Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
80.8K subscribers
3K photos
1.84K videos
633 files
3.22K links
πŸ“š Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi β€” Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)
Download Telegram
Murakkab savol.docx
11.6 KB
Murakkab savol javobi #6
Bu sonlar: 788, 789, 790, 791, 792, 793 Misolni yechilishini Bafoyev Otabekning variantini sizlarga taqdim etishga qaror qildim.
Savolga to'g'ri javob yuborganlar:
1. Bafoyev Otabek
2. Zaripov Zarifbek
3. Amirxon Asadov
4. Murotjon
5. Mirzayev
Ishtirokchilarga minnatdorlik bildiramiz! Ilm va izlanishdan to'xtamang!
πŸ‘6πŸ”₯2
Aziz kanalimiz a'zolari!! Hammangizni jamoamiz nomidan kirib kelayotgan Ramazon hayiti bayrami bilan tabriklayman! Oilangizda doim xursandchilik, darturxonizda to'kinlik, qalbingizda xotirjamlik bo'lsin!
Oilangizni ilm ziyosi tark etmasin!
πŸ”₯3πŸ‘1
Murakkab savol #7
Bizga birinchi ikkitasining kvadratlari yig'indisi uchinchi sonning kvadratiga teng bo'lgan natural sonlar ma'lum. (3,4,5; 5,12,13; 8,15,17).
Shunday natural sonlar uchligini topingki, birinchi ikkitasining kublari yig'indisi uchinchi sonning kubiga teng bo'lsin.

Javoblarni @curiosperson ga yuboring

@pmtests
πŸ”₯4πŸ‘1
Murakkab savol javobi #7
Ushbu savolga mufassal javobni kanalimizning aktiv a'zosi 9-sinf o'quvchisi Bafoyev Otabek (Ustozi Lobar O'ktamovadan maslahat olgan holda) javob yo'lladi. Savolda so'ralgan natural sonlar mavjud emas. Izlanish va fikrlashni rivojlantirish maqsadida kanalga shu savol tashlandi.
Isboti juda katta bo'lganligi uchun keltirilmadi.

@pmtests
πŸ‘4πŸ”₯1
Murakkab savollar #8
Bu savol murakkab emas, kichik sinf o'quvchilari uchun qo'shishga doir misol.
Agar harflar o'rnida raqamlar tursa va bir harf bir raqamni bildirsa, quyidagi ifodani raqamlar bilan yozing.
O X O X O
+
A X A X A
____________
A X A X A X

Javoblarni @curiosperson ga yuboring

@pmtests
πŸ”₯3πŸ‘2😱1
Murakkab savol javobi #8

Yig'indidagi harflar o'rnida O=9, X= 0, A=1
OXOXO+AXAXA=AXAXAX
90 909+10 101=101 010
To'g'ri javob yo'llaganlarga tashakkur. Izlanishdan to'xtamanglar! πŸ‘‡πŸ‘‡
1. Muxammadali
2. Buxoro, Qorako'l, 35-maktab 6-sinf, TΓ²yliyeva Ruxshona
3. Jizzax, Zomin, Dashtabod, 50-maktab, 5-sinf Mamatqulova E'zoza
4. Yulduz Abdullayeva
5. Ruslan
6. Bafoyev Otabek
7. Laylo Arabboyeva
8. Ikrom Sharipov
9. Gulizoda
10. Bobomurod Isroilov
11. Zarifbek Zaripov
12. Murotjon

@pmtests
πŸ‘4πŸ”₯3
Murakkab savollar #9
Matematika musobaqasida 3ta A, B, C masalalar berildi. Musobaqa qatnashchilari orasida 25tasi kamida 1ta masalani yechishdi. A masalani yechmagan ishtirokchilarning B masalani topganlari soni C ni topganlari sonidan ikki marta ko'p. Faqat A masalani yechgan qatnashchilar soni, A masalani va boshqa masalalardan kamida bittasini yechganlar sonidan bittaga ko'p. Faqat bitta masala yechgan barcha o'quvchilarning yarmi A masalani yechmagan. Nechta o'quvchi B masalani yechgan?

Javoblarni @curiosperson ga jo'nating

@pmtests
πŸ”₯3πŸ‘1
Murakkab savol javobi #9

Masalani yechish uchun birinchi navbatda kamida bitta masala yechgan 25ta o'quvchini 7ta guruhga ajratamiz. Faqat bitta masala yechganlar a, b, c. Ikkitadan masala yechganlar ab, ac, bc va hamma masalani yechganlar soni abc (bu yerda har bir alohida o'zgaruvchi, ko'paytma emas. ab bilan A va B masala yechganlar va C ni yechmaganlar belgilangan. Qolganlari ham shunday)
Berilgan ma'lumotlardan quyidagi tengliklarni tuzishimiz mumkin:
{1} a + b + c + ab + ac + bc + abc = 25
{2} b + bc = 2(c + bc) = 2c + 2bc
{3} a = ab + ac + abc + 1
{4} a = b + c (agar faqat bitta misol uechganlarning yarmi A ni yechmagan bo'lsa, qolgan yarmi A ni yechgan.)
Endi ushbu tengliklardan quyidagilarni hosil qilamiz:
{5} a - ab - ac - abc = 1 [{3}dan]
{6} 2a + b + c + bc = 26 [{5} va {1} tengliklar yig'indisi]
{7} 3b + 3c + bc = 26 [ {4} tenglikni {6} ga qo'yish orqali]
{8} bc = b - 2c [{2}dan]
{9} 4b + c = 26
Biz yuqoridagi tengliklardan aynan b ni ajrata olmaymiz. Ammo barcha o'zgaruvchilarning butun son ekanligini va hech qaysi birinchi manfiy emasligidan foydalanamiz. (Ammo ba'zi o'zgaruvchilar 0 bo'lishi ham mumkin.)
Ushbu mulohazadan {8}tenglikdan, b ni c dan kamida 2marta katta ekanligini bilamiz.
Xuddi shunday {9} tenglikdan b ni 6dan katta bo'la olmasligini bilib olish mumkin. Yana agar b 5ga teng bo'lsa yoki kichik bo'lsa u holda c b dan katta bo'lib ketadi. Ushbu mulohazadan b ni faqat 6 bo'lishi mumkinligi kelib chiqadi. Demak, b=6.
c=2 [{9}dan]
a=8 [{4}dan]
bc=2 [{8}dan]
ab + ac + abc = 7 [{3}dan] bu yerda bir nechta variantlar bo'lishi mumkin.
Demak, B masalani yechganlar soni 6ta. Javob: 6
Barcha ishtirokchilarga tashakkur! 6 javobini yo'llaganlar bo'ldi. Ammo isbotli yechim bo'lmadi.
Izlanishdan to'xtamanglar!!

@pmtests
πŸ”₯4πŸ‘3
Murakkab savollar #10

Javoblarni @curiosperson ga jo'nating

@pmtests
πŸ”₯2😱2🀩2πŸ‘1πŸŽ‰1
Murakkab savol javobi #10

Ushbu savolga ko'plab xususiy yechimlar qabul qildik. Kichik sinf o'quvchilarining javoblari meni hayron qoldirdi. Izlanish orqali anchagina murakkab yechimlarni bera olishdi.
Ularga tashakkur, izlanishdan to'xtamanglar!

@pmtests
πŸ‘4🀩4πŸ”₯2
Murakkab savollar #12

Shunday eng kichik natural sonni topingki, uning oxirgi raqami 6 bo'lsin va o'sha 6 raqamini sonning boshiga olib o'tilsa, son 4marta ortsin.

Javoblarni @curiosperson ga jo'nating.

@pmtests
πŸ‘4πŸ”₯2🀩1
Murakkab savol javobi #12
Sonni 6raqami oldinga o'tganida, sonda faqat bitta raqam surilgan bo'ladi. Katta sonni 4ga bo'linsa, kichik son hosil bo'ladi. 6 dan boshlab 4 ga bo'lamiz va bo'linmadagi raqamni 6dan keyingi raqamga qo'yamiz. Bo'lishni bo'linma butun bo'lginucha davom ettiramiz.
Natijada bu son: 153846 ekanligini topamiz

@pmtests
πŸ”₯4πŸ‘3πŸŽ‰1
#12 murakkab savolga to'g'ri javob yuborganlar:
1. 7070722
2. Ilhomjon Meliboyev
3. Bahodir Bobomurodov
4. Shahruza
5. Bafoyev Otabek
6. Zolushka
7. Saidjonov Quvonchbek

Barcha javob yuborganlarga minnatdorlik bildiramiz! Sizlarga muvaffaqiyat tilaymiz!
πŸ‘3πŸ”₯2
Murakkab savollar #13

Sayyohlar guruhi chet ellar bo’ylab sayohatga chiqishdi. Ulardan 28 kishi ingliz tilini, 13 kishi frantsuz tilini, 10 kishi nemis tilini, 8 kishi ingliz va fransuz tilini, 5 kishi frantsuz va nemis tilini, 6 kishi ingliz va nemis tilini, ikki kishi uchchala tilni xam biladi, 41 kishi yuqoridagi uchta tildan hech birini bilmaydi. Guruhda nechta sayyoh bor?

Javoblarni @curiosperson ga jo'nating

@pmtests
πŸ‘3πŸ”₯3
4-5-sinflar olimpiada savollari πŸ‘‡πŸ‘‡
πŸ”₯3😱1
Olimpiada savollarini yechish bo'yicha ko'rsatmalar:
1. Masalalarni yaxshi tushunishga harakat qiling. Agar shartiga tushunmasangiz bir necha bor o'qing!
2. Javoblarni yuborayotganda yechimlari bilan jo'nating.
a) to'g'ri yo'nalish + to'g'ri javob = 10ball
b) to'g'ri yo'nalish + noto'g'ri javob = 5 ball
c) yechimsiz to'g'ri javob 3ball
d) mulohaza yuritish, ishlashga harakat 3ball
3. Yechimlarni @curiosperson ga yuboring, o'zingizni ism familiya va sinfingizni yozib qo'ying.

Hammaga omad!!!
πŸ‘5πŸ”₯3🀩2
4-5-sinflar olimpiadasida ishtirokchilar javoblari 20:30gacha qabul qilinadi. Kech qolganlar javoblari tekshirib berilmaydi va inobatga olimaydi. Natijalar ertaga soat 9:00da e'lon qilinadi!
πŸ”₯4πŸ‘1