markaziy stadionida;

🔸Namangan viloyati - 17-bolalar va o‘smirlar maktabiga qarashli "Navbahor umid" stadionlarida;

🔸Xorazm viloyati - Urganch shahridagi Futbol akademiyasi qoshidagi "Xorazm" sport majmuasida;

🔸Navoiy viloyati - Navoiy shahridagi "Kimyogar" o‘yingohida;

🔸Andijon viloyati - Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi asosiy stadioni 3-, 4- va 5-binolarida;

🔸Surxondaryo viloyati - "Surxon" sport majmuasi zaxira futbol maydoni va Termiz olimpiya zaxiralari kolleji futbol maydonida.

* Mazkur hududlar ro‘yxatiga Respublikadagi epidemiologik holatdan kelib chiqib, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra o‘zgartirish kiritilishi mumkin. (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
👍3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Энди чироқ ўчса, қўрқмайман, уни кўпайтириш йўлларини излайман» — IELTS’дан 8 балл олган ўқувчи «яшил энергия» манбасини яратмоқчи

Ҳар қандай жамият фақат ва фақат илм ёрдамида ривожланади. Ўзбек жамиятида ҳам, айниқса ёшлар орасида илмнинг оммалашаётгани қувонарли ҳолат. Kun.uz келажагини илм билан боғлашни мақсад қилган ёшлар билан таништиришда давом этади.

👉 Мақолани ўқиш

📹 Тўлиқ видеони кўриш

Kun.uz Telegram каналлари👇

Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская
👍2🔥2
Saralash_imtihoni_Cambridge_savollari: O'nlik sanoq sistemasida raqamning qiymati uning son yozuvidagi o’rniga ko’ra belgilanadi. Masalan, 846 sonida 4 raqami 40 ni bildiradi. 20040 sonidagi 2 raqamining qiymati, 4 raqamining qiymatidan necha marta katta?
Anonymous Quiz
13%
50
13%
100
45%
500
16%
1000
14%
2000
🎉7🔥5👍3😱3👏1
#Qabul_2021

O'quvchi bir vaqtning o'zida Agentlik tizimidagi 2 ta ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirishi mumkinmi?
Ha, talabgor bir vaqtning o'zida ikkita ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirish imkoniyatiga ega.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga nechta o'quvchi qabul qilinadi?
Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga 7-sinf o‘zbek sinfga 20 nafar, rus sinfga 20 nafar,
8-sinf kesimida esa o‘zbek sinfga 20 nafar, rus sinfga 20 nafar o'quvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning manzillari:

🔸Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Toshkent shahri, Osiyo ko'chasi 33-uyda;

🔸Al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko’chasida;

🔸Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Toshkent shahri, Olmazor tumani, Mirzo G'olib ko'chasi 1-uyda joylashgan. (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
👍2🔥1
Yangi motatsikl spidometri masofalar yig'indisi va o'rtacha tezlikni ko'rsatadi. 1-yurishda u 0,5 soatda 30 km/soat tezlikda 15 km yurdi. 2-yurishdan keyin jami yo`li 24 km va umumiy o'rtacha tezligi 32 km/soat bo'ldi. 2-safardagi o'rtacha tezligi qancha?
Anonymous Quiz
21%
18 km / soat
23%
31 km / soat
32%
34 km / soat
19%
36 km / soat
6%
45 km / soat
🔥9👍6😱3🤩2
Golf turnerida sovrinlar 1-,2-va3-o'rinlarga va bir urinishda to’pni teshikka tushirganlarga beriladi.Salim: “Bu yil bitta o'yinchi bir urinishda to’pni tushirdi. Demak, to'rt nafar o'yinchi sovringa ega bo'ladi”.Qaysi jumla Salimning xatosini ko'rsatadi?
Anonymous Quiz
20%
Ba'zi o'yinchilar golf teshigiga bir urinishda to’pni tushirmaganlar ham sovrin olishi mumkin.
47%
1-, 2- yoki 3-o'rinni egallagan o'yinchilardan biri bir urinishda to’pni tushirgan bo’lishi mumkin.
18%
Yoshroq o'yinchilar golf teshigiga bir urinishda to’pni tushirishga qiynalishadi.
15%
Biz musobaqadagi o'yinchilarning umumiy sonini bilmaymiz.
🎉7👍6😱4🔥3