Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
🌱Maysa kulgaymu agar, bulut ko’z yosh to’kmasa!🌴

🌎Biror ishni chiroylik bajarish, biror ilmni mukammal o’rganish har doim katta mashaqqat va mehnat talab qiladi. Inson maqsadga erishish uchun rejalar tuzadi. Rejalarni bajarish uchun boshqa narsalardan o’z rejasini ustun qo’yib, bor e’tiborini o’sha ishga qaratishi talab etiladi. Inson hayotini o’zgartirib yuborgan kashfiyotlar, muvaffaqiyatli bizneslar, chempionatlardagi mukofotlar hammasi mashaqqatli mehnat natijasidir.

☝️☝️Hamma mehnat qilganlar natijaga erisha olmasada, natijaga erishganlarning hammasi tinimsiz mehnat qilganlar. Demak, mehnat qilmagan odamning natijadan umid qilishi to’g’ri emas.

Hurmatli prezident maktabiga hujjat topshirgan o’quvchilar, endi sizlar uchun tayyorgarlikni ba’zi narsadan ustun qo’yish vaqti keldi. Telefonda turli befoyda o’yinlar o’ynash, televizorda qiziqarli ammo vaqtni isrof qiluvchi seriallar ko’rish, do’stlar bilan o’ynash va turli ziyofatlarga mehmonga borish o’rniga imtihonga tayyorlanish siz uchun foydaliroq. Agar siz yaxshi bilimga ega bo’lsangiz, yoki prezident maktabiga kirasiz, yoki undan ham yaxshiroq imkoniyatlarga ega bo’lasiz.

Televizordagi chetel serialidagi qaysidir kuchli insonga havas qilib yiradiganlar oddiy tomoshabin bo’lib qolib ketadilar. Siz serial ko’rish o’rniga shunday o’qingki, kelajakda shunday ishlar qilingki, sizni hayotingizni kino qilib olishsin. Kimdir ishlab chiqargan o’yinga mukkasidan ketib ko’z nurini ketkazuvchi odamlar zamonaviy qullardir. Ular yangi turdagi o’yinlar chiqsa, xursand bo’lib o’yinlar sotib olishadi, vaqtini esa isrof qilishadi. Kelajakda qimmatsiz shaxs bo’lib yetishadi. Siz hozir tayyorgarik vaqtida aslo o’yinga yaqinlashmang, o’ynasangiz ham fikrlang. O’yindagi algoritmlar, uning qanday yaratilgani, afzallik va kamchiliklarni aniqlang. Kerak bo’lsa kelajakda undan yaxshiroq va foydaliroq o’yinlar ishlab chiqaring.

❗️Hayot tanlovlar natijasidir. Siz hozir nimani tanlashizga ko’ra yaxshi yoki yomon kelajakga ega bo’lasiz. Yoki yaxshilab mehnat qiling, yoki o’zingizni qiynamay oson tanlovlarni qiling! Yoki har bir so’zi qadrli ilmli inson bo’ling, yoki qimmatsiz jamiyatga befoyda bir shaxs bo’ling. Yoki ota-onangizga rahmat oluvchi, hamma siz bilan faxrlanuvchi qahramon bo’ling, yoki ota-onasi yordamisiz hech narsa qila olmaydigan ishonchsiz erkatoy bo’ling.

🔶Hammamizga hayotda to’g’ri tanlov qilish nasib etsin! Barcha o’quvchilarga hayotda omad tilaymiz!!


👉👉 @pmtests
👍3🔥3🎉1
#tanqidiy fikrlash: Daler va Ismoilga matematika imtihonidan olgan natijalarini o'qituvchi berdi. Daler o’z natijasini ko’rib tabassum qildi, ammo Ismoil o’z natijasidan xafa bo’ldi.
Hikoyaga asosan, qaysi variantning to’g’ri bo’lish ehtimoli eng yuqori?
Anonymous Quiz
20%
Daler Ismoildan yaxshiroq baho oldi.
17%
Daler odatda Ismoildan ko'ra yaxshiroq baho oladi.
42%
Ismoil o'zi kutganidan ko'ra pastroq baho oldi.
21%
Ismoilning olgan bahosi o'ziga yoqmadi.
👍8🔥3😱2🎉2
"Prezident maktabi bitiruvchilari O'zbekistonning bebaho xazinasidir"

🔸 Cambridge Assessment tashkilotining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bosh maslahatchisi – Stiv King Toshkent shahridagi Prezident maktabiga tashrif doirasida "Янги Ўзбекистон" gazetasiga intervyu berdi.

🔸Stiv king prezident maktabi bitiruvchilari O'zbekistonning bebaho xazinasidir deya biz fahrlanadigan farzandlarimizni e'tirof etmoqda. Bu haqli e'tirof.

🔸Ammo, prezident maktabi bitiruvchilari soni shunday kamki, bunday xazinalar bizga kamlik qiladi. Biz aytamizki, mashaqqatli ilm olayotgan, maktabida a'lo baholarga o'qiyotgan har qanday o'quvchi, o'z sohasini rivojlantirayotgan har qanday mutaxassis, jonkuyar o'qituvchi bizning bebaho xazinalarimizdir.

☝️Shuni bilingki, sizning bilimingiz ortishi O'zbekistonni boyishi va taraqqiyotidir. Vatanimiz boyligi xalqning salohiyati va bilimiga bog'liq. Bilimli bo'lish, avvalo o'quvchiga, keyin ota-onasiga va butun xalqga foyda keltiradi. Vatanimizni birga boyitaylik!

👉👉 @pmtests
👍1🎉1
Quyida berilgan qonuniyat asosida so'roq o'rnidagi sonni toping:
87=15.
54=9. 53=16. 97=42. 42=12. 64=?
Anonymous Quiz
22%
10
24%
24
22%
12
19%
20
12%
16
🎉7👍6🔥4😱3🤩21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Videobayonot #Qabul_2021

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul 1️⃣-2️⃣0️⃣ iyul kunlari onlayn shaklda portal.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🔹Qanday hujjatlar talab etiladi?
- elektron ariza;
- tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi (yoki kinder pasport) elektron nusxasi;
- 3x4 o‘lchamdagi rasm (oxirgi 2 oy davomida tushirilgan);
- 2020-2021 o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan elektron nusxasi;
- ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (qonuniy vakillari) fuqarolik pasporti ma’lumotlari (qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi notarial hujjat); telefon raqamlari.

❗️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinfiga o‘qish uchun hujjat topshiradigan nomzodlar maktab tabeli o‘rniga attestat nusxasini taqdim etishadi. (@piimauz)

👉👉 @pmtests
👍3🔥1🤩1
Шавкат Мирзиёев:
Абу Райҳон Беруний, Мирзо Улуғбек сингари улуғ алломалар, Алишер Навоий, Бобур Мирзо каби шоир ва мутафаккирлар, Абдулла Авлоний, Фитрат, Абдулла Қодирийдек маърифатпарвар адиб ва олимлар ўзларининг машҳур илмий кашфиётларини, ўлмас бадиий асарларини айнан сизларнинг ёшингизда яратганларини ҳаммамиз яхши биламиз ва бу билан фахрланамиз.
Бизнинг томирларимизда ана шундай улуғ боболаримизнинг қони оқар экан, уларнинг муносиб ворислари бўлиш, улар каби юксак мақсадлар сари интилиб яшаш барчамизнинг муқаддас бурчимиздир.
Эндиги муҳим вазифамиз – мана шундай фарзандларимиз орасидан янги авлод Берунийларини, Ибн Сино ва Улуғбекларини, Хоразмий ва Фарғонийларини тарбиялаб, вояга етказишдан иборат. (@Press_Secretary_Uz)

👉👉 @pmtests
👍3🔥1
#t.f: Jamilaning o'quvchilari darsga kech kelayotgan edi. U dushanbadan boshlab darsga vaqtiga kelganlarga 5baho qo'yishini aytdi. Shundan keyin hamma o'quvchilar darsga vaqtida kelishni boshladi.
Qaysi gap hamma ham baho uchun erta kelmagani bildiradi.
Anonymous Quiz
35%
Ba'zi o'quvchilar baho uchun emas, balki o'qituvchini hurmat qilgani uchun darsa erta kelgan
25%
O'qituvchining darsga erta kelgani uchun 5baho qo'yishi mumkin emas
27%
Shanba kungi yig'ilishda direktor ota-onalarga darsga kech kelganlar sinfdan chetlatilishini aytgan
13%
Dushanbadan oldingi kunlari yomg'ir yog'ganligi sababli ko'pchilik darsga vaqtida kela olmagan.
🔥7🎉4👍3
#Qabul_yakuniy_hisobot

🔰Prezident maktablariga hujjatlar qabuli 25-iyun kuni yakunlandi. Nomzodlar tomonidan topshirilgan arizalar tahlil qilinib, yakuniy raqamlar e’lon qilindi.

📈Prezident maktablarining kirish imtihonlarida ishtirok etadigan o‘quvchilar soni bo‘yicha yakuniy hisobot bilan mazkur jadvalda tanishishingiz mumkin. (@piimauz)

👉👉 @pmtests
🔥1
Ushta kema yonma-yon turibdi. Ko'k kema qizil kemaning o'ng tarafida va yashil kemaning chap tarafida turibdi. Agar ko'k va yashil kemalar o'rinlari almashtirilsa, quyidagilarni qaysi biri hosil bo'ladi?
Anonymous Quiz
13%
Qizil va ko'k kema yonma-yon turibdi
22%
Qizil kema ko'k kemaning chap tomonida
50%
Yashil kema qizil va ko'k kema o'rtasida turibdi.
15%
Qizil kema o'rtada
🤩6🎉5🔥4👍3😱1
#Muammoli masalalar: "Buvijon yoshiz nechida" dedi nabira. "Sen necha oylik bo'lsang, men shuncha yoshman. Va yoshlarimizni qo'shsak 65 chiqadi" deb javob berdi buvi. Nabirasidan buvisi necha yosh katta?
Anonymous Quiz
41%
60
13%
58
16%
56
23%
55
8%
50
🔥7🤩5🎉4👍3😱2
#tanqidiyfikrlash
Choynak va uning qopqog'i uchun 11 so'm pul to'ladi. Choynakning narxi qopqog'iga qaraganda 10 so'm qimmat. Qopqoqning narxi necha pul?
@pmtests kanaliga a'zo bo'ling.
Anonymous Quiz
59%
1 so'm
14%
10 so'm
22%
50 tiyin
5%
Bilmadim.
👍6🎉5🤩4🔥3😱2
#tanq.fikrlash: Aziz (14yosh) va uning ukasi Karim (9yosh) suzish havzasiga borishdi. Kirish eshigiga "10yoshdan kattalar kirishi mumkin. Kichkinalar esa faqat 13yoshdan kattalar bilan birga kiradi" deb yozilgan. Ulardan kim suzish havzasiga kira oladi?
Anonymous Quiz
13%
Aziz
8%
Karim
68%
Ikkisi ham kira oladi
7%
Karim yoki Aziz
4%
Ikkisi ham kira olmaydi
😱5👍3🔥3🤩3🎉2
Mantiqiy fikrlash:
8*46=648
84*32=2348 72*39=9327 24*36=? Ushbu ko'paytmalardan mantiqni topib, so'roq o'rnidagi sonni toping.
Anonymous Quiz
11%
5312
27%
6432
46%
6342
17%
3624
👍11🔥6🎉2😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekligimizdan faxrlanaylik, hozir bizga suv bilan havodek kerak bo'lib turgan narsa - MILLIY G'URURdir. Men xohlaymanki, o'zbek yoshlari butun dunyoda lider bo'lishsin!

Hurmatli o'quvchilar, agar kimgadir taqlid qilmoqchi bo'lsangiz manashunday ilmli, izlanuvchan va o'z millati rivoji uchun jonkuyar insonlarga taqlid qiling. Shulardek bo'lishga harakat qiling!

☝️Dunyodagi ko'plab mashhur insonlar bor (futbolchilar: Messi, Ronaldo. San'atkorlar), siz ular uchun hech kimsiz, sizni hech qanday qadringiz yo'q ular uchun.

Ammo, Muhammadaliga o'xshagan insonlar SIZning muvaffaqiyatingizni o'zining muvaffaqiyati deb biladi. Yurtimizda shunday ilmli yoshlar ko'paysin. Ularning qilayotgan ishlariga Alloh muvaffaqiyat bersin!

👉👉 @pmtests
👍8🔥5🎉1
GM mashinalarini arzonlatish taklifi 8(ha), 5(yo'q), 10(betaraf) ovoz bilan yutdi. Biroq,ovozlar kamligi tufayli, qaror keyin ko'riladigan bo'ldi. Agar betaraflar qarorini o'zgartirmasa,natija o’zgarishi uchun eng kamida nechta ovoz o'zgartirilishi kerak?
Anonymous Quiz
27%
2 ta
28%
4 ta
23%
7 ta
15%
8 ta
8%
12 ta
👍11🔥5😱4🎉2
#olimpiada_savollari: Quyidagi sonlar: 2; 3; 4; va 5 ning har biri V; W; X va Y harflaridan biriga to'g'ri keladi, bu sonlar Y^X - W^V ifoda uchun eng katta qiymatni beradi. (Y^X bu Y ning X-darajasi) X+V ning qiymatini toping.
Anonymous Quiz
13%
5
25%
6
31%
7
20%
8
10%
9
😱6🔥5👍3🤩2
Oilada 6 ta bola bor. Ularning 5 nafari eng kichigidan, mos ravishda, 2, 6, 8, 12 va 14 yosh katta. Har bir bolaning yoshi tub son bilan ifodalanadi. Oiladagi eng kichik bola necha yoshda?
Anonymous Quiz
26%
2
24%
3
35%
5
9%
8
6%
11
👍10🔥4🎉4😱2